I bob. Buyuk Britaniyaning ichki va tashqi turizmi



Download 0,85 Mb.
bet1/6
Sana05.12.2019
Hajmi0,85 Mb.
#28430
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Buyuk Britaniya turizmi.

Mavzu: Buyuk Britaniya turizmi.

Reja:

Kirish…………………………………………………….....…………...3

I BOB. Buyuk Britaniyaning ichki va tashqi turizmi……………….6

1.1 Chet mamlakatlarda yashovchilarning Britaniyaga kelishi va Britaniyaliklarning chet elga chiqishi………………………....…….......6

1.2 Buyuk Britaniyaning ichki turizmi…………………………..…….11

II BOB. Buyuk Britaniyada turizm sohalari va uning rivojlangan hududlarida turizm siyosati……………………………………….....15

2.1 Angliya turizmi va Irlandiyaning sayyohlik joylari………………..15



2.2 Britaniyaning rivojlangan hududlarida turizm siyosati……………23

Xulosa va takliflar………..…………………………................……..33

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…….…………..…………......…35

Kirish.


Buyuk Britaniya davlati Atlantika okeanining Yevropa qirg‘oqlaridagi orollarda joylashgan. Maydoni uncha katta emas, lekin aholisi zich. Bir vaqtlar Buyuk Britaniyaning mustamlakalari ko‘p bo‘lgan. Endilikda ularning deyarli hammasi mustaqillikka erishgan. Davlat boshlig‘i — monarx ya’ni qirol, ammo uning hokimiyati parlament tomonidan cheklangan. Britaniya orollarida Buyuk Britaniya eng katta orolning nomi, Angliya davlatining asosiy tarixiy nomi. Mamlakatning xalqaro dengiz vahavo yo’llari tugunida joylashganligi muhim ahamiyatga ega.Buyuk Britaniya Shimoliy g’arbiy Yevropadagi davlat hisoblanib, Buyuk Britaniya oroli va Irlandiya orolining shimoliy sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollarda joylashgan. Garbdan Atlantika okeani, shimoldan shimoliy dengiz o’rab turadi. Yevrosiyo materigidan La-Mansh bo’g’ozi orqali ajralib turadi.

Buyuk Britaniyaning yer yuzasi asosan pasttekisliklardan iborat. Angiliyaning shimoli garbida tog’likdan, markazi va janubi sharqi tekislik va sertepa tekisliklardan, Shotlandiyaning qirg’oqi egri bugri, shimoliy kismi tor va chukur 2 kismga bulib turgan Shimoliy Shotlandiya tog’ligidan iborat. Bu ikkala qismning janubida Granpian tog’lari mamlakatning eng baland cho’qqisi Ben Nevis 1343 metr ko’tarilib turadi.Buyuk Britaniya foydali qazilmalarga kambag’al. Asosan temir rudasi va yuqori sifatli toshko’mir, tosh tuz, kaolin, ozroq mikdorda yonuvchi slanets kazib olinadi. Neft va rangli metall konlari mavjud. Shimoliy dengizning Buyuk Britaniya qirg’og’ida yaqinida tabiy gaz konlari bor.
Buyuk Britaniya iqlimi mo’tadil dengiz iqlim bo’lib, o’rtacha havo harorati +11 C, o’rtacha yog’in miqdori 800 mm atrofida. Iqlimida okean oqimlari ta’siri juda kuchli.Asosiy qismi tekisliklardan iborat, shimolda past tog’lar bor. Eng baland joyi Skeyfel-Payk tog’i – 978 m.Asosiy daryolari: Temza, Severn, Tayn.
O’rmonlar mamlakat maydonining 4% qismini egallaydi. Unda eman, korakayin, qarag’ay, shumtol, qora qarag’ay daraxtlari o’sadi.Hayvonlardan tulki, quyon, olmaxon, tipratikan, bug’u, suvsarlar ko’p uchraydi. Qushlardan kaklik, o’rdak, qarg’a, yovvoyi kabutar, karkurlar keng tarqalgan.

XX asrning 2-yarmiga qadar aholining okean ortiga ommaviy ravishda ko’chib ketishiga qaramay mamlakat aholisi tez o’sdi.Lekin keyingi paytlarda aholi tabiiy o’sishining sezilarli pasayishi natijada ingliz millatining “qarishi” sezilmoqda. Buyuk Britaniyada tug’ilish koeffisenti 11%, o’lim 10%. 1ayolga 1,6 bola to’g’ri keladi.15 yoshgacha bo’lganlar salmog’i 19%, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 16%.O’rtacha umr 75-80 yosh.Buyuk Britaniya urbanizasiya darajasining juda yuqoriligi bilan ajralib turadi, aholisining 92%i shaharlarda yashaydi. Masalan: London aglomerasiyasida 13mln kishi yashaydi, zichligi 1 km kvadratga 750 kishi. Aholisining 80%i inglizlar, qolganini shotlandlar, uelsliklar, irlandlar tashkil etadi. Davlat tuzumi- konstitusion monarxiya.

