Neoklassik modellar barcha iqtisodiy jarayonlarning aniq holatini qamrash xususiyatiga egadir. Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956 yilda “Iqtisodiy o`sish nazariyasiga hissa” asarida tasvirlab berildi va so`ngra 1957 yilda “Texnik taraqqiyot va agregativ ishlab chiqarish funksiyasi” nomli asarida rivojlantirildi.R.Solou modelida mutanosib iqtisodiy o`sishning zarur sharti Yalpi talab va Yalpi taklifning tengligi hisoblanadi. Modelda Yalpi taklif Kobba-Duglasning ishlab chiqarish funksiya bilan ifodalangan, ya`ni: Y = f( L,K,N), modelda yuqori texnik rivojlanish bosqichida yeming kichik ahamiyatga egaligi tufayli ishlab chiqarish faqat mehnat resurslari va kapitalga bog`liq deb olingan. Y= f( L,K), funksiyaning kengaytirilgan ko`rinishi quyidagicha;
Y = (Δ Y/ Δ L) L + (Δ Y/ Δ K) K Modelda, Yalpi talab investission va iste`mol xarajatlari bilan belgiianadi, deb olinadi:
Y = С + I Davlat xarajatlari va sof eksport ko`rsatkichlari ham iste`mol va investissiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi.
R.Solou bitta ishchiga to`g`ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish hajmini kapital bilan ta`minlanganlik darajasining funksiyasi deb qaraydi.Kapital bilan ta`minlanganlik darajasining o`sishi esa jamg`arish normasiga bog`liq. Jamg`arish normasining o`sishi kapital bilan ta`minlanganlik darajasining oshishiga va ishlab chiqarishning yuksalishiga olib keladi.Ammo kapital jamg`arish nonnasi yuqori bo`Imasa kapital chiqib ketishi, aholi sonining o`sishi tufayli kapital bilan qurollanganlik darajasi o`zgarmasdan qolishi yoki pasayib ketishi mumkin.
R.Solouning fikriga ko`ra, barqaror muvozanat sharoitida kapital, mehnat va milliy daromad darajasi bir xil, ya“ni aholi soni o`sishiga teng sur`atda o`sib boradi. Aholi soniningtezo`sishi iqtisodiyotning o`sish sur`atlarijadallashishiga ta`sir etadi, ammo barqaror muvozanat holatida aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish kamayadi. O`z navbatida, jamg`arish normasining oshirilishi aholi jon boshiga to`gri keladigan daromad miqdorini oshiradi va kapital bilan qurollanganlik koeffissientining ko`tarilishiga olib keladi, lekin barqaror holatdagi o`sish sur`atiga ta`sir ko`rsatmaydi. Shu sababli barqaror holatdagi iqtisodiy o`sishningyagona shaiti texnik taraqqiyotning o`sish sur`ati hisoblanadi.
Model asosida jamg`arishning ``oltin qoidasi” yotadi. E. Felps “oltin qoidasi”ga ko`ra jamg`arishning shunday optimal normasi mavjudki iste`molning maksimal darajasida muvozanatli iqtisodiy o`sishni ta`minlaydi.R.Solou modeli iqtisodiy o`sishning uch manbai - investissiyalar, ishchi kuchi soni va texnik taraqqiyotning o`zaro aloqadorliklarini ochib berishga imkonini yaratadi. Davlat iqtisodiy o`sishni jamg`arish normasi hamda texnik taraqqiyotning tezligiga ta`sir etish bilan jadallashtirishi mumkin.Hozirgi zamon iqtisodiyotini tahlil qilishda yangi paydo bo`lgan iqtisodiy o`sish modellaridan kam foydalanilmoqda.
Jumladan, J. Mid va A. Lyuis modellari iqtisodiy o`sish masalasini o`ziga xos tarzda tushuntiradilar. Bu modellaming amaliy ahamiyati ayrim mamlakatning rivojlanish darajasi va iqtisodiyotining tuzilishidan kelib chiqadi.
Muvozanatlik iqtisodiyot nazariyasining muhim tadqiqot kategoriyalaridan biri bo`lib, u orqali makroiqtisodiy ko`rsatkichlarni, ya`ni milliy daromad, iste`mol va jamg`arma, investitsiyalar, ishsizlik va bandlim kabilarni tahlil qilishda keng foydalaniladi.
Milliy iqtisodiyot miqyosida jamiyatning daromadlari va xarajatlari o`rtasidagi muvozanat asosiy o`rin tutib, bu yalpi taklif va yalpi talab o`rtasidagi muvozanatning namoyon bo`lishidir. Makroiqtisodiy muvozanat tushunchasi va ishlab chiqarish muvozanat darajasini aniqlashga turlicha yondashuvlar, ijtimoiy ishlab chiqarishning turli tomonlari o`rtasidagi mutanosibliklar tizimi, ularning ta`minlanish darajasi hamda tarmoqlararo balansning mazmuni haqida fikr yuritamiz. Shuningdek, makroiqtisodiy muvizanatga erishishning davlat va bozor mexanizmlarini yoritib beramiz va eng muhimi bunga erishishning makroiqisodiy muvozanatlik modellarini ko`rib chiqamiz.
Iqtisodiy muvozanat, uni ta`minlash shart – sharoitlari va aniqlash usullari Iqtisodiyotning inqirozlarsiz, barqaror rivojlanishi uchun uning turli tomonlari o`rrasidagi ma`lum muvozanat bo`lishoi taqozo etiladi. Iqtisodiy muvozanat deb bir-biri bilan o`zaro bog`liqlikda va ta`sirda amal qiladigan iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning iki yoki bir necha tomonining bir – biriga teng bo`lgan holatiga aytiladi. Shuning uchun ham butun iqtisodiyotning mvozanati to`g`risida gap borganda, eng avvalo yalpi talab va yalpi taklif o`rtasidagi tenglik e`tiborga olinadi. Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatning shakllanishi, uni ta`milash ancha murakkab va zidiyatli jarayondir. Chunki u xususiy va umumiy tavsifdagi bir qator muvozanatlar tizimini o`z ichiga oladi. Xususiy muvozanat – bu iqtisodiyotning ayrim bo`laklarida, soha va yo`nalishlarida ikkita o`zaro bog`liq bo`lgan iqtisodiy ko`rsatkichlar yoki tomonlarining miqdoran teng kelishi. Xususiy muvozanat ishlab chiqarish va iste`mol ,aholining sotib olish layoqati va tovar taklifi masalalari, budjet daromadlari va xarajat.