5
I BOB. AXBOROT – KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI
1.1. Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari
Axborot tizimlari va texnologiyalari yildan-yilga
inson faoliyatining turli
sohalarida yanada keng qo`llanilib borilmoqda. Ularni yaratish, ishga tushirish va
keng qo`llashdan maqsad - jamiyat va inson butun hayot faoliyatini
axborotlashtirish borasidagi muammolarini hal etishdir. Jamiyatni axborotlashtirish
deganda inson faoliyatining barcha ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan sohalarda
boyitilgan bilimlar, ishonchli axborotlar bilan to`liq va o`z
vaqtida foydalanishni
taʻminlashga qaratilgan kompleks chora - tadbirlarni hamma joylarda tadbiq etish
tushuniladi. Bundan shu narsa nazarda tutilmoqdaki, zamonaviy axborot tizimlari
va texnologiyalarini hamma joyga tadbiq etish qabul qilinajak qarorlar samarasini
oshiradi. Bu faqat milliy iqtisod rivojlanishining iqtisodiy ko`rsatkichlari
o`sishinigina emas, balki ayni paytda ishlab chiqarishni rivojlantirish,
yangi ish
joylarini tashkil etish, aholining turmush darajasini oshirish, atrof-muhitni
muhofaza qilishga yo`naltirilgan fundamental va amaliy
fanlarda sifatli ilmiy
yutuqlarga erishishni ham taʻminlaydi.
XXI asrga kelib insoniyat tarixida ilk bor sanoati rivojlangan mamlakatlar
ishlab chiqarishida axborot ish quroliga aylandi. Moddiy ishlab chiqarish
sohasidan mehnat resurslarining og`ishmay axborotlar sohasiga o`tib borishi
tendentsiyasi tabora yaqqol sezilmoqda.
Buning asosiy sababi shundaki, ishlab
chiqarish surʻati o`sishi va rivojlanishi jarayonida qarorlar qabul qilish hamda
boshqarish uchun zarur bo`lgan axborot hajmi oshib borayapti. Bu o`sish avvalo,
iqtisodiy, texnik, ilmiy, texnologik va ijtimoiy tizimlar va jarayonlarda namoyon
bo`lmoqda.
6
Globallashuv, axborot-kommunikatsiya taraqqiyoti
axborot almashish
jarayoni yanada tezlashtirishga xizmat qilayotir. Bugungi kunda maktab o'quvchisi,
hatto bog'cha bolasi qo'lida ham mobil telefon borligi hech kimni ajablantirmay
qo'ydi. Uyali aloqa vositalari, planshet,
kompyuter texnologiyalari, internetning
imkoniyatlari had-hududsiz ekanligi hammaga ayon. Kundalik turmushimizda
oddiy voqelikka aylangan ana shunday zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan
jamiyatimizning barcha a'zolari, jumladan, jismoniy
va yuridik shaxslar unumli
foydalanishga intilmoqda.
Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy tushunchalari haqida
maʻlumot beramiz.
Axborot —
bu yaratuvchisi doirasida qolib ketmagan va xabarga aylangan,
bilimlar noaniqligi, toʻliqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda ogʻzaki,
yozma
yoki boshqa usullar (shartli signallar, texnik vositalar, hisoblash vositalari va
hokazo) orqali ifodalash mumkin boʻlgan atrof-muhit (obyektlar, voqea- hodisalar)
toʻgʻrisidagi maʻlumotlardir. [5]
Texnologiya
soʻzi lotincha “thexnos” -sanʻat, hunar, soha va “logos” – fan
degan maʻnolarini anglatadi. Yaʻni texnologiya – biror
vazifani bajarishda uning
turli xil usullari koʻrinishini bildiradi.[4]