5. Alkadiyenlarning bromlanishiga oid.
1. N.sh.da 22,4 litr butadien-1,3 bilan 160 g brom o’zaro reaksiyaga kirishganda, necha (g) va qanday modda hosil bo’ladi?
A) 274 g; 3,4-dibrombuten-1 B) 214 g; 1,2-dibrombuten-2
C) 214 g; 1,4-dibrombuten-2 D) 107 g; 2,3-dibrombuten- 1
2. 48 g brom bilan 10,8 g 1,3-butadienning o’zaro ta’sirlashuvidan massasi (g) qanday bo’lgan moddalar hosil bo’ladi?
A) 21,4 g 1,2-dibrombuten-3 va 28,2 g 1,2,3,4-tetrabrombutan
B) 28,2 g 1,2-dibrombuten-1 va 21,4 g 1,2,3,4-tetrabrombutan
C) 21,4 g 1,4-dibrombuten-2 va 37,4 g 1,2,3,4-tetrabrombutan
D) 37,4 g 1,4-dibrombuten-2 va 21,4 g 1,2,3,4-tetrabrombutan
3. N.sh.da 11,2 litr butadiyen-1,3 bilan 160 g brom o`zaro reaksiyaga kirishganda necha (g) mahsulot hosil bo`ladi?
A) 178 B) 817 C) 187 D) 871
4. 80 g brom bilan to`la reaksiyaga kirishadigan butadiyen-1,3 ni hajmini (n.sh.da) litrda aniqlang.
A) 2,8 B) 5,6 C) 1,4 D) 11,2
5. 11,2 litr propadiyen bilan 250 g brom reaksiyaga kirishadi. Hosil bo`lgan mahsulot bilan ortib qolgan modda massa nisbatini aniqlang.
A) 2:3 B) 2:1 C) 2:4 D) 3:4
6. 22,4 litr pentadiyen-1,3 bilan qanday massadagi brom bilan reaksiyaga kirishadi?
A) 321 B) 322 C) 320 D) 302
7. 4,8 g brom bilan reaksiyaga to`liq kirishadigan butadiyen-1,3 ni massasini(g) aniqlang.
A) 0,81 B) 8,1 C) 0,081 D) 81
8. 0,2 mol butadiyen-1,3 ni to`la bromlash uchun kerak bo`ladigan bromni qanday massadagi (g) kaliy bromiddan olish mumkin.
A) 952 B) 9,52 C) 95,2 D) 0,952
9. 0,1 mol 2-metilbutadiyen-1,3 ni bromlash uchun sarflangan bromni massasini dienga nisbatan massasini (g) aniqlang.
A) 4,7 B) 7,4 C) 4,07 D) 4,5
10. 6,8 g izopren bilan reaksiyaga kirishadigan bromni massasini(g) aniqlang.
A) 32 B) 3,2 C) 3,02 D) 3,04
6. Alkadiyen va kislorod aralashmasiga oid.
1. Izopren va kislorod aralashmasi yonishidan 2,6 mol karbonat angidrid hosil bo`ldi. Ortib qolgan alkadiyenni to'la bromlash uchun 0,6 mol brom sarflandi. Boshlang'ich aralashmadagi izopren miqdorini (mol) aniqlang.
A) 0,47 B) 0,82 C) 0,52 D) 0,30
2. Izopren va kislorod aralashmasi yonishidan 52.8 gr karbonat angidrid hosil bo`ldi. Ortib qolgan alkadiyen 1.6 gr vodorodni biriktirib oldi. Boshlang'ich aralashmadagi izopren miqdorini (mol) aniqlang.
A) 0,24 B) 1.04 C) 0,64 D) 0,40
3. 3-metilbutadiyen-1,2 va kisloroddan iborat aralashmaning yonishidan 1,34 mol karbonat angidrid hosil bo'ldi, ortib qolgan alkadiyen katalizator ishtirokida 4 litr (n.sh.) vodorodni biriktirib oldi. Boshlang'ich aralashmaning hajmini (litr) hamda undagi alkadiyen va kislorodning hajmiy nisbatlarini hisoblang.
A) 49; 3:7,08 B) 36; 2:5 C) 50; 1:7 D) 49,5; 1:6,07
4. Izopren va kislorod aralashmasi yonishidan 1,3 mol karbonat angidrid hosil bo`ldi. Ortib qolgan alkadienni to`la bromlash 0,3 mol brom sarflanadi. Boshlang`ich aralashmadagi izoprenni miqdorini (mol) aniqlang.
A) 0,41 B) 0,82 C) 0,235 D) 0,15
5. 2-metil butadien-1,3 va kislorod aralashmasini yonishidan 0,52 mol karbonat angidrid hosil bo`ladi. Ortib qolgan alkadienni to`la bromlash uchun 0,7224∙1023 ta brom atomlari sarflandi. Boshlang`ich aralashmadagi izoprenni miqdorini (mol) aniqlang.
A) 0,134 B) 0,13 C) 0,03 D) 0,15
6. Izopren va kislorod aralashmasi yonishidan 114,4 g karbonat angidrid hosil bo`ldi. Ortib qolgan alkadienni to`la bromlash uchun 96 g brom sarflandi. Dastlabki dienni to`la yondirish uchun qanday hajm (litr ) kislorod talab etiladi.
A) 128,576 B) 182,576 C) 185,276 D) 128,756
7. 3-metil butadien-1,2 ni kislorodda yonishidan 1,34 mol karbonat angidrid gazi hosil bo`ldi. Ortib qolgan alkadiyenni gidrogenlash uchun 0,3 mol vodorod sarflandi. Dastlabki aralashmadagi alkadiyenni miqdorini (mol) aniqlang.
A) 0,15 B) 0,268 C) 0,418 D) 0,184
8. Izoprenni yondirilganda 0,52 mol karbonat angidrid hosil bo`ldi va 2,24 litr kislorod ortib qoldi. Dastlabki aralashmadagi kislorodni miqdorini (mol) aniqlang.
A) 0,728 B) 0,278 C) 0,288 D) 0,828
9. Tabiiy kauchukni monomeridan 0,2 mol miqdori kislorod ishtirokida yondirilganda qanday miqdor (mol) karbonat angidrid gazi hosil bo`ladi?
A) 1 B) 0,1 C) 1,1 D) 1,2
10. 16 g brom bilan qanday hajmdagi (litr) butadiyen-1,3 to`liq reaksiyaga kirishadi?
A) 11,2 B) 1,12 C) 112 D) 0,112
Do'stlaringiz bilan baham: |