1.4-§. Aksonometriyada qirqim bajarish
Mashina detallarini yasash uchun shu detallarning ish chizmalaridan
foydalaniladi. Lekin ish chizmasining asosiy kamchiligi shundaki, unda detalning
ko`rinishlari alohida – alohida tasvirlanadi. Bu esa chizmaning o`qilishini
qiyinlashtiradi. Shuning uchun amalda, detallarning ish chizmasi bilan birga uning
ko`rgazmali tasviri ham beriladi. Yaqqol tasviri, ya`ni aksonometrik proyeksiya
berilgan ish chizmalari tez va oson o`qiladi (45-shakl).
Detallar, aynan kompleks chizmalardagidek, aksonometriyada ham qirqim
berib tasvirlanadi 46-shakl, a da qirqimlarni shtrixlashning yonalishini aniqlash
ko`rsatilgan. Buning uchun izometriya o`qlari yasaladi, O nuqtadan boshlab har qaysi
o`qqa ixtiyoriy, lekin bir-biriga teng kesmalar o`lchab qo`yiladi; A, B va C nuqtalarni
ketma-ket birlashtirib, teng tomonli uchburchaklik hosil qilinadi, shtrixlash chiziqlari
shu uchburchaklik tomonlariga parallel qilib o`tkaziladi yoki gorizontal chiziqqa
nisbatan 60
0
burchak ostida shtrixlanadi.
45-shakl
45
46-shakl
47-shakl
Qiyshiq burchakli dimetrik proyeksiyada shtrixlashning yonalishini aniqlash
uchun ham uchburchaklik chiziladi. Lekin, bu holda Y o`qqa X va Z o`qlarga
qo`yilgan kesmaning yarmi o`lchab qo`yiladi (46-shakl, b). Aksonometrik
proyeksiyalarda ikki usul bilan qirqimlar chizish mumkin.
46
1-usul. Avval narsaning to`la aksonometrik proyeksiyasi yasaladi, so`ngra
qirqim beriladi va narsa tasvirining kuzatuvchi ko`zi bilan kesuvchi tekisliklar
orasida joylashgan qismi olib tashlanadi. Bu 47-shakl, a va b larda ko`rsatilgan.
2-usul. Narsaning berilgan kompleks chizmasi bo`yicha avval kesim
shaklining aksonometrik proyeksiyasi chiziladi, so`ngra narsa tasvirining kesuvchi
tekisliklar orqasida joylasgan qismi chiziladi. 48-shakl, a da berilgan chizma bo`yicha
izometrik proyeksiyaning kesim shakli (48-shakl, b), 48-shakl, v va g da esa uning
izometrik proyeksiyasi tasvirilangan, 48-shakl, d da izometrik proyeksiyani taxt
qilish ko`rsatilgan.
Ikkinchi usul aksonometrik proyeksiya chizisni birmuncha osonlashiradi,
chizmada ortiqcha chiziqlar bo`lmaydi hamda narsa shakli va tasvirini o`rganish oson
bo`ladi. Narsaning yaqqolligini ko`rsatish ucun uni shtrixlashda yorug`lik nuri
narsaga o`ngdan va yuqoridan yoki chapdan va yuqoridan tushadi deb hisoblanadi.
Yoritilgan sirtlar oralari bir-biridan uzoqroq bo`lgan ingichka chiziqlar bilan, soya
tushadigan sirtlar esa bir-biriga yaqinroq chiziqlar bilan shtrixlanadi.
Agar bo`ylam kesuvchi tekislikka detalning yupqa devori yoki qovurg`asi
to`g`ri kelsa, u holda bu elementlarning yuzalari aksonometrik proyeksiyada (49-
shakl) shtrixlanadi, to`g`ri burchakli proyeksiyalarda esa shtrixlanmas edi Aylanish
sirtlarni dimetrik proyeksiyada qaratasvirlash qulay bo`lishi ucun to`g`ri burchakli
proyeksiyada bog`lab chizish shart emas, chunki ellips chizishga qaraganda aylana
chizish qulayroq, 49-shakl, a da narsaning to`g`ri burchakli proyeksiyalari berilgan,
uning qiyshiq burchakli dimetrik proyeksiyasini chizish qulay bo`lishi uchun
balandligi (OZ o`qini) OY o`qiga almashtiriladi (49-shakl, b). Kesim yuzasining
shtrixlanishi hamma dimetrik proyeksiaylar uchun bir xil.
Aksonometrik proyeksiyalarga qirqim berganda detalning yaqqolligiga katta
e`tibor berish kerak, agar to`g`ri burchakli proyeksiayalar singari qirqim berilsa,
daetalning yaqqoligi yoqoladi. Shuning uchun aksonometrik proyeksiayada qirqim
berishda kesuvchi tekislikning qulay vaziyatini tanlash zarur.
47
50-shakl, a va b dagi chizmada qirqimlar o`zqro taqqoslangan, bunda 20-
shakl, b dagi qiriqm noqulay, ya`ni detalning yaqqolligi yoqolgan, 20-shakl, a da esa
detalning yaqqolligi saqlangan holda qirqim berilgan.
48-shakl
49-shakl
48
49-shakl
50-shakl
Do'stlaringiz bilan baham: |