I bob. Biologiya faniga kirish I biologiya fanining rivojlanish tarixi



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/32
Sana18.01.2022
Hajmi0,64 Mb.
#384377
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
Bog'liq
Biologiya 1-Ma'ruza matni (4)

 

 

I.5. Tur to’g’risida tushunchalarning shakllanishi. 

Tur tushunchasining ta’rifi 

 

Tabiatda  o’simliklar  bilan  hayvonlar  turi  nihoyatda  ko’p  bo’lishiga  qaramay, 

hozircha  tirik  organizmlarning  juda  oz  turlari  har  tomonlama  o’rganilgan.  Shu  sababli, 

har bir turning o’ziga xos tomonlarini qamrab olgan tur ta’rifi hanuzgacha yaratilmagan. 

To’g’ri,  biologiya  fani  tarixida  turga  juda  ko’p  ta’riflar  berilgan.  Biroq  ko’pchilik 

hollarda bu ta’riflar turning ayrim belgilari yoki mezonlariga asoslangan xolos. 

Turni  ta’riflashda  ikki  xil:  tipologik  vas  of  nazariy  evolutsion  konsepsiyalar  mavjud. 

Turning  tipologik  konsepsiyasida  asosiy  maqsad  bir  turni  boshqa  turdan  ajratish 

hisoblanadi.  Evolutsion  nuqtai  nazardan  turga  ta’rif  berishda,  tur  hayotining  mavjud 

asosiy  formasi  ekanligini  va  unda  ma’lum  darajada  evolutsion  jarayoni  ro’y  berishi 

diqqat-markazida  turadi.  Turga  berilgan  bu  ikki  hil  ta’rifdagi  o’zaro  qarama-qarshilik 

shundan  iboratki,  turni  bilish  uchun  qo’llanilgan  tipologik  konsepsiyada  uning  turg’un 

belgi  xossalari,  ya’ni  statikligi  e’tiborga  olinadi.  Turga  berilgan  ta’rifning  evolutsion 

konsepsiyasida esa uning dinamik harakteristikasi diqqat markazida bo’ladi. 

Sistematiklar tomonidan turga beril ta’riflar ichida umumiy  va ayrim organizmlar 

guruhi  (  masalan,  mikroorganizmlar,  zamburug’lar,  suvo’tlar,  hasharotlar  va  hakozolar) 




ga  xos  xususiy  ta’riflar  bor.  Lekin  bu  ta’riflarning  hammasida  ham  har  xil  turlarni  bir 

yoki  ko’p  belgilariga  qarab  farq  qilishga  asoslaniladi.  Berilgan  ta’riflarda  turning 

umumiy  va  xususisy  belgilariga  ko’pincha  aralashtirib  yuboriladi.  Mayrning  haqqoniy 

mulohazasiga  ko’ra,  “…birorta  sistematik  materialdan  barcha  sistematik  hamkasblar 

uchun muqbul bo’lgan umumlashgan xulosaga kela olmaydi”!. 

Hozirgi  vaqtda  tur  ichidagi  birliklar  populyatsiyalar  hamda  ular  guruhlarining 

murakkab  integratsiyasidan  iborat  sistema  sifatida  e’tirof  etiladi.  Turni  bunday  keng 

politipik  ma’noda  ta’riflash  uni  xarakterlash  uchun  yagona  tipik  nusxa  yetarli,  deb 

hisoblagan  tipologik  konsepsiyadan  tubdan  farq  qiladi.  Politipik  turlar  haqidagi 

tasavvurlar  vujudga  kelishi  tufayli  turga  morfologik  farqiga  qarab  emas,  balki 

populyatsiyalar  orasidagi  jinsiy  bog’lanishlarga  qarab  ta’rif  berila  boshladi.  Bu  ta’rifda 

“biologik tur” quyidagi xossalarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak: 

1.

 

Biologik tur jinsiy yo’l bilan ko’payadiga formalarda mavjud. 



2.

 

Tur o’zaro qarindosh bo’lgan bitta yoki bir nechta populyatsiyalardan tashkil 



topgan. 

3.

 



Populyatsiyaga  mansub  organizmlar  o’rtasidagi  munosabat  ko’payish 

jihatdan bir-biriga bog’liq bo’lishdan iborat. 

4.

 

Bir 



turga 

mansub 


populyatsiyalarning 

boshqa 


turga 

mansub 


populyatsiyalardan jinsiy tomondan alohidalanishi biologik turning asosiy mezoni bo’lib 

xizmat qiladi.  

Biologik  turning  bu  ta’rifida  bir  qancha  jiddiy  kamchiliklar  bor.  Ular 

tubandagilardan iborat: 

1.

 

Jinssiz  yo’l  bilan  ko’payuvchi  organizmlarda  turlar  mavjudligi  yuqoridagi 



ta’riflarda inobatga olinmaydi. 

2.

 



O’z  populyatsiyasidagi  boshqa  organizmlar  bilan  chatishmaydigan  mutant 

formalar tur darajasiga ko’tarilishi hisobga olinmagan. 

3.

 

Mustaqil  evolutsiya  jarayonida  o’ziga  xos  morfologik-fiziologik  belgilarga 



ega bo’lgan va ancha ilgari mustaqillashib olgan geografik va ekologik irqlar tur deb tan 

olinmaydi.  Evolyusion  konsepsiya  asosida  turga  nazarib  (abstract)  ta’rif  beriladi.  Bu 

ta’rifda  tur  asosan  evolusiyalanuvchi  birlik  sifatida  olinadi.  Masalan,  Simpson 

mulohazasiga  ko’ra,  tur  deyilganda,  biro  ta-ona  organizmlarining  boshqa  ota-ona 

organizmlardan  mustaqil  ravishda  tarixiy  rivojlangan  va  o’z  evolyusion  taqdiriga, 

yo’nalishiga  ega  bo’lgan  izchil  populyatsiyalari  qatori  tushuniladi.  Albatta,  bu  ta’rif 

abstract ta’rif bo’lib, uni amalda qo’llab bo’lmaydi. Chunki unda bir turning morfologik, 

fiziologik, ekologik jihatdan ikkinchidan turdan farq qilishi o’z ifodasini topmagan. 

Turni  ta’riflashda  mavjud  ikkita,  ya’ni  amaliy  va  sof  nazariy  yo’nalishni  o’zaro 

bir-biriga  qo’shish  masalasi  hanuzgacha  hal  bo’lmayapti.  Shu  sababli  turni  ta’riflashda 

ko’p tomonlama tavsif diqqat markazida bo’ladi.  Avvalo, turga  umumiy ta’rif  berishda, 

albatta,  uning  statistikasi  va  dinamikasi  yagona  birlikning  qarama-qarshi  xossalari 

sifatida  e’tiborga  olinishi,  shu  bilan  bir  qatorda  tur  avolyusiya  jarayonining  asosiy 



bosqichi  ekanligini  hamda  organik  olamda  evolyutsiya  jarayoni  populyatsiya  –  tur 

darajasida  amalga  oshishi  diqqat  markazida  bo’lishi  kerak.  Aytilganlarni  e’tiborga  olib, 

tur  to’g’risida  mulohaza  yuritganda,  uning  quyidagi  xossalariga  alohida  e’tibor  berish 

kerakligini ko’rsatdi. 

Har  bir  tur  evolyutsiyaning  sifat  jihatdan  farq  qiluvchi  bosqichi  bo’lib,  o’z 

mustaqilligi  bilan  harakterlanadi.  Tur  umumiy  yoki  ajralgan  arealda  tarqalgan,  o’xshash 

morfologik-fiziologik  belgilarga  ega  hamda  o’zaro  chatisha  oladigan  individlar 

yig’indisidan  tashkil  topgan.  Tabiatda  turlar  urchishi  jihatdan  bir-biridan  tamomila 

chegaralangan,  shu  sababli  ular  chatishmaydi.  Turga  berilgan  bu  ta’rifga  yana  ayrim 

qo’shimchalar  kiritish  lozim.  Har  qanday  tur  o’zining  genotipik  sistemasiga,  “genotipik 

birligiga” ega. 

Har bir tur boshqa turlardan alohida mavjud bo’lmaydi, balki ma’lum biogeotsenoz 

tarkibiga  kiradi  hamda  o’ziga  xos  genotipik  sistemaga  ega.  Ko’p  turlar  politipik  tur 

hisoblanadi va belgilari bilan farq qiluvchi har xil organizmlar guruhlari (populyatsiyalar) 

dann, ayrim vaqtlarda kenja tur darajasiga ko’tarilgan formalardan tashkil topadi. 

Xulosa  qilib  aytganda,  turlar  amalda  morfologik,  fiziologik,  ekologik,  genetik 

belgi-xossalari, geografik tarqalishi bilan bir-biridan farq qiladi. Umuman turga berilgan 

ta’rifni jinsiy yo’l bilan ko’payuvchi, chetdan changlanuvchi organizmlar turiga nisbatan 

to’liq  qo’llash  mumkin.  Partenogenez  yo’li  bilan  ko’payuvchi  yoki  o’z-o’zidan 

changlanuvchi  organizmlarga  nisbatan  esa  to’liq  qo’llash  juda  qiyin.  Bunday 

organizmlarda  ma’lum  hududlarda  tarqalgan  umumiy  evolyutsion  qismat  bilan  bog’liq 

bo’lgan  yaqin  biotiplar  sistemasi  jinsiy  ko’payuvchi,  chetdan  changlanuvchi 

organizmlardagi tur tushunchasiga teng keladi. 

Qadimgi o’simliklar,  hayvon turlari ko’p hollarda asl  nusxasini tiklash yo’li bilan 

aniqlanadi.  Bunda,  asosan,  ularning  morfologik  belgilariga  alohida  e’tibor  beriladi.  Tur 

belgilari  topilgan  oraliq  formalar  ko’zga  ko’rinadigan  morfologik  o’zgarishlarga  ega 

bo’lgandagina  namoyon  bo’ladi.  Paleontologik  nuqtai  nazardan  olganda,  turga  kiruvchi 

organizmlar ma’lum maydondagina emas, balki shu bilan bir vaqtda ma’lum tarixiy davr 

ichida  ham  tarqalgan  bo’ladi.Keyingi  holat  tur  kriteriyasini  yaqin  qarindoshlik 

ma’nosidan  mahrum  qiladi.  Aytilgan  mulohazalar  tur  ta’rifini  poleontologiyada 

qo’llashda jiddiy qiyinchiliklar borligidan dalolat beradi.  

Evolyutsion  nazariya  uchun  organik  olamning  tarixiy  rivojlanishini  ta’minlovchi 

boshlang’ich evolyutsiya omillari tiriklik (hayot) ning qaysi darajasiga ta’sir etishi tufayli 

ro’y  berishi  haqidagi  fikrlar  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Biroq  “tuzilish-uyushish 

darajasi”  ko’pincha  biologiyada  har  xil  talqin  qilinadi.  Masalan,  molekulyar 

biologiyaning  rivojlanishi  bilan  ba’zi  biolglar  turning  sifat  jihatdan  o’ziga  xos  uyishish 

darajasi  molekulyar  darajadir,  tiriklikning  boshqa  uyishish  darajalari  esa  molekulyar 

darajaning  oshirilgan  ifodasi,  deb  talqin  qiladilar.  Tiriklik  tuzilish  darajasini 

klassifikatsiyalashda  ham  olimlar  o’rtasida  ixtiloflar  bor.  Bunday  ixtiloflarga  qaramay, 

barcha  olimlar  populyatsiya-tur  darajasida  organizmlar  uzoq  vaqt  o’z-o’zini  ko’paytira 




olishi  va  evolyutsion  yangilanish  ro’y  berishini  e’tirof  etadilar.  Zavadskiyning  turga 

bergan  ta’rifida  bu  masala  asosiy  o’rinda  turadi.uning  ta’rifiga  ko’ra,  tur  hayptning 

mavjud  asosiy  formalaridan  biri  bo’lib,  yuqori  tuzilish  –  uyishish  darajasidan  tashkil 

topgan.  U  statik  tomondan  determinatsiya  qilingan  sistemadan  iborat  bo’lib,  tabiiy 

tanlanishning  ta’sir  maydoni  hisoblanadi.  Tur  uzoq  vaqt  o’z-o’zidan  ko’paya  olish, 

yashash va mustaqil rivojlanish qobilyatiga ega. 

Tur  evolyutsiya  jarayonining  sifatli  bosqichi  bo’lib,  ichki  jihatdan  qarama-

qarshilikdan  iborat.  Evolyutsiya  natijasi  sifatida  u  nisbatan  turg’un,  ma’lum  sharoitga 

moslashgan,  genetik  jihatdan  boshqa  turlardan  mustaqil  holda  namoyon  bo’ladi.  Shu 

bilan  birga,  tur  evolyutsiyaning  aktiv  tashuvchisi  va  evolyutsiya  jarayonining  bosqichi 

sifatida  dinamik  xarakterga,  noaniq  chegaraga  ega  va  o’zgaruvchan  bo’ladi.  Zavadskiy 

tomonidan  berilgan  bu  ta’rif  tir  naqadar  keng  hajmli,  o’z  mohiyati  jihatidan  qarama-

qarshi ekanligini ko’rsatadi. 


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish