I bob alisher navoiy maxbub-ul-qulub asarida shaxs ijtimoiylashuvi


ALISHER NAVOIYNING “MAHBUB UL-QULUB” ASARIDA DIDAKTIKANING O`RNI



Download 88,99 Kb.
bet6/7
Sana04.06.2022
Hajmi88,99 Kb.
#634872
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xamdambekova Durdona

2.2.ALISHER NAVOIYNING “MAHBUB UL-QULUB” ASARIDA DIDAKTIKANING O`RNI

Alisher Navoiy, nafaqat o`zbek xalqi, balki butun dunyo, sharq-u g`arb xalqlarini o„ziga rom etgan shoir. U kishining asarlarini hamma birdek sevib o`qiydi. Alisher Navoiy xalqimizning adabiyoti, madaniyati va siyosiy tarixida alohida o`ringa ega bo`lgan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g`ururi, sha`n-u sharafini dunyoga tarannum etgan o`lmas so`z san`atkoridir . Navoiyning nafaqat boy ijodi, balki sermazmun hayoti ham biz yoshlar uchun namunadir. Uning bunyodkorligi, xalqsevarligi, fidoiyligi barchamizga o„rnak bo„lishi lozim. U kishi maktab va maorif masalalariga katta ahamiyat berdi. U mehnatkash xalq bolalarini oʻqitish va tarbiyalash uchun maktablar ochish va madrasalar qurish to`g`risida g`amxo`rlik qildi. Alisher Navoiy Astrobodda surgunda yurganida podsho Husayn Boyqaroga yozgan xatida oʻgʻil va qiz bolalar uchun maktablar ochishni talab qilgani, shaxsan oʻzi madrasalar qurishda tashabbus koʻrsatgani buning yaqqol dalilidir. Navoiyning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi, unga toʻgʻri yoʻl koʻrsatadi, bolalarni bilimli qiladi. U oʻzining “Ixlosiya” madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni oʻqitish va tarbiyalash uchun zarur sharoit yaratib, buning uchun lozim boʻlgan mablagʻ ajratadi. Navoiy dars beruvchini quyoshga oʻxshatadi va bu quyosh oʻz atrofidagi yulduzlarga nur sochadi, yaʼni hali ilmdan bexabar boʻlgan toliblarga ilm nurini sochadi, maʼrifat beradi, deydi. Alisher Navoiy taʼlim-tarbiya toʻgʻrisidagi fikrlarini koʻproq barkamol insonni ifodalovchi ijobiy obrazlar yaratish orqali bayon qiladi. Ilm-maʼrifat, axloq-odob masalalariga doir fikrlarini esa ilmiy-falsafiy va didaktik asarlarida bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi, komil ishonch bilan ilm-fanning fazilati juda katta, deb hisoblaydi. Hazrat Navoiyning so„nggi buyuk asarlaridan biri nasriy pandnoma yo„nalishida yozilgan “Mahbub ul-qulub” (“Ko`ngillarning sevgani”) dir. Bu asar Sharq adabiyoti tarixida Shayx Sa`diyning “Guliston”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Nizomiy Aruzi Samarqandiyning “Chor maqola” kabi asarlari qatorida turadi. «Mahbub ul-qulub» asari oltmish yillik umri davomida hayotda ko`rgan-kechirganlarini teran tahlil qilib, muayyan xulosalar chiqargan donishmand adibning kelgusi avlodlarga qoldirgan buyuk ma`naviy merosidir. Bu asar har bir odam umri davomida duch kelishi muqarrar bo`lgan hayotiy muammolarga eng to`g`ri yechimlarni ta‟sirli usulda berishi bilan yuksak daraja kasb etadi. Musajja' san'atining nodir namunasi sanalgan bu noyob asarning yaralishi sabablarini muallif quyidagicha izohlaydi: “Bu muqaddimotdin maqsad bukim, har ko`y va ko„chada yugurubmen va olam ahlidin har nav` elga o`zumni yetkurubmen va yaxshi-yamonning af‟olin bilibmen va yamon- u yaxshi xislatlarin tajriba qilibmen. Xayr va sharrdin no„sh va nish ko`ksumga yetibdur va laim va karim zaxm va marhamin ko„nglum dark etibdur. Va zamon ahlidin bayozi as'hob va davron xaylidin ba'zi ahbobki bu hollardin xabarsiz va ko„ngullari bu xayr va sharrdin asarsizdur. Bu nav` ashob va ahbobg„a intiboh qilmoq va alarni nav` bu holatdin ogoh qilmoq vojib ko`rundiki, har toifa xisolidin vuquflari va har tabaqa ahvolidinshuurlari bo`lg`ayki, munosib el xizmatig`a shitob qilg`aylar va nomunosib el suhbatidin ijtinob vojib bilg„aylar va bari el bila maxfiy rozlaridin s`z demag`aylar. Va shayotin makr-u firibidin boziy emagaylar. Har nav` el suhbat va xususiyatiki, alarg`a havas bo`lg`ay, bu faqirning tajribasi alarg`a bas bo`lg`ay”. “Mahbub ul-qulub” asari Navoiyning umri davomidagi butun hayotiy kuzatishlari asosida yozilgan. Shu boisdan har bir ijtimoiy tabaqa aniq tasvirlangan. Ushbu kitob orqali xalqimiz orasida allaqachon maqolga aylanib ulgurgan Navoiyning hikmatli s`zlaridan bahramand bo„lasiz. “Mahbub ul-qulub” asari ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-taʼlimiy qarashlari bayon etilgani bilan ham qiziqarlidir. Navoiy bu asarida sabr, qanoat, kamtarinlik, vafo, hayo, karam, saxovat, himmat, oliyjanoblik, mardlik, hilm, doʻstlik, ilmga amal qilish, shirinsoʻzlik, rostgoʻylik kabi fazilatlarni ulugʻlaydi, aksincha, baxillik, badfe`llik, hasadgoʻylik, chaqimchilik, xasislik, yolgʻonchilik, tamagirlik, nodonlik, takabburlik, mayxoʻrlik, badnafslik kabi yomon illatlarni qattiq qoralaydi: “Chin so`z – mo `tabar, yaxshi so`z – muxtasar. Ko`p so`zlovchi – zeriktiruvchi. Kishi aybini gapiruvchi – o`ziga yomonlik sogʻinuvchi. Agar so`z go`zallik ziynati bilan bezalmasa ham, unga chinlik bezagi yetarlidir! Yolgʻonchining gapi qanchalik chiroyli boʻlsa, shunchalik qabihdir. Aqlli odam yolgʻon gapirmas, ammo barcha rost gaplarni aytaverish ham toʻgʻri emas”. Navoiy xushmuomala, ochiq yuzli odamlarni maqtaydi: “Ochiq yuzidan xaloyiqqa xursandlik, chuchuk so`zidan el-yurtga xurramlik. Tilini tiyolgan odam – donishmand, oqil. So„ziga erk bergan - koʻp vaysagan odam – beandisha va pastkash. Yolgʻonchi Haq oldida gunohkor, xalq oldida sharmanda. Tilga ixtiyorsiz – elga eʼtiborsiz”. “Mahbub ul-qulub” uch qismdan iborat. Kitobning birinchi qismi “Xaloyiq ahvoli va aqvolining kayfiyati” – xaloyiqning ahvoli va fe`l-atvori hamda so„zlarining kayfiyatiga bag„ishlangan 40 fasldan iborat bo„lib, unda jamiyatning turli qatlam vakillari - odil podshohdan tortib oddiy navkargacha, shayxulislom va mudarrislar, shoirlaru mug„anniylar, tijorat vakiliyu dehqonlarning fe`latvori, o„ziga xos xarakter-xususiyatlari to`g`risida aniq fikr yuritadi, bu borada o`zining ibratli mulohazalarini ilgari suradi. Alisher Navoiyning fikriga ko`ra, inson uchun toj, davlat va boshqalar emas, balki eng yaxshi fazilatlar har qanday boylikdan afzaldir. Oltin, kumush etma kasb davlat kunidin, Kim tortar adab ulusni davlat tunidin, Gar yo`qdir adab ne sud oltin uni din, Elning adabi xushroq erur oltundin. Ikkinchi qismda – “Hamida af`ol va zamima xisol xosiyatida” – ya‟ni, yaxshi qiliqlar va yomon xislatlar xususiyati tahlil qilingan. Axloqiy masalalar yetakchi o`rin tutuvchi o`n bobdan iborat bu qismda “tavba”, “qanoat”, “sabr”, “tavoze”, “odob”, “zikr”, “rizo”, “ishq” kabi zarur insoniy xislatlar talqin qilinadi. Ijodkor har bir insoniy fazilatni bayon etar ekan, shunga mos ravishda hikoyatlar, nasihatomuz baytlarni tanlab, ta‟sirchanlikni oshirishga erishadi. Uchinchi qism: “Mutafarriqa favoyid va amsol surati” – turli foydali maslahatlar, maqollar va pandnasihatlarni qamrab olgan bo„lib, tanbeh shaklida yozilgan. 120 dan ortiq tanbehda muallif ochko`zlik, baxillik, badxulqlik, takabburlik, xudbinlik singari inson xarakterida kuzatiladigan bir qancha salbiy fe`latvordagi xislatlarni keskin tanqid qiladi; odamiylik fazilatlari, komillikka yetaklovchi chin insoniy sifatlar xususida ibratli fikirlar bildiradi. O`z fikrlarini turli mazmundagi hikoyat, hikmatli baytlar bilan asoslashga harakat qiladi. Alisher Navoiy o`z asarlarida xalq ogʻzaki ijodidan, ayniqsa, maqollardan samarali foydalanish bilan birga, o`zi ham taʼlim-tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan, maqollarga yaqin boʻlgan bir qancha hikmatlar yaratadi. Bu hikmatli so`zlar xalq orasida shunchalar mashhur bo`lib ketdiki, uni ko„pchilik maqol deb bilishadi. Alloma, ayniqsa, yoshlarga oid bo`lgan yaxshi va yomon xislatlar haqida so`z yuritildi va bularga quyidagilarni misol qilish mumkun: Isrof qilish - saxiylik emas; o„rinsiz sovurishni aqlli odamlar saxiylik demas. Halol molni kuydirganni - devona deydilar; yorug„ joyda sham yoqqanni aqldan begona deydilar. Kimki xalqqa ko`rsatib ehson bersa, u pastkash, saxiy emas. Yaxshiliklarni topmoq - yedirmoqdir; Ayblarni yashirmoq - kiydirmoqdir. Alisher Navoiy insonlardagi yomon illatlarning o`rnini qanday qilib yaxshi xislatlarga aylantirishni aniq ko`rsatib berganlar va bu yozganlariga xam o`zlari doimo amal qilganlar. Alisher Navoiy ilm haqida quyidagicha ta‟riflaydi.

El aybini ayturg`a birovkim, uzatur til,
O’z aybini fosh aylagali til uzotur, bil.

Ya`ni ilm olib amal qilmagan kishi, misoli yerni xaydab urug` sepmaganga yoki urug` sepib, urug`idan hosil olmaganga o„xshaydi. “Mahbub ul-qulub”dagi har bir tanbeh, bayt yoki qit`a hayotiy hikmat darajasiga ko„tarilganki, bu tanbehlar zamiriga xalqning ko`p asrlik hayot tajribasi davomida to`plagan maqol va matallarining mazmuni singdirilgan. Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida mamlakatdagi u yoki bu toifaga taalluqli kishilarga o‘z munosabatini bildirganda, asosan ularni kontrast ikki tipga mansub deb baholaydi. Negadir, ularning barchasi bir xil darajadagi johillar yoki odillar turkumiga dahldor ekanligi, yaʼni ijobiy yoki salbiy xarakterli deb mutafakkirni tan olishi ayrim shubhalarni vujudga keltiradi. Lekin insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida yomonlik bilan yaxshilik o‘rtasida uzluksiz kurash borishi shaxsning psixologik xususiyatlari, sifatlari, fazilatlari tarkib topishida ham baholashning bu ikki mezoni faol ishtirok etadi. Xuddi shu bois, yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi ayovsiz kurashda ham adolat yoki yaxshilik g‘alaba qiladi, o‘z-o‘zidan yomonlik (yovuzlik) mag‘lub bo‘ladi. Bu ijtimoiy voqelik xalq ijodiyotida markaziy o‘rin egallaydi. Bu borada biz Navoiyning shaxsiy qarashlariga tanqidiy munosabat bildirishdan yiroqmiz, biroq shaxslarning individual-psixologik xususiyatlari aynan bir-biriga identik emasligini taʼkidlab o`tmoqchimiz, xolos.


Diyonatsiz sadrlar (mansabdorlar) to‘g‘risida Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida fikr bildirganida, asosan, ularning psixologik xususiyatlarini tavsiflanadi va oxir oqibatda ruhiy qiyofasi yaratiladi, muallifning o‘ziga xos qarashlari yaxlit munosabat majmuasini vujudga keltiradi. Biroq qaysi vaziyat va holatlar, voqelik va sharoitlar shaxsda illatlarini yuzaga keltiradi, degan savolga muallif obrazlar talqini orqali javob beradi. Navoiy mansabdor shaxslarning psixologik olamini tahlil qilganda, turlicha tomonlari yuzasidan fikr yuritadi. Jumladan, “vijdonsiz, harom-xarishdan tortinmaydigan, bediyonat sadrlar–hech zarurati bo‘lmagan bid`atdir”. Muallif ularga nisbatan munosabatini bildirishda davom etib: “Agar u nokas, ilmsiz bo`lsa, butun qilmishi – buzuqlik, fisqu fujurdir. Uning bazmidagi soz va kuy ohanglari ilm va taqvoga tutilgan azaning motam faryodidir”, deb ta`kidlaydi. Mutafakkir ularning illatlari to‘g‘risida mulohaza yuritganida, xarakter-xususiyatiga baho berganida, quyidagi salbiy xulq-atvor, kuchsiz irodaga egalik, or-nomusda tubanliklarni tavsiflashga intiladi:
1) olimlar tarafidan gulob (gul sharbati) solib keltirilgan shishalar bo‘shagach, xizmatkorlari bu idishlarni may bilan to‘ldiradilar. Natijada mayxo‘rlik davom etib, tubanlikgacha boradi;
2) ular uchun keltirilgan novvatni ushatib, sadrlar o‘z ichkiliklariga gazak qiladilar.
Mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, diyonatsiz mansabdorlar olimlarning aql-zakovati yuksak ekanligini tan olmas, ularga xizmatkorlardek qarashadi, lekin tanqidiy (o‘ziga nisbat), teran fikrlash bundaylarga begonadir. Shuning uchun ularning asosiy vazifalari, holatlarga masʼulligi hayot va faoliyatning boshqa jabhalariga, narsalarga ham jismoniy, ham ruhiy ko‘chirilgan. Ichkilikbozlik, meʼyorni bilmaslik, o‘zini iroda eta olmaslik sadrlarning illatlari bo‘lib hisoblanadi. Ularning fikricha, bunga o‘xshash davralarda “yaramaslik unda g‘olib, talabalar esa yugurdaklik qiladilar. Ularning xizmatkorlari xonaqo uchun ajratilgan taomga, mahram bolalari esa shayx va mudarris maoshiga sherik”. U fikrni davom ettirib, shunday deydi: “bazmiga may keltirishga muhtasib rozi va unga may suzguvchi soqolli qozi”. Alisher Navoiyning“Mahbub ul-qulub” asarida yuqoridagi diyonatsizliklarni umumlashtirib shunday xulosa chiqaradi: “mamlakatda shu kabi maʼn qilingan narsalar rivoj topaversa, islom va shariatga hurmat bo‘larmidi?” degan ijtimoiy muammoni muxokamaga qo‘yadi. Muallif o‘zi ilgari surgan g‘oyaga o‘zi javob berishga harakat qilishi bilan qanoat qilibgina qolmasdan, muayyan tavsiyalar ham ishlab chiqadi. Ular quyidagilarda ko‘zga tashlanadi: birinchidan, “sadr-olimlariga dastyor, shayxlariga xizmatkor, sayidlariga ko‘makchi va fuqaro xizmatiga hamma tayyor bo‘lmog`i kerak. Ikkinchidan, ular zulm rishtasini uzguvchi, vaqf yerlarining buzilganini tuzuvchi va ziroat – dexqonchilikni avj oldirishga saʼy–harakat ko‘rgizuvchi bo‘lmog‘i kerak”. Navoiyning mulohazalarini tahlil qilish shuni ko‘rsatmoqdaki, jazolash bilan guruhiy, ijtimoiy xususiyat, kasb etuvchi illatlarni bartarab qilish imkoniyatini quyi bo‘lganligi tufayli kishilarga hatto mansabdorlarga taʼsir o‘tkazishning boshqa shakllarini tatbiq etish yuzasidan jamiyatga va uning boshqaruvchisiga taklif beriladi. Bizningcha, Navoiy mansabdorga tanbeh berish, psixologik maslahat (konsultatsiya)ni amalga oshirish, hakimlar tomonidan psixokorreksiya ishlarini yo‘lga qo‘yish, ular bilan mashg‘ulot (trening) o‘tkazish ijobiy natijalarni ro‘yobga chiqarish to‘g‘risida fikr yuritgan bo‘lsa, ajab emas. Ma`lumki, zindonband qilish, osish, boshini chopish orqali mamlakatda tartib-intizom o‘rnatish, shaxslararo munosabatlarni to`g`ri yo‘lga qo`yish mumkin emas. Navoiy ana shunga iqror bo‘lganligi sababli sadrlarga jamoatchilik fikri yordami bilan taʼsir o‘tkazish yuqori samara berishi haqidagi ilmiy faraz (taxmin)larini ilgari suradi. Shu bilan birga reoriyentatsiya (hayotga qaytadan yo‘naltirish)ni turmushga tadbiq etish imkoni mavjud ekanligiga ishonch his-tuyg‘usi vujudga keladi, demak uning uchun xalqparvarlik (millatparvarlik) ustuvor ahamiyat kasb etishidan darak beradi. Alisher Navoiy yuqoridagi fikrlarni ilgari surishi bilan turmushda keskin islohotlarni amalga oshirishi o‘ta murakkab muammo ekanligini to`g`ri (adekvat) tasavvur qilganligi uchun dastlabki qarashlardan mutlaqo voz kechmaydi. Shuning uchun sadrlarga dahldor masnaviyni fuqarolar hukmiga havola qiladi:


Sadr buzmas faqat mayxo‘r, palidni,

U buzg‘ay hojani, hatto sayidni.

O‘zi ayyoru makkordir sarosar,

So‘zi ko‘p yaltiroq, to‘n zebu zevar.




To`rtlikda mansabdorlarni xaqiqiy psixologik qiyofasini, xarakterologik xususiyatlarini ochib tashlashga xamisha tayyor ekanligini anglatadi, shu bilan birga, xalqimizning dono hikmatlariga to`liq (mansab kishini buzadi; sadoqatini sinash uchun unga amal berib ko`r va h.k) rioya qiladi. Navoiy o‘z ijodida individual tarbiyaning ijtimoiy asoslari hamda ularning inson ruhiy olamidagi obyektiv va subyektiv xususiyatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahlil qilishni emas, balki shaxsning ijtimoiy faoliyati, individual xislati orqali ko‘zga tashlanadigan belgilarni badiiy umumlashtiradi. Shu bois shaxs xarakterining tadriji shaxsning aktiv faoliyati jarayonida kuzatiladigan hatti-harakatlariga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Eng muhimi avoiy tomonidan badiiy tasvirga olingan mansabdor shaxslar faoliyatidagi salbiy illatlar, xarakter-xususiyatlar adekvat(mos) asosli bo‘lib, bu illatlar har qanday davrda va jamiyatda kuzatiladi. Zero, bu kabi xarakterning tarkib topishi muayyan psixologik qonuniyatlar taʼsirida yuzaga keladi. Ana shu nuqtai nazardan qaralganda, Navoiy merosi nafaqat badiiy jihatdan, balki psixologik, kognitologik jihatdan ham tadqiq etilmog‘i lozim.
XULOSA
Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida mamlakatdagi u yoki bu toifaga taalluqli kishilarga o‘z munosabatini bildirganda, asosan ularni kontrast ikki tipga mansub deb baholaydi. Negadir, ularning barchasi bir xil darajadagi johillar yoki odillar turkumiga dahldor ekanligi, yaʼni ijobiy yoki salbiy xarakterli deb mutafakkirni tan olishi ayrim shubhalarni vujudga keltiradi. Lekin insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida yomonlik bilan yaxshilik o‘rtasida uzluksiz kurash borishi shaxsning psixologik xususiyatlari, sifatlari, fazilatlari tarkib topishida ham baholashning bu ikki mezoni faol ishtirok etadi. Xuddi shu bois, yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi ayovsiz kurashda ham adolat yoki yaxshilik g‘alaba qiladi, o‘z-o‘zidan yomonlik (yovuzlik) mag‘lub bo‘ladi. Bu ijtimoiy voqelik xalq ijodiyotida markaziy o‘rin egallaydi. Bu borada biz Navoiyning shaxsiy qarashlariga tanqidiy munosabat bildirishdan yiroqmiz, biroq shaxslarning individual-psixologik xususiyatlari aynan bir-biriga identik emasligini taʼkidlab o‘tmoqchimiz, xolos. Diyonatsiz sadrlar (mansabdorlar) to‘g‘risida Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida fikr bildirganida, asosan, ularning psixologik xususiyatlarini tavsiflanadi va oxir oqibatda ruhiy qiyofasi yaratiladi, muallifning o‘ziga xos qarashlari yaxlit munosabat majmuasini vujudga keltiradi. Biroq qaysi vaziyat va holatlar, voqelik va sharoitlar shaxsda illatlarini yuzaga keltiradi, degan savolga muallif obrazlar talqini orqali javob beradi. Navoiy mansabdor shaxslarning psixologik olamini tahlil qilganda, turlicha tomonlari yuzasidan fikr yuritadi. Jumladan, “vijdonsiz, harom-xarishdan tortinmaydigan, bediyonat sadrlar–hech zarurati bo‘lmagan bidʼatdir”. Muallif ularga nisbatan munosabatini bildirishda davom etib: “Agar u nokas, ilmsiz bo‘lsa, butun qilmishi – buzuqlik, fisqu fujurdir. Uning bazmidagi soz va kuy ohanglari ilm va taqvoga tutilgan azaning motam faryodidir”, deb taʼkidlaydi. Mutafakkir ularning illatlari to‘g‘risida mulohaza yuritganida, xarakter-xususiyatiga baho berganida, quyidagi salbiy xulq-atvor, kuchsiz irodaga egalik, or-nomusda tubanliklarni tavsiflashga intiladi:
1) olimlar tarafidan gulob (gul sharbati) solib keltirilgan shishalar bo‘shagach, xizmatkorlari bu idishlarni may bilan to‘ldiradilar. Natijada mayxo‘rlik davom etib, tubanlikgacha boradi;
2) ular uchun keltirilgan novvatni ushatib, sadrlar o‘z ichkiliklariga gazak qiladilar.
Mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, diyonatsiz mansabdorlar olimlarning aql-zakovati yuksak ekanligini tan olmas, ularga xizmatkorlardek qarashadi, lekin tanqidiy (o‘ziga nisbat), teran fikrlash bundaylarga begonadir. Shuning uchun ularning asosiy vazifalari, holatlarga masʼulligi hayot va faoliyatning boshqa jabhalariga, narsalarga ham jismoniy, ham ruhiy ko‘chirilgan. Ichkilikbozlik, meʼyorni bilmaslik, o‘zini iroda eta olmaslik sadrlarning illatlari bo‘lib hisoblanadi. Ularning fikricha, bunga o‘xshash davralarda “yaramaslik unda g‘olib, talabalar esa yugurdaklik qiladilar. Ularning xizmatkorlari xonaqo uchun ajratilgan taomga, mahram bolalari esa shayx va mudarris maoshiga sherik”. U fikrni davom ettirib, shunday deydi: “bazmiga may keltirishga muhtasib rozi va unga may suzguvchi soqolli qozi”. Alisher Navoiyning“Mahbub ul-qulub” asarida yuqoridagi diyonatsizliklarni umumlashtirib shunday xulosa chiqaradi: “mamlakatda shu kabi maʼn qilingan narsalar rivoj topaversa, islom va shariatga hurmat bo‘larmidi?” degan ijtimoiy muammoni muxokamaga qo‘yadi. Muallif o‘zi ilgari surgan g‘oyaga o‘zi javob berishga harakat qilishi bilan qanoat qilibgina qolmasdan, muayyan tavsiyalar ham ishlab chiqadi. Ular quyidagilarda ko‘zga tashlanadi: birinchidan, “sadr-olimlariga dastyor, shayxlariga xizmatkor, sayidlariga ko‘makchi va fuqaro xizmatiga hamma tayyor bo‘lmog‘i kerak. Ikkinchidan, ular zulm rishtasini uzguvchi, vaqf yerlarining buzilganini tuzuvchi va ziroat – dexqonchilikni avj oldirishga saʼy–harakat ko‘rgizuvchi bo‘lmog‘i kerak”. Navoiyning mulohazalarini tahlil qilish shuni ko‘rsatmoqdaki, jazolash bilan guruhiy, ijtimoiy xususiyat, kasb etuvchi illatlarni bartarab qilish imkoniyatini quyi bo‘lganligi tufayli kishilarga hatto mansabdorlarga taʼsir o‘tkazishning boshqa shakllarini tatbiq etish yuzasidan jamiyatga va uning boshqaruvchisiga taklif beriladi. Bizningcha, Navoiy mansabdorga tanbeh berish, psixologik maslahat (konsultatsiya)ni amalga oshirish, hakimlar tomonidan psixokorreksiya ishlarini yo‘lga qo‘yish, ular bilan mashg‘ulot (trening) o‘tkazish ijobiy natijalarni ro‘yobga chiqarish to‘g‘risida fikr yuritgan bo‘lsa, ajab emas. Ma`lumki, zindonband qilish, osish, boshini chopish orqali mamlakatda tartib-intizom o‘rnatish, shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish mumkin emas. Navoiy ana shunga iqror bo‘lganligi sababli sadrlarga jamoatchilik fikri yordami bilan taʼsir o‘tkazish yuqori samara berishi haqidagi ilmiy faraz (taxmin)larini ilgari suradi. Shu bilan birga reoriyentatsiya (hayotga qaytadan yo‘naltirish)ni turmushga tadbiq etish imkoni mavjud ekanligiga ishonch his-tuyg‘usi vujudga keladi, demak uning uchun xalqparvarlik (millatparvarlik) ustuvor ahamiyat kasb etishidan darak beradi.


Download 88,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish