Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash:. Bo’lim yuzasidan savollar beriladi .
1. Diniy bag‘rikenglik tamoyillarini sanab bering.
2. 2017-yilning o‘zida mamlakatimizda amalga oshirilgan diniy siyosat tadbirlarini sanab bering.
III.Yangi mavzu bayoni:
O’quvchilarga 2 variantda 10 tadan yopiq test tarqatiladi.
I-variant
1. Mustaqillikni tezlashtirgan omillar nimalarda namoyon bo‘ldi?
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish jarayoni qancha muddat davom etdi. Olgan bilimlaringizga tayanib, uning yaratilishini bosqichlarga bo‘lib davrlashtiring.
3. O‘zbekistonda bir palatali parlament faoliyat ko‘rsatgan davrdagi o‘ziga xoslik nimalardan iborat? Ikki palatali parlament tashkil etish zarurati nimada?
4. Davlat boshqaruvida hokimiyat bo‘linishi qanday ahamiyatga ega?
5. O‘zbekistonda ijro hokimiyatiga qaysi davlat idoralari kiradi?
6. O‘zbekistonda «Vatan himoyachilari kuni» ilk bor qaysi yilda nishonlandi?
7. O‘zbekistonda sud ishlari qaysi tillarda olib boriladi?
8. Vazirlar Mahkamasi va uning strukturasida qanday o‘zgarishlar yuz berdi?
9. Mahalliy davlat hokimiyati organlarini sanang. Ular o‘z faoliyatini qaysi qonunlar asosida yuritadi?
10. Saylov tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida nimalarni bilasiz?
II-variant
1. «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» shiorini izohlang.
2. Prezidentning 2016-yil 28-dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida nimalar nazarda tutilgan?
3. Xalq qabulxonalarining vazifalari nimalardan iborat?
4. «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» nechta qismdan iborat?
5. Qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib, Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya tarkibini aniqlang.
6. Taraqqiyotning o‘zbek modeli va uning asosiy tamoyillari nimalardan iborat?
7. 2010-yildan keyingi davrda avtomobil va temir yo‘llarini barpo etishda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?
8. Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida transport tizimi, temir yo‘llar va havo yo‘llarining ahamiyati qanday?
9. Iqtisodiy taraqqiyotda xorij investitsiyasini jalb etish siyosatining ahamiyatini tushuntiring.?
10. «Bolalarni asraylik» tashkiloti reytingida O‘zbekiston qanday o‘ringa ega bo‘ldi?
Do'stlaringiz bilan baham: |