Fenolning elektron tuzilishi
F enolda gidroksiguruh manfiy induksion effektni namoyon qiluvchi benzol yadrosi bilan bevosita bog‘langan. Kislorodning taqsimlanmagan elektron juftlari benzolning p-elektronlari bilan ta’sirlashishi natijasida elektron zichlik kisloroddan C-O bog‘i tomonga siljiydi, kislorod esa O-H s-bog‘i elektron juftini o‘ziga kuchliroq torta boshlaydi. Shuning uchun fenoldagi gidroksiguruh vodorodi alifatik spirtlarlardagidan ko‘ra harakatchanroq. Shuning uchun, uning dissotsilanish konstantasi suvnikidan yuqori bo‘ladi. Fenol kuchsiz kislota xossasiga ega. Shu bilan birgalikda gidroksiguruh birinchi tartib o‘rinbosar sifatida benzol yadrosining elektron zichligini qayta taqsimlanishiga olib keladi. Natijada benzol yadrosidagi 2, 4, 6-holatlardagi (orto-, para-) vodorodlar harakatchan bo‘lib qoladi. Fenollar benzolga qaraganda reaksiyaga oson kirishadilar.
Ayrim fenоllarning fizik хоssalari quyidagi jadvalda keltirilgan:
Fenоl
|
Fоrmula
|
Qayn.T.оC
|
Suyuq.T.оC
|
Zichligi, g/ml
|
Fenоl
|
C6H5OH
|
182
|
41
|
1.0720
|
о-Krezоl
|
o-CH3C6H4OH
|
192
|
30
|
1.0470
|
m-Krezоl
|
m-CH3C6H4OH
|
203
|
11
|
1.0340
|
p-Krezоl
|
p-CH3C6H4OH
|
202
|
36
|
1.0350
|
Pirоkateхin
|
|
245
|
105
|
|
Rezоrtsin
|
|
277
|
110
|
|
Gidrохinоn
|
|
286
|
171
|
1,3
|
Pirоgallоl
|
|
parchalanadi
|
133
|
|
Flyurоglyutsin
|
|
parchalanadi
|
219
|
|
I. 2 Fizik va kimyoviy xossalari
Fenolning fizik xossalari.
Fenol–rangsiz (havoda turganda bir qismi oksidlanib kristall pushti, so‘ngra qo‘ng‘ir rangga ega bo’ladi), o‘tkir xarakterli hidga ega kristall modda. Fenol 42,3°C da suyuqlanadi, 182°C da qaynaydi. Suv bug’i bilan uchuvchi aralashma hosil qiladi. Suv bilan 160C suyuqlanadigan kristall gidrat hosil qiladi, zaharli. Suvda qisman eriydi (100 g suvda 6 g eriydi). Fenol suvda eritilganda ikkita qatlam hosil bo`ladi: pastki qatlam — suvning fenolda erigan qismi, yuqori qatlam — fenolning suvda erigan qismi. Temperatura ostida bu ikki qatlam qo‘shilib ketadi. Kuchli antiseptik (mikroblarni o‘ldirish) xossaga ega. Kuchli zahar. Тeriga tegsa kuydiradi, uzoq vaqt tuzalmaydigan yara va suvli to‘planmalar hosil qiladi
Kimyoviy xossalari.
Fenol turli kimyoviy jarayonlarga gidroksil guruhi yoki aromatik halqa vodorodlari hisobidan juda oson kirisha oladi. Oddiy fenol C6H5OH karbol kislota deb ham ataladi va kuchsiz kislota xossasini namoyon qiladi (karbonat kislotadan kuchsiz). Natriy metalidan tashqari ishqorlar bilan ham suvli eritmalari barqaror bo‘lgan fenolyatlar hosil qiladi :
C6H5OH 2Na 2 C6H5ONa H2
C6H5OH NaOH C6H5ONa H2O
Fenolyatlar gidrolizga uchramaydi, lekin mineral kislotalar, hattoki karbonat kislotasi ta’sirida ham parchalanib ketadi:
C6H5ONa CO2 H2O C6H5OH NaHCO3
Benzoldan farq qilib, fenol bromli suv bilan reaksiyaga kirishadi, uni
rangsizlantiradi va tribromfenol hosil qiladi:
Fenol formaldegid bilan ta’sirlashib, fenolformaldegid smolalar hosil qiladi:
1. Fenollarni spirtlar yoki suvga qaraganda kislotalik xossasi katta. Ularning kislotalik xossasi karbonat yoki karbon kislotalarga nisbatan kuchsiz.
Agar sirka kislotaning dissotsalashish konstantasi 1,8.10–6, karbonat kislotaniki 4,9.10–16 bo’lsa, fenolniki 1,3.10–10 ga teng. Fenollar o’yuvchi ishqorlar bilan fenolyatlarni hosil qiladilar, ammo ular natriy karbonatdan CO2 ni siqib chiqara olmaydilar. Aksincha, fenollar fenolyatlardan karbonat kislota yordamida ajratib olinadi:
Bu reaksiyadan fenollarni aromatik spirtlardan farqlashda foydalaniladi. Agar fenollarda elektroakseptor guruhlar (masalan, -NO2, -COOH va boshqalar) bo’lsa, ular ta’sirda fenollarning kislotalik hususiyat keskin ortib ketadi. Masalan, o-nitrofenolning dissotsiyalanish konstantasi 5,8.10–8; m-nitrofenolniki 5,3.10–3; n-nitrofenolniki 1,5.10–8; 2,4-dinitrofenolniki 8,3.10–5; 2,4,5-trinitrofenolniki esa 4,2.10–1 ga teng. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, 2,4,5-trinitrofenolni kislotalik xossasi sirka kislotanikiga nisbatan 1000 marta katta bo’lib, mineral kislotalarnikiga tenglashadi.
Fenollarning kislotalik xossasini spirtlarnikiga qaraganda katta bo’lishiga sabab, fenolyat anionini hosil bulishi alkogolyat anioniga qaraganda energetika jihatidan oson bo’lishligi hisoblanadi. Fenolyat anionida zaryadning delokallanishi mumkin. Fenolyat anioni quyidagi rezonans holatlarda bo’lishi mumkin:
a) Temir fenolyati kompleks xarakterga ega bo’lib, siyoh rangga ega.
b) Fenol temir (III) xlorid bilan binafsharang hosil qiladi, shuning uchun bu reaksiya fenolning sifat analizida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |