I-bob. Boshlang’ich sinflarda matematikadan tadbirlarni tashkil etishning nazariy asoslari



Download 51,51 Kb.
bet5/8
Sana13.04.2023
Hajmi51,51 Kb.
#927581
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BOSHLANG\'ICH SINFLARDA MATEMATIK TADBIRLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI tog\'rilangan111

Matematik o’n minutlik
Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar uyushtirishdagi dastlabki qadam matematik o‘n minutliklardir.
O‘n minutlik dars yoki darsdan tashqari vaqtlarda butun sinf o‘quvchilari ishtirokida xaftada bir marta uyushtiriladi.O‘quvchi o‘n minutlik uchun shunday masala misol, mashq va o‘yinlar tanlashi kerakki, ular hajm jihatdan kichik bo‘lsin, lekin o‘quvchilarning aktivligini oshirsin, o‘quvchilarning kelajakda umumiy bilish faolyatlarini hamda nutq madaniyatlarining kamol topishida yo‘naltiruvchi vosita bo‘lib qolsin.
O‘n minutlikni faqat sinfda o‘tkazilmasdan, balki maktab hovlisida va hatto maktabdan tashqarida o‘tkazish mumkin. Bunda o‘quvchilar bilan tevarak–atrof va tabiatdagi matematik mutanosiblikni sekin–asta mushohada qilish asosida o‘tkaziladi.
Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar bo`yicha tavsiyalar
Bugungi kunda bolalarning bo`sh vaqtini to`g`ri tashkil etishda maktabdan va sinfdan tashqari ta’limga alohida etibor berilmoqda. Maktabdan va sinfdan tashqari ta’limni tashkil qilishda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yilda qabul qilgan “Barkamol avlod” bolalar markazlari to`g`risidagi Nizomi asosiy hujjat hisoblanadi. Bo`lajak to`garak rahbarlarini tayyorlashda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi bo`lib qolmoqda. Bu borada kasb-hunar kollejlarida malakali kichik mutaxassislar tayyorlashda quyidagilarga e’tibor berilishi kerak.
- Mutaxassislik fanlarini o`rgatishda egallanayotgan bilim ko`nikmalar davlat ta’limi standartlarida berilgan talablarga asoslangan bo`lishi kerak.
- Mutaxassislik kasbi bo`yicha ta’lim berish mazmuni fan, texnika, texnologiya taraqqiyoti darajasi talablariga javob berishi kerak.
- Ta`lim berishning zamonga xos texnik vositaridan - slaydlar, multimediya va boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanishi kerak.
- Fan bo`yicha amaliy ish darslarini tashkil etishda o`qituvchi o`quvchilarga axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini o`rgatishi va bunday mashg`ulotlarda o`quvchi asosiy figura bo`lishiga erishishi kerak.
-X onada o`qituvchilar va o`quvchilar foydalanishlari uchun kompyuter, kodoskop, internet tarmog`idan olingan manbalar to`plami bo`lishi kerak. Har bir darsda o`qituvchi ulardan foydalanishi kerak.
- Xonada zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari bo`yicha tayyorlangan mashg`ulot ishlanmalari, ko`rgazmalar namunalari bo`lishl kerak.
Tadbir mashg’ulotlarini interfaol usullardan foydalanib olib borish ta’lim sifatini yanada oshiradi. Bola mashg’ulotda erkin fikrlay olishi, ijodkorlik mahoratini oshkora namoyish eta olishi lozim. Tadbirda bola maktab darslaridan keyingi bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish uchun sharoit yaratilishi zarur. Tadbir mashg’ulotlari bola o’z ustida ishlashi, o’zi qiziqqan yo’nalishi bo’yicha shug’ullana olishi, qo’shimcha bilimga ega bo’lishi uchun imkon beradi. Mashg’ulot davomida dars o’qtish bilan birga bolalarda o’zaro ijodiy tajriba almashishadi.Bir yo’nalishda izlanayotgan, bo’lajak yosh mutaxassislar shakllanadi. Tadbir bolalarning tadbirlarni o’zlari erkin tanlashi, bir vaqtning o’zida bir necha tadbirka qatnashi va qiziqishiga ko’ra tadbirni almashtirishi mumkin. Bu kelajakda bolalarning biror-bir kasbni tanlashida boshlang’ich pog’ona vazifasini o’taydi. Tadbir rahbari tadbir mashg’ulotida samaradorlikka erishish uchun tadbir mashg’uloti ishlanmasiga alohida e’tibor qaratishi, uni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tuzishi lozim.Bunda tadbir rahbari oldiga qo’ygan har bir maqsadga xolisona, bolalar tushinishi uchun uning soddaligiga alohida e’tibor berishi kerak.Tadbir rahbarlari tadbir mashg’ulotlari ishlanmasini quyidagi tartibda tuzishlari mumkin. Tadbir bu- ma'lum bir bilim sohasiga qiziqishni kuchaytiradigan va amaliy faoliyat bilan shug'ullanmoqchi bo'lgan o’quvchilarning ixtiyoriy birlashmasi. Doiralardagi mashg'ulotlar dasturning mavjudligi, muntazamligi, vaqt davomiyligi va ishning o'ziga xos profili bilan tavsiflanadi. Tadbirlar maktabda tadbir ishlari tizimining bir qismidir. Pedagogik lug'atga ko'ra, tadbir ishlari bolalar uchun qo'shimcha ta'lim shakllaridan biri bo'lib, u turli xil tadbirlar, sektsiyalar va tadbirlarni tashkil etishdan iborat. Tadbir ishi talabalar uchun qiziqishlariga asoslanib ixtiyoriy ravishda tanlangan faoliyatning shaxsiyat uchun muhim, qadriyatlarga asoslangan, individual tajribasini o'zlashtirish sohasiga aylandi. Bu talabalarga kasbiy o'zini o'zi belgilashda yordam beradi, asosiy tarkibiy qismda olingan bilimlarini, kuchli tomonlarini amalga oshirishga yordam beradi. Ongli ravishda tadbir ishlari orqali kasb tanlash uchun o’quvchilarning bir qator kasblarni yetarlicha bilishi, bilganda ham ularning o’ziga jalb qiladigan tomonlarini emas, balki qiyinchiliklarini ham yaxshi bilishi, o’zining shaxsiy sifatlariga ko’ra tanlangan kasbini muvaffaqiyatli egallay olishi va keyingi ish jarayonida o’z malakasini takomillashtirish talab qilinadi. Bunday ko’nikmalarni bevosita tadbir ishlari orqali shakllantirish, o’quvchilarning biror bir hinarni egallashlarida ko’rsatmalar berish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi vaqtga qadar tadbir ishlari orqali kasbga yo’naltirish ishlari yetarlicha saviyada olib borilmasligi, ularni kasb-hunar turlari bo’yicha aniq ma’lumotga ega emasligiga olib keladi. Maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan savol-javob qilinganda shu narsa aniqlandiki, ularning faqat 65% ommaviy kasblarni bilishi to’g’risida ta’kidlagan. O’quvchilarning faqat 25%i tadbirlarga jalb qilingan. Albatta, bu ma’lumotlar har davrda va har xil mintaqalarda ob’ektiv holda turlicha bo’lishi mumkin.

Download 51,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish