Kurs ishining predmeti asosiy makroiqtisodiy modellar va ularning ishlash prinsipi va vazifalari.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi bo`lib ushbu kurs ishida kirish, 2 ta bob, 4 punkt, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati mavjud.
I BOB. ASOSIY MAKROIQTISODIY MODELLAR VA ULARNING AHAMIYATI
Makroiqtisodiy muvozanatlik modellari (AD-AS ,Keynsning va Klassiklarning modellari va IS-LM modeli)
Keynscha makroiqtisodiy model AQSh tarixida eng chuqur iz qoldirgan inqiroz – Buyuk Depressiyadan (1929-1933yillar) chiqib ketish yo‘llarini izlash masalasi o‘sha davrning rivojlangan davlatlari oldiga ko‘ndalang qilib quyildi. Bu davrda ushbu mamlakatlarda ishsizlik darajasi ortdi, ishlab chiqarish sur’atlari pasaydi va umuman iqtisodiy faollik darajasi susaydi. Masalan, AQShda bu davr ichida YaIM 30%ga kamaydi, ishsizlik darajasi 3%dan 25%ga oshdi va 1940 yilgacha o‘rtacha 19%ga teng bo‘ldi. 1931-1935 yillar ichida sof investitsiyalar manfiy bo‘ldi. Narxlar darajasining pasayishi (iste’mol narxlari indeksi bu davrda 25%ga kamaydi) tovarlar taklifi ortiqchaligini bartaraf etmadi, chunki yalpi talab darajasi unga nisbatan ko‘proq darajada pasayib ketdi.
Bir so‘z bilan aytganda, Buyuk Depressiya klassiklarning taklif talabni keltirib chiqaradi (Sey qonuni), degan xulosasini inkor etdi va aksincha, xarajatlar ishlab chiqarish darajasini belgilab beradi yoki bozor iqtisodiyotiga xos ichki qonuniyatlarga ko‘ra talab doimo taklifdan kam bo‘lishini belgilab berdi.
Modelning asosiy qoidalari: Real va pul sektorlari o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liq. Barcha bozorlarda nomukammal raqobat hukm suradi. Keyns fikricha, foiz stavkasi investitsiyalar va jamg‘armalar nisbati natijasida kapital bozorida shakllanmay, balki pul bozorida – pulga bo‘lgan talab va taklif nisbati natijasida o‘rnatiladi. Shuning uchun pul bozori to‘liq makroiqtisodiy bozor bo‘lib qoladi, undagi sharoitning o‘zgarishi tovarlar bozoridagi sharoitning o‘zgarishiga ta’sir etadi.
Keyns bu talqinni quyidagicha asosladi: bir xil darajadagi foiz stavkasida amaldagi investitsiyalar jamg‘armalar bilan mos tushmasligi mumkin, chunki investitsiyalar va jamg‘armalar turli iqtisodiy agentlar orqali amalga oshiriladi, bu agentlar esa (firmalar, uy xo‘jaliklari) turli maqsadlarni ko‘zlaydilar. Investitsiyalarni firmalar, jamg‘armalarni esa uy xo‘jaliklari amalga oshiradilar.
Keyns bu talqinni quyidagicha asosladi:
- bir xil darajadagi foiz stavkasida amaldagi investitsiyalar jamg‘armalar bilan mos tushmasligi mumkin, chunki investitsiyalar va jamg‘armalar turli iqtisodiy agentlar orqali amalga oshiriladi, bu agentlar esa (firmalar, uy xo‘jaliklari) turli maqsadlarni ko‘zlaydilar. Investitsiyalarni firmalar, jamg‘armalarni esa uy xo‘jaliklari amalga oshiradilar.
- barcha bozorlarda pullar noelastik. Xususiy sektorning xarajatlari (uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari va firmalarning investitsiya xarajatlari) potensial ishlab chiqarish hajmiga to‘g‘ri keladigan, ya’ni resurslarning to‘liq bandlik sharoitidagi ishlab chiqarilgan hajmiga teng bo‘lgandagi yalpi talab hajmini ta’minlay olmaydi. Shuning uchun iqtisodiyotda yoki tovar va xizmatlarga o‘zining talabini bildiruvchi, yohud xususiy sektor talabini rag‘batlantirib, yalpi talabni oshiradigan qo‘shimcha makroiqtisodiy agent paydo bo‘lishi lozim. Bunday agent davlatdir. Shu tariqa Keyns davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (davlat faolligi) kerakligini asoslab berdi.
- asosiy iqtisodiy muammo (resurslar bandligi to‘liq bo‘lmagan sharoitda) yalpi taklif muammosi bo‘lmay, endi yalpi talab muammoqsi hisoblandi.
Keynscha model iqtisodiyotni yalpi talab tomonidan o`rganuvchi “demand-side” modelidir. Davlatning barqarorlik siyosati, ya`ni yalpi talabni tartibga soluvchi siyosat iqtisodiyotga qisqa muddatda ta`sir etar ekan, u holda Keynscha model iqtisodiyotni qisqa muddatda (“short-run” modeli) tasvirlovchi modeldir.
Keynscha makroiqtisodiy modelda yalpi talab to`rt tarkibiy qismdan iborat: iste’mol (C), xususiy invetitsiyalar (I), davlat xarajatlari (G) va sof eksport (Xn) ammo ularning ichida eng asosiylari ikkita: Iste`mol (C) va Investitsiyalar (I).
Zamonaviy sharoitlarda yalpi xarajatlarning asosiy (2/3) qismi iste`molga to`g`ri keladi, shuning uchun uy xo`jaliklarining iste`mol rejalari iqtisodiy hodisa jarayonlarning yo`nalishini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Narxlar darajasining noelastikligi (qattiqligi) sharoitida bunday rejalar faqatgina daromad asosida tuziladi.
Keynscha modelda investitsiyalar – (I) yalpi talabni rag‘batlantiruvchi ikkinchi bir asosiy omil hisoblanadi. Iqtisodiy tahlilda«investitsiya» atamasi jamg‘armani yangi ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa real aktivlarni yaratish maqsadida ishlatilishini anglatadi. Investitsiyalar tarkibiga mashina va asbob-uskunalarni xarid qilish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, zahiralarni o‘zgartirish uchun qilinadigan barcha xarajatlar kiritiladi. Shunisi muhimki, iqtisodchilar investitsiyalarni real aktivlarni sotib olishga qo‘yilmalar bilan bir qatorda zahiralar bilan ham bog‘laydilar. Qimmatli qog‘ozlar (masalan, aksiya va obligatsiyalar)ga mablag‘larni sarflash moliyaviy yoki portfel investitsiyalar deb ataladi. Ishlab chiqarish quvvatlarini, ya’ni real aktivlarni ko‘paytirishga xizmat qiladigan real investitsiyalardan farqli o‘laroq, moliyaviy investitsiyalar mulkning qayta taqsimlanishini va unga egalik qilish huquqini bir sub’ektdan ikkinchisi tomon o‘zgarishini bildiradi. Investitsiyalarni amalga oshirish tovarlar bozori bilan bog‘liq bo‘lsa, qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdisi moliyaviy bozor bilan bog‘liqdir.Investitsiyalar yalpi xarajatlarning tarkibiy qismi bo‘lganligi sababli, ular yalpi talab o‘zgarishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi, jamg‘armalar esa aksincha teskari yo‘nalishda ta’sir etadi, ya’ni jamg‘armalarning ortishi yalpi talabni kamaytiradi. Shuning uchun keynschilar iste’molga moyillikning kamayishini investitsiyalarni ko‘paytirish orqali to‘ldirishni taklif etadilar.Foiz stavkasi investitsiya bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun muhim ahamiyatga egadir. Istalgan vaqtda firmalar investitsiyalarni amalga oshirishlarida muqobil qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Yuqori foiz stavkalari sharoitida kutiladigan sof foyda me’yori eng ko‘p bo‘lgan investitsiya loyihalari amalga oshirilsa, past foiz stavkasida ilgari foyda keltirmagan loyihalarni endilikda amalga oshirish imkoniyati tug‘iladi va iqtisodiyotda investitsiyalar hajmi ortadi. Shuning uchun investitsiyalar hajmi va foiz stavkasi o‘rtasida teskari funksional bog‘liqlik mavjud bo‘lib, uni quyidagi chizmada ko‘rish mumkin.Investitsiyalar va daromad. Investitsiyalar funksiyasini keynscha tahlilga kiritish uchun yuqorida aytib o‘tilganlarning o‘zi kifoya qilmaydi. Buning uchun investitsiyalar hajmining yalpi daromad miqdoriga bog‘liqligini aniqlash lozim bo‘ladi.
Investitsiyalar: sof (ishlab chiqarish hajmini oshiruvchi) va tiklanadigan (asosiy kapitalning emirilgan qismini qoplovchi) turlarga bo‘linadi. Keyns modelida YaIM = SIM = MD bo‘lganligi sababli, faqat sof investitsiyalar haqida so‘z yuritiladi. Bulardan tashqari, avtonom (daromad darajasiga bog‘liq bo‘lmagan – autonomous investment) va indutsirlangan (kattaligi daromad darajasi bilan aniqlanadigan – induced investment) investitsiyalar mavjud. Keyns o‘z tahlilida faqatgina avtonom investitsiyalarni ko‘rib o‘tgan. AD–AS chizmasi orqali aks ettirilgan yalpi talab va yalpi taklif grafiklari, ularning muvozanatga erishgandagi holatlari ko‘rib o‘tilgan edi. Bunday ko‘rinishdagi tahlil narxlar darajasi egiluvchan bo‘lgandagi uzoq muddatni ko‘rib o‘tgan klassik modelga xosdir. Keynscha model iqtisodiyotni qisqa muddatda ko‘rib chiqib tahlil etgan va unga narxlarning qattiq bo‘lishi xarakterli bo‘lganligi bizga ma’lum. Shuning uchun keynscha modelni tahlil etish uchun AD-AS grafigining ilgarigi chizmasi endi mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Eslatib o‘tamiz, uni tasvirlashda vertikal o‘qqa narxlar darajasi, gorizontal chiziq bo‘ylab esa milliy ishlab chiqarishning real hajmi belgilangan edi. Keynscha makroiqtisodiy modelda muvozanat o‘rnatilishini tadqiq etish uchun haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar tushunchalarini kiritish kerak bo‘ladi, ular o‘z o‘rinda o‘zaro teng bo‘lmasligi mumkin. Haqiqiy xarajatlar (E) – haqiqatda uy xo‘jaliklari (C - iste’mol xarajatlari) va firmalar (I - investitsion xarajatlar) tomonidan qilingan xarajatlardir, ya’ni, ikki sektorli modelda:
Do'stlaringiz bilan baham: |