2.4. Baliq mahsulotlarining kimyoviy ko’rsatkichlarini aniqlash
Yangi baliqni chirish jarayoni asosan, vodorod sulg’fid ajralib chiqishiga va muskul to’qimasining lakmusga reaktsiya berishiga qarab aniqlanadi. Tuzlangan baliqda tuz miqdori aniqlanadi, negaki tuzlangan baliq noqulay sharoitda saqlangan yoki tashilgan bo’lishi mumkin.
Baliq gelmint lichinkalari bilan zararlangan bo’lishi, unga noto’g’ri ishlov berilsa odamga gelmintlar o’tishiga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun baliqni gigienik ekspertizasida gelgmint lichinkalari tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |