I. A. Karimov "Mustaqillikka erishish ostonasida"asari 11 sinf O’zbekiston tarixi darsligi, siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter



Download 0,68 Mb.
bet58/170
Sana30.12.2021
Hajmi0,68 Mb.
#89112
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   170
Bog'liq
11-sinf O'T KONS...

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarga uyga vazifa tarzida berilgan Harakatlar Strategiyasini amalga oshirish bo’yicha Milliy komissiya tarkibi aniqlashtiriladi.

III.Yangi mavzu bayoni:

Reja:


  1. Millatlararo totuvlik g‘oyasi. O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar

  2. O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor.

  3. Millatlararo munosabatlarda yangi davr.

Millatlararo totuvlik g‘oyasi Yer yuzida yashayotgan barcha etnik guruhlarning teng huquqlilik, o‘zaro hurmat va hamkorlik asosida tinch-totuv yashash g‘oyasidir. Millatlararo totuvlik g‘oyasi millatparvarlik g‘oyasidir. U barcha millat va elatlarni tili, urfodati, an’analari, bayramlari rivojlanishini talab etadi. Millatchilik, fashizm, milliy va etnik ko‘rinishdagi urushlarga qarshi turadigan yagona ma’rifiy g‘oyadir. Ayniqsa, bugun neofashizm bosh ko‘tarayotgan svili-zatsiyalararo to‘qnashuvlar sodir bo‘layotgan sharoitda millatlararo totuvlik g‘oyasi dolzarb ahamiyat kasb etadi.O‘zbekiston hududida o‘z madaniyati va o‘z an’analariga ega bo‘lgan 130 dan ortiq millat va ellat vakillari yashaydi. Ular ham mamlakatning barcha fuqarolari qatori bir xil huquq va majburiyatlarga ega.

O‘zbekiston aholisining 80 % ini o‘zbek, 4,9 % ini tojik, 3,8 % ini rus, 3,6 % ini qozoq va 7,7 % ini boshqa turli millatlarga mansub kishilar tashkil etadi. Bular – YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasida (1999-yil) 21-fevral – Xalqaro ona tili kuni deb e’lon qilingan va 2000-yildan 195 ta

a’zo davlatlarda nishonlanib kelinayotgan «Xalqaro ona tili kuni» hamda O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun hisoblanadi. Ayni munosabat bilan har yili an’anaviy tarzda o‘zbek tili bo‘yicha notiqlik san’ati tanlovi tashkil etib kelinadi.O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor. Tarixdan ma’lumki, o‘zbek xalqi boshidan kechirgan og‘ir qatag‘on yillari va ikkinchi jahon urush yillari ko‘p sitamlarga yuzma-yuz bo‘lgan koreyslar, nemislar, turklar, polyaklar, greklar, qrim-tatar va boshqa millat vakillari O‘zbekistonni Vatan tutdilar. Ularning hozirgi avlodlari uchun esa O‘zbekiston ona Vatanga aylandi. Chunki, ular shu yerda tug‘ilib, kamolga yetdilar, hayotda o‘z o‘rinlarini topdilar. O‘zbekistonda ta’lim 7 tilda olib boriladi. Bular sirasiga o‘zbek va qoraqalpoq tillaridan tashqari rus, qozoq, turkman, tojik va qirg‘iz tillarini kiritish mumkin. Teleradio ko‘rsatuv va eshittirishlar 12 tilda efrga uzatilmoqda, gazeta va jurnallar 10 dan ortiq tillarda chop etilmoqda. Bu O‘zbekistonda millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.Millatlararo munosabatlarda yangi davr. Bugun respublika hududida yashovchi 130 dan ortiq millat va elat vakillari uchun O‘zbekiston Konstitutsiyasi millatlararo totuvlikni mustahkamlash, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017– 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Mamlakatimizda tinchlik niyanada mustahkamlash, millatlararo barqarorlikni yuksaltirish maqsadida

2017-yil 19-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofq, Baynal-milal madaniyat markazi negizida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi.

Yodda tuting!

Bugungi kunda ham xalqlar va dinlar orasidagi bag‘rikenglik, tolerantlik g’oyasi dunyoda eng dolzarb muammolardan biridir. Shu munosabat bilan, YUNESKO 1995-yil Parijda «Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi»ni qabul qildi. Birlashgan millatlar tashkiloti esa har yilning 16-noyabrini «Xalqaro bag‘rikenglik kuni» deb e’lon qildi2017 yilda Toshkentdagi «Bobur» bog‘iga «Do‘stlik» bog‘i nomi berilib, bog‘ning markaziga Ikkinchi jahon urushi yillarida turli millatga mansub yetim bolalarni asrab olgan mashhur Shomahmudovlar oilasi haykali ko‘chirib keltirildi. 2018 yilda mazkur haykal «Xalqlar do‘stligi maydoniga qaytarildi




Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish