CHeklangan — FV lar oqibatlari xalq xo’jaligi obekti hududi bilan chegaralanadi va shu korxona kuchi va mablag’i bilan daf qilinadi.
Mahalliy — FV larning oqibatlari aholi yashaydigan punkt (qishloq, shahar va h k.) bilan chegaralanadi. Bunga yirik shahar, ma’muriy jarayon, bir necha jarayonlar, viloyat kirishi mumkin va ularning kuch va mablag’lari hisobiga bartaraf qilinadi.
Respublika — FV ning oqibatlari bir necha viloyat yoki iqtisodiy jarayon bilan chegaralanadi va respublika kuch va mablag’lari hisobiga bartaraf etiladi.
Transchegarali — FV ning oqibatlari bir necha iqtisodiy rayon yoki respublika miqyosida bo’lishi mumkin, lekin davlat chegarasidan chiqmaydi. Bunday FV larning oqibatlarini bartaraf etish davlat mablag’i hisobiga, aksariyat hollarda xorijiy yordam hisobiga amalga oshiriladi.
Dunyo miqyosidagi (global) — FV ning oqibatlari mamlakat chegarasidan chiqib, boshqa mamlakatlarga ham yoyiladi. Bu oqibatlar har bir mamlakatning ichki kuchlari bilan va xalqaro hamjamiyat tashkilotlari mablag’lari hisobiga yo’q qilinadi.
Ko’rsatib o’tilgan barcha FV larning turi va sinflari chegaralari shartlidir. Yuqorida ko’rsatilgandek ayrim ofatlar — yer siljishi, sahroga aylanishi, yer qimirlashi, o’rmon va torf yong’inlari va h k. lar kelib chiqishi bo’yicha tabiiy hamda tabiiy-antropogen bo’lishi mumkin. FV larni boshqa belgilariga qarab tizimlashtirishda ham shunga asoslanish maqsadga muvofiq keladi. FV lar oqibatlari turli-tuman bo’lishi mumkin. Ular FV laming turiga, xarakteriga va tarqalish hajmiga bog’liqdir. FV lar oqibatining asosiy turlari: o’lim, odamlarning kasallanishi, inshootlarning buzilishi, radioaktiv ifloslanishlar, kimyoviy va bakterial zaharlanishlardir.
SHuni alohida qayd qilish kerakki, FV laming ko’pgina holatlarida boshqa zararli omillar bilan birga ruhiy jarohatlovchi holatlar mavjud bo’ladi. Bu paytda o’ta kuchli ta’sirlar odamning ruhiy holatini buzilishiga olib keladi. Bu ta’sirning xavfi shundaki, depressiv ruhiy holat faqatgina shu ta’sir hududidagina emas, undan chiqqandan so’ng ham davom etishi mumkin. FV larda xavfli va zaharli omillarni hisoblab chiqish, oldindan aniqlash ehtimoli mavjud bo’lsada, lekin uning ruhiy ta’sirini real holatda aniq aytish muammo hisoblanadi. Ayrim hollarda u boshqa omillar ta’sir doirasidan ham katta bo’lishi mumkin.
FV laring zararli va xavfli omillari ta’siri ostida joylashgan aholi, hayvonlar, bino va inshootlar, injenerlik kommunikatsiyalari, barchasi birgalikda shikastlanish o’chog’i deyiladi. SHikastlanish o’chog’lari oddiy (bir turli) va murakkab (qurama) bo’lishi mumkin.
Oddiy shikastlanish o’chog’i deb, faqat bir shikastlovchi omil ta’siri natijasida paydo bo’lgan o’choqqa aytiladi. Masalan, portlash, yong’in natijasidagi buzilish, kimyoviy yoki bakterial zaharlanish shular jumlasidan.
Murakkab shikastlanish o’chog’i FV larning bir necha shikastlovchi omillari ta’sirida yuzaga keladi. Masalan: kimyo korxonasidagi portlash, binolarning buzilishi, yong’in, kimyoviy zaharlanishi kabi oqibatlarga yer qimirlashi va qattiq bo’ron, inshootlarning buzilishidan tashqari suv toshqini, yong’inlar, elektr tarmoqlarining ishdan chiqishi, zaharli gazlarning chiqishi natijasida zaharlanish va h k. larga olib kelishi mumkin.
Shikastlanish o’chog’i shakli (tuzilishi) xavfli omil tabiatiga qarab doira shaklida — yer qimirlaganda, portlaganda, tasma shaklida — bo’ron, to’fon, suv toshqini, sel oqimi, vulqon oqimlari va boshqalar, noaniq shaklda — yong’in, yer siljishi sifatida namoyon bo’ladi.
Izoformizm tushunchasidan foydalanib (formalarning o’xshashligi), FV larning tavakkali (ko’rilgan zararning qiymati sifatida) ularning kelib chiqishi tabiatidan qat’iy nazar quyidagi formula bilan ifodalanadi:
T = F (Ra, Rv, S)
Bu yerda: F — operator (FV simvoli, uning asosiy oqibatini xarakterlaydi);
Ra — shu klassdagi FV larning kelib chiqishi statistik ehtimoli;
Rv — Favqulodda vaziyatlarning ko’ngilsiz sifat o’zgarishiga olib keluvchi ehtimolligi;
S —- Favqulodda vaziyatlarga nisbatan tashqi omillar (xalq xo’jaligi obekttarining qurilish va joylashtirish xarakteri, obekt joylashgan yerning xarakteri, iqlim sharoitlari, aholining zichligi va uning FV lar paytida harakat qilish tayyorgarligi va h k.)
FV lardan himoyalanishning asosiy sharti, sharoitni baholay olish, keltirib chiqargan sababini va uning mexanizmini bilishdir. Jarayonning mohiyatini bilib, uning oqibatini oldindan aytib berish mumkin. O’z vaqtida va aniq aytilgan ma’lumot samarali himoya uchun o’ta muhimdir.
Favqulodda vaziyatlar quyidagilar natijasida paydo bo’ladi:
og’irlik kuchlari, yer aylanishi yoki haroratlar farqi ta’siri ostida paydo bo’ladigan, tez kechadigan tabiiy jarayonlar;
konstruktsiyalar yoki inshootlar ashyolarining zanglashiga yoki eskirishiga, fizik-mexanik ko’rsatkichlarning pasayishiga olib keladigan tashqi tabiiy omillar ta’siri;
inshootlarning loyiha, ishlab chiqarish nuqsonlari (qidiruv va loyiha ishlaridagi xatolar, qurilish ashyolari, konstruksiyalar sifatining pastligi, qurilish ishlarining sifatsiz bajarilganligi, qurish va sozlash ishlarida texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik va h k.);
ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining inshoot ashyolariga ta’siri (me’yoridan ortiq kuchlanishlar, yuqori harorat, thrashlar, kislota va ishqorlar ta’siri, gaz-bug’ va suyuq agressiv muhitlar, mineral moylar, emulsiyalar ta’siri);
sanoat ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining va inshootlarni ekspluatatsiya qilish qoida larining buzilishi (bug’ qozonlarining, kimyoviy moddalarning, ko’mir changi va shaxtalarda metanning, yog’och ishlab chiqarish korxonalarida yog’och changlarining, elevatorlarda don changlarining portlashi va hk.);
Do'stlaringiz bilan baham: |