Buyuk Britaniya to‘rt qismdan iborat:

1.Angliya.


Buyuk Britaniyaning eng katta va aholi eng zich joylashgan qismi — Angliya.
2.Shotlandiya. Shotlandiya mamlakatning shimolida joylashgan. U tog‘ va ko‘llar, xushmanzara vodiylar o‘lkasi. Shotlandlar jo‘r bo‘lib qo‘shiq aytishga va raqs tushishga ishqiboz. Xalq sayil­larida mesh surnayda ijro etiladigan musiqa yangraydi; shotlandlarning milliy kiyimlari, ayniqsa, erkaklarning kilt deb ataladigan katak-katak yubkasi g‘alati.Shotlandiya po‘lat va kemalar, ko‘mir va elektr energiyasi, yirik portlar mamlakati hamdir.Edinburg (asosiy shahri) va Glazgo shaharlari hamda ularning atroflari zavod, shaxta, fabrika, kemasozlik korxonalari bilan «liq to‘lgan».Shotlandiya­ning mashina va mollarini dunyoning barcha mamlakatlariga tashib beradigan kemalar shu yerning o‘zida, Klayd daryosi bo‘yida quriladi. 3. Uels — Buyuk Britaniyaning eng tog‘li qismi. Bu yerda ko‘mir qazib chiqariladi, po‘lat va oq tunuka ishlanadigan zavodlar qurilgan. Uelsning asosiy shahri - Kardiff. 4. Shimoliy Irlandiya.

Buyuk Britaniya - O'zbekiston munosabatlari1991-yilda Buyuk Britaniya vа O'zbekiston о’rtasidа dipomatik munosabat о’rnatildi. 1993 - yilning 17 – 19 iyun kunlari Buyuk Britaniya qirolichasining qizi malika Anna O'zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mamlakatimiz bilan, xalqimiz turmush tarzi bilan tanishdi. Samarqand shahrining tarixiy yodgorliklarini ziyorat qildi.Shu yilning 15-oktabrida esa Buyuk Britaniya tashqi vа hamdo'stlik ishlari bo'yicha daylat vaziri D. Xog rasmiy tashrif bilan yurtimizga keldi. Muzokaralardan so'ng ikki daylat o'rtasida madaniyat vа ta'lim sohasida hamkorlik bitimi imzolandi. Shuningdek, ikki yoqlama soliq olmaslik to'g'risida ham kelishuvga erishildi.22 - 25 noyabr kunlari O'zbekiston Prezidenti I. Karimov Buyuk Britaniyaga rasmiy amaliy tashrif bilan bordi. Mamlakat qirolichasi Yelizayeta II, shuningdek, bosh vazir J. Meyjor bilan uchrashdi. Safar chog'ida o'zaro iqtisodiy aloqalar to'g'risida shartnoma, o'zaro rag'batlantirish уа himoyalash to'g'risida hamda ikki daylat o'rtasida havo yo'li ochish haqida bitimlar imzolandi. Yevropa tiklanish vа taraqqiyot banki mamlakatimizda oltin qazib olish korxonalarini qurish uchun 150 mln. dollar ajratishga qaror qildi. Mashhur «Lonro» kompaniyasi bilan bitim tuzildi.Bulardan tashqari, ikki mamlakat hududida fuqarolaming erkin yurishi haqida ham hujjat imzolandi. Bugungi kunda O'zbekistonda 50 dan ortiq Buyuk Britaniya уа O'zbekiston qo'shma korxonasi faoliyat ko'rsatmoqda. 1997-yildan O'zbekiston Buyuk Britaniyaning RJ-85 samolyotlarini sotib ola boshladi.

I-BOB.Buyuk Britaniyaning ichki va tashqi turizmi.

1.1 Chet mamlakatlarda yashovchilarning Britaniyaga kelishi va Britaniyaliklarning chet elga chiqishi.


2019 - yil fevral oyida Buyuk Britaniyaga 2,2 mln. chet ellik tashrif buyurgan. Bu esa 2018 - yilga nisbatan 7% kam. Chet ellik fuqarolar 2019 - yil fevral oyida Buyuk Britaniyaga tashrif buyurish uchun 1,2 milliard funt sarfladilar. Bu ko’rsatkich 2018 yilga nisbatan 5% kam. 2019 - yil fevral oyi xisobiga ko’ra Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi fuqarolarning 4,1 millionga yaqini xorijga chiqdi. Bu yaxshi natija xisoblanib, 2018 - yilga nisbatan 1% ga ko'p. Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi fuqarolar 2019 - yil fevral oyida chet elga safar qilish uchun 2,4 mlrd. dollarni sarfladilar. 2018 - yilga nisbatan 7% kam.1Ko'proq ma'lumotlar mavjud bo'lganligi sababli men natijalarni kuzatish jarayonini davom ettirdim. Har qanday uzilishlar bor-yo'qligini aniqlash uchun uzoqroq ketma-ket ma'lumotlarni qo'llash uchun qo'shimcha tahlil qilish talab etiladi, shuning uchun ushbu chiqarilishdagi ma'lumotlarni sharhlashda ba'zi ogohlantirishlar mavjudligini o’rgandim. Xalkaro tashrif buyuruvchilarga IPS (International Passangers Survay) bo'yicha kiritish uchun qo'shimcha metodologik o'zgarishlar rejalashtirilmoqda. Bu ayrim millatlarga kelgan va ketayotgan mehmonlarning sonini hisoblash uchun IPSdagi nomutanosiblik (ya'ni raqamlardagi katta farqlar) haqidagi xavotirlarni bartaraf etish uchun chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Yangi uslub foydalanuvchilar va metodistlar bilan maslahatlashuvlarda ishlab chiqilgan. 2019 - yil oktyabr oyida 2019 - yilgi ikkinchi chorak (aprel, iyun) natijalari e'lon qilinganidan keyin yangi usulni joriy etishni rejalashtirishmoqda. Qayta ko'rib chiqilgan ketma-ketliklar ayni paytda chop etiladi. Rejalashtirilgan o'zgarishlar haqida ko'proq ma'lumot imkon qadar qisqa vaqt ichida e'lon qilinadi. Shuni aytib o'tish joizki, Buyuk Britaniyaning bir nechta mamlakati chet elga safar qilish uchun bir nechta mamlakatga tashrif buyurgan bo'lsa, ushbu nashrda ko'rib chiqilgan mamlakat eng uzoq muddatga tashrif buyurilgan mamlakatdir.

Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi fuqarolar chet elliklar Angliyaga qaraganda ko'proq chet elga tashrif buyurishadi. Buyuk Britaniyaga tashrif buyurgan chet elliklarning sarf-xarajatlaridan tashqari, Buyuk Britaniyaliklarning chet elga safar qilish vaqtida o'tkazgan umumiy miqdori ham yuqori. Tashriflar soni va o'tkaziladigan summalar yil davomida o'zgarib turadi, yozda ayniqsa ko'proq. Buyuk Britaniya fuqarolari va chet elliklar uchun ham shunday holat mavjud. Biroq, Buyuk Britaniyada yashovchi fuqarolar avgust oyi mobaynida tashrif buyurib, sarf-xarajatlarni keskin oshirib kelmoqdalar, bu an'anaviy tarzda Buyuk Britaniyadagi yozgi ta'tilning to'liq oyidir.

1.1.1 – diagramma.

Yoz oylarida chet mamlakatlarda yashovchilarning Buyuk Britaniyaga tashrifi va Buyuk Britaniyaning chet elga tashriflari.2


1.1.2 – diagramma.

Buyuk Britaniyadagi xorijiy fuqarolarning sarf-xarajatlari va Buyuk Britaniyaliklarning 2016-yil fevraldan 2019-yil fevral oyigacha chet ellarda sarf-xarajatlari3.





Buyuk Britaniyaga taxminan 2,2 million chet ellik fuqarolar 2019 - yil fevral oyida tashrif buyurishdi, bu 2018 yilga nisbatan 7 foizga kamdir. Chet ellik fuqarolar 2019 - yil fevral oyida Buyuk Britaniyaga tashrif buyurib 1,2 milliard funt sarfladilar va bu 2018 - yilga nisbatan 5% ga kam.

2018 - yil dekabridan 2019 - yilning dekabrigacha Buyuk Britaniyaga 7,7 mln. turist tashrif buyurgan bo'lib, bu o'tgan yilga nisbatan 3% ko'pdir. Chet elliklar shu davrda Buyuk Britaniyada 4,3 milliard funt sarfladilar, bu o'tgan yilga nisbatan 1% ko'p. Bu uch oylik davrda dunyoning turli mintaqalarida turli tendentsiyalar kuzatildi: Shimoliy Amerika aholisining 0,7 mln. kishiga tashrifi 6% ga kamaydi, Yevropalik fuqarolarning tashrifi 5% ga oshdi va 5,8 mln. bo’lib, "Boshqa mamlakatlar" (Yevropa va Shimoliy Amerikadan tashqarida bo'lgan davlatlar) aholisining tashriflari 2% ga kamayib 1,2 mln. ni tashkil etdi.

Buyuk Britaniyaga tashrif buyurishning sabablarini hisobga olgan holda, bu davr mobaynida bayram tashriflari 14% ga oshib, 2,7 millionga etgan, ish tashriflari 4% ga kamayib, 1,8 millionga, do'stlar va qarindoshlar tashriflari esa 1% ga kamayib, 2,7 millionga etdi.



1.1.3-jadval.

Chet elliklar uchun Buyuk Britaniyaga tashrif buyurish uchun asosiy sarf-xarajatlar smetasi4.

1.1.4- diagramma.



2016 - yil fevral oyidan 2019 – yil fevral oyigacha chet el fuqarolarining Buyuk Britaniyaga doimiy tashrifi.5



Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish