I bob. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


IP tarmoqlarida yoʻnalish axborotlari bilan almashishi protokollari



Download 5,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/115
Sana08.06.2022
Hajmi5,34 Mb.
#644500
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   115
Bog'liq
I bob. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari

IP tarmoqlarida yoʻnalish axborotlari bilan almashishi protokollari 
TCP/IP stekining yoʻnalish axborotlari bilan almashishning xamma 
protokollari adaptiv protokollar sinfiga kiradi. Ular oʻz navbatida ikki guruhga 
boʻlingan, ularning xar biri quyidagi algoritmlar turi bilan bogʻlangan: 

masofa-vektor algoritmi
(Distance Vector Algorithms, DVA). 

aloqa holati algoritmi
(Link State Algorithms, LSA). 
Masofa-vektor turidagi algoritmlarda marshrutizator vaqti-vaqti bilan va 
keng ogox qilingan holda tarmoq boʻyicha oʻzidan to unga maʻlum boʻlgan 
tarmoqlarga masofa vektorini yuboradi. Masofa deganda odatda paket muvofiq 
tarmoqqa tushishdan oldin nechta oraliq marshrutizatorlar orqali oʻtishi tushiniladi. 
Nafaqat paket oʻtgan oraliq nuqtalar, u qoʻshni marshrutizatorlar orasida aloqa 
boʻyicha oʻtgan vaqtini xam xisobga oluvchi boshqa metrika xam ishlatiladi. 
Qoʻshni marshrutizatordan vektorni qabul qilib har bir marshrutizator oʻzi bevosita 
(agar tarmoqlar uning portiga ulangan boʻlsa) yoki qoʻshni marshrutizatorlarning 
oʻxshash elementlaridan bilib olgan unga maʻlum boshqa tarmoqlar toʻgʻrisida 
axborotni vektorga qoʻshadi va tarmoq boʻyicha vektorning yangi mazmunini 


85 
joʻnatadi, oxir oqibat har bir marshrutizator inter tarmoqdagi tarmoqlar va qoʻshni 
marshrutizatorlar orqali ularga boʻlgan masofa toʻgʻrisida axborotni bilib oladi.
Masofa-vektor algoritmlari uncha katta boʻlmagan tarmoqlardagina yaxshi 
ishlaydi. Katta tarmoqlarda ular intensiv keng ogoxlantirish trafiki bilan aloqa 
liniyalarini sifatsiz qiladilar. Bundan tashqari bu algoritm konfiguratsiyaning 
oʻzgarishi har doim xam toʻgʻri bajarilmaydi, chunki marshrutizatorlar tarmoqdagi 
aloqalar topologiyasi aniq tushunchaga ega emaslar, ular faqat vositachilar orqali 
olingan, umumlashgan axborotga – masofa-vektoriga egalar. Masofa-vektori 
protokoliga muvofiq marshrutizator ishi koʻprik ishini eslatadi, chunki bunday 
marshrutizator tarmoqning aniq topologik surʻatiga ega emas. 
Masofa – vektori algoritmi asosidagi eng koʻp tarqalgan protokol boʻlib, RIP 
protokoli hisoblanadi. 
Aloqa holatining algoritmi, har bir marshrutizatorni tarmoq aloqalarining 
aniq grafasini qurish uchun yetarli axborot bilan taʻminlaydi. Hamma 
marshrutizatorlar bir xil graflar asosida ishlaydi, bu marshrutlash jarayonini 
konfiguratsiyasi oʻzgarishiga mustaxkamliroq qiladi. Keng ogohlantirishli 
joʻnatmalar faqat aloqalar holatining oʻzgarishidagina ishlatiladi, bunday holat 
ishonchli tarmoqlarda kam uchraydi. Aloqa liniyalar holatini qandayligini 
tushunish uchun uning portlariga ulangan marshrutizator oʻzining yaqin qoʻshnilari 
bilan kalta paketlarni vaqti-vaqti bilan almashib turadi. Ushbu grafik xam keng 
ogoxlantiruvchi, lekin u qoʻshnilar orasida boʻlganligi sababli tarmoqni kamroq 
sifatsizlantiradi. 
TCP/IP stekida aloqalar holatining algoritmi asosidagi protokol boʻlib, 
OSPF protokoli hisoblanadi. 

Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish