I.1.Buxoro respublikasida ruslar siyosatiga qarshi norozilik harakatining kelib chiqishi va uning mohiyati.
Ona Turkistonimiz zaminida xurriyatning qanot yozib kelishi, biz turkiy xalqlarning umumiy vatani – Turonning asrlar osha asosini, qo’rg’onini o’zida mujassam etgan jonajon O’zbekistonimizning o’z qondosh birodarlari: tatar, qozoq, turkman, tojik, ozar, qirg’iz va boshqa xalqlar qatorida o’z mustaqilligini olishi - buyuk saodatimiz, olloh-taolloning bizning avlodga muyassar ko’rgan in’om etgan bitigidir. Istiqlol sharofati va da’vati bilan ajdodlar milliy fazilatlarimizni tiklay boshladik, sababkim yuz o’ttiz yillik mustabid tuzum xalqimizning o’ziga xos qiyofasi, fel-atvorida ruxiyatida chuqur va ma’shum iz qoldirganligini rad etib bolmaydi. Dunyo xaritasida yangi mustaqil davlatlar paydo bo’ldi. Ular hozirgi til bilan aytganda, sotsialistik o’tmishga ega bolgan o’z siyosiy mustaqilligini tinch yo’l bilan qo’lga kiritgan davlatlardir. Bu davlatlar mustaqil rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarini yangilash yo’liga qadam qo’ydi. Ular dunyodagi boshqa mamlakatlar orasida o’z mavqeyini mustahkamlashga intilmoqda. Tenglar orasida teng bolishga, jahon maydoninning tarkibiy qismiga aylanishga harakat qilmoqda. Bu davlatlar oldida muvaffaqiyatsiz chippakka chiqqan tarixiy tajribaning fojiali oqibatlarini qisqa davr ichida bartaraf etish vazifasi turibdi.4 Ikki ming besh yuz yillik tarixga ega bolgan qadim Buxoro hayotidagi eng keskin burilishlardan biri bu Buxorodagi sho’ro to’ntarishi va uning respublika davriga kirishi bilan bog’liq.
1920 yil Buxoroda ro’y bergan to’ntarish asl mohiyati bilan xalq inqilobi bo’lmay, balki Rossiyada boshlanib ketgan katta va ziddiyatlarga boy tarixiy jarayonning bir lavhasi edi. Kattakon imperiya misli korilmagan tarixiy burulish davriga kirgach, uning g’ildiragi chekkadagi Buxoro amirligi yerlariga ham o’zining qonli izini qoldirdi va ayni paytda bu yerlarda yashaydigan xalqlar taqdirini keskin o’zgartirib , “Sho’ro sotsialistik” taraqqiyot yo’liga kiritdi. 1920 yil avgust – sentabr oylarida sho’ro tarixi fanida “Buxoro inqilobi“ deb atalgan, aslida esa bosqinchilikdan boshqa narsa bo’lmagan, aksincha u RSFSR hukumati va qizil armiyaning aralashuvi tufayli yuz bergan voqealar talqin qilinadi. Buxoroda sho’ro to’ntarishi tufayli qariyb o’n uch asr islom aqidalari va shariat qonunlari asosida yashab kelgan, aholining halovati buzildi. Sharq madaniyati va islom markazlaridan biri hisoblangan bu yurt vayron etildi. Yuz yillik tarixga ega bo’lgan madaniy obidalar turkiston fronti arteleriyasi va aero planlari tomonidan bombardimon qilindi. Misli korilmagan bu shavfqatsizliklarni ko’rgan xalq vahimaga tushib , uni qiyomat deb tushundi.
Xo’sh Sho’ro Rossiyasini o’zi alohida mustaqil davlat bo’lgan Buxoro amirligiga nima yetaklab keldi?
V.I.Lenin Rossiyada davlat to’ntarishi yasashda homiy bolgan, mablag’i va yordamini ayamagan Germaniya oldidagi majburiatini bajarishga kirishdi. 1918 yilda Brest sulhiga imzo chekilib, qariyb 50 mln, aholi yashaydigan Bessarabiya, Bukovina, G’arbiy Ukraina va Belorussia, Polsha Boltiqboyi yerlarini Germaniyaga berib yubordi. 6 mlrd dan ortiq miqdorda nemis markasi- kontrubutsiya to’lash majburiyatini oldi. Vaholanki Rossiya xazinasi bo’shab yotgan edi, xalq och-yalang’och, shahar qishloqlar, sanoat korxonalari, qishloq xo’jaligi vayron qilingan edi. Jahon mamlakatlari siyosiy mahkamalari Rossiyani qo’llamas, yordam berishdan o’zlarini tortardi. Rossiyaga, xususan Leninga, rasmiy davlat idoralarini chetlab o’tib, tadbirkorlar bilan naqd pul-oltin evaziga “oldi-berdi” qilishdan o’zga chora qolmagan edi. Germaniyaga qarzini to’lash ham talab qilinar edi. “Urushdan charchagan, holdan toygan armiyasi” O’rta osiyoga yo’naltirildi. Kerak bo’lgan naqd oltin Buxoro xazinasida ekanligini yaxshi bilishar edi.Shuni qayd qilish o’rinliki, Rossiyada fevral inqilobi bo’lgandan keyin Amir Sayid Olimxon Buxoro amirligini undan mustaqil deb e’lon qildi.“Kerenisky hukumati tarafidan ularning Preobrajenskiy degan vakillaridan biri Muxtor vazir qilinib, dorulfohira Buxoroi sharifga keladigan bo’ldi va biz uchrashduk Ikki davlat o’rtasida kelishuv boldi, shunda Buxoro davlati mustaqilligini bu ojiz bandaga berdi va kelishuvga imzo chekdi.5
Shu voqeadan so’ng Buxoro amirligi Rossiya imperiyasi vassaliga aylanganidan so’ng to’xtab qolgan chet davlatlar bilan diplomatik aloqalarni tiklashga harakat boshladi. Lenin bu orada Kerenskiy boshliq Rossiyadagi muvaqat hukumatni ag’darib, bolsheviklar hukumatini o’rnatdi. O’rnatilganligiga endigina to’rt oy bo’lgan Sho’ro hokimiyati ezilgan millatlarga nisbatan o’zing “xaloskorlik” harakatini boshladi. 1917 yilning dekabiridan 1918 yil yanvar oylarigacha Turkistondagi Qo’qon hokimiyati tor - mor etildi. Keyinchalik Buxoro amirligi Sho’ro Rossiyasining Turkistondagi qo’shinlar yordamida uyishtirgan dastlabki intervensiya obekti bo’ldi.6
“Jahon inqilobi” degan sohta g’oyani o’ziga qurol qilib olgan bolsheviklar, o’z inqiloblarini G’arbda davom etmaganidan so’ng, “Jahon inqilobi” markaziy osiyoga ko’chdi - deb jar solib, yuqorida qayd etganimizdek, Buxoroga qarshi harbiy intervensiya uyishtirdilar. Ya’ni Turkiston Xalq Komissarlar kengashi raisi F.I Kolesov boshchiligidagi bir guruh “inqilobchi” shaxslar 1918 yil mart oyi boshida Buxoroga sharmandali yurish qildilar. Bu Sho’ro hukumatining mustaqil yurt Buxoro amirligiga qarshi qilgan birinchi tazyiqi edi. Lekin bu yurish muvaffaqiyatsiz kechib ,amir Olimxon va Kolesov o’rtasida “Qiziltepa shartnomasi” imzolandi. Hamda Sho’ro hukumatining Buxoroga nisbatan bo’lgan qora niyati bir daqiqaga ham to’xtagani yo’q. O’zbekiston tarixining eng yorqin sahifalaridan biri, bu xalqimizning mustaqillik yo’lida olib borgan kurashidir. Shunday qonli kurashlardan biri Buxoroda Sho’ro to’ntarishidan keyin vujudga kelgan milliy istiqlolchilik harakatidur. Sho’ro qizil armiyasiga va yangi hukumatga qarshi boshlangan bu kurash amir Said Olimxonning 1920 - yil sentyabrda taxtdan ag’darigandan keyin boshlanib, to 30-yiilarning boshlarigacha davom etdi.7
Tarixda “Kolesov voqeasi” deb atalgan voqealar tugaganidan so’ng amir Sayid Olimxon o’z davlati chegaralarini mustahkamlashga kirishdi. Buxoroliklar o’rtasida harbiy safarbarlik e’lon qilinib, Sho’ro Turkiston bilan bo’lgan chegaralarda yangi chegara postlarini joriy qildi. Angliyadan yangi turdagi qurol yarog’lar sotib olindi.Turkiston Sho’ro respublikasi va uning bolshevestik tashkilotlari amirning olib borayotgan bu siyosatini Turkiston respublikasiga qarshi urushga tayyorlanish deb tushundilar. Buxoro amirligi Sho’rolar hujumi qaytalanishidan xavfsirab Angliya va Turkiya yordamida bu xavfning oldini olishga urindi. Bu vaqtga kelib Buxoroda 400 dan ortiq ingliz inkonstruktorlari jumladan bitta polkovnik bor edi. Amir armiyasida 150 ta turk ofitseri xizmatda edi. Amirlik ehtiyojlarini qondirish uchun eski Buxoro atroflarida ingiliz mutaxasislari yordamida porox ba patron tayyorlash bo’yicha 2 ta zavod qurildi.8 Turkiston qizil armiyasi qismlari qo’mondonligi hali 1919 yil bahoridayoq amirlik hukumatining antisho’ro pozitsiyasini qoralab, Zakaspiy viloyati kontrinqilobiy kuchlarini tor-mor qilganidan so’ng bir yo’la Buxoro amirligini ham tugatish kayfiyatida edilar. Yaqin kelajakda Buxoroni qurosizlantirish yo’lida Karki va Chorjo’y beklarini O’z tomonlariga og’darib oldilar. lekin ularning bu fikrlari RSFSR Revvoensoveti tomonidan quvvatlanmadi. Lekin Turkiston harbiy inqilobiy soveti Buxoroning olib borilayotgan siyosatini bo’rttirib, o’z ahvolini og’irligidan nolib, Buxoro amiri hujumga o’tish arafasida degan yolg’on-yashiq telegrammalar bilan markazni bezovta qila boshladi, va natijada RSFSR harbiy qo’mondonligi Turkistondagi ahvolga e’tiborini qaratdi. 1919 yil 11 avgustda RSFSR qizil armiyasi bosh qo’mondonligi qarori bilan uning ihtiyoriga 14 ta harbiy bataliyon shuningdek Sho’ro Turkistonida mavjud bo’lgan barcha Qizil armiya qisimlari o’tkazildi.9 Front qo’mondoni etib M.V.Frunze harbiy sovet a’zosi etib Z.Eshava, V.V Kuybishev, P.I.Baranov va boshqalar tayinlandi. Xiva xonligi tugatilgandan so’ng, Sho’ro hukumating fikricha, Buxoro amirligi yagona antisho’ro o’chog’i edi, shuning uchun front rahbariyati amirlik hududidagi rus va chegara shaharlarida Qizil armiya qismlarini mustahkamlash uchun qator choralar ko’rdi. Bu ko’rilgan choralar kelgusida, ya’ni Buxoro amirligini bosib olish jarayonida juda qo’l kelardi, chunki 1918 yil 3 - 23 mart kunlari sodir bolgan sharmandali Kolesov voqeasidan yengilishiga bir tomondan bu yerda qizil armiya askarlarini yetishmasligi sabab bo’lan edi. Amir Olimxon vujudga kelayotgan ahvoldan xavfsirab Turkiston va Buxoro o’rtasidagi munosabatlarni muzokaralar bilan hal qilish maqsadida 1920- yil aprel-may oylarida RSFSR TIXK G.V.Chicherenga bir necha maktub yo’lladi.10 Bu borada Sho’ro turkistonidagi bir necha rahbarlar hamda markazdagi harbiy qo’mondonlar Buxoro masalasini tezroq hal qilishni so’rab, V.I.Lenin tashqi ishlar xalq komissari L.N.Karaxanning “Buxoroda inqilob Qizil armiyaning nayzasida olib borilishi kerak” – degan takilif quvvatlandi.Bu voqealardan xabar topgan amir Olimxon, intervensiyani oldini olish maqsadida 1920 yil 8-iyunda Mirzo Madi Xo’jaboy boshchiligida Buxoro elchilarini Moskvaga jo’natdi va ular, G.V.Chicherin bilan tinch - totuv yashash , ichki ishlarga aralashmaslik, savdoni rivojlantirish masalalariga ta’aluqli shartnomalar imzolab qaytdilar.11
Lekin masalaning Sho’ro hukumatiga taaluqli ikkinchi tomoni ham bor edi. Buxoro mustaqil davlat bo’lganligi sababli Rossiya sho’ro hukumati bu hududga to’g’ridan to’g’ri yurish qila olmas edi, chunki Buxoro nafaqat o’rta Osiyoda ,balki butun musulmon olamida Islom dini markazlaridan biri hisoblanardi. Sho’ro hukumati u yerga yurish qilsa , butun musulmon dunyosining noroziligini keltirib chiqarishdan, oqibatda esa bu urushga Turkiya , Eron, Afg’oniston singari davlatlar ham jalb etilishidan xavfsiradi. Shuning uchun Rossiya hukumati bu davlatlar pozitsiyasiga katta e’tibor berdi. Turkiya hamda Eron Buxoroning bosib olinishiga qarshi emasliklarini bildirdilar, Afg’onistonda esa ichki kurash bunga qulay vaziyat yaratdi. Shunday bo’lsada, Turkiston Sho’ro respublikasi, qistovi bilan, Toshkentda Muxojirlikda bo’lgan BKP rahbari Najib Husainov amirlikka qarshi tayyorlanayotgan hujumning barbod bolayotganini oldini olish uchun 1920 yil 16- iyunda Frunze nomiga telegramma yuboradi. Unda “ahvolning keskinlashganligi sababli 1000 ta miltiq, 300 ta to’pponcha, 150 ta bomba va 3 ta pulemyot yuborish va o’zlari bilan 3mln so’m olib kelish so’ralgan edi.Sho’ro Rossiyasi Buxorodagi ahvolni o’rganish uchun Buxoroga o’z vakilini yubordi. Jumladan, Butun Rossiya MIK va XKSning Turkiston ishlari bo’yicha komissiya bo’limi boshlig’i G.I.Braydo bu yerdagi ahvolni o’rganib, 1920-yil 13-iyunda V.I.Leninga quyidagi mazmunda xatni jo’natdi: “bizning ayrim harbiy-siyosiy rahbarlarimizdan amirlikni tor-mor qilish uchun bor yog’1-2-3 polk yetarli degan mish-mishlarni kop eshityapmiz, aslida unday emas. Menimcha, amir armiyasini yakson qilish mumkin, ammo Qizil armiya uzoq muddatgacha cho’ziladigan frontga duchor bo’ladi va bosqinchi degan nomni oladi. Buxoro partizanlari esa o’z yurti mustaqilligi uchun kurashni davom ettiraveradi. Natijada Buxoro fronti uchun katta miqdordagi doimiy okuppatsiyon armiya saqlab turish lozim bo’ladi.12 Lekin ushbu mazmundagi xatlarning bari e’tiborsiz qoldi.
1920-yil 2-iyun Buxorodan Moskvaga amirnig favqulotda elchilari yuboriladi. Hali elchilik poyezdi temir yo’l stansiyasiga kelib ulgurmay, Sho’ro qo’mondonligi Kogonga etib kelgan Qizil armiya qo’shinlari Buxoro hukumatiga tegishli bo’lgan binolarga joylashtirila boshlanadi, hatto bu yerdagi amir saroyi ham bosib olindi. Mazkur ish yuzasidan, ya’ni sababini bilish uchun Buxoroning Kogondagi diplomati Hojibek va amir hukumati siyosiy vakilga murojat qildilar.13 Sho’ro hukumatining bunday yo’l tutishi amirlikni tezroq Sho’ro Turkistoniga hujum boshlashga undash edi. Lekin amir hukumati bu insidentni javobsiz qoldirdi. Rossiya Sho’ro hukumati amirlikka to’g’ridan-tog’ri bostirib kirishning yo’lini qilolmay, boshqa yo’lga o’tdi. Endi Sho’ro Turkistonida yashovchi muhojir buxoroliklarni ishga solishga to’g’ri keldi. 1918-yil Kolesov voqeasidan so’ng “Yosh buxoroliklar” Toshkent, Samarqand, va boshqa shaharlarda muhojirlikga ketgan edilar. Shuningdek 1918-yilda Toshkentda BKP tuzilgan edi, shu kuchlarni asta-sekin ishga sola boshladilar. Fayzullo Xo’jaev boshchiligidagi “Yosh buxoroliklar”ni M.V.Frunze yordam so’rashlarini, aks holda Sho’ro hukumati Buxoroni ozod qila olmasligini uqtirdi. Bundan tashqari amirlik hududida amirlik tuzumini yomonlab, varaqa tarqatila boshlandi. Masalan Buxoroga yurishdan ikki kun oldin bu yerga 60 ming nusxada varaqa tarqatildi.14 Bu varaqada quidagi mazmundagi gaplar bor edi: Hoy Buxoro mehnatkashlari! Sizning ozodlik kuningiz, sizning baxt kuningiz, g’alaba kuni yetib keldi. Tez orada siz yuz yillar chidab kelgan zulmdan ozod bo’lasiz, tez orada, o’zlaringiz o’z mehnat, o’z vijdon, o’z taqdiringizning egasi bo’lasiz. Biz Rossiya mehnatkashlari va ishchi - dehqon qizil armiyasi yordamida sizga yordam berish va sizni ozod qilish uchun amir hukumatiga qarshi chiqdik. Sizga do’st qizil armiyaga o’q uzmang. Ular sizni amir askarxonasi zindonidan ozod qilgani keldilar. Shubhasiz, o’z birodarlaringiz tomoniga o’tinglar”.15 Bunday varaqlardan so’ng amirlik armiyasidan bor yog’i 30 askar qizillar tomonga o’tdi.16 Amir o’z armiyasini mustahkamlash uchun afg’on va ingiliz hamda oq gvardiyachi ruslarni o’z armiyasiga jalb qila boshladi. “ Buxoroda 1920 yilda jangavor holatda 600 afg’on va 8500 ta tinch aholi holatida afg’on bor edi. 8- avgust 1920 yil Buxoroga Farg’onadan 320 ta askar keldi va amir armiyasiga qo’shildi. 1920-yil 7-iyulda Amir Sayid Olimxon Sho’rolarga qarshi muqaddas urushga chorlovchi fatvo berdi”. Bu esa voqqealar rivojini tezlashtirdi. 1920-yil 16-18- avgustda Chorjo’yda BKP IV syezdi bo’ldi. Unga 86 delegat hal qiluvchi ovoz bilan va 24 delegat maslahat ovozi bilan ishtirok etdi. Shunisi qiziqki, bu syezd ishini Turkfront qo’mondoni M.V.Frunze boshqardi. Syezd rezolyutsiya qabul qildi, unga ko’ra. Amir hukumatini ag’darishning boshqa yo’li qurolli qo’zg’alon deb ko’rsatildi. Turkkomissiya tashabbusi bilan, avvalo uning rahbari V.V. Kuybishev rahbarligida tayyorgarlik ishlari olib borildi. Turkkomisiya tashabbusi bilan 24-iyun 1920-yilda Harbiy-Inqilobiy buyro tashkil etildi. Uning tarkibiga Turkkomissiya vakili V.V.Kuybishev, Turkfront qo’mondoni M.V.Frunze, Sovinterprop raisi Geller, Turkiston KPMK vakili N.To’raqulov, BKPMK raisi N.Husainov va “Yosh Buxorolik” inqilochi pariyasi markaziy byurosi raisi F. Xo’jaevlar kirdilar.17M.V. Frunzening 12-avgust 1920-yil maruza varag’iga ko’ra , amirning muntazam armiyasi quidagi potensialga ega edi: 8025 o’qchi, 7260 qilichboz, 16 pulimyot, 23 zambarak, piyodalar soni 23390 kishini tashkil qilardi. Buxoro okkupatsiyasi davrida ham amirlik qo’shinlari deyarli ko’paymadi. Buxoro xalqiga “yordam sifatida” Turkfront qo’mondonligi 7000 miqdorda o’q otuvchi, 2500 qilichboz, 32 yengil va 5 ta og’ir to’p, 8 bronne avtomobil, 5 ta bronnepoezd va 2 ta harbiy samolyot ajratdi.18
1920-yil avgust boshida Turkiston fronti qo’shinlar qo’mondoni M.V.Frunze Sho’ro qo’shinlarini amir armiyasiga qarshi urush uchun tayyorgarlik haqida buyruq berdi. Buxoro yo’nalishiga qaratilgan Sho’ro qo’shinlari to’rtta operativ guruhni tashkil qildilar: Chorjo’y, Kogon- Buxoro, Kattaqurg’on va Samarqand. Ular ustidan umumiy rahbarlik I-armiya qomondoni G.B.Zinovevga yuklatildi.19
Buxoro operatsiyasini Turkiston fronti qo’mondoni M.V.Frunze ishlab chiqdi. Reja qo’qisdan va kuchli zarbaga mo’ljallangan edi.20 Sho’rolar tuzgan rejalar birin-ketin amalga osha boshladi. 22 -23 avgust 1920-yilda Sakar bozorida ( Chorjo’y stansiyasidan 30 km janubiy-sharqda) qo’zg’alon boshlandi. Beshin Sardor boshchiligidagi turkman yollanma otriyadi bu yerdagi amir amaldorlarini engib, qa’lani egalladilar.21 Amirlikning boshqa hududlarida esa birorta ham hukumatga qarshi chiqish bo’lmadi. Biroq faqat bitta qishloqda Sho’ro hukumati o’rnatilganligi Buxoroga hujum qilish uchun bahona bo’ldi. 25 avgust soat 13.00da Turkfront qo’mondoni M.V.Frunze va Revvonensovet a’zosi .V.V. Kuybishev imzosi bilan “ Qo’zg’alon qilgan Buxoro mehnatkashlariga yordam berish haqida front qo’shinlariga direktiva” e’lon qilindi. Unda quidagilar yozilgan edi :“ Buxoro amiri dispotiyasiga qarshi Buxoro xalqini kurashiga birodarlarcha inloqilobiy yordam ko’rsatish uchun 12-avgustdagi 3504 nomerli direktivani bajarishni buyuraman. Buxoro –Samrqand guruhining barcha otryad va qismlari 28- avgust kechqurun jangavor tayyorgarlikni tugatishlari va 28-dan 29-avgustga o’tar kechasi faol harakatlarni boshlashlari;Chorjo’y otryadi boshlig’i o’rtoq Nikitinga o’rtoq Qo’shmuhammedov kuchlarining katta qismini eski Chorjo’yga yuborish, u qurolli qo’zg’alonchilar yordamida 29- avgust ertalab 4.00 dan uni egallashi shart”.22Buxoroga qarshi harakatlarda ishtirok etish kerak bo’lgan qizil armiya qo’shinlari quidagi guruhlardan iborat edi.
Yangi Buxoro (Kogon) 29- avgust tongda kutilmagan zarba bilan hujum va qamal bilan eski Buxoroni olish, amir va uning hukumatini qo’lga tushurish vazifasi yuklatilgan edi;
Chorjo’y – 28-avgustda eski Chorjo’yni egallash va u yerda yangi hukumat tuzish;
Samarqand – Kitob , Shahrisabz, G’uzorga bostirib kirib, beklar qo’shinlarini tor-mor qilish va Sharqiy Buxoroga o’tuvchi barcha yollarni egallash;
Kattaqorg’on – Xatirchi, Ziyovutdin va Karmana shaharlarini egallash.
1920- yil 25- avgustda Turkkomissiyaning RKP(b) MK Turkbuyro va Turkfront RXS bilan birgalikdagi, BKPMK va inqilobiy “ Yosh buxorolklar” markaziy byurosi a’zolari ishtirokidagi qo’shma yig’ilishga amirga qarshi kurashda Buxoro xalqiga yordam haqida masala ko’rildi. Bu yig’ilishda qo’zg’alonga rahbarlik bo’yicha partiya markazi tuzildi, unga BKP MKdan N.Husainov Turkkomissiya RKP(b) MK Turkbuyrosidan V.V. Kuybishev, shuningdek “ Yosh Buxorolik” inqilobchilar Markaziy Turkiston byurosidan Fayzullo Xo’jaev kirdilar.
Sakar bozorni egallagan Beshim Sardor guruhi eski Chorjo’yni ham egalladi. Bek amaldorlardan 109 kishi asir olinib Chorjo’y “Revkomi” tuzildi. Bu Revkom “ butun Buxoro xalqi” nomidan Turkfront frontidan yordam so’radi.23 Sho’ro hukumati shuni kutib o’tirgan edi. 28-avgustda M.V.Frunze Turkfront qo’shinlariga Buxoro xalqiga yordam uchun hujumga o’tish uchun buyruq berdi.24
Sho’ro qizil armiyasi asosiy zarbani amirlik poytaxti- butun Buxoro doimiy armiyasi joylashgan Buxoro shahriga qaratdi. Bu vazifani kombrigadir V.K.Klementiyev qo’mondonligidagi Sho’ro qo’shinlari Kogon- Buxoro operativ guruhini bajarar edi ,bu yerdagi bosqinchi guruhga I.P.Belov ( sobiq Turkiston qizil armiyasi I-bosh qo’mondoni va yeti suv qo’shinlari qo’mondoni ). Chorjo’y operativ guruhi Buxoro inqilobiy otryad bilan birgalikda eski Chorjo’yni egallab, Chorjo’y begi qo’shinlarini tor-mor qilish,Amudaryodagi Nazm va Burdalik o’tish joylarini egalash, keyinchalik amirlik poytaxtini egalashda Kogon-Buxoro guruhiga yordam berish.Konbrigadir E.F.Kujelo qo’mondonligidagi Kattaqo’rg’on operativ guruhi Xatirchi, Ziyovudin,Karmanada raqib guruhlarini tor- mor qilish. Bu vazifani bajarish uchun guruh Vang’ozi –Bahovuddin yo’nalishi bo’ylab hujumga o’tdi. D.E.Kokovalov qo’mondonligidagi Samarqand guruhi Kitob, Shahrisabz, G’uzorga hujumga o’tdi.
1.Chorjo’y guruhi tarkibiga 8 ta o’qchi polg, 250-300 kishilik 2 ta musulmon otryadlari,16 otliq polkning batalyonlari barcha qismlari, shuningdek Qarshi, Termiz qa’lalarida turgan otryadlar kiritildi
2. Kogon guruhiga 10, 11, 12,-o’qchi musulmon polklari, maxsus topshiriqlar uchun alohida o’qchi polk, front shtabi, to’rtinchi otliq polk, bronepoezdlarga 3 ta uzoqa otuvchi dengiz to’plari bilan platforma (Zakaspiyda ingilizlardan tortib olingan ) 53 chi broneotryad, 3 ta mashina 1 ta shatakli ayrostat va boshqa mayda qisimlar.
3. Samarqand guruhi tarkibiga :1-kavdivizyon otliq tog’li batareya, musulmon qisimlari va injinerlar rotasi, Qarshi temiryo’l stansiyasida turgan 7-o’qchi polk va 1-Turkdivizya kirar edi guruhga Konavalov va Shvesovlar qo’mondonlik qilardi.25
Bundan tashqari harbiy harakatlarga Angliya,Fransiya va Italiyada ishlab chiqilgan “Niyuper”, “Vuazel” nomli aeroplanlar ham jalb etildi.26 M.F.Frunze 28 avgustda o’zining dala shtabi Samarqandga yetib keldi va shu yerda qizil armiyaning Buxoro frontidagi operasiyalariga rahbarlik qildi. Uning buyrug’i bilan 28 dan 29 avgustga o’tar kechasi qizil armiya qismlari harbiy harakatlarni boshladilar.2.5 ming qo’shini bo’lgan yangi Buxoro guruhi jangovor guruh sifatida 30 ming kishilik amir armiyasini tor-mor qilishi va poytaxtni egallab, amir va uning amaldorlarini asir olishi kerak edi.Chorjo’y guruhi 28 avgustda Chorjo’yni egallab Qorako’lga chiqdi va Xorazm va Burdalik o’tish joylarini egalladi. Bu bilan amir ko’shinlarining janubga chekinish imkoniyatidan mahrum qildi. Kattako’rg’on guruhi esa Xatirchi va Ziyovuddinni egalab, amir navkarini Karmanaga siqib kela boshladi. Amirning yozgi rezidensiyasi- Karmanani qamal qilish vaqtida alsxida Farg’ona otliq brigadasi 2-otliq polki komandiri Vengr Miklash Vrabes ham ishtirok etdi .Samarqand guruhi talofat ko’rmay, Shaxrisabz begi qo’shinlarini tor-mor qildi va Kitob, Shazrisabz shaharlarini egalladi.27 Amirlikning G’uzor bekligi kofirlar oyog’i ostida toptalish arafasida edi. 7-Turkiston o’qchi polki (Sobiq 24-Samara-ulyanovsk o’qchi divizyasining 208 o’qchi polka) S.Ya.Avrov va harbiy qo’mondon Koshevoy qo’mondonligida mustaqil jangovor vazifani bajardi. Buxoro amiriga qarshi operasiyalar boshlanishi arafasida polk Koson-Qarshi temir yo’li eshelonlarida edi. Asosiy maqsad Qarshi begi qo’shinlarini tor-mor keltirish va qa’lani egallash edi.28Buxoro amiri to’rt tomondan iskanjaga olindi. U umid qila oladigan janubiy hudud Sho’ro qizil armiyasi tomonidan egallandi. Sharqiy Buxoroga yo’llari esa Samarqand guruhi tomonidan to’sib qo’yildi. Lekin hali amirlik poytaxti tinch, aholi hali Sakor bozorda qo’zg’alon bo’lib, hokimiyat Sho’rolar qo’liga o’tganidan bexabar edilar.30 - avgustda M.V.Frunze Kogon- Buxoro guruhi qo’shinlariga Buxoroga hujum qilishga buyruq berdi.29 Eski Buxoro qamalida ishtirok etuvchi qismlar yangi guruhlar asosida vazifasi quidagi tarzda belgilandi: asosiy zarbdor hisoblanuvchi o’ng kalonna qa’laning Samarqand va Qarshi darvozalarini qamal qilishi shart, chap kollonna yordamchi bo’lib, qa’laning janubiy tomonlariga, jumladan Qorako’l va Shayx Jalol darvozalariga hujum qilish kerak edi. Qiziltepa guruhiga bitta bronepoezd yuborildi, u raqib chekinadigan yo’llarga kuchli to’siq qo’yishi kerak edi.30 Buxoroni nafaqat yerdan turib, balki hovodan ham o’qqa tutish rejada tutilgan edi. Buning uchun ikkita havo bo’linmalari jalb qilindi. 31- avgust va 1- sentyabr kunlari davomida bu havo bo’linmalari havodan bombardimon qildilar, ular shaharga 200 dan ortiq aviabomba tashladilar. Harbiy harakatning boshida sharqiy- musulmonlar polka va Buxoro inqilobchilar otryadi amir qo’shinlarini qattiq qarshiligiga duch keldi va orqaga chekindi. Turkiston fronti eski Buxoroni qamaliga 5000 nayzali miltiq va 2000 chavandoz, 46 yengil va to’plar, 229 ta pulimyotlar, 10ta broneavtomobil, 5 ta bronepoezd 12 ta samalyotni jalb qilgan edi. O’z qo’shinlarini chekinayotganidan tashvishga tushgan N.V.Frunze front rezervidagi 2459 nayzali, miltiq 1655 ta qilichboz, 2ta to’p va 8 pulimyotni ham shu yoqqa topladi.31
31- avgust qo’shinlarni shahar atrofida joylashtirish bilan jang boshlanib ketdi, bu haqda B.G.Klementev quidagicha yozgan: 31- avgust erta tongdan dushman bilan otushuv boshlandi, oldin miltiq va pulmiyotlardan, keyin esa front bo’ylab arteleriya o’t ochdi. Birinchi bo’linmaga Turkfront arteleriya inspektori Radkevich rahbarligidagi 2 ta yengil qism va bitta og’ir qism kelishi bilan Qarshi darvozasiga to’plardan o’q uzildi, va bu darvoza buzilib, qa’la qamalini osonlashtirdi.32
Soat 2.45 da polk komandiri Shalaputin o’ng jangavor qism bilan qa’laga hujum qilish uchun buyruq berdi, ikkita bataliyondan iborat 5-o’qchi polk esa Davlatobod qishlog’ini egallab, Qarshi darvozasi orqali shaharga kirish buyurildi.33 Lekin bu kungi jang pozitsion( siljimasdan ) harakter kasb etdi.Qizil armiya qo’shinlari hujumini amir sarbozlari qaytardilar, M.V.Frunzening yozib qoldirilishicha ularni mag’lubiyatdan aviatsiyagina saqlab qoldi.34 Eski Buxoroni uch kun mobaynida qamal qilib turish foyda bermadi, M.V.Frunze birinchi armiya qo’mondoni G.V.Zinovevni chaqirib , unga shunday dedi: “Buxoro ostonalaridagi voqealar cho’zilib ketganidan men hayron qoldim, haligacha favqulotda ma’lumot olganim yo’q, holbuki, uch kundan beri devorlar ostida o’ralashib yuribmiz. Nima bolganiga va bizni nima ushlab turganiga hayronman. Shuni unitmangki, kechiktirilgan har bir kun biz uchun katta qiyinchiliklar tug’dirishi mukin.35 31- avgustdan 1-sentabrda o’tar kechasi, Qizil armiya qismlari qo’mondonligi Eski Buxoroni hal qiluvchi shturm bilan olish uchun katta tayyorgarlik ishlari olib bordi. Turkiston injenerlar bataliyoni kecha qorong’iligi, va miltiq o’qlari himoyasida Qarshi darvozasi yonidagi qa’la devorlarini portlatish buyurildi. Bu umumiy signal boldi. Arteleriya butun front bo’ylab o’t ochdi.Eski Buxoroga so’ngi hujum 1-sentabr tongida boshlandi, 1-sentabr kechqurun amir mingta shahsiy qo’riqchisi yordamida shaharni tark etdi, biroq shahar arteleriya va samaliyotlar bilan bombardimon qilindi, o’qqa tutildi.36 Sho’ro qizil armiyasining Buxoro shahriga kirishiga, yuqorida aytilganidek aviatsiyaning roli katta bo’ldi. Uchuvchilardan Laskin va Fausek, Zeleniskiylar shahar uzra ajal urug’larini sochdilar, oddiy pilta miltiq, nayza va oyboltalar bilan qurollangan amir armiyasi, ustiga qurol yarog’ va aviatsiyaning eng zamonaviy turlaridan foydalangan Sho’ro armiyasi o’z qudratini, ko’rsatish bilan birga avom xalq yuragiga qo’rquv soldi.
Sho’ro uchuvchilaridan biri Laskin edi. U janubiy frontda Denikin armiyasiga qarshi janglarda tajriba orttirgan. Buxoroni qamal qilish, vaqtida bu shaxs sakkiz marta uchish qilib, tinch aholi, qariyalar, ayol va bolalar ustiga bombalar tashlab huzur qildi. Amir Buxorodan G’ijduvonga tomon ko’chayotgan paytda havodan turib, uning sarbozlarini ta’qib qildi. Mazkur ishlarini hisobga olgan sho’ro hukumati Laskinni “Qizil bayroq” ordeni bilan mukofotladi.37 Buxoroni bombardimon qilishga ishtirok etgan yana bir uchuvchi Fausek quidagicha tasvirlagan edi. “Bizga amir saroyini bambardimon qilish vazifasi yuklatildi. Biz atrofni ham kuzatishimiz kerak edi.38 31-avgust kechga borib, Sho’ro qizil armiyasiga yordam uchun Zinovev qo’mondonligidagi, 1-armiya qismlari va brigada qo’mondoni Minix va harbiy brigada komandirlari F.A. Vladimirskiy boshchiligidagi kursantlar aralash brigadasi keldi. 2-sentyabr o’tar kechasi sapyorlar Buxoro qa’lasini bir qismini portlatdilar, 2- sentyabr tongda Sho’ro arteleriyasi q’ala bo’ylab o’t ochishni kuchaytirdilar.39 Bronoveklar shahar tomon siljiy boshladi. Lekin amir armiyasi jon jahti bilan olishayotgan edi. Nafaqat sarbozlar, balki butun Buxoro xalqi qarshilik ko’rsatdi. Sarbozlar V.Bogdanov ning bronovigini ishdan chiqarishga muvafaqat bo’ldilar.40Soat uchda ( 1-sentyabr 1920y) Frunze G.V.Zinovevga “ hal qiluvchi va songi zarba bo’lishi uchun barcha choralar ko’rilsin !”deb buyruq berganligi o’znatijasini berdi. Shaharga to’rt tomondan Sho’rolar yopirilib kirdi. Qarshi darvozaisi orqali Lenin nomidagi Toshkent komandirlari kursi, B.G.Obuxov qo’mondonligidagi otliq polk shaharga kirdi. B.G.Obuxov rahbarligidagi otliq polk Orenburg kazaklari va o’zbek chavandozlaridan tashkil topgan edi. Bu polk o’qchi polklarga amir saroyi Arkini olishga yordam berdi.41
2- sentyabrda, to’rt kunlik jangdan so’ng amir saroyi egallandi. Sho’ro qizil armiyasining g’alabasidan mast bolgan M.V.Frunze 2-sentyabr 1920-yilda B.I.Leninga quidagicha mazmunda telegramma jo’natdi: “Eski Buxoro qa’lasini qizil Buxoro va bizning qismlarimizning birgalikdagi harkatlari, bilan bugun qo’lga olindi. Buxoro jaholatparastlari va qoraguruhlarining so’ngi tayanchi, yashirindi, registon ustida dunyo inqilobi qizil bayrog’i g’olibona hilpirab turibdi”.42Sho’ro qizil armiyasi amirlikni qulatish uchun bu yerga juda katta kuch tashlab, uni vayron qildi, necha minglab uylar,maasjidlar, saroylar, yo’llar buzildi. Bu haqda shu voqealarni guvohi bo’lgan Muhammadali ibn Muhammadsaid Baljuvoniy o’zing “Tarixi Nofei”asarida quidagilarni yozadi: yirgirma kun mobaynida shaharda yong’in tinmadi. Natijada o’ttiz to’rt guzar, mingdan ortiq do’kon, yigirmata saroy, yigirma to’qqizta masjid, uch mingdan ortiq uy-joy yonib ketdi va vayron bo’ldi. Arkning o’zida tahminan uch yuzta uy yondi, uchrashuv va yig’ilishlarni o’tkazadigan mehmonhonai Rahimxon yonib ketdi”.43 Mana, ozodlik olib kelganlarning karomati! Shahar olindi, endi navbat shaharni talashga keldi, Sho’ro qizil armiyasi Buxoroni o’n besh kun taladi. Buni o’z ko’zi bilan ko’rgan G.Safarov ( Turkkomissiya vakili) quidagicha tariflaydi :“ Buxoroga kelgan rus qo’shinlari va qizil gvardiyachilari eng avvalo talonchilik, va zo’ravonlik bilan, shug’ullandilar. Ular hammani va hamma narsani taladilar”.44Sho’rolar Buxoroga qo’lga kiritilgan boyliklarni avval Samarqand bankiga keyin esa Toshkentga yubordilar. U yerda ma’lum vaqt turgach 14 vagonga joylab, uni markazga yubordilar. Boylik qo’lga kiritildi, bu hududlar esa bosqinchi sovet imperiyasi hududiga qo’shish qolgandi.Yuqorida eslatib o’tilganidek amir Sayid Olimxon 1-sentyabr kechasi Buxoroni tark etgandi. U Samarqand darvozasi orqali 4-polk burni ostidan chiqib ketdi. Avval Mohi-Xossa saroyida, So’ngra Vobkent va G’ijduvon orqali, Sharqiy Buxoroga o’tib ketdi. Hali eski Buxoro shturmi davrida Turkfront qo’mondoni Frunze 1-armiya qo’mondoni Zinovevga amir qochishga yo’l qoymaslikni topshirgan edi. Shu munosabat bilan Turkfront qo’mondonligi tomonidan Serb Kujila boshchiligida mahsus Qiziltepa otryadi, tashkil qilinib, unga rahbarlik qilishni Samarqand- Buxoro guruhi qo’mondoni D.E.Konovalovga topshirildi. Qiziltpa guruhi, qo’sahinlari amirni taqib qildilar. Bu ishga aeroplanlar ham jalb etildi. 2- sentyabrda bu guruh qismlari Vobkent, Pirmast, G’ijduvon, Qiziltepani egalladilar, chekinayotgan amir qo’shinlari bilan to’qnashuvlar bolmadi. 1920-yil 4-sentyabrda N.V.Frunze Buxoro, Samarqand guruhi qo’shinlari oldiga yangi vazifa qo’ydi: amir hukumatini tugatish va butun Sharqiy Buxoroda Sho’ro hukumatini tashkil etish, buning uchun Sherobod, Boysun tumanlarini egallash va Termiz garnizoni bilan doimiy aloqa o’rnatish, butun Buxoro Revkomi, bilan kelishib Hisor tumanida o’rnashish va ta’minot uchun bizning qo’shinlarimiz bilan birgalikda musulmoon otryadini, shakllantirish.45Biroq M.V.Frunze bu operatsiyani oxiriga yetkaza olmadi. RSFSR IXK qarori bilan u Turkistondan chaqirib olindi va Janubiy front qo’mondoni etib saylandi, 10-sentyabrda u Turkistondan jo’nab ketdi.Qizil armiya qo’shinlari amirni taqib etishda davom etdilar. 11-sentabrda jangsiz Darband olindi va qisqa otishuvdan keyin Boysun taslim bo’ldi. 13- sentyabrda bosqinchi qo’shinlar G’uzorga, u yerdan Qarshiga yetib keldi. Amirni ta’qib qilish, yo’lning yomonligi va otlar yetishmasligi tufayli to’xtatildi. Romitan, Zandani, Shofirkon, Vang’ozi va boshqa aholi punktlarida Sho’ro hukumati, tinch yo’l bilan o’rnatildi. 6-setabir kuni Buxoro Shahrida kop ming kishlik miting bolib o’tdi, unda Frunze ishtirok etdi. Bunda qonqo’r qizil armiya qahramonlariga orden va medallar, hamda mukofotlar topshirildi.
Endi Sho’rolar oldida ag’darilgan amir hukumati o’rniga yangi davlat apparatni vujudga keltirish vazifasi turardi. 1920-yil 14-sentyabrda butun Buxoro inqilobiy qo’mitasi jumhurriyat hukumati – xalq Sho’rolar kengashi tuzildi. Butun Buxoro inqilobiy qo’mitasi raisi etib Abduqodir Muhiddinov, Nozirlar kengashi raisi F.Xo’jaev tayinlandi.46 Shu kuni Buxoro xalq Sho’ro respublikasi ( BXSR ) deb e’lon qilindi.47 Shu kuni BKMK, XNK va inqilobiy qo’miasi qo’shma majlisida BXSR hukumati boshlig’i F.Xo’jaevga ishonch yorlig’ini topshirdi va Sho’ro hukumati va RKP ( b) MK nomidan rasmiy bayonot berib, unda RSFSR Buxoro davlati, mustaqilligi tan olindi.48 Lekin bu gap og’izda edi, xolos. Buxoro bosqiniga shuningdek Buxoro amirini qulatishga Turkiston frontining o’sha davr zamonaviy texnikasi (arteleriya, bronepoyezd, bronovik va samalyotlar ) bilan ta’minlangan barcha jangavor qismlari jalb etildi. Shuning uchun ularning yo’qotishlari minglab buxorolik halok bo’lganlar oldida ancha kam edi. Turkiston fronting 1920- yil 9-sentabr ma’lumotiga ko’ra, qizil armiyachilarning Buxoroga bosqini va amirlikning g’arbiy qismidagi harakatlarda sho’rolardan 150 -180 kishi o’lgan va tahminan 300ta kishi yarador bo’lgan xalos .Biroq qizil armiya shunday ustilikka ega bo’la turib, o’z oldiga qo’ygan vazifalarni to’la uddalay olmadi. Nafaqat amir, balki Shahrisabz, Kitob, G’uzor, Qarshi va boshqa beklar o’z otryadlari bilan Sharqiy Buxoroga ketishga muvaffaq boldilar, bu narsa keyinchalik Buxoro respublikasi ahvolini og’irlashtirdi.49 Buxoroda sohta “inqilob” amalga oshirilgan bo’lsada, o’z vazifasini bajarib bo’lgan Sho’ro qizil armiyasi Buxoroni tark etishni hayoliga ham keltirmayotgan edi. Yangi respublikaning ba’zi liderlari qizil armiyani Buxorodan chiqib ketishini maqul ko’rardilar. Lekin Sho’ro hukumati chegaralar mustahkam emasligini, amir armiyasi hali to’la tugatib bo’linmaganini va boshqa vajlarni ko’rsata turib, bu yerda mustahkam o’rnashishga harakat qildilar. Hali 1920-yil 5-sentabrdayoq Turkfront qo’mondoni M.V.Frunze Buxoro qizil armiyasi shakllanguncha, o’z hisobidagi ikkita polk, batalyon va artbatareyani Buxoroda qoldirishini aytgan edi.50Lekin bu yerda qoldirilayotgan Sho’ro askarlarini uy-joy va oziq-ovqat bilan ta’minlash kerak edi. Qizil armiya endi talonchilik yo’lini ham tugatgan edi. Turkiston fronti oziq-ovqat qo’mitasi raisi A.Blumberg 1920-yil 20-noyabrda Moskvaga yo’llagan telegramma matni buni tasdiqlaydi. Unga ko’ra armiya qo’shinlari kaspiy orti temir yo’lchilari va ishchilari ehtiyojlarini go’yoki qondirish uchun o’sha yili aholidan 1300 ming pud don, 980 ming pud jo’xori, 300 ming pud mevaqoqi, xuddi shuncha mayiz va boshqa mahsulotlarni musodara qilishgan.51Qizil askarlar mahalliy aholining oziq-ovqati, yem-xashagini musodara qildilar. Boshpana topolmay katta hovlilar, masjid va madrasalarni egalladilar. Masjidlarni qo’shin otxonasiga aylantirdilar. Uyidan mol-holidan ayrilgan dini toptalgan xalq bosqinchilarga qarshi kurashga otlandi. Chunki ular “dunyo inqilobi” g’oyasi bilan niqoblangan, xalqqa ozodlik vada qilgan kishilar basharasini aniq ko’rdilar. Ular nemaqsadda bu yerga kelganlariga tushunib yetdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |