I bob. Avtotransport shovqinining shahar muhitiga



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/36
Sana29.06.2021
Hajmi2,15 Mb.
#103992
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
transport shovqinidan himoyalovchi maxsus ekranlarni loyihaviy yechimlarini ishlab chiqish

Birinchisi,  transport  magistrallaridan  tarqalayotgan  shovqinni  bartaraf  etuvchi 

tadbirlarni turli omillar talabi bo‘yicha loyihalash



Ikkinchisi, turli hil himoya uskunalari qurilmalarini qo‘llash; 


34 

 

Uchinchisi, transport tezligini pasaytirish va shahar aholi hududidan tashqarida 

yordamchi  tranzit  o‘tkazuvchi  ko‘chalar  tashkil  qilish  yordamida  transport 

shovqinini pasaytirish. 

Shaharlarni shovqindan muhofaza qilish chora-tadbirlarida ko‘cha va yo‘llar 

atrofida    “bino  ekranlar”    hamda  estakada,  yo‘l  o‘tkazgich  va  ko‘priklar  qurish 

joylashtirish  yaxshi  samara  beradi.  Shovqinni  bartaraf  etishda  qo‘llaniladigan 

ushbu  bino-inshoatlarni  shovqin  tarqalayotgan  tomonda  ko‘p  qavatli  garajlar, 

ustaxonalar,  omborxonalar  joylashtirish  tavsiya  qilinadi.  Bunday  imoratlar  turar-

joylar  hududlari  uchun  shovqindan  muhofaza  qiluvchi  to‘siq  vazifasini  bajaradi. 

Shuningdek,  turar  joylar  hududlarida  joylashgan  avtomagistrallar  2  barobar 

uzoqlashtirilsa,  shovqin  3  dBA  ga  kamayadi.  Daraxtlar  va  butalar  shovqindan 

muhofaza qilishda ahamiyati uncha katta emas, ya’ni eni 10 metrli oraliq shovqinni 

bor-yo‘g‘i 1dBA ga kamaytiradi. 

“Tig‘iz  payt”  soatida  ifloslantiruvchi  moddalar  hamda  avtomobil  oqimi 

tarkibi,  yo‘laklarning  soni  va  boshqarish  tizimi  “Harakatni  tashkillashtirish 

darajasi” ga bog‘liqligi matematik statistika usullari bilan aniqlanadi. 

 

Avtomobil  harakatlanganda  shovqin  avtomobil  dvigateli,  shassisi,  turli 



mexanizmi va qurilmalari hamda inshoatlarning yo‘l qoplamasi bilan o‘zaro ta’siri 

natijasida vujudga keladi.  

Salbiy oqibatlarsiz inson tomonidan uzoq vaqt davomida eshitilishi mumkin 

bo‘lgan  shovqin  miqdori  80-90dBA  ni  tashkil  etadi.Toshkent  ko‘chalarida  va 

avtomobil yo‘llarining chetlaridagi hududlarda shovqinning darajasi 80-90 dBA va 

undan  ham  yuqori  darajada  bo‘ladi  hamda  odamlarning  sog‘lig‘iga  kuchli  ta’sir 

ko‘rsatadi. Avtomobil shovqinini pasaytirishda quyidagi usullar ishlatiladi: 

-  Sirpanuvchi podshipniklarni qo‘llash; 

-  Shovqin yutuvchi va shovqindan tusuvchi moslamalarni qo‘llash; 



35 

 

-  Maxsus shovqin yutuvchi konstruksiyalarni qo‘llash; 



-  Maxsus  muhandislik  inshoatlarini  (ko‘prik,  yo‘l  o‘tkazgichlar  va  er  osti 

yo‘llari)ni qo‘llash zarur. 



 

Shahar turar joy qurilmalarida shovqin manbai asosan avtomobil, tramvay va 

temir yo‘l  transporti, temir yo‘l transport ob’ektlari,  fuqoro aviatsiyasi samolyot 

va  vertolyotlari,  kommunal-transport  va  sanoat  korxonalari,  ochiq  transformator 

podstansiyalari, nasos qurilmalari va qozonxonalar bo‘lishi mumkin. 

      Turar-joy  qurilmalarida  shovqin  keltirib  chiqaruvchi  manbalar  doim  bir 

joyda  turuvchi,  harakatda  bo‘lgan,  doimiy  darajadagi  shovqin  tarqatadigan  va 

doimiy bo‘lmagan (uzuq-uzuq) kabi turlarga turkumlanadi. 

      Doimiy  shovqinning  me’yorlangan  omil  tovush  bosimi  L  ning  oktavali 

darajasi,  chastotaning  oktavali  polosasida  dBA  bo‘ladi.  Doimiy  shovqinni 

tahminiy baholash uchun tovush darajasi LA, dBA. dan foydalaniladi. 

      Transport oqimlaridan  bo‘lgan tovushning  ekvivalent darajasi LA  ekv. ni 

transport  oqimining  yaqinroq  polosasidan  7,5  m.  masofada  joylashgan  nuqtasi 

uchun ko‘cha-yo‘l tarmoqlari kartasining ishlab chiqish qo‘llanmasida keltirilgan 

nomogramma bo‘yicha aniqlanishi lozim. 

      Transport oqimlarining miqdoriy tavsiflari bo‘lmay, ko‘cha va yo‘llarning 

toifasi  ma’lumotlar  bo‘lgan  holda,  transport  shovqining  ekvivalent  tovush 

darajasini 1- jadval (SHNQ 2.07.01-03) bo‘yicha aniqlash lozim.  

                                                                                                               

   Jadval 1 

Ko‘cha oqimlarining shovqin tavsiflari 

Yo‘llar va ko‘chalar 

Qatnov qismining 

ikkala yo‘nalishda 

LA

ekv


, dBA 


36 

 

toifalari 



harakat tasmalari soni 

ekvivalent tovush 

darajasi 



Tez yurar yo‘llar  

Umumshahar ahamiyatidagi 

magistral ko‘chalar va yo‘llar: 

To‘xtovsiz harakat 

Tartibga solinadigan harakat 

Tumandagi harakat 

Mahalliy ahamiyatidagi 

ko‘chalar va yo‘llar: 

Turar-joy o‘ylari joylashgan 

ko‘chalar 

Sanoat va kommunal-ombor 

rayonlarning yo‘llari 







 



86 



87 

84 


85 

81 


82 

81 


82 

73 


75 

 

79 



81 

 

Jadval 1.1 



Relsli transportning shovqin tavsiflari 

Relsli 


transport 

ko‘chma 


tarkibining turi 

Tovushning ekvivalent darajasi, dBA, harakat intensivligida, 

par/soat 





10  15  20  30 




37 

 

Yo‘lovchi poezdi 



68 

71 


73 

74 


75 

76 


77  78  80  81 

YUk poezdi 



77 

81 


82 

83 


84 

85 


86  87  89  91 

Elektropoezd 



71 


72 

73 


74 

75 


76  77  79  81  82 

Tramvay 




60 

61 


62 

63  63  65  66 

Metropoezd  





63 



64  65  67  68  69 

 

 



Toshkent  shahrida  xalqaro  KMK  va  mahalliy  aeroport  mavjud.  Aeroport  va 

aerodromlarni  amaldagi  talablariga  muvofiq  seliteb  hududdan  uchish  havfsizligini 

va davlat standartlari belgilagan yo‘l qo‘yiluvchi aviatsiya shovqinini ta’minlovchi 

masofaga joylashtiriladi.(Jadval 1.2) 

Jadval 1.2  

Ta’sir vaqti 

Tovushning maksimal darajasi (dBA) 

Kunduzi soat 7 dan 23 gacha 

85 

Kechasi soat 23 dan 6 gacha 



75 

 

      Toshkent  shahrida  aeropot  shahar  ichiga  kirib  qolgan  samolyotlarning 



uchish  trassalari  turar-joy    qurilmalaridan  tashqarida,  suv  havzalari,  ko‘m-ko‘k 

maysazorlar,  sanitar-himoya  zonalari,  avtomobil  va  temir  yo‘llarning  ajratish 

polosalari ustida qilinishi lozim. 

      Temir  yo‘l  magistrali  atrofida  joylashgan  shaharda  yuk  poezdlarini 

shaharga kiritmay o‘tkazib yuborish uchun aylanib o‘tadigan temir yo‘l ko‘zda 

tutilishi lozim. 

      Toshkent  yirik  shahar  bo‘lganligi  uchun  shaharda  Quyliq,  Sergeli  uzoq 

rayonlar  va  markaz  orasidagi  aloqa  uchun  mo‘ljallangan  tezyurar  avtoyo‘llar 




38 

 

barpo  etish  istiqbolli  ko‘rinadi.  Tezyurar  avtoyo‘llarning  shakllantirishni 



ekologik ahamiyati quyidagilardan iborat: 

      -  shaharlararo  tranzitning  katta  qismini  shahar  hududi  atrofidagi  aylanma 

va halqa yo‘llar tizimiga jalb etish

      -bosh  transport  oqimlarini  markaziy  rayonlardan  ajratish  (urinma  halqa 

yo‘llar); 

      -  agarda  murakkab  relef  sharoitida  qurilishlar  adir  joylarda  shunday 

joylashishi  kerak.  Bunda  magistral  qurilishdan  yuqoriroq  yoki  qurilish 

magistraldan yuqorida joylashishi lozim. 

      Yo‘l  atrofidagi  shovqindan  himoyalash  inshootlariga  quyidagilar 

taaluqlidir: 

    - to‘kmada joylashgan magistral yo‘llar; 

    - qazilmada joylashgan magistral yo‘llar; 

    - estakadada joylashgan magistral yo‘llar. 

 

     Bunda shaharning er osti  fazosidan foydalanishlari va transportni 



piyodalardan ajralishi yuz beradi, ya’ni piyoda makoni vujudga keladi.  

    Aholi  yashash  zonasini  shovqindan  himoyalash  nuqtai  nazaridan 

zonalashtirish tamoyili samaradorliroq hisoblanadi.  

 Shovqindan himoyalash maqsadida magistral hududlarni mintaqalash. 

      A-magistral oldi hududini mintaqalashtirish sxemasi (Fransiya): 

      I-II-tuproq kavalerini o‘z ichiga olgan shovqindan himoyalash poyaslari: 

1-  shovqin manbai 

2-  aholiga xizmat ko‘rsatuvchi zararsiz sanoat korxonalari va muassasalar; 




39 

 

3-   qavatlari  bo‘yicha  mintaqalangan  va  turar  joy  xonalari  bir  tarafga 



yo‘naltirilgan turar-joy qurilishi. 

  Magistrallararo hududning ichkariga qarab turar-joy binolari qavatlilik sonini 

asta-sekin oshirib borish tamoyili ham samarali hisoblanadi. 

  Horijda yo‘llarni ketma-ket «ajratish» (huddi daraxt shoxlari kabi), piyoda va 

transport  yo‘llarini  ajratib,  harakatning  beto‘xtovligiga  va  oqimliligiga  erishish  

orqali  bog‘lamlar  soni  eng  kam  bo‘lishi  bilan  tavsiflanadigan  (undagi 

bog‘lanishning yagona shakli odatdagi chorraha o‘rniga oddiy birikuv)  ko‘cha-yo‘l 

tarmog‘i qurilishning organik tizimi keng tarqalgandir.  

Mazkur sohada olib borilgan nazariy ishlar tadqiqot natijalari tahlili bo‘yicha 

quyidagi tavsiyalarni belgilash mumkin: 

1.  Toshkent  shahar  hududidagi  unumli  foydalanish  maqsadida  kichik 

ko‘chalarni seyraklashtirish, shuningdek, himoya inshoatlarini  ko’paytirish; 

2.  Turar-joylarda  transport  harakati  zichligi  oshib  ketganda  uning  ta’sirini 

kamaytirish  maqsadida  transport  oqimlarining  boshqa  yordamchi  ko‘chalar 

orqali boshqarish; 

3.  Imkon qadar ko‘priklar qurish orqali transport tugunlarini echish zarur. 

Shovqindan himoya qilish nuqtai nazaridan 1-variantga qiyosiy qulayligi baho 

berilgan  bo‘lsa,  bunda  transport  vositalarining  umum  shahar  miqyosidagi 

ko‘chalardagi  harakati  jarayonida  shovqinning  darajasi  keskin  ortib  ketmaydi. 

Parallel  magistrallar  ko‘chalar  orasidagi    masofaning  kengayib  borishi  bilan 

shovqindan  himoya  qilish  choralari  son  ehtiyoji  kamayib  boradi  yoki  aholi  uchun 

noqulay  sharoit  maydon  ham  kamayib  boradi.  N.  K.  Kryushinning  tavsiyalariga 

binoan  magistrallar  orasidagi  maydon  20  dan  100  GA  bo‘lishi  maqsadga 

muvofiqdir.  Bunda  noqulay  sharoitda  yashayotgan  aholi  soni  maydonlarining 

kattalashuvi  shahar  transporti  faoliyatiga  noqulaylik  muammolarini  keltirib 



40 

 

chiqaradi va maxsus ravishda transport tarmoqlarini qurishni talab qiladi. SHuning 



uchun,  shaharning  ko‘cha-yo‘l  tarmoqlarini  siyraklashtirishda  chiziqli  zichlik 

miqdorini 1.5 km/km2 atrofida chegaralanishi N.K.Kryushinning tadqiqotlarida o‘z 

isbotini topgan. 

Barcha  turdagi  shaharlararo,  shahar  ichi,  shahar  atrofidagi  transport 

vositalarining  rivojlanishi  bilan  transportning  atrof  muhitga  bo‘lgan  nomaqbul 

ta’sirlari 

(akustik 

diskomfort, 

tebranish, 

zararli 


gazlar, 

transport 

kommunikatsiyalari 

yotqizilish 

natijasida 

tabiat 


majmuasidan 

ekologik 

aloqalarning  buzulishi)  bilan  bog‘liq  ekologik  va  gigienik  masalalarning 

murakkabligi oshib bormoqda. 

Transport  tizimining  turli  unsurlari  atrof  muxitga  o‘zining  tavsifi  va 

masshtabi bo‘yicha turlicha ta’sir ko‘rsatadi. (jadval 1.3) 

                                                                                                       Jadval 1.3 

Nomaqbul 

ta’sirning turi 

Avto 


Temir 

yo‘l 


Suv 

transpor


ti 

Havo 


transp

orti 


Metro

poli-


ten 

Tramv


ay 

Mono


rels 

1.Havoning 

ifloslanishi 





2.To‘proqning 



ifloslanishi 





3.Suvning 



ifloslanishi 





4.Shovqin 







5.Tebranish 










41 

 

6.Elektromagniti







7.Xudud 



tuzilishining 

geomorfologik 

buzulishi 





Transportning  nomaqbul  ta’sirini  neytrallashni  ta’minlaydigan  asosiy 



rejalashtirilgan  yo‘l  -  xududiy  ajratishlar.  CHunonchi  guruhlangan  joylashtirish 

tizimda  transport  aloqasini  shakllantirish  vaqtida  qimmatli  landshaftlar,  qishloq 

xo‘jaligi  va  o‘rmonlar  xududdan  transport  aloqalarning  chiziqli  unsurlari  uchun 

trassalashga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Shaharsozlikda  istiqboldagi  transport  muammolarini  echish    barcha  turdagi 

xalqaro, shahar ichidagi va shahar atrofidagi transport (temir yo‘l, avtomobil, havo 

va  dengiz  transporti)ning  rivojlanganligiga  bog‘liq  bo‘ladi.  O‘z  navbatida,  yirik 

shaharlardagi  transport  infrastrukturasi-ning  rivojlanishi  uning  ta’sirida  atrof-

muhitga  ko‘rsatiladigan  noxush  ta’sirlar  (akustik  diskomfort,  vibratsiya, 

transportning 

atrof-muhitni 

ifloslantirishi, 

transport 

kommunikatsiyalarini 

joylashtirishda  tabiiylikning  kamayishi  evaziga  ekologiyaning  buzilishi  va  h.k.) 

ushbu  shaharning  ekologik    va  gigienik  masalalarini  echish  ahamiyatini  oshiradi. 

Shaharsozlik  me’yorlarida  mikrorayon  qurilish  chizig‘ini,  masalan,    shahar 

magistral  ko‘chasining  qatnov  qismidan  30m  gacha  uzoqlashtirish  mumkin.  Bu 

masofada  shovqin  darajasi  taxminan  8  dBA  gacha  pasayishi  mumkin.  Biroq, 

shaharlarda  er  tanqisligini  hisobga  olgan  holda  bu  echimni  hamma  joyda  ham 

qullab bo‘lmaydi. Rivojlangan mamlakatlarda bu masala  tezkor ko‘cha va yo‘llar 

atrofida  maxsus  shovqin  qataruvchi  ekranlarni  qurish  bilan  echiladi.  Shovqindan 

himoyalovchi  ekranlarning  samaradorligi  juda  yuqori  bo‘lib,  muhimi,  turarjoy 

maskanlarida uchun komfort sharoitni yaratgan holda, shahar erlarini tejaydi.  




42 

 

Respublikmizda  shaharlarida  hozirgi  kunda  transport  shovqinidan  saqlash 



asosan,  ko‘kalamzorlashtirish  yordamida  amalga  oshirilmoqda.    Transport  qatnov 

qismidan  himoyalovchi  1-2  qatorli  buta  va  daraxtlarning  shovqindan  himoyalash 

samarasi juda past bo‘lib, taxminan 2-3 dBA ni tashkil etadi.  

Transport  shovqinidan  himoyalashning  eng  samarali  yo‘li    shaharning  bosh 

rejasi  ishlanishida  e’tibordan  chetda  qolmasligi  kerak.  Masalan,  aeroportlarning 

kategoriyasi  bo‘yicha  shahardan  me’yoriy  talabda  belgilangan  uzoqlikda 

joylashtirish, turli yuk tashuvchi trassalarni maxsus himoya zonalar orqali utkazish, 

shaharni aylanib utishi, tezkor yo‘llarni boshqa ko‘cha va yo‘llardan himoyalash va 

turli  sathlarda  tashkil  etish,  maxsus  sanitar  zonalarga  rioya  qilish,  turar-joylarni 

shovqindan  himoyalash  vositasida  himoya  ekranlaridan  foydalanish  maqsadga 

muvofiqdir. 

          Jadval 1.4 – Shovqindan himoya qiluvchi inshootlar klassifikatsiyasi 

Mezon

 


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish