Bog'liq Oziq-ovqat mahsulotlari sifat nazoratida kimyoviy usullar
Ratsional ovqatlanishga bo’lgan gigiyenik talablar, organizmni oziq moddalarga va quvvatga bo’lgan ehtiyojni aniqlash. So’nggi yillarda ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda nomutanosib ovqatlanishi natijasida kelib chiqadigan noinfektsion kasalliklar bilan kasallanayotgan kishilar soni ortib bormoqda. Ortiqcha tana vazni va semirish bilan bog’liq quyidagi patologik holatlar ko’plab uchramoqda: ateroskleroz, gipertoniya, glyukozaga bo’lgan tolerantlikning pasayishi, modda almashinuvi jarayonlarining buzilishi, ikkilamchi immuntanqislik. Yuqoridagi holatlarning rivojlanishida nafaqat ovqatlanish omili, balki boshqa bir qator omillar, xususan asosiy oziq-ovqatlar tarkibida ko’plab sun’iy kimyoviy vositalarning mavjudligi, hayot tarzi, ya’ni jismoniy faollikning kamayishi va stress holatlarning tobora ko’payib borayotgani yuqoridagi kasalliklarni rivojlanishiga turtki bo’lmoqda. Yana yuqoridagi holatlarning rivojlanishiga asosiy ta’sir etayotgan sabablardan biri bu-sanoatning rivojlanayotganligi, shaharlashuv va oziq – ovqat va xizmat ko’rsatish sektoridagi ommalashuv, nafaqat oziq – ovqat sanoatining takomillashib borishi, balki ovqat vositalarini tanlash steriotipining o’zgarib borayotganligidir. Mutaxassislarning 2025 yilga kelib, rivojlangan mamlakatlarda hozirgidagiga nisbatan 2.5 marta ko’proq kuzatalishi mumkin, ya’ni 228 mln. kishini tashkil etishi ta’min qilinmoqda.
BJSST 2010 yilda aholining o’lim ko’rsatkichlarning oshishida ovqatlanish bilan bog’liq bo’lgan quyidagi ko’rsatkichlarni keltirgan bo’lib, bularga: 60 % ortiq o’lim ko’rsatkichlari to’g’ridan-to’g’ri ovqatlanishning baholab bo’lmadigan holatlardagi buzilishi bilan bog’liqdir: yurak-qon tomir tizimi kasalliklari (ateroskleroz, infarkt, insult). Yer kurrasidagi ikkita o’lim- yurak-qon tomir tizimi kasallikllariga to’g’ri keladi. Onkologik o’sma kasalliklarining 75-80 % zararli ekologik omillar organizmga ichimlik suvi va oziq-ovqatlari orqali tushadi’ osteoprozlar bilan 50 yoshdan oshgan odamlarga to’g’ri keladi’ II-turidagi qandli diabet(kun sayin ortib borshib bilan birgalikda yosharib bormoqda) mikroelementlar va vitaminlarning yetishmasligi (yer kurrasida 5 millyard aholi ushbu xastalikka chalingan)’ agar qachondirkim tibbiyot o’lim darajasiga olib kelgan birinchi va ikkinchi o’rindagi yurak-qon tomir va o’sma kasalliklarni davolash borasida o’zining yutuqlariga erishsa, bu faqat ovqatlanish muammasini yechish orqali amalga oshiriladi (1- jadval). BJSST ta’min qilishicha, Shimoliy Amerika va Yevropaning o’zida 0.5 mln. aholi yil davomida semirish bilan bog’liq kasalliklardan vafot etadi. BJSST mutaxassislarining ta’min qilishlaricha 2025 yilga kelib, semirish hozirgiga nisbatan 2 barobar ortishi kutilmoqda.
XXI asr boshidagi statistik ma’lumotlar shuni ko’rsatmoqdagi faqatgina Xitoy va Xindistondagi yurak-qon tomir kasalliklari bilan kasallanganlar soni butun dunyo mamlakatlaridagi yurak-qon tomirlari bilan kasallanganlardan ko’proq ekan.
Oqilona ovqatlanish deb insonning organizmning ichki muxit doimiyligi (gomeostaz) hamda yuqori darajadagi hayot tarzini ta’minlovchi fiziologik to’loqonli ovqatlanishga aytiladi. Oqilona ovqatlanish sog’lom bo’lmog’i lozim, zero sog’lom ovqatlanish kishilarni surunkali noinfektsion kasalliklardan saqlaydi hamda salomatlik holatini saqlagan holda uzoq-umr ko’rishini ta’minlaydi. Ovqatlanish ratsioniga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
organizmning kundalik energiya sarfiga mutonosib bo’lishi’
barcha turdagi zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari, minerallar, vitaminlar ma’lum miqdorda hamda ma’lum nisbatda mavjud bo’lishi, birmuncha organizm uchun foydali
qabul qilinayotgan oziq – ovqat mahsulotlarning kimyoviy tuzilishi mehda-ichak tizimidagi fermentlar tizimiga maksimal mos kelishi’
to’g’ri ovqatlanish tartibi.
Ma’lum bo’lishicha aholining oqilona ovqatlanishlarini tashkil etishning asosiy ilmiy xususiyati bu kishining yoshi, jinsi, salomatlik holati va kasbiy faoliyatiga bog’liq bo’lmay, balki quyidagi umumiy fiziologo-gigienik talablarga bog’liqdir:[4,6]