9
. Sulfolash reaksiyasi. Fenolga sulfat kislota bilan ta’sir etish natijasida reaksiya sharoitiga qarab o- yoki n-fenolsulfokislota hosil bo’ladi:
10. Kislota yoki asos katalizatorligida fenol aldegidlar bilan birikish reaksiyasiga kirishadi. Agar fenolga chumoli aldegidi bilan ta’sir etilsa dastlab o- va n-fenolspirtlar aralashmasi hosil bo’ladi.
Bu fenol spirtlar past haroratda suvda eriydigan, chiziqli tuzilishga ega polimer hosil qiladilar. Bu polimerlarni novolaklar deb ataladi. Fenol miqdori ko‘p bo`lsa, novolak smolasi hosil bo‘ladi:
novolak
Formaldegid miqdori ko‘p bo’lsa, rezol smolasini hosil qiladi:
Polikondensatlanish jarayoni qizdirish bilan davom ettirilsa, rezol molekulalari kondensatlanadi va qattiq polimer — rezit hosil bo’ladi.
Fenollar aromatik aldegidlar bilan trifenilmetan hosilalarni hosil qiladilar. Bu guruh birikmalaridan asosida muhim bo’yoqlar olinadi:
n,n’- dioksitrifenilmetan
Do'stlaringiz bilan baham: |