Jamiyat va ijtimoiy tushuncha.
Sotiologiyaning asosiy vazifalaridan biri ijtimoiy hayot va ijtimoiy munosabatlarni o‘rganishidir. Sotsiologiya terminining o‘zi tarjima qilinganda — «jamiyat haqidagi so‘z» ma'nosini anglatadi. Sotsiologiya fani insonni alohida emas, balki o‘zaro munosabatda bo‘lgan va o‘zaro aloqada bo‘lgan insonlarning faoliyatini, ularning bir-biri faoliyatlari mobaynidagi tasirini o‘rganadi.
Jamiyatni biz sotsiologik nuqtai-nazardan olib qaraydigan bo‘lsak qanday o‘rganamiz?
Birinchidan, jamiyatni tuzilishi va tarkibi o‘rganiladi, ya'ni jamiyat qanday kishilardan iborat, ular qancha va qanday sinf yoki tabaqalarga mansubligi ko‘riladi.
Ikkinchidan jamiyatda istiqomat qilayotgan kishilarning xatti-harakatlari nimalardan iborat, ya'ni ularning o‘zaro munosabatlaridagi xarakterlari ko‘riladi. Bunda biz jamiyatda istiqomat qilayotgan kishilarning faoliyatlarini tasodifiy emas, balki aynan o’sha jamiyat qonuniyatlari asosida rivojlanib borishini ta'kidlashimiz kerak. Bunda jamiyat munosabatlari, aynan bir qancha kuchlar idora etib turgan munosabatlar orqali, kishilar u yoki bu munosabatlarni bajaradilar.. Jamiyatdagi kishilarning qanday tabaqalarga taqsimlanishi, ushbu jamiyatning qanday kishilardan iborat ekanligi, jamiyat ichki faoliyatida kishilarning o‘zlarini qanday tutishlari va ular orasida o‘zaro munosabatlarnin, alohida bir kishilarning xatti-harakati natijasida katta ahamiyatga molik bo‘lgan ijtimoiy tarixiy jarayonlarning vujudga kelishi, inson xatgi-harakatini qanday kuchlar boshqarib turishligi— kishilarning o‘zaro munosabatlaridagi xarakterining o‘zagini tashkil etadi.
Uchinchidan, jamiyat taraqqiyoti uning rivojlanishi nuqtai-nazaridan o‘rganiladi. Dunyodagi barcha hodisalar vaqtlar o‘tishi bilan o‘zgaradi. Taraqqiyotning misli ko‘rilmagan sur'atlar bilan rivojlanib borishi jamiyatdagi qadriyatlarni o‘zgartirib, o‘zga ikkinchi yoki uchinchi bir qadriyatlar bilan qorishtirib yubormoqda, kechagi avlodning yashash tarzi bugungi avlodnikiga mos kelmay qolmoqda, bugungi avlodniki esa ertangi avlodni yashash tarziga mos kelmaydi, ya'ni vaqt kutib turmaydi. Shuning uchun jamiyatni to‘liq tushunish uchun nafaqat uning tuzilishi va rivojlanishini, balki uning o‘tmishini, ya'ni tarxini ham sinchiklab o‘rganish, bu jamiyatni qanday tarkib topganligini, qanday shakllanganligini, rivojlanganligini bilmoq jamiyatni to‘liq tushunmoqlikka imkon yaratadi.
Jamiyat ijtimoiy hodisaning umumiy va murakkab sistemasidir. Ijtimoiy faoliyatning belgilangan sotsial statusiga ega bo‘lgan, o‘zida ijtimoiy me'yor va qadriyatlarni aks ettirgan, individual sifatlarga (shaxsning ijtimoiy belgisi, qizqishlari, qadriyatlar yo’nalishi, shaxs motivlari va hokazo) ega bo‘lgan kishilar jamiyatning elementi hisoblanadi.
Jamiyat umumny tabiiy-tarixiy sistema sifatida o‘zida ishlab chiqarish kuchlari va iqtisodi, ideologik, siyosiy strukturalarining organik birligini tashkil etadi. Kishilarning turli ijtimoiy guruhlarning o‘zaro birligi yoki jamiyat hayotining turli sohalaridagi iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy faoliyatlari jamiyat sistemasining tabiiy-tarixiy xarakterini belgilashda muhim omil hisoblanadi. Jamiyat har bir sohasi ishlab chiqarish taraqqiyotida ma'lum bir funksiyalarni bajaradi: iqtisodiy munosabatlar—moddiy ishlab chiqarish funksiyasini, ijtimoiy munosabatlar—ijtimoiylashuvini (sotsializatsiya), siyosiy munosabatlar — ijtimoiy boshqaruvni (elementlar nazorati) mafkuraviy munosabatlar — ma'naviy ishlab chiqarish funksiyasi va boshqlar.
Sotsiologik nazariya barcha ijtimoiy sistemalarni sotsietal va ijtimoiy munosabatlarda ko‘radi. Sotsietal sistemalarga - jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy munosabatlari kiradi. Ularning har biri bir-biri bilan aloqada bo‘lgani aniq, bir strukturaga ega bo‘ladi. Jamiyatning sotsietal sistemasi ierarxik qaramlikni tashkil etadi, ya'ni bunda iqtisodiy munosabat belgilovchi omil bo‘lib, ijtimoiy, siyosiy va mafkuraviy munosabatlar uning ishlab chiqaruvchisi bo‘ladi. Sotsietal sistemalar o‘z tarkibiga ko‘ra quydagicha joylashtiriladi: 1) iqtisodiy, 2) ijtimoiy, 3) siyosiy, mafkuraviy.
Sotsietal sistemalarning bir-biri bilan o‘zaro uzviy aloqada bo‘lishi dialektik xarakterga ega edi. Shuning uchun aynan shu sistemada ishlab chiqarish kuchlari va bazis va ustqurma, ijtimoiy borliq va ijtimoiy ong kabi falsafiy kategoriyalar ishlatiladi. Siyosiy iqtisod nazariyasining asoschisi A. Smit jamiyat taraqqiyoti va rivojlanishini quyidagicha ifodalagan edi: «Dunyodagi barcha narsalar mehnatning mahsulidir, mehnat taqsimoti natijasida har bir individ o‘zi uchun ishlaydi va boshqalar uchun ishlashga ham majbur bo‘ladi, u boshqalar uchun ishlaganda. aksincha o‘zi uchun han ishlaydi». Biz sotsnologik nuqtai-nazardan jamiyat — bu birgalikda yashovchi kishilarning, o‘zaro bir-biri bilan ijtimoiy aloqada bo‘lib, o‘z faoliyatlarida bir-biriga ta’sir ko‘rsatuvchi uyushmasidir. Jamiyat tashkil topishi uchun eng kamida ikki kishi bo‘lishi kerak va bular o‘zaro hamkorlikda bo‘lib turishlari kerak, bu jamiyatning oddiy ko‘rinishi bo‘lib, uning murakkab shakllalarini shakllantirib boradi, ya'ni oilaning qurilishi bu oddiy jamiyat, bu jamiyatda A. Smit ta'rifi bo‘yicha jamiyat a'zosi ham o‘zi uchun, ham o‘zga bir kishilar uchun ishlaydi, murakkab jamiyatni shakllanishiga o‘z oilasi bilan xissa qo‘shadi. Biz bu misollarni yana partiyalar tuzilishida, diniy yoki zamonaviy guruhlarning paydo bo‘lishida ko‘rib borishimiz mumkin, qaysidir bir dinning rivojlanishi natijasida dindorlar jamiyati oddiylikdan partiya tashkilotlari va guruhlar tuzilishida ham aynan shunday sotsietal sistema munosabatlarini ko‘rib borishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |