I a guruh elementlari



Download 21,2 Kb.
Sana17.02.2020
Hajmi21,2 Kb.
#39952
Bog'liq
1 A guruh elementlari

I A guruh elementlari

Bu guruh elementlariga litiy, natriy, kaliy, rubidiy, seziy va fransiy kiradi. Barcha guruh a’zolarinig  tashqi elektron qavatida bittadan s elektronlar bor. Ularning asosiy kattaliklari  31- jadvalda berilgan.

Element tartib nomeri ortishi bilan  atom va ionlarning radiusi ortadi.Shu metallarning suyuqlanish harorati kamayadi. Metallarning eng engili litiydir.

 

31- jadval. I A guruh metallarinin eng muhim kattaliklari



Asosiy kattaliklar

       Li   

 Na



   Rb

  Cs

Fr

Atom massa

Elektron formulasi

Atom radusi,nm

Ion radiusi,nm

Suyuql. harorati,oS

Zichligi,g/sm3

 

Ionlanish energiyasi     



         MMe+

       Yer po’stlog’ida tarqalishi, mol qism

 


      6,94

     2s1

0,155 

0,066


179

0,53


 

5,39


 

0,02


 22,99

  3s1

0,189

0,095


98

0,97


 

5,14


 

2,4


39,1

  4s1

0,236

0,133


63

0,85


 

4,34 


 

1,4


85,47

  5s1

0,248

0,148


39

 1,5


 

4,18


 

7*10-3



   132,9

  6s1

0,268

0,268


   29

  1,9


 

3,89


 

9,5*10-9 

 


    [223]

    7s1

0,280

    -


   -

   -


 

3,98


 

   -


Faqat litiyning tashqaridan  ikkinchi qavatida ikkita ta elektron bo’lsa, boshqa ishqoriy metallarning tashqaridan 2-qavatida 8 tadan elektronlar bor. Shuning uchun ham litiyning xossalari boshqa ishqoriy metallardan kimyoviy xossalari jihatdan farq bo’lishiga olib keladi.Bu metallarning  ishqoriy metallar deyilishi, arabchadan ishqor “emiruvchi” degan ma’no beradi.

 Barcha  ishqoriy metallar ns1 valent elektronga ega, lekin bu elektron yadro bilan bo’sh bog’langan. Ular birikmalarda +1 oksidlanish darajasini namoyon etadi. Litiydan seziygacha metallik xossalari  kuchayadi.

Fransiy barcha ishqoriy metallardan eng faoli va  og’iri hisoblanadi. Radioaktiv .uni yarim yemirilish davri 22 minut.

Tabiatda uchrashi. Ishqoriy metallar kimyoviy faolligi yuqoriligi sababli faqat birikmalar holida uchraydi.Tabiatda uchraydigan izotoplari:37Li (92,5%), 36Li (7,3%).

Litiyning birikmalari nihoyatda ko’p.Uni 150 dan ortiq minerallari bor. Texnik ahamiyatga spodumen LiAl(SiO3)2 va litiy smolasi  yoki lepidolit KLi2Al(Si6O10)(F,OH)2, petalit (Li,Na)AlSi4O10.

Natriy birikmalari keng tarqalgan. Osh tuzi NaCl; Glauber tuzi Na2SO4*1O H2O, hind selitrasi KNO3, natriy selitrasi, kriolit Na3[AlF6];  bura  Na2B4O7*10 H2O.

Kaliy birikmalaridan  silvinit KCl*NaCl;  karnallit  KCl*MgCl2*6H2O; yer sharining asosiy po’stlog’i- ortoklaz  K2O*Al2O3*6SiO2

Rubidiy va seziy natriy va kaliy bilan birga lekin kamroq uchraydi.

 Olinishi. Natriy, litiy va kaliy asosan elektroliz usuli yordamida olinadi. Elektrolizga tuzlar yoki gidroksidlar uchratiladi. Rubidiy va seziy  unung xloridlaridan kalsiy metali bilan qaytarish orqali olinadi.

  Xossalari. Ishqoriy metallar kub krislall panjaraga ega. Yangi kesilgan metallar ko’rinishi odatdagi metallarga o’xshaydi. Metallik yaltiroqlikka ega. Barcha ishqoriy metallar kerosin(tseziy havoda portlaydi) ostida yoki inert gaz muhitida saqlanadi. Ishqoriy metallar engil metallar hisoblanib, pichoq bilan oson kesiladi. Litiy kerosindan engil, shuning uchun parafin ostida berk idishga yg’iladi.Ularni ichida eng qattiq holatda uchraydigani kaliy u yuqori issiq va elektr o’tkazuvcanlikka ega.

 Litiy.Odatdagi sharoitda  oq, yaltiroq , yumshoq   va engil metall. LiCl va KCl aralashmasini suyuqlanmadan elektroliz qilib olinadi.

 Xona haroratida kislorod billan ta’sirlasib litiy oksidini hosil qiladi.

                    4Li+O2=2Li2O

 Litiy oksidi kul rangli, suvda yaxshi eriydi.  Litiy odatdagi sharoitda azot bilan ta’sirlashib oq rangli litiy nitridini hosil qilishi kuzatiladi:

                   6Li+N2=2Li3N

  Qizdirilganda galogenlar Cl2, Br2 va I2 bilan kuchli alanga berb yonadi va LiCl, LiBr va LiI ni hosil qiladi.

 Birikmalaridan LiF, Li2CO3 va Li3PO4 kam eriydi. Peroksidlari Li2O2, persulfidlari Li2S2, perkarbidlari Li2C2 ma’lum.

LiOH   ni olish uchun LiClni suvdagi eritmasi elektroliz qilinadi:

2LiCl+2H2O=2LiOH+H2+Cl2

Litiy ioni eng kichik o’lchamga ega bo’lib, eng yuqori gutblanuvchanligi bilan boshqa ishqoriy metallardan farqlanadi. Shuning uchun u koordinasion soni 4 bo’lgan [Li(H2O)4]+ akvakomplekslar hosil qiladi.

Litiy vodorod atmosferasida qizdirilganda litiy gidridini hosil qiladi:

  2Li+H2=2LiH 

Litiy gidridi oq kristall modda, 680oS suyuqlanadigan ion bog’lanishli birikma.             



Boshqa ishqoriy metallar. Tabiatda uchraydigan natriy izotopining massa soni 23. Kaliy uch xil atom massali izotop holatida uchraydi: 39, 40 va 41.

Barcha ishqoriy metallar kuchli qaytaruvchilar. Ular juda oson +1 zaryadli ionlarga o’tadi. Ionlanish entalpiyasining kichikligi, ionlarning sharsimonligi, kam qutblanuvchanligi ularning kimyoviy xossalarini  belgilaydi. Kovalent bog’ hosil qilish qobiliyati litiyda eng yuqori. Metallarning bug’larida Li2,Na2 hosil bo’lishida bog’ kovalent. Boshqa bog’larda ion bog’ hissasi ortib boradi.

Kislorodda yondirilganda faqat litiy oksid hosil qilib boshqa ishqoriy metallar peroksidlar va superoksidlarga aylanishi kuzatiladi:

                     2Na+O2=Na2O2

                      K+O2 =KO2

                                 Rb+O2=RbO2

                      Cs+O2=CsO2

Peroksidlarni suv bilan ta’siridan vodorod peroksidi yoki kislorod hosil bo’ladi.

Na2O2 + 2H2O  =  2NaOH +H2O2        2KO2+2H2O=2KOH+H2O2+O2

Peroksidlar yopiq sistemalarda kislorod manbasi sifatida ishlatiladi:

                   2Na2O2+2CO2=2Na2CO3+O2



 Peroksidlardan oksidlarni metallar qo’shib olish mumkin:

Na2O2+2Na= 2Na2O                          K2O2+2K=   2K2O

Natriy va kaliy oksidlari oq rangli, rubidiy va seziy oksidlari sariq rangli. Ishqoriy metallar oksidlari suv bilan shiddatli ta’sirlashadi. Oksidlarning faolligi  Li2O dan Cs2O qarab ortib boradi.Ishqoriy matallarning gidroksidlari oq qattiq moddalar. Ular tabiatda uchramaydi. Ular ishqoriy metallar xloridlarining eritmalarini elektroliz qilish orqali olinadi.

                    2MeCl+2H2O=2MeOH+H2+Cl2

Eng ko’p  qo’llaniladigan natriy gidroksidi olish uchun  ohakka soda  qo’shib olinadi(shuning uchun kaustik soda):

       Na2CO3 +Ca(OH)2= 2NaOH+CaCO3

Soda olish usullari keyinchalik uglerod mavzusida alohida ko’rib chiqiladi.

Ishqoriy metallar galogenlar bilan  shiddadli va issiqlik chiqishi bilan ta’sirlashadi:

                  2Me+ F2=  2MeF

Juda oson ishqoriy matallarning sulfidlari hosil bo’ladi:

                     2Me+S = Me2S

Me2S  larni oltingugurt bilan qo’shib suyuqlantirilsa persulfidlar hosil bo’ladi.

            Na2S,  Na2S2,  Na2S4 ,  Na2Sn   n=1-:- 6;

Ishqoriy metallar vodorod bilan oson ta’sirlashadi. Bunda metall gidridlari hosil bo’ladi.Ularning bog’lanishi ion tabiatli.

Suyuq ammiak bilan  ishqoriy metallarning  reaksiyasida amidlar, imidlar va nitridlar hosil bo’ladi.

                2Na+2NH3=2NaNH2+H         2Na+NH3=Na2 NH+H2

                                 6Na+2NH3=2Na3N+3H2 

          Natriy va boshqa ishqoriy metallar simobda eriydi va intermetallik birikmalar- amalgamalarga aylanadi.

 Litiy – alangani  qizil-binafsha rangga bo’yaydi. Natriy ishtirokida alanga sariq-g’isht rangga bo’yaladi. Kaliy alangani binafsha-siyoh rangga , pubidiy qizil, seziy esa binafsha tusga bo’yaydi. Shu usul bilan bu metallar borligi aniqlanadi.

          Ishqoriy metallarning tuzlari. Deyarli barcha kislotalar bilan tuzlari ma’lum. Bu tuzlar suvda yaxshi eriydigan, ionli kristal panjaraga ega birikmalardir.

         Analitik kimyoda  litiy va natriyning tuzlaridan  4,4’-dimetilaminodifenil metanning metanoldagi  eritmasi holatida cho’ktirishi mumkin. Natriy va ruxning aralash uranilasetatlari ham [ NaZn(UO2)3(CH3COO)96H2O] suyultirilgan sirka kislotasidan cho’ktiriladi. Kaliy tuzlaridan  KHC4H4O(gidrotartaratlar) va K3[Co(NO2)6] suvda yomon eriydi.  Ular  ishqoriy metallarning sifat va miqdoriy tahlilida ishlatiladi.

         Kalsinirlangan soda (Na2CO3), kristall soda (Na2CO3*10H2O), ichimlik sodasi (NaHCO3) ko’p ishlab chiqaziladi.

         Natriy gidroksidi sovun tayyorlashda, to’qimachilik va ko’nchikida organik moddalar olishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Natriy gidroksidi 328oS suyuqlanadi. 20oS da suvda 109 g natriy gidroksid eriydi .U kuchli ishqor, shuning uchun o’yuvchi natriy deb ataladi. Ishqor teriga tushsa terini kuydiradi.  NaOH dan ayniqsa ko’zga sachrashidan ehtiyot bo’lish kerak, kozga tushsa ko’zni ko’r qiladi.

        Osh tuzi NaCl- natriy metali, xlor, natriy gidroksid, xlorid kislota ishlab chiqarishda xom ashyo.

         Natriy sulfat glauber tuzi yoki mirabilit holatida Na2SO4*10H2O holida uchraydi. Tibbiyotda va shisha ishlab chiqarishda ishlatiladi.

         Kaliy tuzlaridan KCl, KNO3, K2SO4 kaliyli o’g’itlardir. Kaliy nitrat qora poroxning tarkibiga kiradi: KNO3-68%; C-17%;S-15%.

Tseziy va rubidiy fotoelementlar tayyorlashda ishlatiladi. Nur ta’sirida Rb va Cs ning valent elektronlarini oson ajralishi yorug’lik energiyasini elektr energiyasiga aylantitirish imkoniyatini beradi. 

         Ishqoriy metallarning tibbiyotda va farmatsiyada ishlatilishi. Hozirgi paytda litiy ioninng organizmdagi orni ancha yaxshi o’rganilgan. Litiy ionlari inson psixikasidagi  o’zgarishlarda asqotishi topilgan.

         O’rtacha odam vazniga(70 kg) nisbatan organizmda kaliy 250 g, natriy –70 g  ni tashkil etadi.   

Natriy birikmalari organizmda asosan hujayra atrofidagi suyuqliklarda mavjud (qonda,limfa va ovqat hazm qilish shiralarida). NaCl hisobiga organizmdagi qon bosimi boshqarilib turadi.

Kaliy ioni organizmda hujayra ichidagi ion hisoblanadi.U ko’pgina boikimyoviy va fiziologik jarayonlarda, masalan nerv impulslarining harakatida ishtirok etadi. Kaliy ionining qonda  mo’tadil miqdorda bo’lishi yurakni normal ishlashi uchun kerak. Bir sutkada  2-3 g  kaliy  kerak bo’ladi.

Natriy gidrokarbonat (NaHCO3) ichdan antatsid modda sifatida buyuriladi, shuningdek ingalyasiya, chayish, uvish  uchun tavsiya etiladi. Tibbiyotda amaliyotida natriyning (xloridi, bromidi, iodidi, sulfati, tiosulfati, nitriti va b.)  hamda kaliyning (xloridi,  bromidi, iodidi va b.) keng qo’llaniladi.

Natriy xloridning (NaCl) suvdagi 0,9%li eritmasi izotonik eritma deyiladi. U organizm ko’p suyuqlik yo’qotganda quyiladi. 3-5-10%li eritmalari gipertonik eritma deyiladi va yaralarga yiring tortuvchi vosita sifatida qo’yiladi.2-5% li NaCl AgNO3 bilan zaharlanish sodir bo’lganda buyuriladi,shunda AgCl cho’kmasi hosil bo’lishi hisobiga zaharlanish oqibatlari tezda so’nadi.

Natriy bromid (NaBr) va kaliy bromid (KBr) tibbiyotda tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.Ular bosh miya qobig’idagi qo’zg’alish va tinchlantirish jarayonlarini me’yoriga keltiradi.



Natriy  yodid (NaI) bo’qoq va endokrin kasalliklarini davolashda tavsiya etiladi.
Download 21,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish