II BOB. BOLANING QIZIQISHLARI VA QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA YoSH DAVRLARINI HISOBGA OLISH
2.1. Bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish.
Bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish ham psixologik xizmat mahsuldorligi sharoitlaridan biridir. Biz ota-onalar farzandimiz ulgurmayotgan “joyni to‘ldirishga” harakat qilamiz, ya’ni ximiya, yoki matematikadan ulgurmayotgan bo‘lsa unga repititor yollab ximiyani yoki matematikani o‘rgatishga harakat qilamiz. Biz bolaning “bo‘sh joyini to‘ldirish” emas, balki bolaning qiziqishini, qobiliyatini rivojlantirsak, psixologik xizmat mahsuldor bo‘ladi. Agar farzandimiz shaxmatga qiziqsa, uni shaxmat to‘garagiga berishimiz zarur, balki undan kelajakda Rustam Qosimjonovday jahon chempioni chiqar. Amaliy psixolog bolalar, o‘quvchilar, talabalarning psixik taraqqiyotdagi, xulq - atvor muomalasidagi nuqsonlar va kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, Korreksiya qilish dasturini ishlab chiqaradi va amaliyotga uni tatbiq etadi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazadi, ijodiy qobiliyatlarni o‘stirish maqsadida treninglar olib boradi.
SHaxsning barcha individual psixologik xususiyatlari kabi qobiliyatlar unga qandaydir tabiat tomonidan tug‘ma ravishda, tayyor holda berilmaydi, balki hayot va faoliyat jarayonida tarkib topadi. Kishi dunyoga hech qanday psixik xususiyatlarsiz, faqat ularni orttirishga qaratilgan umumiy imkoniyatlar bilan keladi, xolos.
Hozirgi paytda iste’dod nishonalarini miyaning va sezgi organlarining mikrostrukturasi bilan bog‘laydigan nazariya eng mahsuldor hisoblanadi. SHuningdek, iste’dod nishonalarini nerv jarayonlarining ayrim differentsial xususiyatlari bilan (nerv kuchi, muvozanatlashuvi va harakatchanligi o‘rtasidagi farqlarga qarab) va shu bilan oliy nerv faoliyati turlari bilan bog‘lovchi gipoteza ham haqiqatga yaqinroqdir.
Bulardan tashqari, qobiliyatlarning tabiiy asoslarini nerv sistemasining xususiy xususiyatlari deb atalgan xususiyatlar bilan bog‘laydigan, ya’ni ayrim odamlarda ko‘rish, boshqa odamlarda eshitish, uchinchi bir xilida esa harakat sohasida namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos tipologik xususiyatlar bilan bog‘laydigan gipotezalar yana ham haqiqatga yaqinroqdir.
Jiddiy statistika qobiliyatlar va iste’dodlarning irsiyat yo‘li bilan o‘tishini isbotlaydigan hech qanday dalillar bermaydi. Qobiliyatlarning irsiyat yo‘li bilan o‘tishi haqidagi ilmiy nazariyaga ham qarama- qarshidir.
Garchi qobiliyatlarning rivoji har turli odamlarda mutloqo bir xil bo‘lmagan tabiiy shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘lsa ham, yuqorida ko‘rib o‘tilgan iste’dod nishonalari va qobiliyatlar o‘rtasidagi nisbat, qobiliyatlar shunchaki tabiat in’omi emas, balki kishilik tarixining mahsuli ekanligini ko‘rsatadi. Agar hayvonlarda oldingi avlod yutuqlarining keyingi avlodga o‘tkazib berilishi asosan organizmning irsiy morfologik o‘zgarishlari orqali amalga oshsa, insonda bu ijtimoiy-tarixiy yo‘l bilan, ya’ni mehnat quroli, til, san’at asarlari va shu kabilar bilan amalga oshadi. Qobiliyatlar va iste’dodlarni shakllantirish muammosi katta ijtimoiy va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masaladir.
Inson qobiliyatlarini rivojlantirishning muhim omillari – barqaror maxsus qiziqishlardan iborat. Maxsus qiziqishlar – bu insoniyat faoliyatining qandaydir soha mazmuniga bo‘lgan qiziqishlari bo‘lib, bu qiziqishlar ana shu turdagi faoliyat bilan kasb tariqasida shug‘ullanish moyilligiga o‘sib ko‘tariladi. Bilishga doir qiziqish bu o‘rinda faoliyat usullari va uslublarini amaliy ravishda egallab olishni rag‘batlantiradi. Biror mehnat yoki o‘quv faoliyatida qiziqishning paydo bo‘lishi bu faoliyatga nisbatan qobiliyatlarning uyg‘onishi bilan chambarchas bog‘liqligi va qobiliyatlarning rivojlanishi uchun dastlabki zamin sifatida xizmat qilishi qayd etilgan.
SHaxs qobiliyatlarini rivojlantirishda barqaror, turg‘un, kasbiy maxsus qiziqishlar muhim omillar, vositalar tariqasida xizmat qiladi. Maxsus qiziqishlari inson faoliyatidagi u yoki bu sohaning (tarmoqning) mazmuniga nisbatan intilishidan iborat shaxsiy fazilat, ichki turtki, harakatlantiruvchi kuchdir. Bunday maxsus qiziqishlar turlicha faoliyat bilan kasbiy tayyorgarlik sifatida shug‘ullanish moyilligiga o‘sib o‘tadi. Bilishga oid qiziqish (fan asoslarini egallashga yo‘naltirilgan ichki turtki) faoliyat usullarini amaliy jihatdan o‘zlashtirib olishni va yangi vaziyat, sharoitga ko‘chirishni taqozo qiladi, rag‘batlantiradi hamda shaxsda o‘zini o‘zi boshqarishni ta’minlashga yordam beradi.
Qobiliyatning rivojlanishi shaxsning tarkib topishi bilan uzviy uyg‘unlikka ega bo‘lib, inson kamoloti har ikkala omilning birikuvini talab qiladi. Iste’dodli o‘quvchilar va talabalar shakllanishi ijtimoiy muhit, ijtimoiy institutlar, ma’naviyat asoslari hamda o‘zini o‘zi namoyon etish, o‘zini o‘zi kashf qilish, o‘zini o‘zi rivojlantirish asosida amalga oshishi odatiy ijtimoiy psixologik qonuniyat tariqasida xizmat qiladi.
Qobiliyat har bir bolada har xil sohaga yo‘nalgan bo‘ladi. Lekin buni bolalar ochiqdan-ochiq namoyon qilavermaydilar. Ba’zida esa kattalarning ota-onalar va hattoki o‘qituvchi-murabbiylarning e’tiborsizligi, sharoit va imkoniyatlarning noqulayligi tufayli bolalarning qiziqishlari rivojlanmay qolib ketadi. Bunday qobiliyat hammada ham bo‘lavermaydi. Iste’dod- talant, nihoyatda zo‘r qobiliyat, biror sohada yuksak darajadagi layoqat. U idrok, tasavvur, tafakkur, xotira, kuzatuvchanlik benihoya o‘sganligida, voqea-hodisalarning yangi qirralarini, ularning zamiridagi murakkab aloqadorlikni kashf etishda ko‘rinadi. Kishi bilimlarni o‘zlashtirishini, nazariy va amaliy masalalarni hal etilishi, ijodi, o‘z bilim va malakalarni turmushga tatbiq qila bilishidan uning iste’dodini bilish mumkin.
Rivojlantiruvchi o‘yin didaktik material bilan istalgan harakatlar emas, u majburiy o‘quv mashg‘uloti usuli ham emas. Bu o‘ziga xos, to‘laqonli va bolalar uchun yetarlicha mazmunli faoliyat bo‘lib, o‘z ta’sir motivlari va harakat usullariga ega.
Bugungi kunda rivojlantiruvchi o‘yinlarga oid adabiyotlar talaygina, biroq bolalar bilan mashg‘ulotlarning muayyan dasturini tuzishda ayrim o‘ziga xos jihatlarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq: Bu jihatlar:
- bolada kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyatga ehtiyoj mavjuddigi;
- mazkur yosh davrining ma’lum psixik funktsiyalar va shaxsiy sifatlar rivojlanishi uchun senzitivligi;
- eng yaqin rivojlanish zonasi.
Bolalar bog‘chasi turli yosh guruhlari bolalari bilan rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar maqsad va vazifalari an’anaviy, bolalar qandaydir yangi bilim va malakalarni egallaydigan mashg‘ulotlardagi kabi emas. Rivojlantiruvchi o‘yin va mashg‘ulotlarning mazmuni bolaning psixik rivojlanishini oldinga surish, uning idroki, diqqati, xotirasi, tafakkuri, nutqi, harakat sohasi, ixtiyoriy xulq, atvori, ya’ni bola tomonidan asl o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish asosini tashkil etadigan psixik funktsiyalar va shaxsiy sifatlarni takomillashtirishdir.
Ota - onalar va bolalar bog‘chasi personali ongiga yetkazish muhimki, psixolog ishi bolani o‘qitish emas, balki uni rivojlantirishga qaratilgan. Bu ish esa anchagina sekin kechadi va ijobiy natijaga birdaniga erishilmaydi, balki atrofdagilar uchun sezilmasdan, yashirin namoyon bo‘lishi ham mumkin. Psixolog ishi natijalari zohiriy namoyon bo‘ladi, masalan, atrofdagilar xulq-atvoridagi ayrim noxush shakllar yo‘qolgani, bola ilgari bajara olmagan faoliyat turlarini bajarish uchun qobiliyatlar paydo bo‘lganini sezmaydi.
Maxsus o‘tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yorqin individual farqlarni ko‘rish mumkin. Bu ular o‘quv faoliyatida ko‘zga tashlanadi. O‘quv faoliyatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining umumiy va maxsus qobiliyatlari birinchi o‘rinda turadi. Tajriba o‘tkazilgan bolalarning 80 %ida qandaydir muvaffaqiyatga erishilgan. SHunday qilib, maxsus qobiliyatlarni o‘quvchilar individual farqlarining asosi sifatida qarab, o‘quv-tarbiya ishlarida ularni hisobga olish zarur. O‘quvchilarning shaxsiy va psixik rivojlanishida umumiy maxsus qobiliyatlar muhim omil hisoblanadi. O‘quvchi qiziqishlari va qobiliyatlarini anglashi, ularning qanchalik rivojlanganligidan qat’iy nazar umuman shaxsning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtidorli bolalar bilan ishlashda psixologlar iqtidorning tuzilishini belgilaydigan asosiy omillarni bilishlari lozim. Bular quyidagilar:
-umumiy intellektual yoki aqliy qobiliyatlarning yuqori darajasi;
-bilish motivining dominantligi - boshqa motiv turlaridan ustunligi;
-yangi predmetlar, vazifalar, voqea-hodisalarga duch kelganda, muammoni qo‘yilishi va yechimini topishda ijodiy faollikning namoyon bo‘lishi.
Iqtidorning erta namoyon bo‘lishi ikki yoshdan olti yoshgacha kuzatiladi. Bunday bolalar ikki-uch yoshdan o‘qishga intiladilar, uch-to‘rt yoshda o‘qishni va sanashni biladilar, besh-olti yoshda so‘zlarni va uncha katta bo‘lmagan jumlalarni yoza oladilar. Maktabgacha yosh davrida iqtidorli bolalar boshqalardan intellektning rivojlanish darajasi bilan ajralib turadilar. O‘zlarining juda faolligi, ko‘plab savol berishlari, qiziquvchanligi, kattalardan oladigan ma’lumotni oson eslab qolishi va qayta aytib bera olishi bilan birga, boy tasavvurga egadirlar. Iqtidorli bolalar ko‘p hollarda turli hisob-kitoblarga qiziqadilar, she’r yoki ertaklar to‘qiydilar, musiqa asMAVZUlarini chaladilar, shaxmat o‘ynaydilar, rasm chizadilar, qo‘shiq aytadilar va raqsga tushadilar. Yetti yoshdan o‘n yoshgacha bo‘lgan davrda bolalar ko‘p hollarda kollektsiya yig‘ishga (markalar, medallar, sevimli multfilm va kino qahramonlarining rasmlari va h.), qog‘oz, yog‘och va boshqa materiallardan turli predmetlarning loyihalarini yasashga qiziqadilar.
Iqtidorli bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha barcha noma’lum bo‘lgan narsalarga va yangiliklarga nisbatan mustaqil ravishda javob axtarishda faollik ko‘rsatib, kattalarga turli savollar beradilar. Bu savollarga berilgan javoblar orqali atrof olamni, voqea-hodisalarning sabab va oqibatlarining bog‘liqligini anglaydilar, shaxsiy xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara oladilar.
3-yoshli bolaga xos bo‘lgan xislatlar:
1. Nutqi ma’no jihatidan bir-biriga bog‘langan so‘zlardan iborat.
2. O‘yinda rolga kiradi.
3. SHar, olma va boshqa predmetlarni chiza oladi.
4. O‘zi yechinib kiyina oladi.
5. Kubiklarni bir-birining ustiga qo‘ya oladi.
6. Tayanchsiz zinalardan o‘zi ko‘tarilib, tusha oladi.
4 yoshli bolalar esa, o‘z imkoniyatlarini real baholay oladilar. Lekin, 4-5 yoshli bolalar hali shaxsiy xususiyatlarini idrok etishga va baholashga qodir emaslar, shuningdek o‘zlari haqida ma’lum bir xulosani bera olmaydilar. O‘z-o‘zini anglash layoqati katta bog‘cha yoshida rivojlanib, avval u qanday bo‘lgani va kelajakda qanday bo‘lishini fikrlab ko‘rishga harakat qiladilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko‘ra, bu davrni 3 bosqichga ajratish mumkin:
- birinchi davr - 3- 4 yosh oralig‘ida bo‘lib, emotsional jihatdan o‘z-o‘zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog‘likdir;
- ikkinchi davr - 4- 5 yoshni tashkil qilib, axloqiy o‘z-o‘zini boshqara olish bilan bog‘liq;
- uchinchi davr esa, shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatlarini shakllanishi bilan tavsiflanadi.
SHuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bola shaxsini tadqiq qilish juda murakkab jarayondir, chunki ko‘pgina shaxsni tadqiq qilish metodlari, katta yoshli odamlarga mo‘ljallangan va bolani o‘z-o‘zini tahlil qilish imkoniyatlariga asoslanmagan. Bundan tashqari psixodiagnostika yordamida o‘rganiladigan shaxs sifatlari maktabgacha tarbiya yoshida to‘liq shakllanmagan va beqarordir. Bolalar psixodiagnostikasi ixtiyorida faqat maxsus proektiv metodlar ya’ni bolani yutuqqa erishish motivlari va xavotirlanish holatlarini o‘rganish metodlari mavjuddir yoki shaxs sifatlarini baholashda ekspert metodlaridan foydalanish mumkin. Bunda bolani yaxshi biladigan kattalar, tarbiyachilar, ota-onalar ekspert sifatida maydonga chiqadilar. Faqat ana shunday tarzda bolani shaxs sifatlariga baho bera olish imkoniyatlariga ega bo‘lamiz.
Bizga ma’lumki, intellektual testlar odamni aqliy faoliyatni rivojlanganlik darajasi va ularni alohida kognitiv protsesslarini (idrok diqqat, xayol, xotira, nutq) baholashda qo‘llaniladi. Quyida maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish jarayonlari, ijodiy (kreativ) qobiliyati hamda bolalarda faoliyatning biror sohasidagi iqtidorni aniqlash bo‘yicha bir qator testlar, shuningdek ushbu yoshdagi bolalarda bilish jarayonlarini rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar hamda ota-onalar uchun maslahatlar taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |