” ni bayon qildi. Purkine donachalar deb hujayralarni nazarda tutdi, o‘simlik
“hujayra”si bilan hayvonlar “donacha”larini analog (o‘xshash) ekanligi haqida yozdi.
Uning faktik dalillari o‘zining aniqligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Hattoki, Shvanni
dalillarini ham Purkine maktabiniki bilan bir qatorga qo‘yib bo‘lmaydi. Purkine hujayra
nazariyasini shakllantirishga juda yaqin keldi. U o‘simlik va hayvon hujayralarini
taqqoslay olmagan bo‘lsada, uning hayvonlarning hujayraviy strukturalari haqidagi faktik
materiallari tengsiz edi. Purkine hayvon organizmini hujayralardan tuzilganligini
asosladi. Purkine maktabi hujayra nazariyasini shakllantirishga juda yaqin kelgan
bo‘lsada, uni I.Myuller maktabi amalga oshirdi. Myullerning shogirdlari qatoriga
K. Lyudvig, A.Kyolliker, V.Valdeyer, R.Virxov, E.Bryukke, E.Dyubua-Reymon,
V.Gelmgols va boshqalarni qo‘shish mumkin. Myullerda I. Pirogov ham o‘qigan,
ma’ruzalarida hayvonlarda har xil tajribalar va mikroskopik preparatlar ko‘rsatgani unda
juda katta taasurot qoldirdi. Myuller to‘garak og‘izlilarning solishtirma anatomiyasi bilan
shug‘ullanar ekan, u mikrostrukturasi jihatidan xorda va o‘simlik hujayralarini
o‘xshashligi bor ekanligini aniqladi. T.Shvann Myullerning laboratoriyasida besh yil
ishladi. U meda shirasi fermentini ochib, unga
pepsin
deb nom berdi. Shvanning xizmati
shundan iborat bo‘ldiki, u hujayra haqidagi tasavvurlarni uning kelib chiqishi bilan
bog‘ladi. “O‘simlik va hayvon hujayralari prinsipial jihatdan o‘zaro o‘xshash (gomolog),
chunki ular bir xil kelib chiqishga ega ” degan tezisni berdi.
Shvann 1837 yilda Matias Shleydenning ishi bilan tanishdi (hali bosilib
chiqmagan), 1838 yilda esa uchta kichikroq maqolalarini e’lon qildi va ularda hujayra
nazariyasining asoslarini bayon qildi. Shunday qilib, hujayralarning kelib chiqishini
umumiyligi hujayra nazariyasiga qo‘yilgan fundament bo‘ldi va u biologiyaning keyingi
rivojlanishiga katta ta’sir o‘tkazdi. Neyse shahrida T.Shvanga 1909 yilda haykal
o‘rnatildi, shu kuni ilmiy maktabdoshi, do‘sti va yirik olim V.Valdeyer nutq so‘zlab “Biz
“hujayra” deb atayotgan mikroskopik mayda strukturalarni Shvann ochgani yo‘q, u faqat
bizni uning ahamiyatini tushunishimizni o‘rgatdi”, dedi. Shvangacha bu masala 20-30 yil
davomida o‘rganildi, ammo faqat Shvann bu nazariyani ilmiy asoslangan nazariyaga
aylantirdi. M.Shleyden (1804-1881) o‘simliklarning o‘sish jarayonida hujayralarning
hosil bo‘lishini o‘rgandi, ammo hujayra nazariyasi bilan shug‘ullanmadi. Shleydenning
asosiy xizmati shundaki, u organizmda hujayraning paydo bo‘lish masalasini aniq qo‘ya
olganligidadir. Shleydenning eng muhim tasavvurlaridan biri hujayrani organizm deb
ataganidir. U “bu mayda o‘ziga xos organizm qanday bo‘ladi” degan savolga javob
berishga harakat qilib, o‘zining “
Do'stlaringiz bilan baham: