MAVZU: ARXEOLOGIK MANBALAR HAQIDA ETNOGRAFIK SO'ROVLAR O'TKAZISH REJA: KIRISH I BOB. ARXEOLOGIYA FANI VA ETNOGRAFIYA Arxeologiya fani haqida umumiy tavsif
Arxeologiya fanining vujudga kelishi .Etnografiya
II BOB. ARXEOLOGIK MANBALAR HAQIDA ETNOGRAFIK SO'ROVLAR O'TKAZISH 2.1 Arxeologik manbalar
2.2 Arxeologik manbalar ustida etnografik so'rovlar o'tkazish
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Qadimdan xalqlar savdo-sotiq yoki urushlar tufayli bir-biri haqida aniqroq ma'lumotlarga ega bo’la boshlagan. Sharqda Bobil, Ossuriya, Eron xukmdorlari o’zlarini ulug’lash maqsadida toshga bittirgan zafarnomalarda bosib olingan va buysundirilgan mamlakatlar xalqlari haqida ko’plab ma'lumotlar qoldirgan. Qadimgi Gretsiya va Rim mualliflari o’z asarlarida qo’shni qabilalar va elatlarning etnik tuzilishi, turmushi va madaniyati to’g’risida boy ma'lumotlar qoldirishgan.
Kurs ishi vazifalari:Maʼlumki, “xalq” tushunchasi bir necha maʼnoga ega. Baʼzan oddiy tilda bir toʼp kishilarni yoki avomni xalq desak, baʼzan bir necha elat va millatlardan tashkil topgan davlat yoki mamlakat aholisini ham xalq deb ataymiz. Аslida “xalq” soʼzi arabcha “yaratmoq” demakdir. Lekin oʼzbek tilida bu soʼz muayyan ijtimoiy tarixiy birlikni anglatadi. Etnografiyada xalq maʼnosida “etnos” atamasi qoʼllaniladi. Etnoslar muayyan tarixiy davrning mahsuloti sifatida ayrim shaxs yoki kishilarning istagi bilan emas, balki obʼektiv tarixiy zaruriyat natijasida yuzaga keladi va rivojlanadi. Shuning uchun ham etnoslarning joylanishini, ularning mazkur mintaqa tubjoy aholisi (avtoxton yoki aborigen) ekanligini yoki boshqa yerdan koʼchishi (migratsiya) natijasida kelganligini aniqlashda etnograflar paleoantropologik maʼlumotlardan foydalanadilar. Ularning qaysi irqqa oid ekanligini aniqlashda antropologiya fani yordam beradi. Etnografiya “sof” irqlarni emas, balki tarix taqozosi bilan oʼzaro yaqinlashgan ijtimoiy birliklarni oʼrganadi. Аntropologiya esa u yoki bu xalqning, etnik birlikning jismoniy qiyofasini tipologik asosda tadqiq qiladi.
Milliy mustaqillik xalqimiz tarixida yangi uyg’onish davrini boshlab berdi. Rus chorizmi va totalitar tuzum illatlari va tazyiqidan xolos bo’lib, o’tmish tariximizni, ajdodlarimizning boy ilmiy-madaniy merosini yangicha ruh iftixor va shijoat bilan xolisona o’rganishga kirishdik. Barcha jabhada bo’layotgan islohotlar singari ma'naviy hayotimizda ham chukur hamda yangicha tafakkur asosida keng tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Birinchi prizidentimiz tarixchilar oldiga quygan eng dolzarb va ustivor vazifalar – milliy davlatchiligimiz tarixi va o’zbek xalqining etnogenezini tadqiq etishda etnografiya (etnologiya)- elshunoslik (xalkshunoslik) fanining o’rni beqiyosdir. Etnografiya va enoarxeologiya ko’p qirrali ijtimoiy fan bo’lib, uning asosiy tadqiqot ob'yekti millatlar, xalqlar va elatlar (etnoslar) hisoblanadi.1