I bob. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


URL (Uniformed Resource  Locator) deyiladi yoki, qisqacha, URL- manzil deyiladi



Download 5,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/115
Sana08.06.2022
Hajmi5,34 Mb.
#644500
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   115
Bog'liq
I bob. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari

URL
(Uniformed Resource 
Locator) deyiladi yoki, qisqacha, URL- manzil deyiladi. 
 


135 
6.2. Internetning asosiy protokollari 
 
Protokol
– tarmoqda axborotni uzatish qoidalari toʻplami, apparat va dasturiy 
taʻminotni birgalikda ishlashini taʻminlash uchun barcha kompaniyalar bu 
protokollarga amal qilishlari lozim. Protokol - xabarlar turi va formatini, xabarlarni 
uzatilish tartibini belgilaydi.
Internet tarmogʻi turli 
qoidalar
(protokollar) boʻyicha ishlaydigan 
tarmoqlarni birlashtiradi. Turli qoidalarni moslashtirish uchun 
shlyuzlar
(maxsus 
kompyuterlar) qoʻllanadi. 
Internet tarmogʻida protokollarni 2 turi mavjud – bazaviy va amaliy. Bazaviy 
protokollar (TCP/IP) maʻlumotlarni tarmoq boʻyicha fizik joʻnatilishiga javob 
beradi. Amaliy protokollar – maxsuslashtirilgan xizmatlar ishlashiga javob beradi, 
masalan (http – gipertekstli xabarlarni uzatish protokoli, ftp – fayllarni uzatish 
protokoli). 
TCP/IP bazasidagi Internetning mijoz/server muhitida, server amaliy daraja 
(satx) protokolini hisobga olib portlarni belgilaydi, u mijoz satxida bajariladi. Port 
nomeri – bu 0 dan 65 536 gacha diapazondagi 16-bitli kattalikdir. 
Umumiy maʻlum portlar tizim jarayonlarida yoki amaliy dasturlarda 
ishlatiladi. Ular 0dan 1 023 gacha diapozondagi sonlar bilan nomerlanadi. Misol, 
port 25- SMTP protokoli (Pochtalarni uzatishning oddiy protokoli), port 80 - 
HTTP protokoli. 
Bir necha standart protokollar toʻplami (ularni yana steklar deb atashadi) 
mavjud, ular juda koʻp tarqalgan:

ISO/OSI protokollar toʻplami;

IBM System NetWork Architecture (SNA); 

Digital DECnet;

Novell Net Ware; 

Apple, apple Talk; 

Internet global tarmoq protokollar toʻplami, TCP/IP.


136 
Bu roʻyxatga global tarmoqni kiritilganligi tushunarli, chunki OSI modeli har 
qanday ochiq tizimda ishlatiladi.
Sanab oʻtilgan protokol toʻplamlari uchta asosiy turga boʻlinadi:

amaliy protokollar (OSI modeli amaliy, prezentatsion va aloqa vaqtini 
boshqarish bosqichlar vazifasini bajaradi); 

transport protokollari (OSI modelining transport va aloqa vaqtini 
boshqarish bosqichlar vazifalarini bajaradi);

tarmoq protokollari (OSI modelining uchta pastki bosqichlar 
vazifalarini bajaradi).
Amaliy protokollar – ilovalarning muloqoti va ular oʻrtasidagi axborot 
almashinuvini 
taʻminlaydi. 
Ularning 
koʻp 
ishlatiladigani 
va 
taniqliligi 
quyidagilardir:

FTAM (File Transfer Access and Management) – fayllarga bogʻlanish 
OSI protokoli;

X.400 – elektron pochtalarni halqaro almashish uchun CCITT 
protokoli;

X.500 – bir necha tizimda fayl va katalog xizmati CCITT protokoli;

SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) – elektron pochta almashinuvi 
uchun Internet global tarmoq protokoli;

FTP (File Transfer Protocol) – fayllar uzatish uchun Internet global 
tarmoq protokoli;

SNMP (Simple Network Management Protocol) – tarmoq monitoringi, 
tarmoq qismlarini nazorat va ularni boshqarish protokoli;

Telnet – Internet global tarmoq protokoli, u uzoqdagi hostlarni qayd 
qilish va ularda axborotga ishlov berish vazifasini bajaradi; 

Microsoft SMBs (Server Message Blocks, serverni xabar berish 
bloklari) va mijoz qobigʻi yoki Microsoft redirektorlari;

NCP (Novell Net Ware Core Protocol) va mijoz qobigʻi yoki Novell 
redirektorlari.


137 
Tarmoq protokollari – manzillash, yoʻnaltirish, xatoliklarni tekshirish va 
qayta uzatish soʻrovlarini boshqaradi. Ularni koʻp ishlatiladiganlari quyidagilar:

IP (Internet Protocol) – axborot uzatish uchun TCP/ IP – protokoli;

IPX (Internet Work Packet Exchange) – paketlarni uzatish va 
yoʻnaltirish uchun moʻljallangan Net Ware firma protokoli;

NW Link – IPX/SPX protokollari Microsoft firmasining tadbiqi;

Net BEUI – transpotr protokoli – u axborotlarni tegishli vaqtda uzatish 
va Net BIOS ilovasi.
Shuni aytib oʻtish kerakki, protokollarni loyihalashtiruvchilar yuqorida 
koʻrsatilgan bosqichlarga har doim ham rioya qilmaydilar. Masalan, baʻzi 
protokollar OSI modelining bir necha bosqichlarining vazifalarni bajarsa, boshqa 
protokollar bir bosqichning baʻzi vazifalarini bajaradi. Bu hol turli firma 
protokollarini koʻpincha oʻzaro mos tushmasligiga olib keladi, yana bu protokollar 
oʻzi tuzgan protokol toʻplamida (stek) muvafaqiyatli ishlatilishi mumkin, ular u 
yoki bu holda tugallangan guruh vazifalarini bajarishi mumkin. Xuddi shu tarmoq 
operatsion tizimini «firma» qilish mumkin, yaʻni ochiq standart OSI modeli bilan 
oʻzaro mos tushmaslikka olib keladi. 

Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish