I bob. 1-§. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida kapitalizm taraqqiyotida yuz bergan tub o`zgarishlar


-§. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Hindiston



Download 1,28 Mb.
bet15/20
Sana27.08.2021
Hajmi1,28 Mb.
#156920
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
9-jahon tarixi

29-§. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Hindiston

  1. 1886-yilda Hindiston to`qimachilik sanoatida nechta fabrika bor edi?

  1. 95 ta

  2. 65 ta

  3. 120 ta

  4. 60 ta

  1. Hindistonda temiryo’1 tarmoqlari 1900-yilda qanchani tashkil qilgan?

  1. 20000 km

  2. 35000 km

  3. 40000 km

  4. 50000 km

  1. 1873-yildan 1883-yilgacha Hindiston bilan Buyuk Britaniya savdosi necha foizga o`sdi?

  1. 48 %

  2. 25 %

  3. 60 %

  4. 50 %

  1. XIX asr oxirida Hindistondagi yerlarning qancha qismi hosilni katta qismini to`lash sharti bilan dehqonlarga ijaraga berilardi?

  1. 40-50 %

  2. 35-45 %

  3. 50-50 %

  4. 60-70 %

  1. XIX asr oxirida Hindistondagi qaysi sohalarga sarmoya solish katta foyda keltirar edi?

  1. choy yetishtirish

  2. kanop yetishtirish

  3. paxta yetishtirish

  4. barcha javoblar to’g’ri

  1. XIX asr oxirida Hindiston qishloq xo’jaligida monokultura vujudga kelgan edi. Qaysi javobda hududlar va ular ixtisoslashgan xo’jalik turi to’g’ri berilgan?

1)Bengaliya, 2)Bombey va Markaziy Hindiston, 3)Assam, 4)Panjob. a)choy, b)paxta, c)bug`doy, d)kanop.

  1. 1-a, 2-b, 3-c, 4-d

  2. 1-b, 2-d, 3-a, 4-c

  3. 1-d, 2-b, 3-a, 4-c

  4. 1-d, 2-a, 3-b, 4-c

  1. 1870 - 1890-yillar davomida Hindistonda necha marta ocharchilik yuz berdi?

  1. 30 martada ortiq

  2. 10 martada ortiq

  3. 20 martada ortiq

  4. 10 martada ortiq

  1. 1870 - 1890-yillar davomida Hindistonda ocharchilik natijasida qancha odam qirilib ketgan?

  1. 12 mln.

  2. 15 mln.

  3. 18 mln.

  4. 14 mln.

  1. Ingliz ma’muriyati nechanchi yilda Hindistondagi milliy tillarda chiqadigan matbuot haqida qonun qabul qildi?

  1. 1878-yilda

  2. 1882-yilda

  3. 1885-yilda

  4. 1895-yilda

  1. XX asr boshlarida Hindistonda kapitalizm sekinlik bilan rivojlana boshladi. 1910-yilga kelib kanop-tola fabrikalari soni necha barobar ko`paydi?

  1. 2 barobar

  2. 3 barobar

  3. 4 barobar

  4. 2,5 barobar

  1. XX asr boshlarida Hindistonda paxta xomashyosi tayyorlash, surp mato to`qish korxonalarining qancha qismi hind kapitalistlariga qarashli edi?

  1. 165 tasi

  2. 120 tasi

  3. 215 tasi

  4. 240 tasi

  1. 1904-yilda Hindistonda qancha odam vabo kasalligi tufayli halok bo’ldi?

  1. 1 mln.

  2. 10 mln.

  3. 18 mln.

  4. 3 mln.

  1. Hindiston vitse-qiroli Kerzon qachon universitetlarga kirish pulini ikki barobarga oshirdi?

  1. 1895-yilda

  2. 1905-yilda

  3. 1902-yilda

  4. 1910-yilda

  1. Ma’lumki, vitse-qirol Kerzon universitetlarga kirish pulini ikki barobarga oshirgan edi. Universitetdagi qaysi fakultet xalq manfaatini ko`zlovchi talabalar uchun yopib qo’yildi?

  1. siyosat

  2. huquq

  3. meditsina

  4. falsafa

  1. Qachon Bombayda o’z dasturiga ega siyosiy partiya – “Hindiston Milliy Kongressi” tuzildi?

  1. 1875-yilda

  2. 1885-yilda

  3. 1895-yilda

  4. 1900-yilda

  1. Britaniya mustamlakachilari Hindistonda milliy ozodlik harakatini kuchsizlantirish uchun …

  1. Hindiston Milliy Kongressini taqiqlab qo’ydi

  2. poytaxtni havfsizroq bo’lgan Bombay shahriga ko’chirdi

  3. hind-musulmon raqobatini kuchaytirishga harakat qildi

  4. mahalliy burjuaziyani pul bilan o’z tomoniga og’dirib oldi

  1. Ingliz ma’muriyatining Hindiston Milliy Kongressiga ruhsat etilishini kim “Milliy Kongress inqilobdan arzonroq” deb izohlagan edi?

  1. S. Rods

  2. lord Dafferin

  3. Kerzon

  4. Tilak

  1. Hindistonda 1890-yilda shakllangan “so’l” – radikal oqimga kim rahbarlik qilgan?

  1. Bal Gangadxara Tilak

  2. Mahatma Gandi

  3. Tantiya Topi

  4. lord Dafferin

  1. Hind xalqining milliy ongini uyg`otishga harakat qilgan Tilak qaysi shaharda mustaqil o`rta maktab tashkil qildi va vatanparvarlik g`oyalarini o`quvchilarga singdira boshladi?

  1. Surat

  2. Puna

  3. Bombay

  4. Kalkutta

  1. Qaysi yilda Tilak “Kesari” (Sher) gazetasini tashkil etdi?

  1. 1875-yilda

  2. 1880-yilda

  3. 1885-yilda

  4. 1890-yilda

  1. Hindiston mustaqilligi uchun kurashgan qaysi shaxs “Xudo Hindistonni xorijiy mamlakatlarga hech qachon hadya qilgan emas” degan edi?

  1. Mahatma Gandi

  2. J. Neru

  3. Tilak

  4. Tantiya Topi

  1. Ingliz ma’muriyati qachon Tilakni bir yarim yilga qamab qo’ydi?

  1. 1887-yilda

  2. 1897-yilda

  3. 1895-yilda

  4. 1890-yilda

  1. Milliy-ozodlik harakatini “bo’g`ishga” harakat qilgan ingliz mustamlakachilari qachon Bengaliyani ikki qismga bo`lib tashlashdi?

  1. 1907-yilda

  2. 1905-yilda

  3. 1906-yilda

  4. 1890-yilda

  1. 1905-yilda qaysi shaharda 100 ming kishi qatnashgan namoyish bo’lib o’tdi?

  1. Suratda

  2. Amritsarda

  3. Kalkuttada

  4. Punada

  1. Qaysi javobda atamalar ma’nosi noto’g’ri berilgan?

  1. “Svaraj” -o’z hokimiyatimiz

  2. “Svadeshi” - o’z madaniyatimiz

  3. “Kesari” - sher

  4. “Sinxay” - yil

  1. Hindiston milliy-ozodlik kurash rahbarlaridan qaysi biri “kuch ishlatmaslik” tarafdori edi?

  1. Lakshmi Bay

  2. Bal Gandhara Tilak

  3. Tantiya Topi

  4. Rana Sanga

  1. 1908-yili qaysi shaharda HMKning qurultoyi bo`lib o’tdi?

  1. Suratda

  2. Amritsarda

  3. Kalkuttada

  4. Punada

  1. “So’l” radikal oqim nima sababdan HMK tarkibidan chiqarildi?

  1. chunki, u mo`tadil oqimning ingliz imperiyasi tarkibida qolish, ayni paytda, o`z o`zini boshqarish huquqi berilishi haqidagi fikriga qo’shilmagan

  2. chunki, u mo`tadil oqimning ingliz imperiyasi tarkibidan chiqish haqidagi fikriga qo’shilmagan

  3. chunki, ingliz ma’muriyati bu oqim faoliayatini “Qonunga xilof” deb topgan

  4. chunki, u “Svaraj”, “Svadeshi” dasturidagi “o’z hokimiyatimiz” g`oyasini ma’qullamagan

  1. “Hindiston kengashlari haqida qonun” nomli hujjat qachon qabul qilingan?

  1. 1909-yilda

  2. 1905-yilda

  3. 1895-yilda

  4. 1912-yilda

  1. Qachon Hindistondagi ingliz mustamlaka ma’muriyati ish vaqtini 12 soat bilan cheklash haqida qonun qabul qildi?

  1. 1908-yili

  2. 1909-yili

  3. 1911-yili

  4. 1912-yili

  1. Qachon mehnatkashlarning harakatlaridan cho`chigan mustamlaka ma’murlari Kerzon tomonidan bo`lib tashlangan Bengaliyani birlashtirishga majbur bo`ldilar?

  1. 1908-yili

  2. 1911-yili

  3. 1914-yili

  4. 1912-yili

  1. O’zga mamlakatlarni bosib olib, o’z mustamlakasiga aylantirgan bosqinchi davlat bu – …

  1. monarxiya

  2. metropoliya

  3. koloniya

  4. rezidensiya

30-§. XIX asr oxiri -XX asr boshlarida Eron


  1. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Erondagi mustabid hokimiyat …

  1. yirik yer egalari, viloyat hokimlari hamda urug`larning xonlariga tayanar edi

  2. chet el korxonalari mahsulotlarini sotish tufayli boyib ketgan mahalliy burjuaziyaga tayanar edi

  3. yirik yer egalari, harbiylar va Yevropa kapitalistlariga

  4. Yevropa kapitalistlari hamda urug`larning xonlariga tayanar edi

  1. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Eronga kapital chiqarish bo`yicha qaysi davlat birinchi o`rinda edi?

  1. Buyuk Britaniya

  2. AQSH

  3. Germaniya

  4. Fransiya

  1. Inglizlar qachon Eronda neft konlaridan foydalanish, tosh va temiryo’1 qurish konsessiyalari oldi?

  1. 1872-yili

  2. 1874-yili

  3. 1878-yili

  4. 1882-yili

  1. Qachon Eronda “Shohanshohbank” ochilgan?

  1. 1884-yili

  2. 1878-yili

  3. 1889-yili

  4. 1882-yili

  1. Eronda “Shohanshohbank”ga asos slogan ingliz monopolistini aniqlang.

  1. Dyurand

  2. Reyter

  3. S.Rods

  4. M. Shuster

  1. Birinchi jahon urushi arafasida Eron Buyuk Britaniyadan qancha miqdorda qarz bo`lib qoldi?

  1. 6,6 miln funt sterling

  2. 9,6 miln funt sterling

  3. 8,6 miln funt sterling

  4. 10 miln funt sterling

  1. Birinchi jahon urushi arafasida Eronning Rossiyadan qarzi qanchani tashkil etdi?

  1. 164 miln rubl

  2. 152 miln rubl

  3. 124 miln rubl

  4. 194 miln rubl

  1. Erondagi Fors viloyati, baxtiyorlar (qabilalar), Huziston xonlarini qaysi davlat Markazga qarshi gij-gijlar edi?

  1. Rossiya

  2. Fransiya

  3. Buyuk Britaniya

  4. Turkiya

  1. Ichki ijtimoiy ziddiyatlar, tashqi iqtisodiy va siyosiy siquvlar qachon Eronda inqilobiy harakat boshlanishiga sabab bo`ldi?

  1. 1902-yili

  2. 1905-yili

  3. 1906-yili

  4. 1911-yili

  1. Eronda boshlangan mustamlakachilik va Shoh tuzumiga qarshi xalq harakatida kurashning qanday usuli qo’llanilgan?

  1. kuch ishlatish usuli

  2. tinch, sust qarshilik qilish usuli

  3. parlament usuli

  4. ish tashlash va chet el korxonalariga shikast yetkazish

  1. Eron shohi qachon Konstitutsiya qabul qilish haqida farmon chiqarishga majbur bo`ldi?

  1. 1905-yil 5-avgustda

  2. 1906-yil 5-aprelda

  3. 1906-yil 15-iyulda

  4. 1910-yil 5-avgustda

  1. Nechanchi yilda Tabrizda Eron tarixida birinchi parlament — Majlis tuzildi?

  1. 1909-yili

  2. 1906-yili

  3. 1908-yili

  4. 1911-yili

  1. Shohning Majlisga saylovlar o`tkazish haqidagi Farmoniga ko’ra nechta ijtimoiy qatlamga saylov huquqi berildi?

  1. 3 ta

  2. 5 ta

  3. 6 ta

  4. 4 ta

  1. Eronda qaysi shoh konstitutsiyaning birinchi qismini tasdiqlagan?

  1. Muzaffariddin

  2. Muhammad Alishoh

  3. Og’a Muhammad

  4. Ahmad shoh

  1. Eronda Majlisga dastlabki saylovlar qachon o`tkazildi?

  1. 1906-yili

  2. 1909-yili

  3. 1908-yili

  4. 1911-yili

  1. 1906-yilda shoh Muzaffariddin Konstitutsiyaning birinchi qismini tasdiqladi. Unda nimalar ko’zda tutilgan edi?

  1. shohga barcha qonunlarni tasdiqlash, budjet qabul qilish, uning ijrosini nazorat qilish huquqi berildi

  2. shoh yerlari dehqonlarga bo’lib berildi, 8 soatlik ish kuni belgilandi

  3. chet elliklar bilan tuziladigan iqtisodiy bitimlarga Majlisning roziligi olinishi belgilab qo`yildi

  4. A va C javoblar to’g’ri

  1. Eron inqilobining birinchi bosqichi qaysi yillarni o’z ichiga oladi?

  1. 1902-1906-yillar

  2. 1905-1907-yillar

  3. 1906-1909-yillar

  4. 1905-1911-yillar

  1. Eron inqilobining ikkinchi bosqichi qaysi yillarni o’z ichiga oladi?

  1. 1907-1910-yillar

  2. 1907-1911-yillar

  3. 1905-1912-yillar

  4. 1907-1909-yillar

  1. Eron inqilobining ikkinchi bosqichida xalq harakati nimaga qarshi qaratildi?

  1. shoh tuzumiga

  2. mustamlakachilikka

  3. saylov huquqining cheklanishiga

  4. ijtimoiy tengsizlikka

  1. Eron inqilobi davrida qabul qilingan konstitutsiyaga ko’ra, Qabul qilinayotgan qonunlarning shariatga muvofiqligi ustidan nazorat qilish uchun nechta ulug`dindor (ulamo) tayinlanadigan bo`ldi?

  1. 5 ta

  2. 6 ta

  3. 7 ta

  4. 8 ta

  1. Qachon Eron masalasida Angliya-Rossiya bitimi imzolandi?

  1. 1904-yilda

  2. 1907-yilda

  3. 1908-yilda

  4. 1912-yilda

  1. Eron masalasida Angliya-Rossiya bitimiga ko’ra Eron nechta ta’sir hududiga bo’lindi?

  1. 3 ta

  2. 2 ta

  3. 4 ta

  4. 5 ta

  1. Eron shohi qachon inglizlar va ruslar yordamida aksilinqilobiy davlat to`ntarishi o`tkazdi?

  1. 1904-yilda

  2. 1907-yilda

  3. 1908-yilda

  4. 1912-yilda

  1. Muhammad Alishoh qachon taxtdan tushirildi?

  1. 1910-yilda

  2. 1907-yilda

  3. 1909-yilda

  4. 1912-yilda

  1. Muhammad Alishoh o’rniga kelgan Ahmadshoh mamlkat iqtisodini o’nglash maqsadida Buyuk Britaniyadan qancha miqdorda qarz oldi?

  1. 1 miln. 200 ming funt sterling

  2. 1 miln. 250 ming funt sterling

  3. 1 miln. 520 ming funt sterling

  4. 1 miln. 350 ming funt sterling

  1. 1911-yilgi Eron inqilobini bostirishda qaysi davlat qo’shinlari qatnashgan?

  1. Rossiya

  2. Turkiya

  3. Germaniya

  4. Fransiya

  1. Birinchi jahon urushi arafasida Eron qaysi davlatdan 14 mln. qarz oldi?

  1. Germaniyadan

  2. Rossiyadan

  3. Buyuk Britaniyadan

  4. Fransiyadan

  1. “Konsessiya” lotinchada qanday ma’noni bildiradi?

  1. “shartnoma”

  2. “aralashuv”

  3. “ruxsat etish”

  4. “birlashtirish”

  1. Qaysi atama aholining tinch o`tirib, passiv qarshilik ko`rsatishini anglatadi?

  1. sinxay

  2. mahdiy

  3. best

  4. stachka

31-§. XIX asr oxiri -XX asr boshlarida Afg`oniston


  1. 1873-yili Angliya Hindiston Afg`oniston chegarasida harbiy kuch to`play boshlagach, amir Sheralixon qaysi davlatdan yordam so`rab, elchi yubordi?

  1. AQSHdan

  2. Germaniyadan

  3. Rossiyadan

  4. Fransiyadan

  1. 1873-yili Kobulga kelgan elchilik missiyasiga kim boshchilik qilgan?

  1. general Stoletov

  2. general Chernyayev

  3. lord Daffern

  4. M. Shuster

  1. Qaysi voqea Buyuk Britaniyaning Afg’onistonga qarshi navbatdagi urush boshlashiga bahona bo’ldi?

  1. Sheralixon qo’shinining Afg’oniston–Hindiston chegarasidagi ingliz missiyasiga hujum qilishi

  2. Sheralixonning ingliz missiyasini Kobul shahrida qabul qilishdan bosh tortishi

  3. Sheralixon Britaniyaga qarshi kurashda Rossiyadan yordam so`rab, elchi yuborishi

  4. Sheralixonning ingliz missiyasini Kobul shahrida qamoqqa olishi

  1. Ikkinchi ingliz-afg’on urushi qaysi yillarda bo’lib o’tgan?

  1. 1838-1840-yillar

  2. 1878-1879-yillar

  3. 1879-1881-yillar

  4. 1887-1888-yillar

  1. 1878-yil Buyuk Britaniya Afg`onistonga qarshi urush harakatlari boshlandi. Bu vaqtda Sheralixon vafot etgach taxtga kim o`tirdi?

  1. Yoqubxon

  2. Ahmadshoh

  3. Abdurahmon

  4. Afzalxon

  1. Afg’oniston va Britaniya o’rtasida Gandamak shartnomasi qachon imzolangan?

  1. 1873-yilda

  2. 1878-yilda

  3. 1879-yilda

  4. 1880-yilda

  1. Qachon Kobulda ingliz rezidensiyasi ochildi?

  1. 1873-yilda

  2. 1879-yilda

  3. 1882-yilda

  4. 1880-yilda

  1. 1880- yilning boshida Shimoliy Afg`onistonda kim o`z hokimiyatini o`rnatdi?

  1. Sheralixon

  2. Ahmadshoh

  3. Afzalxon

  4. Abdurahmon

  1. Inglizlar Abdurahmon bilan muzokaralar olib borishi natijasida Abdurahmonga Kobul topshirildi. Bu vaqtda qaysi shahar Angliya ta’sir doirasida qoldi?

  1. Tabriz

  2. Isfahon

  3. Tehron

  4. Qandahor

  1. Afg`oniston taxtining qonuniy vorisi amir Sheralixonning o`g`li Ayubxon qachon Qandahorga yurish boshlab, ingliz harbiy brigadasini yanchib tashladi?

  1. 1873-yilda

  2. 1879-yilda

  3. 1882-yilda

  4. 1880-yilda

  1. Afg’oniston amiri Abdurahmonning hukmronlik yillarini aniqlang.

  1. 1878 – 1898-yillar

  2. 1880 – 1901-yillar

  3. 1885 – 1910-yillar

  4. 1879 – 1911-yillar

  1. Qaysi afg’on amiri mamlakatda “yopiq” siyosat oli borgan?

  1. Sheralixon

  2. Abdurahmon

  3. Ahmadshoh

  4. Afzalxon

  1. Afg’oniston amiri Abdurahmon olib borgan islohotlarni belgilang.

1)Ma’muriy politsiya apparati (boshqarmasi) tuzildi; 2)mamlakat tarixida birrinchi parlament – Majlis tuzildi; 3)Karvon yo`llari xavfsizligi bir qadar ta’minlandi; 4)10 soatlik ish kuni joriy etildi; 5)Diniy ulamolarga maosh belgilandi; 6)Yagona pul birligi, mamlakat uchun bir xil tosh-tarozi va uzunlik o`lchovlari joriy qilindi.

  1. 1, 2, 3, 4

  2. 1, 3, 5, 6

  3. 2, 3, 4, 5

  4. 2, 3, 5, 6

  1. Nechanchi yilda turkmanlar yashaydigan joylarda afg`on-rus chegaralari qat’iy belgilab qo’yildi?

  1. 1883-yilda

  2. 1889-yilda

  3. 1887-yilda

  4. 1882-yilda

  1. Hind daryosi bo`ylarida yashaydigan afg`on qabilalari qachon inglizlarga bo`ysundirilgan?

  1. 1842-yilda

  2. 1849-yilda

  3. 1859-yilda

  4. 1847-yilda

  1. Abdurahmon qachon inglizlar bilan bitim tuzib, Afg’oniston janubidagi afg`on qabilalarini Buyuk Britaniya tasarrifida deb tan oldi?

  1. 1885-yilda

  2. 1893-yilda

  3. 1895-yilda

  4. 1887-yilda

  1. 1893-yili Afg’on amiri Abdurahmon bilan muzokara olib borgan ingliz hukumati vakili kim edi?

  1. lord Daffern

  2. M.Shuster

  3. Dyurand

  4. Stoddort

  1. 1901-yili abdurahmon vafot etgach, amirlik taxtini kim egalladi?

  1. Sheralixon

  2. Omonullaxon

  3. Habibulloxon

  4. Abdulhamid

  1. Qaysi javobda ketma-ket hukmronlik qilgan afg’on amirlari nomi to’g’ri berilgan?

1)Sheralixon, 2)Habibullaxon, 3)Abdurahmon, 4)Yoqubxon.

  1. 1, 2, 3, 4

  2. 1, 4, 3, 2

  3. 1, 3, 4, 2

  4. 1, 3, 2, 4

  1. Quyidagi qaysi shart 1904-yili Buyuk Britaniya Afg’onistonga taklif qilgan bitimda talab qilinmagan edi?

  1. ingliz fuqarolarining Afg`onistonga erkin kirib-chiqishiga ruxsat berish

  2. mamlakatdagi rus savdogarlarni chiqarib yuborish

  3. tashqi savdoni Angliya nazoratiga topshirish

  4. mamlakatda inglizlarning temiryo’1 qurishiga rozilik berish

  1. Nechanchi yilda imzolangan bitimga ko’ra, Afg`oniston Angliya manfaatlari mintaqasi deb e’lon qilindi?

  1. 1907-yilda

  2. 1904-yilda

  3. 1905-yilda

  4. 1911-yilda

  1. Afg’onistonda nashr etilgan “Siroj ul-axbori afg’oniya” (“Afg`on xabarlari chirog`i”) gazetasi muharriri kim?

  1. Niyozbiy

  2. Muhammad Tarziy

  3. Omanullaxon

  4. Sayid Ali Muhammad

  1. XX asr boshlarida Afg`onistonda ham respublikachilik harakati paydo bo`ldi. Bu davrda islohotchilarning butun umidi kimga qaratilgan edi?

  1. Habibulloxonga

  2. Muhammad Tarziyga

  3. Omonulloxonga

  4. Abdulhamidga

  1. Rezidensiya — bu …

  1. bir davlatning ikkinchi davlatga maxsus topshiriq bilan yuborgan vakili

  2. Urushda mag’lub davlatning g’olibga qo’shib olingan hududi

  3. chet davlat diplomatik vakillari qarorgohi

  4. biror davlatda tub joy aholining omon qolgan qismini zo`rlab joylashtirish uchun ajratilgan hudud

32-§. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Turkiya


  1. XIX asr oxirida Turkiyada haydaladigan yerlarning necha foizi katta yer egalari va ruhoniylarga qarashli edi?

  1. 46 %

  2. 65 %

  3. 55 %

  4. 75 %

  1. Rossiyada Ye. Pugachyev qo’zg’olonidan roppa–rosa bir asr o’tgach …

  1. Ikkinchi ingliz-afg’on urushi bo’lib o’tdi

  2. Turkiyada ko`plab odamlar qirilishiga sabab bo’lgan kuchli ocharchilik yuz berdi

  3. Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoni bosib olishning uchinchi bosqichi bo`lib o`tdi

  4. Turkiyada inqilobiy vaziyat yuzaga keldi

  1. Sulton hukumati o`zining moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun 1870-1874-yillarda qancha miqdorda asoratli qarz oldi?

  1. 2 mlrd. frankdan ortiq

  2. 3 mlrd. frankdan ortiq

  3. 5 mlrd. frankdan ortiq

  4. 8 mlrd. frankdan ortiq

  1. XIX asr so’nggi choragida Turkiyaning tashqi qarzi qanchaga yetdi?

  1. 3,5 mlrd. frankka

  2. 7,5 mlrd. frankka

  3. 5,5 mlrd. frankka

  4. 9,5 mlrd. frankka

  1. Turkiya qachon moliyaviy bankrot deb e’lon qilindi?

  1. 1876-yilda

  2. 1878-yilda

  3. 1885-yilda

  4. 1874-yilda

  1. Germaniya nechanchi yilda Bag`dod temiryo`lining Izmir – Anqara qismini qurish huquqini oldi?

  1. 1885-yilda

  2. 1888-yilda

  3. 1889-yilda

  4. 1887-yilda

  1. Germaniya nechanchi yilda Bag`dod orqali Fors qo`ltig`igacha temiryo’l qurish huquqini to’la qo’lga kiritdi?

  1. 1900-yilda

  2. 1899-yilda

  3. 1897-yilda

  4. 1903-yilda

  1. 1875- yilda Turkiya qarzlar uchun yiliga qancha miqdorda foiz to`lashi lozim edi?

  1. 470 mln. frank

  2. 380 mln. frank

  3. 570 mln. frank

  4. 450 mln. frank

  1. XIX asr oxirida Turkiyada “Yangi usmonlilar harakati” tomonidan chiqarilgan qaysi gazeta ilg`or demokratik g`oyalar targ`ibotchisiga aylandi?

  1. “Tarjimon”

  2. “Ibrat”

  3. “Shuhrat”

  4. “Ittihod”

  1. Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Farg’ona viloyati tashkil etilgan yili Turkiyada …

  1. kuchli ocharchilikdan ko`plab odamlar qirilib ketdi

  2. Konstitutsiya e’lon qilindi

  3. “Birlik va taraqqiyot” tashkiloti tuzildi

  4. inqilobiy vaziyat yuzaga keldi

  1. Qaysi turk sultoni 1876-yil 22- mayda Shayx ul-Islom fatvosi bilan taxtdan tushirilgan?

  1. Murod V

  2. Abdulhamid II

  3. Abdulaziz

  4. Mahmud V Rishod

  1. Turkiyada qachon ikki palatali parlament joriy etildi?

  1. 1875-yilda

  2. 1876-yilda

  3. 1879-yilda

  4. 1881-yilda

  1. Qaysi turk sultonining hukmronlik yillari Turkiya tarixida “zulm davri” nomini olgan?

  1. Murod V

  2. Abdulhamid II

  3. Abdulaziz

  4. Mahmud V Rishod

  1. Nechanchi yilda Istanbul harbiy-meditsina bilim yurti kursantlari yashirin “Birlik va taraqqiyot” tashkilotini tuzdilar?

  1. 1885-yilda

  2. 1889-yilda

  3. 1879-yilda

  4. 1882-yilda

  1. Qachon Abdulhamid II “Birlik va taraqqiyot” tashkiloti ustidan sud uyushtirdi?

  1. 1895-yilda

  2. 1897-yilda

  3. 1891-yilda

  4. 1902-yilda

  1. Abdulhamid II uyushtirgan sud natijasida “Birlik va taraqqiyot” partiyasi a’zolaridan necha kishi o`limga hukm qilindi?

  1. 25 kishi

  2. 13 kishi

  3. 31 kishi

  4. 69 kishi

  1. 1902-yilda “Yosh turklar” qaysi shaharda o`zlarining birinchi qurultoyini o`tkazdilar?

  1. Parijda

  2. Londonda

  3. Istanbulda

  4. Berlinda

  1. 1902-yilda “Yosh turklar” ning birinchi qurultoyida qanday qaror qabul qilindi?

  1. Germaniya bilan bitim tuzish

  2. bekor qilingan Konstitutsiyani tiklash

  3. parlamentga saylov o`tkazish

  4. davlat to`ntarishi o`tkazish

  1. Qachon Turkiyada “Yosh turklar”dan bo`lgan armiya zobitlari rahbarligida qo`zg`olon ko`tarildi?

  1. 1907-yil 3-iyulda

  2. 1906-yil 3-mayda

  3. 1908-yil 3-iyulda

  4. 1909-yil 20-iyulda

  1. Turkiyada 1908-yilgi armiya zobitlarining qo`zg`oloniga kim rahbarlik qilgan?

  1. Anvar Poshsho

  2. Jamolbey

  3. Niyozbiy

  4. Muhammad Tarziy

  1. Qachon Monastir shahrida “Birlik va taraqqiyot” partiyasi tantanali vaziyatda Konstitutsiya tiklanganligini e’lon qildi?

  1. 1907-yil 3-iyulda

  2. 1906-yil 3-mayda

  3. 1908-yil 20-iyulda

  4. 1909-yil 10-iyulda

  1. Quyidagi qaysi partiya “Yosh turklar”ni xudosizlikda aybladi?

  1. “Ittihodi Muhammadi”

  2. “Birlik va taraqqiyot”

  3. “Hurriyat va birdamlik”

  4. “Yangi usmonlilar harakati”

  1. Qachon Turkiyada “Ittihodi Muhammadi” partiyasining tarafdori bo`lgan harbiylar aksilinqilobiy isyon ko`tardilar?

  1. 1909-yil 3-iyulda

  2. 1908-yil 20-iyulda

  3. 1909-yil 13-aprelda

  4. 1909-yil 10-iyulda

  1. Qaysi javobda Mahmud V Rishodning hukmronlik yillari to’g’ri berilgan?

  1. 1880-1901-yillar

  2. 1909-1918-yillar

  3. 1909-1912-yillar

  4. 1906-1915-yillar

  1. Quyidagi qaysi shaharlarda joylashgan harbiy qismlar “Yosh turklar” tarafida edi?

  1. Saloniki va Istanbul

  2. Monastir va Istanbul

  3. Anqara va Adrianopol

  4. Saloniki va Adrianopol

  1. Quyidagi qaysi partiya “Yosh turklar”ni noqobillikda aybladi va 1912-yil davlat to’ntarishi o’tkazdi?

  1. “Ittihodi Muhammadi”

  2. “Birlik va taraqqiyot”

  3. “Hurriyat va birdamlik”

  4. “Yangi usmonlilar harakati”

  1. 1913-yil yanvarda “Yosh turklar” ishtirokida ko`tarilgan isyonga kim boshchilik qilgan?

  1. Jamolbey

  2. Anvarbey

  3. Tal’atbey

  4. Niyozbey

  1. Turkiyada 1913-yilda “Yosh turklar” partiyasi hukumatni egallab “Uchlik” tuzishgan edi. Quyidagilardan qaysi biri unga kirmagan?

  1. Jamolbey

  2. Anvarbey

  3. Tal’atbey

  4. Niyozbey

  1. Turkiyada 1913-yilda “Yosh turklar” partiyasi hukumatni egallab “Uchlik” tuzishgan edi. Unga kim rahbarlik qilgan?

  1. Jamolbey

  2. Anvarbey

  3. Tal’atbey

  4. Niyozbey

  1. Turkiyada 1913-yilda hukumatga kelgan “Uchlik”ning Germaniya bilan yaqinlashishi nima bilan izohlanadi?

  1. uning panturk va panislom mafkuralarini qo’llab-quvvatlashi bilan

  2. uning Turkiya imperiyasi hududlariga da’vo qilmayotganligi bilan

  3. uning Turkiya imperiyasining ag’darilishiga qarshi chiqishi bilan

  4. uning Turkiyaga katta miqdorda kapital kiritganligi bilan

  1. Qachon Turkiya va Germaniya o’rtasida maxfiy suratda ittifoq shartnomasi tuzildi?

  1. 1914-yil 2-avgustda

  2. 1913-yil 2-iyulda

  3. 1914-yil 13-aprelda

  4. 1913-yil 10-iyulda

VI BOB. 33-§. Shimoliy Afrika mamlakatlari


  1. XIX asrning 70-yillariga qadar rasman Usmonli turk imperiyasi tarkibiga kirgan Kirenaika hozirgi qaysi davlat o’rnida bo’lgan?

  1. Liviya

  2. Tunis

  3. Sudan

  4. Livan

  1. Qaysi javobda XIX asr oxirida Afrikadagi Yevropa davlatlari tomonidan mustamlakalariga aylantirilgan hududlar to’g’ri berilgan?

1)Fransiya, 2)Buyuk Britaniya, 3)Italiya, 4)Ispaniya. a)Misr va Sudan, b)Tunis, Jazoir va Marokash, c)Marokashning bir qismi, d)Liviya

  1. 1-b, 2-d, 3-a, 4-c

  2. 1-b, 2-a, 3-d, 4-c

  3. 1-c, 2-a, 3-d, 4-b

  4. 1-a, 2-b, 3-c, 4-d

  1. Misrdagi milliy-ozodlik harakatida katta obro’ qozongan Jamoliddin al-Afg`oniy qaysi madrasada mudarris bo`lgan?

  1. Xasan madrasasi

  2. Al-Liva madrasasi

  3. Al-Azhar madrasasi

  4. Qohira madrasasi

  1. Nechanchi yilda Misrda “Xizb ul-Vatan” (Vatan partiyasi) partiyasi tuzildi?

  1. 1878-yilda

  2. 1871-yilda

  3. 1873-yilda

  4. 1875-yilda

  1. Misrda hukmdor qanday atalgan?

  1. negus

  2. ansor

  3. hadiv

  4. mahdiy

  1. 1882-yil 7-fevral kuni Hadiv imzolagan yangi qonunga ko`ra davlat boshqaruvida qaysi o’zgarish ko’zda tutilmagan edi?

  1. hukumat Deputatlar palatasiga bo`ysunadigan bo`ldi

  2. parlament budjet ustidan nazorat qilish huquqini oladigan bo`ldi

  3. Vazirlar kengashi tugatiladigan bo’ldi

  4. birorta qonun deputatlar palatasi ruxsatisiz qabul qilinmaydigan bo`ldi

  1. Qachon Buyuk Britaniya qo’shinlari Iskandariyani to`plardan o`qqa tutdi?

  1. 1871-yilda

  2. 1882-yilda

  3. 1883-yilda

  4. 1885-yilda

  1. Inglizlar Iskandariyani egallagach Misr armiyasi rahbarlaridan kim Qohirada oliy davlat organi vazifasidagi Muvaqqat kengash tuzdi?

  1. Ahmad Orabibey

  2. Muhammad Tarziy

  3. Jamoliddin al-Afg`oniy

  4. Abdul Qodir

  1. Misrga inglizlar hujumini qaytarish uchun Muvaqqat kengash necha kishilik qo’shin tuzdi?

  1. 65 ming

  2. 45 ming

  3. 50 ming

  4. 60 ming

  1. Misr inglizlar mustamlakasiga aylangach Ahmad Orabibey qayerga umrbod surgun qilindi?

  1. Malta oroliga

  2. Seylon oroliga

  3. Madagaskar oroliga

  4. Rodos oroliga

  1. Nechanchi yilda Misr inglizlar mustamlakasiga aylandi?

  1. 1883-yilda

  2. 1871-yilda

  3. 1882-yilda

  4. 1885-yilda

  1. Nechanchi yilda Suvaysh kanalidan foydalanish bo`yicha Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Rossiya, Turkiya, Fransiya davlatlari konvensiya imzolashdi?

  1. 1888-yilda

  2. 1895-yilda

  3. 1886-yilda

  4. 1885-yilda

  1. Milliy ozodlik uchun kurashning faol tarafdori bo`lgan “Vatan” partiyasining gazetasi qanday atalgan?

  1. “Ibrat”

  2. “Al-Liva”

  3. “Kesari”

  4. “Hadiv”

  1. Misrda Majlis vitse-prezidenti … demokratik, milliy-ozodlik ruhidagi deputatlarni o`z atrofiga to`plab, majlis nomidan ingliz hukmronligiga qarshi hujjatni o`tkazishga erishdi.

  1. Ahmad Orabibey

  2. Saad Zaglul

  3. Jamoliddin al-Afg`oniy

  4. Abdul Qodir

  1. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Sharqiy Sudan qaysi davlat qaramog`ida edi?

  1. Misr

  2. Fransiya

  3. Italiya

  4. Germaniya

  1. Qachon sudanliklar yetakchisi Muhammad Ahmad xalqni Misr-Turk zulmiga hamda yevropaliklarga qarshi “muqaddas urush”ga chaqirdi?

  1. 1881-yilda

  2. 1878-yilda

  3. 1883-yilda

  4. 1885-yilda

  1. Misr-Turk zulmiga hamda yevropaliklarga qarshi kurashgan sudanliklar yetakchisi Muhammad Ahmad o’zini kim deb e’lon qiladi?

  1. bob

  2. mahdiy

  3. ansor

  4. hadiv

  1. 1882-yilda Xartumga kim general-gubernator etib tayinlandi?

  1. Abdul Qodir

  2. Muhammad Ahmad

  3. Ahmad Orabibey

  4. general Gordon

  1. 1883-yili Sudan ansorlari tomonidan qirib tashlangan ingliz qo`shiniga kim rahbarlik qilgan?

  1. general Gordon

  2. general Xiks

  3. lord Daffern

  4. Sesil Rods

  1. 1884-yili inglizlar Sudanga kim boshchiligida harbiy qism yuborishdi?

  1. general Gordon

  2. general Xiks

  3. lord Daffern

  4. M.Shuster

  1. Bir yilda yuz bergan voqealarni aniqlang.

  1. Buyuk Britaniya Transvaalni bosib oldi; Parijdagi jahon ko`rgazmasida Ottoning gaz bilan ishlaydigan to`rt taktli dvigateliga yuksak baho berildi

  2. Fransuzlar Madagaskar ustidan protektorat o`rnatdi; Adua yonidagi jangda Italiya qo’shini mag’lub bo’ldi

  3. Sudanda mustaqil mahdiylar davlati vujudga keldi; Hindiston milliy kongressi tuzildi

  4. Avstriya-Vengriya taxti vorisi F. Ferdinand o`ldirildi; Antanta harbiy dengiz kuchlari Dardanell bo`g`ozida harbiy operatsiyalarni boshlab yubordi

  1. Ma’lumki, 1885-yilda Sudanda mustaqil mahdiylar davlati tuzildi. Qo`zg`olon rahbari mahdiy Muhammad Ahmad vafot etgach, kim hokimiyatni o`z qo`liga oldi?

  1. Yo`xonni

  2. Menelik

  3. Abdulloh

  4. Abdul Qodir

  1. 1885-yilda mustaqil Mahdiylar davlati tuzilgach, qaysi shahar poytaxt etib belgilandi?

  1. Xartum

  2. Omdurman

  3. Nayrobi

  4. Adan

  1. Nechanchi yilda Efiopiya va Sudan o’rtasida urush bo’lib o’tdi?

  1. 1882-1886-yillar

  2. 1885-1889-yillar

  3. 1884-1887-yillar

  4. 1885-1886-yillar

  1. Efiopiya va Sudan o’rtasida urush bo’layotdan paytda qaysi davlat Efiopiyaga hujum qildi?

  1. Italiya

  2. Buyuk Britaniya

  3. Fransiya

  4. Misr

  1. 1887-yil Qaysi shahar yonida Italiya qo`shini efiopiyaliklar tomonidan tor-mor qilindi?

  1. Adan

  2. Adua

  3. Xartum

  4. Omdurman

  1. Qaysi javobda Efiopiya hukmdorlari nomi keltirilgan?

  1. Abdulloh, Saad Zaglul

  2. Yo`xonni, Menelik

  3. Yo`xonni, Xendrik Vitboy

  4. Muhammad Ahmad, Menelik

  1. Qachon Angliya – Misr birlashgan qo`shinlari Sudan mahdiylari qo`shini ustidan g`alaba qozondi?

  1. 1889-yil avgustda

  2. 1888-yil aprelda

  3. 1890-yil avgustda

  4. 1889-yil dekabrda

  1. Rossiyada Plexanov rahbarlik qilgan “Mehnatni ozod qilish” guruhi tuzilgan yili …

  1. Xartumga Misrlik Abdul Qodir general-gubernator etib tayinlandi

  2. Tunisda Fransiya hukmronligi o`rnatildi

  3. inglizlar Sudanga general Gordon boshchiligida harbiy qism yuborishdi

  4. Angliya Transvaalni bosib oldi

  1. XIX asr oxirida Jazoirda qancha fransuz yashardi?

  1. 250 ming

  2. 160 ming

  3. 200 ming

  4. 300 ming

  1. Nechanchi yillarda Jazoirda mustamlaka zulmiga qarshi kurash bo’ldi?

  1. 1902-1909-yillar

  2. 1905-1906-yillar

  3. 1885-1889-yillar

  4. 1895-1896-yillar

  1. Quyidagi qaysi davlatda mustamlakachilar tomonidan mahalliy aholi uchun «mahalliy kodeks» nomli kamsituvchi tartib joriy etilgan edi?

  1. Misrda

  2. Jazoirda

  3. Tunisda

  4. Liviyada

  1. “Yosh Jazoir” partiyasi qachon tuzilgan?

  1. 1912-yilda

  2. 1905-yilda

  3. 1895-yilda

  4. 1902-yilda

  1. Rossiyada II Davlat dumasiga saylov o`tkazilgan yili yuz bergan voqeani belgilang.

  1. “Yosh Jazoir” partiyasi tuzildi

  2. Liviya Italiya mulki deb e’lon qilindi

  3. Marokash shahrida fransuz vrachi o`ldirildi

  4. Buyuk Britaniya Transvaalni bosib oldi

  1. Qachon Italiya Liviyaga qarshi bosqinchilik urushini boshladi?

  1. 1904-yil 28-aprelda

  2. 1907-yil 21-avgustda

  3. 1911-yil 28-sentabrda

  4. 1911-yil 5-noyabrda

  1. Quyidagi qaysi so’z arabchada “yordamchi”, “safdosh” ma’nolarini bildiradi?

  1. ansor

  2. mahdiy

  3. hadiv

  4. mujohid

  1. “Mahdiy” so’zining ma’nosi qaysi javobda berilgan?

  1. hukmdor

  2. “to`g`ri yo`lga yetaklovchi”

  3. “yordamchi”, “safdosh”

  4. o’rinbosar

34-§. Tropik va Janubiy Afrika davlatlari


  1. Qachon Afrika janubidagi qazilma boyliklarga boy yerlarda olmos konlari topilgan?

  1. XIX asr 60-yillarda

  2. XIX asr 70-yillarda

  3. XIX asr 80-yillarda

  4. XIX asr 50-yillarda

  1. Qaysi omil Afrikaga yevropaliklarning “oqib kelishlarini” yanada tezlashtirdi?

  1. Birinchi jahon urushining boshlanishi

  2. Afrika janubida 70-yillarda olmos va 80-yillarda oltin konlarining topilishi

  3. Afrika 80-yillarda neft konlarining topilishi

  4. Afrikadagi mayda davlatlarning o’zaro kurashida yevropaliklardan yordam so’rashi

  1. Janubiy Afrikani mustamlaka qilishda qaysi davlat asosiy rol o`ynadi?

  1. Ispaniya

  2. Fransiya

  3. Britaniya

  4. Italiya

  1. XIX asrning 70-yillarida …

  1. Janubiy Afrika hududida oltin konlari topildi

  2. Buyuk Britaniya Afrikadagi o`z mustamlakalarini birlashtirib federatsiya tuzishga urindi

  3. Janubiy Afrika hududida neft konlari topildi

  4. Jazoirda mustamlaka zulmiga qarshi kurash bo’lib o’tdi

  1. 1877- yilda Buyuk Britaniya Transvaalni bosib oldi, … ni ham o`ziga qarashli mustamlaka deb e’lon qildi.

  1. Senegal

  2. Gvineya

  3. Zululend

  4. Buganda

  1. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida G’arbiy Sudan, Senegal va Nil daryosi havzasi qaysi davlatlar o`rtasida raqobat maydoniga aylandi?

  1. Italiya, Gollandiya va Britaniya

  2. Fransiya, Gollandiya va Britaniya

  3. Fransiya, Germaniya va Italiya

  4. Germaniya, Gollandiya va Fransiya

  1. G`arbiy Sudanliklarning fransuzlarga qarshi ozodlik kurashida yorqin iz qoldirgan lashkarboshi va siyosatchi kim edi?

  1. Xendrik Vitboy

  2. Samori Ture

  3. Fransisko Vilya

  4. Samuil Magarero

  1. Fransiya 1900-yilda quyidagi qaysi hududni bo’ysundirdi?

  1. Chad ko`li atrofi

  2. Kongo havzasi

  3. G`arbiy Sudan

  4. Gvineya ko`rfazi

  1. 1883-yilda quyidagi qaysi Belgiya mustamlakasi deb e’lon qilindi?

  1. Chad ko`li atrofi

  2. Kongo havzasi

  3. G`arbiy Sudan

  4. Gvineya ko`rfazi

  1. Fransiya qachon Gvineya ko`rfazi bo`ylarini bosib oldi?

  1. 1898-yilda

  2. 1900-yilda

  3. 1904-yilda

  4. 1892-yilda

  1. Nechanchi yilda Buganda Buyuk Britaniya tomonidan tuzilgan Uganda protektorati tarkibiga kiritildi?

  1. 1898-yilda

  2. 1900-yilda

  3. 1894-yilda

  4. 1892-yilda

  1. Zanjibar sultonligi qanday bahona bilan bilan nemislar, fransuzlar va inglizlar tomonidan bo`lib olindi?

  1. Nil daryosi boshlanish havzalarini ilmiy o`rganish

  2. qul savdosiga qarshi kurashish

  3. oltin konlarini o’zlashtirish

  4. olmos konlarini aniqlash

  1. XIX asr oxirida qaysi davlat Afrikadagi Bunoro davlatini bosib oldi?

  1. Fransiya

  2. Germaniya

  3. Buyuk Britaniya

  4. Italiya

  1. XX asr boshlarida Fransiyaning Afrikadagi mustamlalarini aniqlang.

1)Gambiya, 2)Togo, 3)Oltin qirg`oq, 4)Kamerun, 5)Syerra-Leone.

  1. 1, 2, 4

  2. 1, 3, 5

  3. 1, 4, 5

  4. 2, 3, 4

  1. XX asr boshlarida Togo, Kamerun qaysi davlat mustamlakasi edi?

  1. Fransiya

  2. Germaniya

  3. Buyuk Britaniya

  4. Italiya

  1. XX asr boshlarida Afrikadagi qaysi hudud Portugaliyaning mustamlakasi edi?

  1. Gvineyaning bir qismi

  2. Marokashning bir qismi

  3. Fil Suyagi Qirg’og’i

  4. Nigeriya

  1. Qaysi Belgiya qiroli Kongoni ilmiy o`rganish assotsiatsiyasi tuzib, uning «soyasida» ustalik bilan ish olib bordi?

  1. Feodor II

  2. Leopold II

  3. Vilgelm II

  4. Frans Iosif

  1. Buyuk Britaniya Transvaalni bosib olganidan 10 yil o’tib …

  1. Transvaal oltin va mis konlari ochildi.

  2. ingliz – bur urushi boshlandi.

  3. Fransiya Gvineya ko’rfazini bosib oldi.

  4. Suvaysh kanali ochildi.

  1. Afrikani mustamlaka qilishga yordam bergan “Britaniya Janubiy Afrika imtiyozli kompaniyasi” kimning tashabbusi bilan tuzildi?

  1. Sesil Rodsning

  2. Reyterning

  3. M.Shusterning

  4. Siemensning

  1. Bur Respublikasi qachon Britaniya mulklari tarkibiga qo`shib olindi?

  1. 1904-yilda

  2. 1900-yilda

  3. 1902-yilda

  4. 1899-yilda

  1. Nechanchi yilda Britaniya mustamlakalari bo`lgan Transvaal, Oranj, Natal, Kapni “Janubiy Afrika Ittifoqi” nomi ostida birlashtirdi?

  1. 1904-yilda

  2. 1912-yilda

  3. 1910-yilda

  4. 1909-yilda

  1. Fransiya Madagaskarga qarshi urush e’lon qilishidan necha yil o’tib uni o’z mustamlakasi deb e’lon qildi?

  1. 3 yil

  2. 2 yil

  3. 4 yil

  4. 5 yil

  1. 1879-yilda uch to`qnashuvda inglizlarning 20 ming kishilik armiyasini yakson qilib tashlagan zuluslar hukmdorini aniqlang.

  1. Yo’xonni

  2. Ketchvayo

  3. Xendrik Vitboy

  4. Samori Ture

  1. Buyuk Britaniya zuluslar yashovchi Zululend yerlarini egallagach, uni nechta mayda hokimlikka bo`lib tashladi?

  1. 13 ta

  2. 12 ta

  3. 8 ta

  4. 7 ta

  1. Efipoiyada hukmdor, podsho nima deb atalgan?

  1. hadiv

  2. negus

  3. halif

  4. ansor

  1. Afrikadagi qaysi davlatlar 1869- yili Suvaysh kanali ochilishi tufayli alohida savdo-iqtisodiy va harbiy-strategik ahamiyatga ega bo`lib qoldi?

  1. Nigeriya va Somali

  2. Efiopiya va Somali

  3. Tunis va Sudan

  4. Togo va Kamerun

  1. Janubiy Afrikaning shimoli-g`arbiy qismi qachondan Germaniya tomonidan bosib olina boshlandi?

  1. 1883-yil

  2. 1878-yil

  3. 1889-yil

  4. 1893-yil

  1. 1904- yil gerero qabilalari kim boshchiligida bosqinchilarga qarshi qo`zg`olon boshladilar?

  1. Ketchvayo

  2. Xendrik Vitboy

  3. Samori Ture

  4. Samiul Magarero

  1. Janubiy Afrikadagi nama qabilalarning nemislarga qarshi qo’zg’oloniga kim boshchilik qilgan?

  1. Ketchvayo

  2. Xendrik Vitboy

  3. Samori Ture

  4. Samiul Magarero

  1. Germaniya bosqinchilari nama qabilalarining qancha aholisini qirib tashladi?

  1. 80 ming

  2. 200 ming

  3. 140 ming

  4. 120 ming

  1. Germaniyaga qarshi Sharqiy Afrikaning janubi va markazi(Tanganika)da qachon qo`zg`olon boshlangan?

  1. 1905-yilda

  2. 1904-yilda

  3. 1902-yilda

  4. 1909-yilda

VII BOB. 35-§. Birinchi jahon urushining boshlanishi va borishi


  1. Birinchi jahon urushining bosh sababi nimada edi?

  1. Avstriya-Vengriya taxti vorisi F. Ferdinand o`ldirilishi

  2. ikki harbiy-siyosiy guruh o`rtasida bo`lingan dunyoni qayta bo`lib olish uchun kurash

  3. Avstriya-Vengriyaning Serbiyaga juda haqoratli talablar qo`yilgan ultimatum yuborishi

  4. ikki harbiy-siyosiy guruh o`rtasida yangi mustamlakalarni egallash uchun kurash

  1. Avstriya-Vengriya taxti vorisi F. Ferdinand qachon serbiyalik millatchi tomonidan o`ldirildi?

  1. 1914-yil 28-iyulda

  2. 1914-yil 29-iyunda

  3. 1914-yil 4-avgustda

  4. 1914-yil 28-mayda

  1. Avstriya-Vengriyaning 28-iyulda Serbiyaga urush e’lon qilishiga javoban qaysi davlatda 29- iyul kuni qisman harbiy safarbarlik e’lon qilindi?

  1. Rossiyada

  2. Germaniyada

  3. Buyuk Britaniyada

  4. Fransiyada

  1. 1914-yilda Germaniya hukumati qaysi hujjatni surbetlik bilan “bir parcha qog`oz” deb atadi?

  1. 1904-yilgi ingliz-fransuz bitimini

  2. Belgiyaning betarafligi to`g`risidagi xalqaro hujjatni

  3. Avstriya-Vengriyaning Serbiyaga yuborgan ultimatumini

  4. hujum qilmaslik haqidagi fransuz-prussiya shartnomasini

  1. Quyidagi qaysi sanada Yaponiya Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi?

  1. 23-avgustda

  2. 15-avgustda

  3. 3-oktabrda

  4. 18-avgustda

  1. Germaniya hukmron doiralari 3-avgustda qaysi davlatga qarshi urush e’lon qildi?

  1. Fransiyaga

  2. Angliyaga

  3. Rossiyaga

  4. Serbiyaga

  1. 1-jahon urushida Germaniya qaysi davlatlarni o`z tarafida turib urushda qatnashtirishga muvaffaq bo`ldi

  1. Italiya va Yaponiya

  2. Turkiya va Bolgariya

  3. Yaponiya va Turkiya

  4. Bolgariya va Serbiya

  1. “Yashin tezligida” g`alabaga erishish rejasini tuzib chiqqan Germaniya armiyasi generali kim edi?

  1. Sushan

  2. Nevel

  3. fon Shliffen

  4. Ebert

  1. Fransiya va Angliyaning birlashgan armiyasi qachon Marna daryosi bo`yida Germaniya qo`shinlariga qarshi hujumga o`tdi?

  1. 1914-yil sentabrda

  2. 1915-yil sentabrda

  3. 1915-yil aprelda

  4. 1914-yil noyabrda

  1. Germaniya armiyasi generali fon Shliffenning “yashin tezligida g`alabaga erishish” rejasi nima sababdan amalga oshmay qoldi?

  1. Rossiyaning Germaniya va Avstriya-Vengriyaga qarshi boshlagan hujumi

  2. Yaponiyaning Antanta tomonidan urushga kirib Tinch okeanidan Germaniya mustamlakalariga qilgan hujumi

  3. Italiyaning Antanta tomoniga o’tib ketishi

  4. Marna daryosi bo’yida ingliz-fransuz qo’shinlarining qarshi hujumi

  1. 1914-yilgi Marna jangida har ikki tomondan qancha jangchi qatnashdi?

  1. 1 mln. ga yaqin

  2. 2 mln. ga yaqin

  3. 800 ming ga yaqin

  4. 2 mln. dan ortiq

  1. Qaysi sanada nemis qo`mondonligi butun g`arbiy front bo`ylab chekinishga buyruq berishga majbur bo`ldi?

  1. 9-sentabrda

  2. 11-oktabrda

  3. 2-noyabrda

  4. 29-oktabrda

  1. Quyidagi qaysi jangda erishilgan g`alaba tufayli Germaniyaning “yashin tezligida g`alaba qozonish” rejasi barbod bo`ldi?

  1. Marna jangida

  2. Dardanell jangida

  3. Somma jangda

  4. Verden jangida

  1. Turkiyaning germanparast, harbiy vaziri Anvar poshsho qachon Turkiya flotiga nemis admirali Sushan qo`mondonligida Qora dengizga chiqishga va Rossiyaning hududlarini o`qqa tutishga buyruq berdi?

  1. 9-sentabrda

  2. 11-oktabrda

  3. 2-noyabrda

  4. 29-oktabrda

  1. 2-noyabr kuni Rossiya Turkiyaga urush e’lon qilishi natijasida …

  1. Sharqiy frontda urush harakatlari bostirildi

  2. uzunligi 350 km bo`lgan Kavkaz fronti vujudga keldi

  3. Qora dengizdagi Turk harbiy floti o’qqa tutildi

  4. fon Shliffenning “yashin tezligida g`alabaga erishish” rejasi amalga oshmay qoldi

  1. 1915-yil yanvarda Dardanell bo`g`ozidagi harbiy operatsiyalarda qancha ingliz soldati halok bo`ldi va yaralandi?

  1. 200 ming

  2. 160 ming

  3. 250 ming

  4. 400 ming

  1. 1915-yilda Germaniya va Avstriya-Vengriya o`z qurolli kuchlarining yarmiga yaqinini Rossiyaga tashlashga qaror qildilar. Ittifoqchilarning qo`shinlari hujum harakatlarini qayerdan boshladilar?

  1. Galitsiyadan

  2. Kavkazortidan

  3. Vladivostokdan

  4. Boltiqbo’yi

  1. “Buyuk chekinish” qaysi yili yuz berdi?

  1. 1915-yil

  2. 1916-yil

  3. 1917-yil

  4. 1918-yil

  1. 1915-yilda Germaniya va Avstriya-Vengriyaning Rossiyaga hujumi natijasida qancha rus soldati va ofitseri halok bo`ldi?

  1. 850 ming

  2. 700 ming

  3. 560 ming

  4. 900 ming

  1. Sharqiy frontdagi muvaffaqiyatlardan ruhlangan Germaniya g`arbiy frontdagi ahvolini ham o`zgartirib olmoqchi bo`ldi. Bu o`rinda u nimaga katta umid bog`ladi?

  1. suvosti kemalariga

  2. kimyoviy qurolga

  3. tanklarga

  4. harbiy aeroplanlarga

  1. 1915-yil 7-mayda Germaniya suvosti kemalari cho`ktirib yuborgan “Luzitaniya” deb ataluvchi ulkan yo`lovchilar tashish kemasi qaysi davlatga qarashli edi?

  1. AQSHga

  2. Buyuk Britaniyaga

  3. Rossiyaga

  4. Fransiyaga

  1. Germaniya suvosti kemalari tomonidan cho`ktirib yuborilgan “Luzitaniya” yo`lovchilar tashish kemasi bortida jami qancha yo`lovchi bor edi?

  1. 2000 ga yaqin

  2. 1195 ta

  3. 3000 ga yaqin

  4. 2500 ta

  1. Germaniya qo’shinlari tomonidan qaysi jangda urushlar tarixida birinchi marotaba kimyoviy qurol – zaharli gaz(xlor) ishlatildi?

  1. Ipr jangida

  2. Marna jangida

  3. Somma jangda

  4. Verden jangida

  1. Ipr jangida kimyoviy qurol ishlatilishi natijasida qancha odam zaharlangan?

  1. 15 ming

  2. 200 ming

  3. 5 ming

  4. 24 ming

  1. Urushlar tarixida birinchi marotaba kimyoviy qurol – zaharli gaz(xlor) ishlatilganidan bir kun o’tib sodir bo’lgan voqeani belgilang.

  1. Bolgariya Serbiyaga hujum qildi

  2. Antanta bilan Italiya o`rtasida Londonda shartnoma imzolandi

  3. Italiya hukumati “Uchlar ittifoqi” dan chiqqanligini bildirdi

  4. “Luzitaniya” yo`lovchilar tashish kemasi cho`ktirib yuborildi

  1. Buyuk Britaniya qaysi davlatga Antantaga o’tishi evaziga 50 mln. funt sterling qarz berishga kelishdi?

  1. Italiyaga

  2. Yaponiyaga

  3. Rossiyaga

  4. Turkiyaga

  1. Germaniya qachon Bolgariya va Turkiya bilan ittifoqchilik shartnomalarini imzoladi?

  1. 1915-yil 15-sentabrda

  2. 1915-yil 19-oktabrda

  3. 1915-yil 17-sentabrda

  4. 1915-yil 18-noyabrda

  1. 1915-yil 14-oktabr kuni Bolgariya qaysi davlatga hujum qildi?

  1. Rossiyaga

  2. Serbiyaga

  3. Xorvatiyaga

  4. Ruminiyaga

  1. 1915-yil 18-yanvarda Yaponiyaning Xitoy hukumati oldiga qo’ygan talablarida quyidagilardan qaysi biri ko’zda tutilmagan edi?

  1. Shandun viloyatini Germaniya ta’sir doirasidan Yaponiya ta’sir doirasiga o`tkazish

  2. Port-Artur, Janubiy Manjuriya va Andun-Mukden temiryo`llarining ijara muddatini uzaytirish

  3. Port-Artur, Janubiy Manjuriyadagi harbiy bazalarni Yaponiyaga berish

  4. Yaponiya fuqarolarining Janubiy Manjuriya va Sharqiy Ichki Mo`g`ilistonda yer maydonlariga ega bo`lishiga imkon berish

  1. “To’rtlar ittifoqi” tuzilgan sanani aniqlang.

  1. 1915-yil 26-aprel

  2. 1915-yil 15-sentabr

  3. 1915-yil 6-sentabr

  4. 1915-yil 15-oktabr

  1. Ushbu so’zlar qaysi davlat arbobiga tegishli: “Tarix o’zining qaysarligi bilan quroldosh rus o’rtoqlarini halokatga duchor etgan Fransiya va Buyuk Britaniyaning harbiy qo’mondonligidan javob talab qiladi. Holbuki, ular ruslarni osongina qutqarishi mumkin edi”?

  1. V.Vilson

  2. J.Klemanso

  3. L.Jorj

  4. general Brusilov

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish