I bob bozor va tavakkalchilikning mazmuni va mohiyati



Download 138,95 Kb.
bet6/11
Sana25.02.2022
Hajmi138,95 Kb.
#462847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bozor va tavakkalchilik

1.3.1 jadval

Tovarlar turi

Yoz fasli

Qish fasli

1-tur (muzqaymoq)

6 mln. so‘m

1 mln. so‘m

2-tur (issiq choy)

1 mln. so‘m

6 mln. so‘m

Firma o‘zi ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilib, yoz oyida ikkinchi tur tovar hisobidan yo‘qotadigan daromadini birinchi tur tovarni ko‘proq sotish hisobidan qoplaydi. Xuddi shunday qish faslidagi yo‘qotishlar ikkinchi tovar hisobidan qoplanadi. Ko‘rinib turibdiki, firma diversifikatsiya yo‘li bilan tavakkalchilikni kamaytirdi. Lekin, diversifikatsiya tavakkalchilikni to‘liq yo‘qotmaydi, u faqat kamaytiradi xolos.
Tavakkalchiliklarni qo‘shish - ushbu usul tasodifiy yo‘qotishlarni o‘zgarmas xarajatlarga aylantirish orqali tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan. Ma’lumki, mulkning o‘g‘irlanishi, shaxsning kasal bo‘lib ishga chiqmasligi, tabiiy ofatlarning bo‘lishi tasodifiy bo‘lib, ular juda katta xarajatlarga olib kelishi mumkin. Ushbu noxush hodisalarning oqibatlarini kamaytirishda sug‘urtaning ahamiyati katta.
O‘zbekistonda ham hozirgi vaqtda ko‘pgina insonlar o‘z hayotlarini, mulkini sug‘urtalaydilar. Sug‘urta ishlarini yo‘lga qo‘yish uchun respublikada maxsus qonunlar ishlab chiqilgan va bir qator davlat va nodavlat sug‘urtalash firmalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Sug‘urtalashda tavakkalchilikni qo‘shish samaradorligi shu bilan belgilanadiki, sug‘urtalangan shaxslarning tavakkalchiligi bir-biriga bog‘liq bo‘lmasligi kerak.
Tavakkalchilikni taqsimlash - ushbu usulga ko‘ra zarar ko‘rish ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lgan tavakkalchilik bilan qatnashuvchi sub’ektlar o‘rtasida shunday taqsimlanadiki, oqibatda har bir sub’ektning kutiladigan yo‘qotishi nisbatan kichik bo‘ladi.
Ushbu usuldan foydalangan holda yirik moliya kompaniyalari katta masshtabdagi loyihalarni va ilmiy izlanishlarni tavakkalchilikdan qo‘rqmasdan moliyalashtiradilar.
Axborot bilan ta’minlash ham tavakkalchilikni kamaytiradi. Nima uchun deganda, axborotning yetishmasligi noto‘g‘ri qaror qabul qilishga olib keladi. Hozirgi vaqtda axborot asosiy taqchil resurslardan biri bo‘lib, uni olish uchun haq to‘lash kerak, ya’ni axborot olish xarajat bilan bog‘liq, ba’zi axborotlar nihoyatda qimmat turadi. Shuning uchun ham kerakli bo‘lgan axborotdan qancha olish kerak deganda, uning chekli xarajati bilan chekli nafini solishtirib ko‘rish kerak bo‘ladi.
“Men sen bilmaydigan bir narsani bilaman”. Bu bolalar orasida juda mashxur hazil, shu bilan birga uning tagida odamlar ba’zida o‘zaro qanday muomalada bo‘lishlarini ko‘rsatuvchi haqiqat bor. Hayotda ko‘pincha bir odam atrofda nima bo‘layotganini boshqasidan ko‘ra ko‘proq biladi. Hozirgi hodisaga ta’lluqli bo‘lgan turlicha bilimlar farqi axborot assimetriasi deyiladi.
Misollar. Ishchi o‘z ish beruvchisiga qaraganda o‘z ishiga qancha kuch ketishini ko‘proq biladi. Ishlatilgan mashina egasi xaridorga qaraganda mashinaning holati haqida ko‘proq ma’lumotga ega. Birinchisi yashirin faoliyatga misol bo‘lsa, ikkinchisi yashirin tavsifga misol bo‘la oladi. Ikkala holatda ham ma’lumotga ega bo‘lmagan taraf (ish beruvchi, xaridor) haqiqiy ma’lumotni bilmoqchi, lekin unga ega bo‘lgan taraf (ishchi va sotuvchi) ataylab haqiqatning bir qismini berkitishi mumkin.
Assimetrik axborot juda keng tarqalgani sababli iqtisodchilar yaqin o‘n yilliklarda uning ta’sirini o‘rganish uchun juda ko‘p kuch sarflashdi. Assimetrik axborot – bu shunday holatki, bozordagi bozor sub’ektlari o‘rtasida bo‘ladigan savdo-sotiqda ularning bir qismi kerakli, muhim axborotga ega, qolgan qismi esa ega emas.
Bozordagi tovarlarning taqsimlanishi optimal bo‘lishi tovarlar narxi va tovar to‘g‘risida qanchalik to‘g‘ri axborot berish bilan bog‘liq. Raqobatlashgan bozorni qaraganimizda biz axborotni simmetrik ravishda taqsimlangan, ya’ni sotuvchilar va sotib oluvchilar axborot bilan to‘liq ta’minlangan, deb faraz qilgan edik. Bunday holatda narxlar sotiladigan ne’matlarning al’ternativ xarajatlari to‘g‘risida to‘liq axborot beradi. Aniq va to‘liq axborotning bo‘lishi bozordagi ne’matlarning optimal taqsimlanishiga yordam beradi. Lekin, bozorda ahvol butunlay boshqacha. Sotuvchilar o‘z tovarlari sifatini yaxshi bilsa-da, ushbu axborotni xaridordan yashiradi. Xuddi shunday xaridorlar ham o‘zlarining bozordagi hatti-xarakatlarini yashirib, har xil yo‘l bilan savdo-sotiqda bir tomonlama yutuqqa erishishga harakat qiladi. Bozor narxi o‘zida juda ko‘p axbortni mujassamlashtiradi. Ushbu axborotni bozor qatnashchilari qancha to‘liq bilsa, savdo-sotiq ikki tomon uchun shuncha samarali bo‘ladi, ya’ni ikki tomon ham maksimal foyda ko‘radi. Yuqoridagidan kelib chiqib aytish mumkinki, bozorda axborotlar assimetrik (to‘liq) bo‘lmaganligi uchun bozor mexanizmi ham yetarli darajada mukammal emas.
Haqiqatdan 2001-yil iqtisod sohasida Nobel mukofoti sovrindorlari bo‘lgan uchta iqtisodchi (Jorj Akerlof, Maykl Spens va Jo‘zef Stiglitz) larga aynan shu yo‘nalishdagi ilk qadamlari uchun ushbu mukofot berilgan. Keling bu izlanishlar ochib bergan ba’zi tushunchalarni ko‘rib chiqamiz.
Yashirin faoliyat: prinsipal-agent, agent va ma’naviy tavakkalchilik.
Ma’naviy tavakkalchilik bu muammo bo‘lib, u agent deb atalgan bir shaxs prinsipal-agent deb atalgan boshqa bir shaxsning topshirig`ini bajarishda vujudga keladi. Agar prinsipal-agent agentning xatti-harakatini to‘liq nazorat qila olmasa, u holda agent prinsipal-agent o‘ylaganidan ko‘ra kamroq samara bilan ishlaydi. Ma’naviy tavakkalchilik bu tavakkal yoki “havf” bo‘lib, unda agent noto‘g`ri yoki ahloqsiz xatti-harakat qiladi. Bunday holatlarda prinsipal-agent koproq ma’suliyat bilan ishga yondashishi uchun har xil rag‘batlantirishlardan foydalanadi.
Ish bilan bandlik munosabatlari klassik misoldir. Prinsipal-agent bu ish beruvchi, agent bu ishchi. Ahloqiy havf muammosi - bu yaxshi nazorat ostida bo‘lmagan ishchining o‘z javobgarligidagi ishdan qochishi. Ish beruvchilar bunga turlicha javob qaytarishlari mumkin:
Yaxshiroq nazorat qilish. Ota onalar yonlangan enagalarni ular yo‘qligida bolalariga munosabatini ko‘rish uchun uyga yashirin kameralar o‘rnatishadi. Maqsad ma’suliyatsiz munosabatni tutish.
Yuqori darajadagi oylik. Ish haqi samaradorligi nazariyasiga ko‘ra, ba’zi ish beruvchilar o‘z ishchilariga oylikni mehnat bozoridagi narxdan yuqoriroq to‘lashni afzal deb bilishadi. Oddiy darajadan yuqoriroq oylik oladigan ishchi o‘z ishidan noto‘g‘ri yo‘lda foydalanishi kamroq ehtimolda, chunki agar u qo‘lga tushsa va haydalsa u qayta bunday oylik to‘lanadigan joy topa olmasligi mumkun.
Ish beruvchi ahloqiy havfni kamaytirish uchun ushbu yo‘llardan istaganini tanlashi mumkin.
Mahsulot sifati noaniqligi. Avtomobil va sug‘urta bozoridagi assimetrik axborot. Faraz qilaylik, bozorda foydalanilgan avtomobillar sotiladi. Mashinaning holati (sifati) o‘rtacha holatdan yuqori bo‘lsa yaxshi avtomobil, past bo‘lsa - yomon avtomobil (ushbu masalani 1970-yilda birinchi bo‘lib amerikalik olim A.Akerlof o‘rgangan). Yaxshi avtomobillarning narxi 3000 doll. Agar bozorda ikkala kategoriyadagi avtomobillar soni bir-biriga teng bo‘lsa,
avtomobilning o‘rtacha narxi 2000 doll. bo‘ladi. Ushbu holatda yaxshi avtomobilni ham, yomon avtomobilni ham sotib olish ehtimoli 50 foizga teng.
Biroq sotuvchilar o‘zlarining avtomobili sifatini yaxshiroq biladi, xaridorlar bunday axborotga ega emaslar. Yaxshi mashina sotuvchilarni 2000 doll. narx qanoatlantirmaydi. Yomon mashina sotuvchilarni esa 2000 doll. narx qanoatlantiradi va bu narx ular kutgan narxdan ancha yuqori.
Bozorda asimmetrik axborot bo‘lgan sharoitda avtomobil bozoridagi narx avtomobil sifati to‘g‘risida to‘liq axborotni bermaydi, natijada bozordagi savdo-sotiqlarning noratsional bo‘lishiga olib keladi. Yaxshi avtomobil egalari o‘z avtomobillarini 2000 doll.da sotishdan voz kechadilar. Oqibatda yaxshi avtomobillar taklifi kamayadi. Yomon avtomobillar narxi yuqori bo‘lgani uchun, ularning taklifi oshadi. Bunday holatda yaxshi avtomobil olish ehtimoli 50 foizdan nolga tushib ketadi.
Sug‘urtalash bozori. Sug‘urtalash bozorida ham avtomobillar bozoridagi holatni kuzatish mumkin. Sug‘urta qilinadigan shaxs o‘zining sug‘urta ob’ekti to‘g‘risida sug‘urtalovchiga qaraganda ko‘proq axborotga ega. Shuning uchun ham, bu yerda zaifroq, sog‘lig‘i yaxshi bo‘lmagan shaxslar ko‘proq sug‘urta kompaniyasi xizmatidan foydalanishga harakat qiladilar. Ushbu holat sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta narxini oshishiga olib keladi va yuqori sug‘urta narxi o‘z navbatida sog‘ligi yaxshi bo‘lgan shaxslarni sug‘urtalashga bormasligini kuchaytiradi.
Ma’naviy tavakkalchilik (yo‘qotish) - yo‘qotishlar sug‘urta kompaniyasi tomonidan to‘liq qoplanishiga ishonib vujudga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar ehtimolini ongli ravishda oshirishga intiluvchi shaxslarning xatti-harakati.
Insonlar o‘z hayotini, mulkini sug‘urtalagandan keyin, o‘zining hayotiga, mulkining saqlanishiga ko‘pincha befarq qaray boshlaydilar. Ular sug‘urtalashgacha qilinadigan ehtiyot-choralarni bajarmay qo‘yadilar. Bunday holat tavakkalchilikni kuchaytiradi va inson o‘zini sug‘urta qilgan voqea-hodisalarning sodir bo‘lish ehtimolini oshishiga olib keladi.
Ba’zi bir nopok insonlar yuqori sug‘urta haqi olish maqsadida, ongli ravishda o‘zining eski uyini yoqadi, mulkini yaroqsiz holatga keltiradi va hatto o‘z qarindoshlarini o‘ldirishgacha boradilar.
Ma’naviy yo‘qotishlarni quyidagi yo‘llar orqali kamaytirish mumkin:
sug‘urtalanadigan shaxslarni yaxshiroq tekshirish, mijozlarni yo‘qotishlari bo‘yicha klassifikatsiya qilish asosida sug‘urta badalini differentsiatsiyalash (ya’ni, yo‘qotishi yuqori bo‘lgan shaxs uchun yuqori sug‘urta badali belgilash);
yuqori yo‘qotishga ega bo‘ladigan shaxslar bilan sug‘urta shartnomasini tuzmaslik (narkomanlar, spirtli ichimlik ichib avtomobil haydaydigan shaxslar);
yo‘qotishni qisman qoplash sharti bilan sug‘urtalash.
Bozordagi asimmetrik axborotlarni yo‘qotish yo‘llari.
Bozor signallari. Bozorda sotiladigan tovar to‘g‘risida, tovarni ishlab chiqaruvchi firmaning nomi to‘g‘risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, firmaning obro‘i, tovar sifati va kafolati to‘g‘risidagi axborotlar bozor signallari bo‘lib xizmat qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi. Masalan, siz sotib olmoqchi bo‘lgan tovar siz bilgan, sifatli mahsulot ishlab chiqaradigan firmaning mahsuloti bo‘lsa, siz mahsulotni yo‘qotishsiz sotib olasiz.
Firmalar xaridorlar ularda yaxshi sifatdagi mahsulot borligini bilishi uchun reklamaga mablag‘ sarflashlari mumkin. 20-bo‘limda ko‘rganimizdek, talabalar ishga oluvchilar ularning bilimlari yetarli darajada ekanligini bilishlari uchun oliy o‘quv dargohlari diplomini olishlari mumkin. Bilimning signal nazariyasi odam kapitali nazariyasidan farq qiladi. Odam kapitali nazariyasida diplom mavjudligi odamning qobiliyatlari mavjudligidan emas, balki ish mahsulligini ko‘rsatadi. Signal qilishning bu ikki misoli umuman turlicha ko‘rinishi mumkin, biroq tashqi ko‘rinish ostida ular deyarli bir xil: ikkala misolda ham habardor taraf (firma, talaba), xabardor bo‘lmagan tarafga (xaridor, ishga oluvchi) signal orqali ular yaxshi sifatli narsani taklif qilayotganlari haqida xabar berishmoqda.
Biror bir harakat yaxshi signalga aylanishi uchun nima kerak bo‘ladi? U qimmatga tushishi ravshan. Agar signal tekin bo‘lganida hamma undan foydalanar va u hech qanday ma’lumotni uzatmas edi. Huddi shu sababga boshqa bir talab bor: yuqoriroq sifatli mahsuloti bo‘lgan odamga signal kam xarajatli yoki yuqori foydali bo‘lishi kerak. O‘zga holda barcha signalni ishlatishni xohlab qoladi va u hech narsani bildirmay qo‘yadi.
Yuqoridagi ikki misolimizni yana bir bor ko‘rib chiqamiz. Reklama holatida, sifatli mahsuloti bo‘lgan firma reklamaga pul ketkazib yanada ko‘proq daromad ko‘radi chunki mahsulotni bir bor ishlatib ko‘rgan iste’molchi uni yana sotib olishi ehtimoli yuqoriroq. Shuning uchun yaxshi mahsulotga ega firmaga signal
(reklama) uchun mablag‘ sarflash foyda, iste’molchiga esa signalni mahsulotni sifati haqida habar beruvchi ma’lumot sifatida qarash foyda desak bo‘ladi. Ta’lim misoliga kelsak, iqtidori bor odam maktabni bitirishi osonroq, iqtidorsiz odamga qaraganda. Shunday ekan shaxsga signalning (ta’lim) narxini to‘lash, ishga oluvchiga esa bu signalga shaxsning qobiliyatlari haqida ma’lumot sifatida qabul qilish to‘g‘ri bo‘ladi.
Dunyo signallarga to‘lib ketgan. Jurnallardagi reklamalarda ba’zida “televizorda ko‘rganingizdek” yozuvi bo‘ladi. Nega jurnalda reklamasi bor firma bu faktga urg‘u bermoqchi bo‘ladi? Bunga sabab korxona qimmat signaldan (televizordan) foydalanayotgani sizga uning mahsuloti yuqori sifatli ekanligidan darak bermoqchiligidadir. Xuddi shu sababga ko‘ra, nufuzli maktablarni bitirganlar bu faktni o‘z rezumelarida aks ettirishadi.
Bir bola o‘z yoqtirgan qiziga qanday sovg‘a olishni o‘ylayapti. “Bilaman” deydi u o‘ziga, “ men unga naqd pul beraman. Uning didini o‘zichalik yaxshi bilmayman. Pulga esa o‘zi xohlagan narsani sotib oladi”. Lekin u pulni berganida qiz xafa bo‘ladi. U meni sevmas ekan deb o‘ylab, munosabatlarni tugatadi.
Bu voqea orqasidagi iqtisod qanday?
O‘ylab qarasak, sovg‘a berish bu g‘alati odat. Misolimizdagi yigit aytganidek odamlar o‘z didlarini boshqalarnikiga qaraganda yaxshiroq biladilar, shuning uchun biz hammani pulni sovg‘aning bir shakli deb qabul qilishini kutishimiz mumkin. Agar sizning ish beruvchingiz oyligingizni tovarlar shaklida berganida siz bunga qarshi chiqardingiz. Lekin sizning reaksiyangiz sizni (umid qilganingizdek) sevuchi odam shunday qilsa umuman boshqacha bo‘ladi.
Sovg‘a berishning bir talqini u o‘zida asimmetrik ma’lumot va signalni saqlaganligidadir. Misolimizdagi yigitning qiz bilmoqchi bo‘lgan shaxsiy ma’lumoti bor: Haqiqatdan ham u qizni sevadimi? Qiz uchun yaxshi sovg‘a tanlashi bu uning signali. Sovg‘a tanlash pul bergandan ko‘ra signal bo‘lish uchun to‘g‘riroq xarakteristikalarga egaligi aniq. U qimmat (vaqt oladi), va uning narxi shaxsiy ma’lumotga asoslangan(qanchalik sevishi). Agar yigit haqiqatdan ham qizni sevsa to‘g‘ri sovg‘a tanlash oson bo‘ladi, chunki u qiz haqida ko‘p o‘ylaydi. Agar uni sevmasa to‘g‘ri sovg‘a tanlash qiyinroq bo‘ladi. Shunday qilib to‘g‘ri sovg‘a tanlash uning sevgisi haqidagi shaxsiy ma’lumotini izhor etishning bir yo‘li. Pul berish esa u hatto sovg‘a tanlashga harakat qilmaganini ko‘rsatadi.
Signal nazariyasining sovg‘a berish bilan bog‘liqligining yana bir kuzatuvi mavjud: Odamlar ta’sir kuchi muhim bo‘lgan odatlar haqida ko‘proq qayg‘urishadi. Shunday ekan, yigit yoki qizga pul berish odatda nomaqul harakat. Lekin kollej o‘quvchilari ota onalaridan chek olganlarida ular kamdan-kam xafa bo‘lishadi. Ota-ona muhabbati shubhada bo‘lishi mumkin emas, shuning uchun qabul qiluvchi pulni e’tiborsizlik signali deb qabul qilmaydi.
Ma’lumotni aniqlash uchun tekshirish
Xabardor taraf o‘z ma’lumotini oshkor etish uchun qilgan harakati signal berish deyiladi. Xabari yo‘q bo‘lgan taraf esa ma’lumotni bilish uchun qilgan harakati tekhirish deyiladi.
Ba’zida tekhirish bu oddiy holat. Ishlatilgan mashinani sotib olayotgan shaxs uni avtomexanik tomonidan tekshirib ko‘rilishini so‘rashi mumkin. Bu talabni rad etgan sotuvchi o‘z shaxsiy ma’lumoti, ya’ni uning mashinasi limon ekanligini oshkor etib qo‘yadi. Xaridor narxni tushirishni so‘rashi yoki boshqa mashinani ko‘rishni afzal deb bilishi mumkin.
Tekshirishning boshqa misollari nozikroq. Misol uchun, avtomobil sug‘urtasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotni ko‘raylik. Tashkilot ehtiyotkor haydovchilar uchun past narxdagi badal va tavakkal haydovchilar uchun yuqori badal narxlarini o‘rnatishni xoxlaydi. Lekin ularni qanday ajratish mumkin? Haydovchilar ular ehtiyotkor yoki tavakkal xaydovchiliglarini bilishadi, lekin tavakkallari buni tan olishmaydi. Haydovchining tarixi bu birqancha ma’lumot (sug‘urta kompanialari undan foydalanishadi) lekin avariyalarning tasodifiy sodir bo‘lishini hisobga olgan holda xaydovchining tarixi kelajakdagi xatarlardan xabar beruvchi yaxshi indikator emas.
Sug‘urta kompaniyasi ikki xil toifadagi haydovchilarni ikki xil sug‘urta shartlarini o‘rnatib, xaydovchilarni o‘zini-o‘zi ajratishiga undashi mumkin. Birinchi sug‘urta shartlari yuqori badalli bo‘ladi lekin u avariyadan ko‘rilgan zararni to‘liq qoplab beradi. Boshqa sug‘urta shartlari esa past narxdagi badalga ega bo‘ladi lekin misol uchun $1000 franshizaga ega bo‘ladi.(bu degani haydovchi zararning birinchi $1000 ni to‘lashi kerak bo‘ladi, tashkilot esa qolgan zararni to‘lab beradi) E’tibor bering, franshiza tavakkalchi haydovchilar uchun ortiqcha tashvish bo‘ladi, chunki ularning avariyaga uchrash ehtimoli kattaroq.
Shunday ekan yetarlicha yuqori franshiza bor, biroq past narxdagi badali bo‘lgan sug‘urta ehtiyotkor haydovchilarni, franshiza bo‘lmagan, lekin yuqori narxdagi badali bo‘lgan sug‘urta tavakkal haydovchilarni qiziqtiradi. Bu ikki sug‘urta shartlarini ko‘rib chiqib ikki toifadagi haydovchilar o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini qaror qabul qilib oshkor etadilar.

Download 138,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish