Bog'liq O\'lkamiz qadimgi aholisining antropologik shakllari va tipi
Surxon vohasining qadimgi aholisi. Kushon Baqtriyasining paleoantropologik tadqiqi tarixi haqida nima deyish mumkin? Bundan 40 yilcha muqaddam Kushon Baqtriyasi aholisining antropologik xususiyatlari haqida birorta muayyan tushuncha yo’q edi. Arxeologlarning, xususan M.Ye.Masson rahbarligida olib borilgan Termiz kompleks arxeologiya ekspeditsiyasi hamda I.M.Dyakonov rahbarligidagi tojik-so’g’d ekspeditsiyasining tadqiqotlari natijasi o’laroq antropologlar Kushon Baqtriyasi aholisining jismoniy qiyofasini o’rganishga muvaffaq bo’ldilar. Janubiy Tojikistondagi to’pxona shahristonida dafinalar ochildi.
50-yillarning boshlaridagina ilk paleoantropologik ashyolar topilgan va ular O’rta Osiyo antropolgiyasining bilimdoni Vul Venmaminovich Ginzburg tomonidan tadqiq etilib, nashr qilindi. Keyinroq Janubiy Tojikistonda Kushon Baqtriyasining ko’chmanchi-chorvador aholisidan qolgan kechki Tulxar va Orixtov qo’rg’on qabrlaridan ko’plab antropologik ashyolar topildi. Ularni tadqiq etish natijalari shunday qat’iy xulosaga olib keldiki, Kushon Baqtriyasi aholisi yevropeoid irqining har xil guruhlari bilan xususan Kushon Baqtriyasining qishloq aholisi, asosan Sharqiy O’rta yer dengizi irqining belgilari bilan ifodalangan. Kushon Baqtriyasining qishloq aholisi uchun qanday morfologik va irqiy xususiyatlar xos bo’lgan? Birinchidan, ular uchun boshning cho’zinchoq shaklda bo’lishi xosdirki, u antropologiya fanida «dolixokefaliya» (dolixo - uzun, kafaliya - bosh) deb ataladi. Ularning yuzi ingichka, cho’ziq yoki o’rtacha darajada cho’ziq bo’lib, burni tor, lekin sezilarli darajada bo’rtib turgan.
Masalan, qishloq aholisi antropologik tip jihatidan o’zgarishlarga uchramaydi va bronza hamda ilk temir davri aholisiga xos irqiy xususiyatlar bilan fiodalanaveradi. (T.Xo’jayov). Kushon Baqtriyasining shahar aholisi esa o’z tarkibida qishloq aholisiga xos irqiy xususiyatlar bilan bir qatorda O’rta Osiyoning shimoliy cho’l yerlaridagi chorvador aholi ko’pincha mongoloid aralashmasi yevropeoid guruhiing ta’sirida - Kushon Baqtriyasida O’rta Osiyo Ikki daryo oraig’i irqining asosiy xususiyatlari shakllanadi. U hozirgi o’zbeklar va tekisliklarda yashovchi tojiklarni ifodalaydi. Yuqorida aytilganlarga shuni qo’shimcha qilish mumkinki, Kushon Baqtriyasining paleoantropologik ashyonlarda butun O’rta Osiyo uchun xos bo’lgan tarixiy qonuniyatni ochishga muvaffaq bo’ldi. Uning mohiyati shundaki, antik davrda kelgan ko’chmanchi - chorvador qabilalar shahar muhitga kirib borib mahalliy aholi bilan aralasha borgan. Ular chamasi qishloq aholisi bilan nikohda kam bo’lishgan yoki bo’lishmagan. Qishloq joylardan ko’chib kelgan qabilalar kamdan-kam uchraydi. Shimoliy Baqtriyaning cho’l qismida chorvador qabilalar zich yashagan, bunga zich joylashgan o’lka qo’rg’on qabrlari shahodat berib turibdi.