I. A. Karimov Milliy mafkura, o’zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg’ularini, xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini jamiyatimiz oldiga bugun qo’yilgan eng oliy maqsad va vazifas



Download 75,56 Kb.
bet4/5
Sana31.05.2022
Hajmi75,56 Kb.
#622915
1   2   3   4   5
Bog'liq
erali o\'zbekiston tarixi

Ijtimoiy tuzum - jamiyatning muayyan taraqqiyot bosqichiga xos boʻlgan ijtimoiy munosabatlar tizimi. I.t. jamiyatda qanday ijtimoiy munosabatlar amal kilishini aks ettiradi. Jamiyat odamlar va ular oʻrtasidagi munosabatlardan tashkil topadi. Ularning oʻzaro munosabatlari, shu jamiyatdagi tartib-qoidalar, mulkka egalik qilish, i.ch. munosabatlari shakli jamiyatning kan-day tuzumda ekanligini koʻrsatadi. Har qanday I.t. asosida iktisodiy munosabatlar yetakchi rol oʻynaydi. Ijtimoiy munosabatlar va uning boshka shakllari bir-birini toʻldirib, yaxlit tizimni tashkil etadi. Shoʻrolar tuzumida ijtimoiy mulkning roli haddan tashqari kuchaytirilib, xususiy mulk taqiqga uchradi. Natijada shaxs mulkidan be-gonalashib, oʻz mulkiga egalik qilish huquqidan mahrum boʻlib qoldi. Bu holat jamiyatning iktisodiy asosi yemirilib borishiga yoʻl ochdi va oxiroqibatda mazkur totalitar tuzumning oʻzi yemirildi. Marksistik konsepsiyada I.t. tushunchasi formatsiyalar nuqtai nazaridan talqin etilib, har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaga mos keluvchi I.t. qaror topishi hakidagi gʻoya ilgari surilgan. I.t. tushunchasi oʻta siyosiylashtirilib, u sinfiy kurash nuqtai nazaridan tushuntirilgan. Marksizmda jamiyat tarixida boʻlib oʻtgan tuzumlarni sinflar paydo boʻlguncha oʻtgan tuzumlar, sinfiy tuzumlar va sinfsiz tuzumlarga ajratib koʻrsatilgan. Unda sinflargacha davr ibtidoiy tuzum deb atalgan, sinfiy tuzum esa ikkiga ajratib talqin etilgan. Ularning birinchisi — antagonistik sinflar tuzumi: quldorlik, feodal va ka-pitalistik tuzum, ikkinchisi — no-antagonistik sinflar tuzumi — sotsi-alistik tuzum va nihoyat sinfsiz tuzum — kommunizm hisoblangan. Marksistik konsepsiyada sotsializm va kommunizm tuzumlari umumiy nom bilan kommunistik tuzum deb atalgan. Sotsializm kommunistik tuzumning quyi bosqichi (bunda bir-biriga dust sinflar boʻladi), kommunizm esa kommunistik (sinflarsiz) tuzumning oliy boskichi deb hisoblangan. Bunda I.t,larning biridan ikkinchisiga utishi va rivojlanishining asosiy omili sinfiy kurash deb uktirilgan. Bu bilan marksist-mafkurachilar jamiyatni birbiriga qaramaqarshi kuchlarga ajratib tashlagan. Bu kuchlardan bir tomonini ilgor, ikkinchi tomonini esa reaksion kuchlar deb atagan. Shun-day qilib, marksistik mafkura jamiyatning asosini tashkil etuvchi ijtimoiy guruhlarish birbiri bilan kelishmaydigan dushman kuchlar deb eʼlon qilib, ularni bir-biriga qaramaqarshi qoʻyadi. Shu tariqa marksizmda so-sialistik tuzum, garchi uning ishlab chiqaruvchi kuchlari kapitalistik tu-zumdagi davlatlar singari rivojlanmagan boʻlsa ham, ijtimoiy taraqqiyotda yuqori pogʻonada turadi deb taʼkidlanadi. Bu jamiyat taraqqiyotining obʼyektiv qonuniyatlariga zid xulosa edi. Jamiyatshunoslikda I.t.ga marksistik yondashishdan tashkari etnik, sivilizatsiyaviy, iktisodiy, texnologik, diniy yondashishlar ham mavjuddir. Ularning umumiy jihati mazkur masalani ijtimoiy munosabatlarning muayyan shakliga tayanib aks ettirishi- ijtimoiy himoyadadir. Aslida I.t. tushunchasi jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar qanday rivojlanganligini koʻrsatuvchi tushuncha, xolos. Ijtimoiy munosabatlar qanchalik rivojlangan boʻlsa, i.ch., texnika va texnologiya ham shunchalik rivojlangan boʻladi, bu esa, oʻz navbatida, ijtimoiy taraqqiyotning yuksalish dara-jasini belgilaydi. I.t.ning ravnaqi ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishiga bogʻliq boʻlsa, jamiyatning holati undagi ijtimoiy munosabatlar tizimiga bogʻliqdir. Ijtimoiy munosabatlarning ravnaqi, oʻz navbatida, ishlab chiqaruvchi kuchlarning , texnika va texnologiyaning rivojlanishiga sabab boʻladi. Demak, jamiyat taraqqiyoti I.t. taraqqiyoti bilan chambarchas boglangandir.

1.2 ijtimoiy tuzum davrida oila.


Oila jamiyat taraqqiyotining mahsuli sifatida o’zining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixiga ega. Oilaning dastlabki shakli ibtidoiy jamoa tuzumi davrida paydo bo’ldi. Ma’lumki, ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida insonlar to’da-to’da bo’lib yashaganlar. Ular orasidagi jinsiy munosabatlar tartib - qoidaga ega bo’lmagan. Bir nechta erkak va bir nechta ayol farzandlari bilan bir oila bo’lib yashaganlar, o’zaro turmush kechirishgan. Oilaning bunday shakli fanda «Poligamiya» - ko’p nikohlik, deb ataladi.

Quldorlik davrida esa jamiyat taraqqiyotida yuz bergan ijtimoiy - iqtisodiy o’zgarishlar asosan, xususiy mulkning paydo bo’lishi natijasida, oilaning tarkibi xam, shakli ham o’zgardi. Dexqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi ijtimoiy ishlab chiqarishda erkaklar qadrini oshirdi, moddiy maxsulotlar yaratishda erkaklar ulushi yuqori bo’la boshladi. Natijada ota xuquqiga asoslangan patriarhal oila vujudga keldi.

Endi bir erkak oila boshlig’i bo’lib, u xotinlari, farzandlari va qullari bilan oila bo’lib yashardilar. Bunday oilalar ko’pxotinlik, ya’ni «poliginiya» asosida tashkil bo’lgan poligamiya oila shakli bilan monogam - bir nikohli oila o’rtasidagi oraliq oilalarni tashkil etganlar.

Quldorlik davridan feodalizmga o’tish, hamda feodalizm ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi oilaning «monogam», ya’ni yakka nikohlilik ko’rinishining paydo bo’lishiga asos bo’ldi. Ushbu davrda xo’jalik yuritishda ota-ona farzandlari, nabira - chevaralari bilan birga ishtirok etishgan. Ular birgalikda ekin ekib, xosil yig’ib, moddiy boylik yaratishgan. Ushbu davrda ota -ona, o’g’il-qiz, kelin -kuyov, nabiralari birga bir nechta bo’g’inli oila bo’lib yashashgan.

Kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida esa, yirik -yirik sanoat korxonalarining paydo bo’lishi natijasida, mayda dexqon xo’jaliklar, mayda hunarmand oilalar inqirozga uchradi. Bolalarning mehnatidan foydalanish, ularga ishchi kuchi sifatidagi talab asta -sekin kamayib boradi. Ko’p bo’g’inli katta oila bo’lib yashash hollari yo’qola boshladi va oilaning yangi tuzilishi - er -xotin va bolalardan iborat bo’lgan nuklear - yadro oila yuzaga keladi.

Oila paydo bo’lishi va rivojlanishini ilmiy o’rganish shuni ko’rsatadiki, oilaning tashkil bo’lishida asosiy omil-nikoh va qarindoshlik munosabatlari bo’lib, bu hol oilaga berilgan ilmiy ta’rifda o’z ifodasini topgan1.

Oila-insonlarning tabiiy biologik, nikoh. Qon-qarindoshlik, iqtisodiy, xuquqiy, ma’naviy munosabatlarda asoslangan, turmush birligi va o’zaro javobgarlik orqali bog’langangan ijtimoiy guruhidir.

Oilaning bugungi shaklida oila a’zolari bir-birlari bilan umumiy turmush, ma’naviy xuquqiy, psixologik munosabatlar va o’zaro javobgarlik xis-tuyg’ulari bilan boglanib turadilar. Oilada har bir oila a’zosining o’z ijtimoiy o’rni bordir. Oila asosini er - xotin tashkil etadi. Lekin oilada er-xotin uning farzandlari, ota-onasi, aka-uka, opa -singil va boshqa qarindosh-urug’lar xam yashashlari mumkin.

Demak oila turli mezonlar asosida tashkil topar ekan, ushbu mezonlarni o’z mazmuniga ko’ra, shartli ravishda demografik, ijtimoiy va iqtisodiy mezonlarga ajratish mumkin.

Oilaning demografik mezonlarga ko’ra turlari:

1. Ma’lumki oila tashkil bo’lishiga avvalo erkak bilan ayol o’rtasidagi nikoh birligi asos bo’ladi. Ana shu nikoh birtshgiga asosan oila ikki turga bo’linadi.

Poligam - ko’p nikohli oilalar, bunday oilalar yuqorida qayd etilganidek bir erkak, bir nechta ayol bilan nikohda turishi, oila ko’rishi mumkin.

Monogam - bir nikohli oilalar, ya’ni bir erkak bir ayol bilan nikohda turadi, oila quradi.

Qayta tuzilgan - ikkinchi nikohli oilalar. Oila unda istikomat etuvchi oila a’zolarining tarkibiga qarab ham turlarga bo’linadi.

Oddiy (nuklear) oila, unda er-xotin nikohga kirmagan, ya’ni turmush qurmagan farzandlari bilan yashaydi. Bunday oilalar turlari eng ko’p tarqalgandir.

Murakkab (ko’p bo’g’inli) oilalar, bunday oilalarda ikki yoki undan ortiq, avlod vakillari istiqomat etishadi. Masalan, ota-ona oila qurgan farzandi va nabiralari bilan yoki bobo, buvi, ota-ona va farzand o’z bolalari bilan istiqomat etishadi.

3. Oila yadrosini tashkil etgan er-xotin hayotligiga, shu oilada birga yashash va yashamasligiga qarab xam oilalar turlicha bo’ladi.

Tugal (to’liq) oilalar, er -xotin xayot bo’lgan va birga yashagan oilalar.

Tugalmas (noto’liq) oila. Bunday oilalarda oila asosini tashkil etgan er xotinning biri hayot emas yoki shu oilada yashamaydi.

4. Oilada istiqomat etuvchi oila a’zolarinint miqdoriga ko’ra:

Kichik oilalar (2 - 4 kishilik)

O’rta oilalar (5 - 6 kishilik)

Katta oilalar (7 - 8 va undan ko’p kishilik) mavjuddir.

5. Bolalar soniga ko’ra: farzandsiz, bir bolali, kam, o’rtacha va ko’p bolali oilalar (davlatlarda, turli davrlarda ushbu mezonlar turlichadir.)

Oila jamiyatda tutgan ijtimoiy o’rniga, ya’ni er- xotinning ijtimoiy sinfiga, guruhiga qarab ham turlarga bo’linadi. Oilaning bunday ijtimoiy turlari, turli ishlab chiqarish usuli xukmron jamiyatda turlicha bo’lgan. Masalan, sobiq sovet hokimiyatida soo’ialistik ishlab chiqarish usuli hukmron edi. Ushbu davrda jamiyatda asosan 3 ta ijtimoiy sinf qayd etilar edi. Ular, ishchi xizmatchi va kolxozchi sinflar bo’lgan. Bunday sharoitda ba’zi oilalarda er - xotin bir xil ijtimoiy, sinfga, guruhga mansub bo’lsa (eri xam, hotini ham ishchi, ziyoli yoki kolxozchi), ba’zi oilalarda esa er -xotin turli ijtimoiy guruhga mansub (eri ishchi, xotini ziyoli, eri kolxozchi, xotini ishchi va x.k.) bo’lgan. Shu bois, oilalar ijtimoiy holatiga ko’ra 2 guruhga bo’lish mumkin: 1. Er-xotin bir xil ijtimoiy guruhga mansub oilalar (ishchi oilalar, xizmatchi oilalar, dehqon, tadbirkor, savdogar, olimlar, san’atkor, xunarmand oilalar).

2.Er-xotin turli ijtimoiy guruhga mansub oilalar.

3.Er-xotinni ma’lumotlariga ko’ra turlari: o’rta ma’lumotli, o’rta maxsus, yordamchi maktab ma’lumoti va oliy ma’lumotga ega bo’lgan oilalar, ma’lumotsiz (savodsiz) oilalar.

4. Oilaning «yoshiga» ko’ra yosh oila (1 yilgacha, 3 — 5 yillik, 6—10 yillik turmush tajribasiga ega bo’lgan oilalar), o’rta yoshdagi oila, yetuk oila.

5. Oilaning hududiy jixatlariga ko’ra:

shahar, qishloq va aralash tipdagi oilalar.

Hamda aralash tipdagi oilalar.

6. Er xotinning millatiga ko’ra;

millatga turlari; oila

Bir millatli (er xotin bir bir xidl mansub) va baynalminal (er-xotin turli mansub) oilalar.

7. Olaning yuridik xususiyatiga ko’ra Rasmiy oila (nikohdagi oila) va norasmiy (nikohga kirmagan, nikohdan tashqari). Oila paydo bo’lgandan to xozirgi davrga qadar u bajarib kelgan vazifalar chuqur ilmiy taxlil etilsa, ularni asosan uch yo’nalishda ifodalash mumkin. Bu yo’nalishlar farzandlarning tutilishi, ularni tarbiyalash va moddiy extiyojini qondirishdir. Shuning uchun ham oila vazifalarini uch guruhga ajratish maqsadga muvofiqdir.

Oilaning demografik vazifasi.

Oilaning ijtimoiy vazifasi.

Oilaning iqtisodiy vazifasi. Oilaning demografik vazifasiga - uning demografik faoliyati, ya’ni oilada farzandlarning tug’ilishi, inson naslini, jamiyatni davom ettiruvchi avlod yaratish kiradi.

Oilaning ijtimoiy vazifasiga- oilada farzandlarni tarbiyalash, inson sifatida kamolga yetkazish, ularning tabiatga, jamiyatga va o’zaro munosabatlarini shakllantirish, dam olish va salomatligini tiklash kabilar kiradi.

Oilaning iqtisodiy vazifasiga oila a’zolarini oziq -ovqat, kiyim -kechak va boshqa yashash uchun zarur bo’lgan moddiy vositalar bilan ta’minlash kiradi.

Oilaning mavjudligi yashash jarayoni, uning o’z vazifalarini bajarishi bilan bog’liqdir. Agar oila o’zining demografik vazifalarini bajarmas ekan, ya’ni oilada farzandlar tug’ilmasa, yangi oilalar bo’lmaydi, oila davom etmaydi. Oila davom etishi, yangi oilalar paydo bo’lishi uchun esa oilada tug’ilgan farzandlarni boqish, tarbiyalash, kamolga yetqazish, inson sifatida shakllantirish lozim. Demak, oila o’z mavjudligini saqlab qolishi uchun o’zinin!’ barcha vazifalarini bajarishi shart.

Oila vazifalarini bajarilishi bir-biri bilan bog’liq xolda ro’y beradi. Masalan, oilada farzandlarning sog’-salomat tug’ilishi ona salomatligiga, ona salomatligi va tug’ilgan farzandning sog’-salomat o’sishi esa oilaning iqtisodiy vazifasining bajarilish darajasiga, ya’ni moddiy ta’minlash darajasiga nihoyatda bog’liqdir. Oilada


tug’ilgan farzandning yetuk inson bo’lib shakllaiishi olaning ta’lim tarbiyasiga, bola dunyoqarashini shakllantirilishi, ya’ni oilaning ijtimoiy vazifalarini bajarilishi bilan uzviy bokliq bo’ladi. O’z navbatida oilada farzandlar miqdorining oshib borishi ham oilaning iqtisodiy vazifalarini bajarilish darajasiga ta’sir etadi. Boshqacha qilib aytganda, oilada istiqomat qilayotgan oila a’zolarini ko’payib boishi oilaning moddiy imkoniyatini ko’tarishni, ya’ni oilaning iqtisodiy vazifasini bajarish darajasini tezlashtirishni talab etadi. Yoki oilaning ijtimoiy vazifasini olib ko’raylik. Oilada farzandga berilgan ta’lim tarbiya uning dunyoqarashining shayulanishida, xayotga, yashashga bo’lgan munosabatlarida asosiy omildir.

Farzand oila muxitida katta bo’lar ekan, uning barcha xulq atvori, atrof muxitga, oilaga bo’uian munosabati, kelajakda o’zining oila qurishi, farzandldr ko’rishi xaqidagi fikrlari shakllanib boradi. Agar oilaning ijtimoiy vazifasi ijobiy bajarilsa, ya’ni bolada oilaga, ota-onaga, keksalarga xurmat, o’zaro yordam kabi xislatlar shakllansa, u kelajakda oila qurgach, o’zi xam farzandlarini xuddi shunday tarbiyalashga intiladi. Demak, yangi avlodning oila qurishida, yangi oilaning shakllanishida oiladagi ijtimoiy vazfalarning bajarilishi asosiy omillardan bo’lib xizmat qiladi. Oila jamiyat rivojlanib borar mas’uliyatlari ham demografik taraqiyoti va uni maxsuli sifatida tashkil topar ekan, uning jamiyat oldidagi o’z oshib boradi. Bu mas’uliyat. Oila zimmasiga yuqorida aytilanidek, inson naslini, jamiyatni davom ettiruvchi avlod yaratish, ularni tarbiyalash, kamolga yetkazishdek vazifalarni yuklaydi. Oila ushbu vazifalarni bajarar ekan, o’zi ham ma’lum ma’noda taraqqiy etib boradi. Oilaning taraqqiy etishini u bajarayotgan vazifalar mohiyatiga binoan uch yo’nalishda belgilash maqsadga muvofiqdir.

Oilaning demografik taraqqiyoti.

Oilaning ijtimoiy taraqqiyoti.

Oilaning iqtisodiy taraqqiyoti.

Oilaning ijtimoiy taraqqiyoti oila a’zolarining ma’lumotlilik darajasi, ijtimoiy mavqei, salomatligi borasidagi hamda ularning ta’lim - tarbiya, urf -odat, fan va madaniyat, tabiat va jamiyatga bo’lgan munosabatlarinint takomllashib borishidir.

Oilaning oziq-ovqat, kiyim - kechak, uy -joy va boshqa yashash uchun zarur bo’lgan narsalar bilan ta’minlanish darajasining o’zgarib borishi, uning iqtisodiy taraqkiyotini belgilaydi

Oilaning demografik taraqqiyoti deganda esa, oilaning tashkil topishi, miqdori, demografik tarkibi va faoliyatining ma’lum davrlarda o’zgarib borishi tushuniladi.

Ko’rinib turibdiki, oila o’z mohiyati bilan jamiyat xayotining turli qirralarini aks ettiradi. Shuning uchun xam oila qator ijtimoiy fanlarning o’rganish mavzusidir. Demografiya oilani o’rganar ekan, asosiy e’tiborni uning avlod yaratuvchilik, jamiyatni davom ettiruvchilik faoliyatiga qaratadi. Oilaning demografik taraqqiyoti, asosan statistik ma’lumotlar yordamida o’rganiladi. Bunday ma’lumotlar esa, oilani muntazam ro’yhatga olib borish va aholi o’rtasida sobiologo-demografik tadqiqotlar o’tkazish yo’li bilan to’planadi.

Oila xaqidagi statistik ma’lumotlar, ularning tuzilish tizimi jaxondagi hamma davlatlarda ham aynan bir xil emas. U xar bir davlat statistikasi uchun qayd etilgan oilaning statistik tushunchasiga va o’tkazilayotgan aholi ro’yxati dasturiga bog’liqdir. Dastur tuzishda aholining oilaviy tarkibi, oilaviy yashash turlari asos qilib olinadi. Qator iqtisodiy rivojlangan davlatlarda oiladagi farzandlar kamolot yoshiga yetib oila qurgach, ular iqtisodiy jixatdan mustaqil yashaydilar va aloxida oila hisoblanadilar. Ba’zi davlatlarda esa 20 yoshdan oshgan xar bir yigit qiz oila qurmasa xam, o’zi aloxida oila xisoblanadi. Yana boshqa davlat statistikasida turmush qurib ota - onasi oilasiga qaytib kelsa xam ularni aloxida oila yoki yolg’iz yashovchilar qatorida hisoblanadi. Ba’zi xollarda qarindosh, qondosh bo’lmagan begona kishilar ham bir oila bo’lib yashaydilar.



II.Bob.
Yerda odamning paydo bo`lishidan ilk sinfiy jamiyat va davlat shakllanishigacha bo`lgan uzoq vaqtni o`z ichiga oladigan davr ibtidoiy jamoa tarixi predmeti hisoblanadi. Turli mamlakat olimlari bu davrni ibtidoiy jamoa, eng qadimgi jamiyat, davlatgacha bo`lgan jamiyat deb ataydilar. Bu davr insoniyat tarixining tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Lekin u o`ziga xos xususiyatlarga ega. Ibtidoiy jamoa tarixi asosan etnologiya, arxeologiya va paleoantropologiya fanlari ma`lumotlari asosida shakllantirilgan fandir.
Ibtidoiy jamoa tarixining nomlanishida ham turli fikrlar mavjud. Ba`zilarda fanda qo`llaniladigan “tarixgacha bo`lgan davr”, “tarix arafasi”, “tarixdan oldingi davr” nomlariga turlicha qarashlar mavjud. Ibtidoiy jamoa tarixini o`rganishning ahamiyati shundaki, insoniyat hayotining ko`pgina hodisalari, jumladan, hozirgi hayot asoslari eng qadimgi davrda paydo bo`ldi.
Ibtidoiy jamoa tarixini aniq qayta tiklash insoniyat tarixiy taraqqiyotining juda murakkab bo’lgan bosqichi hisoblanadi. Insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichi bo’lgan ibtidoiy jamoa tuzumi yerda odamning paydo bo’lishidan ilk sinfiy jamiyat va davlatlar paydo bo’lishigacha bo’lgan uzoq vaqtni qamrab oladi. Insoniyat mavjudligining ana shu bosqichi ibtidoiy jamoa tarixining predmeti hisoblanadi.
Insoniyat hayotidagi keyingi ko’pchilik voqealar, shu jumladan, zamonaviy hayot eng qadimgi ibtidoiy jamiyatdagi jarayonlar asosida rivojlandi. Turar-joy, dehqonchilik va chorvachilik, ijtimoiy mehnat taqsimoti, nikoh va oila, axloq va yurish-turish, yozuv, tabiiy bilimlar, san’at va diniy e’tiqodlar–ulardan ayrimlari aynan ibtidoiy davrda shakllandi. Moddiy madaniyatning qator unsurlari evolyutsiyasi, ijtimoiy normalar va mafkuraviy qarashlarni to’g’ri tahlil qilish uchun, zaruriy bo’lgan manbalarga murojaat qilishga to’g’ri keladi. Bu manbalar juda xilma-xil bo’lib, bu davr haqida atroflicha bilim hosil qilishga imkon beradi. Hozirgi davrda bu fan bo’yicha to’plangan manbalarning ilmiy-mantiqiy, nazariy va amaliy, bir-biri bilan aloqadorlikda tahlil qilish ilmiy jihatdan qimmatli xulosalar chiqarishga yordam beradi. Ibtidoiy jamoa tarixi fanini o’rganishning ahamiyatli tomoni ham shundadir.
Hozirgi vaqtda Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi, Okeaniya va Avstraliyaning ichki hududlarida ayrim xalqlar yaqin vaqtlargacha ibtidoiy jamoa tuzumining turli bosqichlarida turgan edi yoki bu jarayon hozirgi kunda ham davom etmoqda. Ibtidoiy davr insoniyat tarixining eng uzoq davom etgan davri bo`lib, million yildan ko’proq vaqtni o’z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda ko`pgina olimlar, eng qadimgi odam 1,5-1 mln yil oldin paydo bo’lgan deb aytsalar, ba’zilar 2,5 mln yil oldin paydo bo’lgan deb hisoblaydilar. Ammo bu oxirgi raqam emas. XX asrning so’nggi yillaridagi ilmiy kashfiyotlar bu sanani uzaytirishi mumkin. Buning uchun ushbu yo’nalishda ilmiy tadqiqot ishlarini yanada kengaytirish zaruriyati mavjud.
Ibtidoiy tarixning eng yuqori chegarasi turli qit’alarda so’nggi 5 ming yillikka borib taqaladi. Osiyo va Afrika mamlakatlarida er.avv. IV-III ming yilliklar oralig’ida, Amerikada er.avv. I ming yillikda, oykumenning boshqa hududlarida yanada kechroq shakllandi.
Ibtidoiy davr tarixini davrlashtirish bo’yicha maxsus va umumiy (tarixiy) davrlashtirish bo’yicha bir necha yonma-yon turadigan yo’nalishlar mavjud. Maxsus davrlashtirishning eng muhimi-bu ilk odamlar o’z ehtiyojini qondirish uchun foydalangan xomashyo turlari va mehnat qurollari tayyorlash texnikasiga asoslangan arxeologik davrlashtirishdir. Fanda ilk bor qadimgi Xitoy faylasuflari eng qadimgi tarixni uch asrga: tosh, jez va temir asrlariga bo’lgan edilar. Qadimgi Xitoy faylasuflarining bu xulosalari XIX-XX asr boshlarida fanda to’plangan boy ilmiy ma’lumotlarga asoslanib, yana bir bor o’z isbotini topdi. Tosh, jez va temir asrlari fanda mustahkam o’rnashib qoldi.
Arxeologik davrlashtirish ibtidoiy davr tarixining mutlaq va nisbiy xronologiyasi bo’yicha keng imkoniyatlarni ochadi. Arxeologik davrlarni Yer tarixining geologik davrlari bilan moslashtirish muhim ahamiyatga ega. Odamning mavjudlik vaqti to’rtlamchi geologik davrga to’g’ri keladi. Uni fanda ikki davrga: muzlikdan oldin (pleystosen) va muzlikdan keyingi (golotsen) davrga bo’lish qabul qilingan. Ilmiy tadqiqotlar natijasida muzliklarning to’rt marta bostirib kelishi va chekinishi aniqlangan. Arxeologik jihatdan pleystosen paleolitga va to’la mezolitga to’g’ri keladi. Neolit golosen vaqtiga mos keladi.
Ibtidoiy tarixni paleoantropologik davrlashtirish insonning biologik evolyutsiyasi mezonlariga asoslanadi. Bu eng qadimgi (arxantrop), qadimgi (paleoantrop) va zamonaviy odam qazilmasi (neoantrop)ning yashagan davrlarini ajratishdir.
Insoniyatning eng qadimgi davrini umumiy tarixiy davrlashtirish keyingi yuz yildan ko’proq vaqtda etnik-etnografik va arxeologik ma’lumotlar asosida davom etmoqda.
Bu yo’nalishda amerikalik etnolog I.G.Morgan (XIX asr boshlari) ilk bor ilmiy-amaliy tadqiqot ishini amalga oshirdi. U XVIII asrda qabul qilingan tarixiy jarayonni yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiyaga bo’linishiga, ishlab chiqarish kuchlarining (“hayot uchun ishlab chiqarish vositalari”) rivojlanish darajasi mezonlariga asoslanib, yuqorida aytilgan har bir davrni quyi, o’rta va oliy bosqichga bo’ldi. Yovvoyilikning quyi bosqichi odamda nutq-so’zlashuvning paydo bo’lishi bilan boshlanadi degan tushuncha shakllandi. O’rta bosqich - baliqchilikning paydo bo’lishi va olovdan foydalanishdan, oliy bosqich - o’q-yoyning kashf etilishidan boshlanadi. Varvarlikning quyi bosqichiga o’tish kulolchilikning tarqalishi bilan, o’rta-dehqonchilik va chorvachilikning o’zlashtirilishi, oliy - temirni tadbiq etish bilan boshlanadi.
Bu davrlashtirish tarix fani bo’yicha bir qancha tadqiqotlar olib borgan F.Engels tomonidan o’zlashtirilib, ilmiy-nazariy jihatdan qayta ko’rila boshlandi. F.Engels L.Morganning davrlashtirishini umumlashtirdi: yovvoyilik davrini – o’zlashtiruvchi, varvarlik davrini – ishlab chiqaruvchi xo’jalik davri deb, ibtidoiy jamoa tarixining o’ziga xos boshlang’ich vaqtini, ya’ni yovvoyilikning quyi bosqichini “odamlar podasi” davri deb nomladi. Ibtidoiy jamoaning rivojlanishidagi asosiy bosqichlarida taqsimot va mulkchilik munosabatlaridagi muhim o’zgarishlar ibtidoiy iqtisodni o’rganish asosida belgilandi.
Ibtidoiy jamoa tarixini davrlashtirishda, ko’pgina olimlar, uni to’rt bosqichga bo’ladilar: jamoa arafasi (ibtidoiy odam podasi), ilk ibtidoiy va so’nggi ibtidoiy, ibtidoiy qo’shni (dehqon jamoasi arafasi) jamoalar. Ibtidoiy jamoa tarixini umumiy davrlashtirishga qarab, tarixchilar egalitar va stratifikatsiyalangan yoki toifaviy jamiyatlarni belgilaydilar. Egalitar (jamoa birdamligi) jamiyatlar ibtidoiy jamoa davri jamiyatlariga stratifikatsiyalangan jamiyatlar sinflarning shakllanish davri jamiyatlariga mos keladi. Ibtidoiy jamoa tarixi jamoa arafasi (ibtidoiy odam podasi, antroposotsiogenez)dan boshlanadi. Bu davr maqsadli mehnat faoliyatining yuzaga kelishi, hozircha mo’rt ishlab chiqarish jamoasini tashkil qilgan eng qadimgi odam-arxantroplarning paydo bo’lishi bilan belgilanadi.
Bu davrning asosiy mazmuni – mehnat faoliyati jarayonida odamsimon maymunlar to’dasi va ilk odamsimonlardan meros bo’lib qolgan hayvoniy qoldiqlarni bartaraf qilish, ijtimoiy aloqalarni yuzaga keltirish va mustahkamlash, shu bilan birga odamning o’zida biologik rivojlanishning tugallanishi edi.
Bu davrning xronologik chegarasi va davrlashtirish anchagina munozarali. Uning quyi chegarasini belgilashda odam oldi va haqiqiy odam o’rtasidagi farqlar bo’yicha qarashlar bir-biridan farq qiladi. Davrning yuqori chegarasi o’rta paleolit vaqti va paleoantroplar har xil tahlil qilinadi. Yaqin kunlargacha olimlar, bu davrni jamoa arafasi deb tushundilar va unda jamoa tuzumining belgilarini ko’rmadilar. Keyingi 50 yil ichida juda ko’p manzilgohlar, mehnat qurollari va boshqa arxeologik daliliy ashyolarning topilishi bu davr xronologiyasini qayta tuzishga asos bo’ladi. Yangi topilmalar o’sha vaqtdayoq jamoaning sun’iy turar-joylari paydo bo’lgani, ibtidoiy odam to’dalarining ilk jamoalarga uyushganining aniq belgilari yuzaga kelganidan dalolat beradi. Ilgari fanda bu jarayon faqat yuqori (so’nggi) paleolitning kirishi bilan belgilanar edi. Bu jamoa arafasi davrining yuqori chegarasini o’rta paleolit va paleoantroplar vaqti deb tushurishni talab qiladi. Lekin bu vaqtda paleoantroplarning biologik qiyofasining o’zgarishi hali davom etmoqda edi.
Ibtidoiy jamoa davri ijtimoiy tashkilotning tartibga solingan shakllari urug’ va urug’ jamoasining paydo bo’lishi bilan boshlandi. Aynan shu ijtimoiylashuv jarayonida ibtidoiy jamoa tuzumining asosiy belgilari bo`lgan ishlab chiqarish va iste’molda u yoki bu darajada qat’iy jamoachilik, umumiy mulk hamda teng taqsimot ko’rinadi. Bu belgilar ilk ibtidoiy jamoa bosqichida o’zining yaqqol ifodasini topdi. So’nggi ibtidoiy jamoa bosqichida ular hukmron o’rin tutmasada, lekin saqlanib qoldi. Davrning quyi chegarasi o’rta paleolit (paleoantroplar vaqti) yoki yuqori paleolit (neoantroplar vaqti), yuqori chegarasi – qoidaga ko’ra, neolit deb hisoblanadi.
Agarda jamoa arafasi davri shakllanish vaqti bo’lsa, ibtidoiy jamoa davri – yetuklik vaqti, sinflarning shakllanish davri – ibtidoiy jamoaning yemirilish vaqti. Bu so’nggi davr hamma joyda xo’jalik faoliyatining barcha sohalarini rivojlanishi va ortiqcha mahsulotning o’sishi bilan belgilanadi. Jamoaning umumiy mulki alohida uy xo’jaliklarining xususiylashtirilgan mulki bilan siqib chiqarila boshlandi. Mahsulotning teng taqsimoti mehnat bilan siqib chiqarila boshlanib, urug’-jamoa aloqalari uzilib, qo’shni jamoaning ibtidoiy ilk shakliga o’ta boshladi.
O’zgalar mehnatidan foydalanishning boshlang’ich shakllari paydo bo’lib, ortiqcha mahsulot qo’shimcha qiymatga aylana bordi. Natijada yangi ijtimoiy-iqtisodiy voqelik: xususiy mulk, ijtimoiy sinf va davlatchilikning paydo bo’lish jarayoni yuz beradi. Davrning quyi chegarasi rivojlanayotgan jamiyatlarda so’nggi neolitda, unchalik rivojlanmagan jamiyatlarda esa metall davriga to’g’ri keladi. Yuqori chegara – sinfiy jamiyat va davlatlarning paydo bo’lishi, ilg’or jamiyatlarda esa hozirgi vaqtgacha davom etmoqda.


Download 75,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish