I bob. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari



Download 5,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/115
Sana08.06.2022
Hajmi5,34 Mb.
#644500
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   115
Bog'liq
I bob. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari

 
IPv6 protokoli 
IPv6 4-versiyaning vorisi boʻlgan Internet protokolining yangi versiyasini 
ifoda etadi. IPv4 ga nisbatan IPv6 dagi oʻzgarishlarni quyidagi guruhlarga ajratish 
mumkin: Manzillashning kengayishi. IPv6 da manzil uzunligi 128 bitgacha 
kengaytirilgan (IPv4 da 32 bit), bu esa manzillash iyerarxiyasining koʻproq 
darajalarini taʻminlash, manzillashtiriladigan tugunlar sonini oshirish, avto-
konfiguratsiyani soddalashtirish imkonini beradi. Multikasting-marshrutlashtirish 
imkoniyatlarini kengaytirish uchun manzil maydoniga «scope» (manzillar guruhi) 
kiritilgan. Manzilning yangi «anycast address» turi aniqlangan. U mijoz 
soʻrovlarini serverning istalgan guruhiga yuborish uchun foydalaniladi. Anycast 


149 
manzillash oʻzaro harakat qiluvchi serverlar toʻplami bilan foydalanish uchun 
moʻljal-langan boʻlib, ularning manzillari mijozga oldindan maʻlum boʻlmaydi. 
Qoʻshimcha optsiyalar. IP-sarlavhalar optsiyalari kodlashtirilishining oʻzgartirilishi 
paketlarni qayta manzillashtirilishini yengillashtirish imkonini beradi. Optsiyalar 
uzunligiga boʻlgan cheklovlarni kamaytiradi va kelajakda qoʻshimcha optsiyalar 
kiritilishini yanada ochiqroq qiladi. Maʻlumotlar oqimlariga belgilar qoʻyish 
imkoniyati. Muayyan transport oqimlariga tegishli boʻlgan, ular uchun joʻnatuvchi 
qayta ishlashning muayyan tartibini soʻragan paketlarga belgi qoʻyish imkoniyati, 
masalan, TOS (xizmatlar turi)ning nostandart turi yoki maʻlumotlarga vaqtning 
real tizimida qayta ishlash joriy qilindi. Xususiy almashishlarni identifikatsiyalash 
va himoyalash. IPv6 da maʻlumotlarning yaxlitligini va istalganda xususiy 
maʻlumotni himoyalash uchun tarmoq obyektlarida yoki subyektlarida 
identifikatsiyalash tasnifi joriy qilingan. 
IPv6 paketlar formati 6.6-rasmda IPv6 sarlavhasining formati aks ettirilgan. 
6.6- rasm. IPv6 paketining formati. 
«Versiya» maydoni Internet protokoli versiyasining 4 bitlik kodi raqami. 
Ustuvorlikning 4 bitlik «Ustuvorlik» maydoni IPv6 sarlavhasida joʻnatuvchiga 
paketlarni yetkazishning nisbiy ustuvorligini identifikatsiyalash imkonini beradi. 
Ustuvorliklarning qiymatlari ikki diapazonga boʻlinadi. 0 dan 7 gacha kodlar trafik 
ustuvorligini berish uchun foydalaniladi. U uchun joʻnatuvchi ortiqcha yuklanish 
ustidan nazoratni amalga oshiradi (misol uchun, ortiqcha yuklanish signaliga 


150 
javoban TSR oqimini pasaytiradi). 8 dan 15 gacha boʻlgan qiymatlar trafik 
ustuvorligini aniqlash uchun foydalaniladi. U uchun ortiqcha yuklanish signaliga 
javoban oqimni pasaytirish amalga oshirilmaydi. Misol uchun, doimiy (turgʻun) 
chastota bilan yuboriladigan «real vaqt» paketlari holida. 
«Oqim belgisi» — oqim belgisining 24 bitlik kod maydoni IPv6 sarlavhasida 
joʻnatuvchi tomonidan paketlarni ajratish uchun foydalanilishi mumkin. Ular 
uchun marshrutlashtiruvchida maxsus qayta ishlash talab etilmaydi. Misol uchun, 
nostandart QoS yoki «real-time» xizmati kabi. Maʻlumotlar oʻlchami — belgisiz 
16 bitlik son. Oʻzida maʻlumotlar maydonining oktetlardagi uzunlik kodini 
tashiydi va u paket sarlavhasidan soʻng keladi. Agar kod 0 ga teng boʻlsa, u holda 
maʻlumotlar maydoni uzunligi jumboq maʻlumotlar maydonida yozilgan boʻladi va 
u oʻz navbatida, optsiyalar zonasida saqlanadi. Keyingi sarlavha — 2 bitlik 
ajratuvchi. IPv6 sarlavhadan keyin bevosita keluvchi sarlavha turini 
identifikatsiyalaydi. IPv4 protokoli ishlatadigan qiymatlardan foydalanadi. 
Qadamlarning chegaralangan soni (paketning maksimal yashash vaqti) — 8 bitlik 
belgisiz butun son. Paket oʻtuvchi har bir tugunda bittaga kamayadi. Qadamlar 
nolga teng boʻlganda paket yoʻq qilinadi. IPv4 dan farqli oʻlaroq, IPv6 tugunlari 
paketlarning maksimal yashash vaqtini belgilanishini talab etmaydi. Shu sababli 
IPv4 «time to live» (TTL) maydoni IPv6 uchun «hop limit» — qadamlarning 
chegaralangan soni deb nomlangan. Amaliyotda unchalik koʻp boʻlmagan IPv4 
ilovalar TTL boʻyicha cheklovlardan foydalanadilar. «Joʻnatuvchi manzili» va 
«Qabul qilib oluvchining manzili» maydonlariga manzil uzunligi IPv4 ga nisbatan 
uzun boʻlganligi uchun 128 bit ajratilgan. 

Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish