XULOSA VA TAKLIFLAR Tavakkalchilikka qarshi bo‘lgan inson deganda shunday inson tushuniladiki, kutiladigan daromad berilganda, u tavakkalchilik bilan bog‘liq natijalarga nisbatan, kafolatlangan natijani ustun ko‘radi. Agar tavakkalchilikka qarshi insonni iste’molchi deb qarasak va u oladigan daromadiga iste’mol tovarlar majmuasini sotib olib, uni iste’mol qilishdan ma’lum darajada naf oladi deb faraz qilsak, biz iste’molchining tavakkalchilik bilan bog‘liq daromadining naflik darajasi bilan qanday bog‘liq ekanligini ko‘rishimiz mumkin (8.1-rasm). Tavakkalchilikka qarshi inson daromadi past darajadagi chekli naflikka ega ekanligini ko‘ramiz. Rasmdan ko‘rish mumkinki, har bir birlik qo‘shimcha daromadga to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha naflik daromad oshishi bilan kamayib bormoqda. Masalan, 20-30 ming so‘mlik daromad oralig‘idagi har ming so‘m daromadga 0,8 birlik naf to‘g‘ri kelsa, 31-ming so‘mlik daromadga 0,6 naf birligi to‘g‘ri kelayapti). Chekli naflikni kamayishi insonlarda tavakkalchilikka salbiy munosabatini kuchaytiradi. Shuning uchun ham tavakkalchilikka borishga moyillikning yo‘qligi ko‘pchilik insonlarga xosdir. Tavakkalchilik ular uchun og‘ir sinovdek hisoblanadi va ular ma’lum kompensatsiya bo‘lgandagina tavakkalchilikka borishi mumkin.
Tavakkalchilikka befarq qaraydigan inson shunday inson hisoblanadiki, kutiladigan daromad berilganda, u kafolatlangan va tavakkalchilik bilan bog‘liq natijalarni tanlashga befarq qaraydi. Tavakkalchilikka neytral qaraydigan inson uchun o‘rtacha foyda muhim hisoblanadi.
Odamlar jonli kuzatuvdagi kichik sonlarga juda katta e’tibor berishadi. Tasavvur qiling, siz X markadagi mashinani sotib olishni rejalashtiryapsiz. Siz uning ishonchliligini bilish uchun X markadagi mashinaning 1000 ta egalari tomonidan ko‘rib chiqilgan Xaridor Hisobotini o‘qiysiz. Keyin siz X markadagi mashinasi bor do‘stingiz yoniga borasiz va u sizga bu mashinasi bo‘lmag‘ur ekanini aytadi. Do‘stingizning fikriga qanday munosabat bildirardingiz. Agar siz ratsional fikrlasangiz, siz u faqat sizning sinov ko‘rsatkichlaringizni 1000 tadan 1001 taga ko‘paytirganiga tushinib yetasiz. Lekin do‘stingizga ishonganingiz bo‘lgani uchun siz qaror qabul qilishda bunga ko‘proq e’tibor berasiz.
Fikrlarini oz’gartirishni xohlamaydigan insonlar. Odamlar o‘zlari allaqachon ega bo‘lgan fikrlarini isbotlab berishga o‘rganib qolishgan. Bir kuzatuvda subyektlardan jinoyatchiga o‘lim jazosi berilishi kerakmi yo‘qmi degan kuzatuv hisobotlarini o‘qish va unga baho berish so‘raldi. O‘qib bo‘lishgach, boshidanoq o‘lim jazosini tanlagan insonlar ham boshidanoq o‘lim jazosiga qarshi bo‘lganlar ham o‘zlarining fikrlarida qolishgan….
Hayotingiz davomida qabul qilgan qarorlaringiz haqida o‘ylang. Bulardan ba’zilarini ko‘rsatib bera olasizmi?
Ahloqiy namuna rejasini ya’ni ba’zi firmalar o‘z ishchilariga taklif etadigan pensiya fondi solig‘ini o‘rganishda yuzaga keladi. Ba’zi firmalarda ishchilar rejada qatnashishni oddiy anketani to‘ldirish orqali tanlashlari mumkin. Boshqa firmalarda esa ishchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinishadi va anketa to‘ldirish orqali rejadan bosh tortishlari mumkin. Bu ko‘pchilik ishchilar 1-holatdan ko‘ra 2-holatda qatnashishni ko‘rsatadi. Agar ishchilar mukammal ratsional-maksimalistlar bo‘lishganida, ular ish beruvchilari taklif qilgan majburiyatni bajarmaslikka e’tibor bermasdan pensiya fondining eng muqobilini tanlagan bo‘lardilar.