“Insonni, uning ma‟naviy olamini kashf
etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo„lsa, so„z san‟ati, badiiy
adabiyotdir. Adabiyotni insonshunoslik deb, shoir, yozuvchilarni esa inson
ruhining muhandislari, deb ta‟riflanishi bejiz emas, albatta”
25
– deb
ta‟kidlagan edilar. Badiiy adabiyot ma‟naviyatni oziqlantiruvchi manba sifatida
o„quvchi-yoshlar dunyoqarashiga juda katta ta‟sir ko„rsatadi. Adib voqealarni
hayotdan, insonlarning o„zidan olib, unga badiiylik, obrazlilik “libos”ini kiydiradi,
shu holatda yana kitobxonga qaytarishi hech kimga sir emas. Katta hayot
zinalarini birma-bir bosib yuqorilayotgan bola uchun, u yashayotgan yurt, mahalla,
oila, maktab, do„stlar davrasidagi muhit kelajakda qanday inson bo„lishini
ta‟minlaydi. Biz, adabiyot o„qituvchilari, o„z darslarimizni bolaning badiiy
tafakkurini, mustaqil fikr yuritish va hayotga bo„lgan qiziqishini oshirishga xizmat
qiladigan darajaga yetkaza olsak, o„zi o„qiyotgan har qanday matnga ijodkorona va
tanqidiy nazar bilan qaray oladigan o„quvchini shakllantirsak, oldimizga qo„ygan
maqsadga bir qadar erishgan bo„lamiz. Xususan, 5-sinfda yozuvchi tarjimayi holi
25
Karimov I. A. Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. –T., Ma‟naviyat , 2008. 134-bet.
81
va darslikda berilgan asarining o„zaro chambarchas bog„liqlikda o„qitilishi bu
darslarning jonli, qiziqarli va samarali bo„lishini ta‟minlaydi.
O„quvchilarga yozuvchi hayoti va ijodini o„qitishda, faqatgina darsliklarda
berilgan ma‟lumotlar bilan cheklanib qolmasdan, qo„shimcha adabiyotlardan
foydalanish
yanada
samarali
bo„ladi.
Shu bilan birga, yozuvchining
avtobiografiyasi va tarjimayi holi bilan tanishtirgan holda tushuntirish esa, ta‟lim
samaradorligini yuqori darajada ko„tarilishida asosiy omil bo„lib xizmat qiladi.
Mazkur bitiruv malakaviy ishimizda ana shu samaradorlikni ko„rsatib berishga
imkon qadar harakat qildik. Birinchi bobda yozuvchi hayoti va ijodini o„rganishda
biografik metodning ilmiy-nazariy va metodik asoslari haqidagi ma‟lumotlar keng
va batafsil yoritib berilgan. Shu bilan birga, yozuvchi biografiyasining adabiy
asarga ko„chishi namumalar orqali yoritib berishga harakat qilingan.
Ikkinchi bobda yozuvchi ijodini o„rganishda biografik metodning
ifodalanishi nasr va nazm tipidagi asarlar misolida ochib berishga harakat
qilingan., jumladan mazkur bobda biografik metodning tahlil namunalari sifatida
hikoyachilik janrining yorqin vakili Abdulla Qahhor va o„z she‟rlari bilan xalqning
qalbidan mustahkam o„rin egallagan zabardast shoir Muhammad Yusuflar ijodi
misolida ko„rsatib berilgan.
Uchinchi bobimiz ishning amaliyotga tatbiqi deb nomlanib, bunda tajriba-
sinov natijalari va ochiq dars ishlanmasi keltirib o„tilgan. Bob yakunida
xulosalangan. Ishning yakunida adabiyotlar ro‟yxati va o‟zbekch-inglizcha so‟zlar
lug‟ati ilova qilingan.
82
Do'stlaringiz bilan baham: |