4-fasl. Buyuk allomalarimizning ilmiy, falsafiy, axloqiy va badiiy meroslari olamshumul ma’naviy mezonlar sifatida.
Shunday qilib, Birinchi Prezident I.A.Karimov milliy ma’naviyatimizni shakllantiruvchi asosiy mezonlar haqida gapirar ekan, oldingi asarlarida ham qat’iy turgan printsipini rivojlantirib, ulug’ ajdodlarimiz merosida aks etgan diniy va dunyoviy bilimlar majmuiga teng ko’z bilan qarash, ularni uyg’unlikda olib o’zlashtirish lozimligini, faqat shundagina ma’naviy mukammallikka erishish mumkinligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Chunki bundan boshqacha yondoshuv albatta biryoqlamalikka, demakki, ma’naviy noto’kislikka sabab bo’lishi aniq. Kitobda xalqimizning o’tmishda islom ilmlari rivojiga qo’shgan ulkan hissalarini jahon tan olgan ulug’ allomalari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg’inoniy, buyuk tasavvuf pirlari Abduxoliq G’ijduvoniy va Bahouddin Naqshband kabi tabarruk siymolarning millatimiz ma’naviy takomiliga qo’shgan xizmatlari bilan bir qatorda, matematika va astronomiya singari aniq fanlar; meditsina, farmakognoziya , mineralogiya kabi tabiiy fanlar; logika, filologiya va jamiyatshunoslik fanlari sohalarida jahon ilmi rivojiga barakali ta’sir ko’rsatgan qomusiy allomalar Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulug’bek kabi mo’’tabar zotlarning har biri xususida alohida to’xtalib, ularning nafaqat milliy ma’naviyatimiz, balki bashariyat www.ziyouz.com kutubxonasi 12 ma’naviy takomiliga ko’rsatgan ta’sirlarini birma-bir qayd etib o’tilishi bu soha olimlari uchun muhim nazariy-metodologik namuna sifatida qabul qilishga arziydi.
Birinchi Prezident I.A.Karimov bu buyuk siymolar shaxsiyatiga nega bunchalik ahamiyat qaratayotganligini shunday izohlaydi: “Bizning o’z oldimizga qo’ygan maqsadimiz bunday ulug’ zotlarning hayot yo’li va qoldirgan merosini to’liq tasvirlash emas, balki ularning eng buyuk namoyandalari timsolida ma’rifat, ilmu fan, madaniyat, din kabi sohalarning barchasini o’zida uyg’unlashtirgan xalqimizning ma’naviy olami naqadar boy va rang-barang ekanligini isbotlab berishdan iboratdir. Bunday noyob va bebaho boylikni har tomonlama chuqur o’rganish, uning ma’no-mazmunini farzandlarimizga etkazish masalasi barchamiz, birinchi galda, ziyolilarimiz, butun jamoatchiligimiz uchun ham qarz, ham farz bo’lishi shart, deb hisoblayman”. 5Kitobda “tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo’lgan” Sohibqiron Amir Temurning mumtoz siymosi, uning nabirasi olim va hukmdor Mirzo Ulug’bekning ilmiy jasorati chuqur ehtirom bilan yodga olinadi. Kitob muallifi o’z hissiyotlarini shunday bayon qiladi: “Shaxsan men “Temir tuzuklari”ni har gal o’qir ekanman, xuddiki o’zimga qandaydir ruhiy kuch-quvvat topgandek bo’laman...” Ma’lumki, o’z vaqtida 1991 yil Alisher Navoiy yili deb e’lon qilingan va o’sha yil to’kin kuzning birinchi oyida o’zbek milliy ma’naviyatining quyoshiga bag’ishlanadigan asosiy tantana va tadbirlarni o’tkazish belgilangan edi. Ollohning inoyatini qarang-ki, xuddi ushbu tantanalar boshlanishi oldidan mamlakatimiz siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritdi va sentyabrning birinchi kuni Mustaqillik bayramiga aylandi. Prezidentimiz “millat bayrami” deb atagan Mir Alisher Navoiyning qutlug’ to’yi, shunday qilib, “O’zbekistonimiz hayotiga alohida fayz, tarovat baxsh etdi”, “yurtimiz, elimiz tarixida qutlug’ keldi, unutilmas sana bo’lib qoldi” 6 . Prezidentimizning Alisher Navoiy siymosi va badiiy-ma’naviy merosiga cheksiz ehtiromi ushbu yangi kitobda yanada yorqin aks etgan: “O’zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g’oyat kuchli va samarali ta’sir ko’rsatgan ulug’ zotlardan yana biri – bu Alisher Navoiy bobomizdir... Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g’ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir... Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir” 6. Muallif buyuk ajdodimizning bebaho merosidan “xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko’p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo’lamiz” deb qat’iy ishonch bildiradi. Alisher Navoiy ijodi turkiy tilda badiiy tafakkur qudratini mislsiz yuksaklikda namoyon etuvchi jozibali bir timsol. Shunga bog’liq ravishda masalaning yana bir jihatiga qisqacha izoh berib ketish zarur. Sobiq totalitar mafkura ta’sirida yaqin-yaqinlargacha bizdagi ijtimoiy fanlar sohasida adabiyotshunoslikka, umuman filologiyaga ma’lum darajada mensimay qarash mavjud edi. Bunga, albatta, yaqin o’tmishdagi adabiyotshunosligimizning qusurlari ham ancha-muncha sabab bo’lgan. Chunki marksizm mafkurasi hukmron bo’lgan zamonda adabiyotshunoslarimizning aksariyati milliy ma’naviyatimizga butkul yot bo’lgan va hatto dunyo tsivilizatsiyasi ham mohiyatan inkor etgan «sotsialistik realizm» deb nomlanuvchi soxta «nazariya» domiga tushib, XX asrda yaratilgan barcha adabiy merosni ushbu qolipga moslashtirish yo’lidan bordilar. Bu haqda jild-jild «ilmiy tadqiqotlar» yaratildi, odamlar doktor, professor, xatto akademiklikgacha daraja va unvonlarga sazovor bo’lishdi. Mumtoz adabiyotimiz bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlarda bu illat bevosita va ochiq namoyon bo’lmasada, marksistik mafkura ta’siriga berilish bu sohada ham sezilarli edi. Aslida agar masalaga xolis yondoshilsa, ilmiy adabiyotlarga nisbatan badiiy adabiyotda Borliq haqiqatini uyg’un his etish tamoyili ustun turadi. Ayniqsa, bu holat Navoiy she’riyati darajasidagi falsafiy teranlikda ham bikr bo’lgan badiiyat namunalarida yaqqol o’zini namoyon etadi. Shu sababli ham Alisher Navoiy badiiy olami millatimiz ma’naviyati uchun doimo hal qiluvchi mezon, o’sha davr tili bilan aytsak, malak toshi , vazifasini bajarib kelgan va kelgusida ham shunday bo’lib qoladi. Birinchi Prezident o’z asarida XX asr boshlarida el-yurt manfaati uchun jonlarini tikkan ma’rifatparvarlarimiz Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Ishoqxon Ibrat, Abdurrauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon, Usmon Nosir kabi yuzlab fidoiy insonlarning ma’naviy jasoratini, ulardan keyin xalq orasida nom qozongan Qori Niyoziy, Toshmuhammad Sarimsoqov, Habib Abdullaev, Sa’di Sirojiddinov, Obid Sodiqov, Yahyo G’ulomov, Ozod Sharafiddinov kabi ilm-fan arboblari, Oybek, G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor, Zulfiya, Said Ahmad singari shoir va adiblar, Lutfixonim Sarimsoqova, Halima Nosirova, Olim Xo’jaev, Razzoq Hamroev va boshqa atoqli san’atkorlarning xizmatlarini minnatdorlik bilan eslab o’tadi. Shu bilan birga Yangi Davr, ya’ni XVII – XX asrlarda ona zaminimiz – Turkistonda yuz bergan siyosiy parokandalik, hukmron kuchlarning uzoqni ko’rolmasligi va ma’naviy zaifligi, bularning oqibatida xalq boshiga tushgan baloyu kulfatlarni ham taassuf bilan qayd etishni unutmaydi. Kitobning ushbu faslida yana asosiy tarbiya maskanlari – oila, mahalla va ta’lim-tarbiya muassasalari haqida ham mufassal mulohaza yuritiladi. Shunday qilib, yosh avlod ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy mezonlar, yoki ma’naviy hayot mezonlari deganda nimani tushunish kerakligi haqida Prezidentimizning yangi kitobida aniq ko’rsatmalar berilgan. “Mezon” tarozu degani, ya’ni aniq o’lchov, meyor, Evropa terminologiyasida “kriteriy”. Demak, biz yoshlarning ma’naviy tarbiyasida nimalarga tayanishimiz kerak, yoshlarga kimlarni ibrat qilib ko’rsatishimiz durust bo’ladi, qaysi o’lchov, qanday meyorlarni 8 Qimmatbaho metallarning saraligini aniqlovchi mineral jism «mahak toshi» deb ataladi. www.ziyouz.com kutubxonasi 14 asos qilib olishimiz lozim – bular, yuqorida ko’rib o’tganimizdek, hammasi kitobda aniq ko’rsatib, nomma-nom sanab berilgan. Bular – ulug’ ajdodlarimiz yaratgan ulkan va qutlug’ ma’naviy (ilmiy, badiiy, falsafiy) meros, ularning ibratli hayotlari, muqaddas dinimiz, qadriyatlarimizda ifodalangan buyuk va boqiy haqiqatlar, yuksak tuyg’ular. Ushbu kitobda bayon qilingan milliy ma’naviyatimizning rivojlanish tarixi, uning takomil bosqichlari haqidagi dastlabki kuzatishlar ayni shu boqiy haqiqatlardan yosh avlodni imkon qadar ogoh etishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |