I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/384
Sana30.12.2021
Hajmi3,77 Mb.
#98806
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   384
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24-1-427

15.2 Narxlar diversifikatsiyasi 

Narxlar  diversifikatsiyasi  haridorning  daromadi,  iste’mol  hajmi  va  tovar 

toifasiga qarab uch xil shaklga ega bo`ladi, ulardan har birini ko`rib chiqamiz. 

Narxlarnikg haridorlar daromadiga qarab diversifikatsiyasi

 

Firma uchun eng ma’kuli o`zining xdr bir haridoriga harxil narx belgilashdir. 

Agar  imkon  bo`lganda  firma  o`zining  har  bir  haridori  sotib  oladigan  harbir 

buyumga  uning  pulini  tulash  mumkin  bo`lgan  maksimal  narx  belgilagan  bo`lur 

edi. Biz bu maksimal narxni  haridorning zahiralangan narxi deb ataymiz.  Har bir 

haridor  uchun  zabiralangan  narxni  belgilash  amaliyoti  haridorning  daromadiga 

qarab narxning ideal diversifikatsiyasi deyiladi. Bu firma  foydasiga  qanday  ta’sir 

etishini ko`rib chiqmiz. 

                                                           

27

Robert S.  Pindyck, Daniel L  Rubinfeld. Microeconomics 7e ch11 




 

314 


Birinchidan, biz firma yagona narx (2-rasmdagi) R* narxni belgilagan paytda 

olinadigan foydani bilishimiz kerak. Buni anshdtash uchun biz har bir qo`shimcha 

ishlab  chiqarilgan  va  sotilgan  mahsulot  birligidan  olingan  foydani  mahsulot 

chiqarishning  umumiy  hajmi  Q*  bilan  birgaliqaa  qarashimiz  kerak.  Mana  shu 

qo`shimcha  foyda  chegarali  daromad  —  ayiruv  har  bir  mahsulot  birligining 

chegarali harajatlaridan iborat bo`ladi. 

 

2-

rasm.  Iste’molchi  daromadiga  bog`liq  holda  narxni  mukammal 



diversifikatsiyalashdan kelgan qo`shimcha foydaning chizma tasviri. 

2-rasmda  birinchi  birlik  maxsulot  uchun  chegarali  daromad  eng  yuqori, 

chegarali harajatlar esa eng past bo`lgan. Har bir qo`shimcha maxsulot birligining 

cheklangan  daromadi  pasayadi,  cheklangan  harajatlar  esa  ortib  boradi.  Shuning 

uchun  firma  umumiy  hajmi  Q*  maxsulot  ishlab  chiqaradi,  bunda  chegarali 

daromad chegarali harajatlarga teng bo`ladi. Maxsulotni Q* dan ko`p bo`lgan har 

qavday  miqdorda  ishlab  chiqarish  chegarali  harajatlarni  chegarali  daromadtsan 

oshirib  yuborgan  va  shunday  qagsib,  foydani  pasaytirgan  bo`lar  edi.  Jami  foyda 

har  bir  sotilgan  maxsulot  birligi  keltiradigan  barcha  foyda  summasi  bo`lib  2-

rasmdagi  chegarali  daromad  egri  chizigi  bilan  chegarali  harajatlar  egri  chizig`i 

orasidagi  chiziqlar  tortilgan  yuzada  ifoda  etilgan.  Iste’molchi  yutugi  o`rtacha 

daromad  chizigi  bilan  haridorlar  tulaydigan  narx  R*  oraligida  bo`lib,  u  yuqorida 

uchburchak shaklida tasvirlangan. 

Agar  firma  narxning  mukammal  diversifikatsiyasiga  qo`l  ursa,  unda  nima 

bo`ladi?  Har  bir  haridor  uchun  u  tulay  oladigan  narx  belgilanar  ekan,  chegarali 

daromad  egri  chizigi  endi  firmaning  qancha  maxsulot  ishlab  chiqarish  xaqadagi 




 

315 


qaroriga  bogliq  emas.  Buning  urniga  har  bir  qo`shimcha  maxsulot  birligini 

sotishdan  kelgan  qo`shimcha  daromad  narx  funktsiyasining  uzginasi  bo`ladi,  bu 

narxga binoan esa tovarga pul tulanadi va natijada chegarali daromad egri chizigi 

talab  egri  chizigiga  mos  keladi.  Biroq,  narx  diversifikatsiyasi  harajatlar  tarkibiga 

ta’sir  etmaydi  va  har  bir  qo`shimcha  birliqaagi  maxsulotni  chiqarish  harajati 

chegarali  harajatlar  egri  chizishchda  ifodalanadi.  Demak  har  bir  qo`shimcha 

maxsulotni  ishlab  chiqarish  va  sotish  keltirgan  foyda  endilikda  talab  bilan 

chegarali  harajatlar  o`rtasidagi  farqaan  iborat  bo`ladi.  Talab  chegarali 

harajatlardan  qancha  ortiq  bo`lsa,  firma  ishlab  chiqarishni  shungacha  kengaytirib 

foydani  oshirishi  mumkin.  Firma  ishlab  chiqarish  hajmi  Q**  ga  erishmaguncha 

shunday  qaladi  ham.  Ishlab  chiqarish  hajmi  Q**  ga  etganda  talab  chegarali 

harajatlarga teng bo`ladi va ishlab chiqarishni yanada ko`paytirish foydani keskin 

kamaytirib  yuboradi.  Jami  foyda  endiliqaa  talab  egri  chiziga  bilan  chegarali 

harajatlar egri chiziga orasidagi yuzaga teng bo`ladi. 2-rasmga qaraydigan bo`lsak 

jami  foytsa  ancha  ko`paydi.  (Narxni  diversifikatsiyalash  keltirgan  qo`shimcha 

foyda chiziqaar tortilgan yuzaning ung tomonida kursatilgan). Shuni aytish joizki, 

xdr  bir  haridor  uchun  u  tulashga  tayyor  narx  belgilanganligi  sababli  firma 

iste’molchi yutugini butunlay uz kuliga kiritib oladi. 

Biroq  firma  har  bir  haridor  uchun  alohida  narx  belgilay  olishi  amri  mahol. 

(Bu tovarning fakat bir necha haridori bo`lgandagina mumkin). Birinchidan, firma 

odatda  har  bir  haridor  uchun  rezervlangan  narx  qanday  bo`lishini  bilmaydi. 

Ikkinchvdan,  agar  firma  har  bir  haridordan  tovarga  qancha  pul  tulashga  tayyor 

ekanligini  undan  suragan  taqairda  ham  vijdonan  to`g`ri  javobni  ola  bilmas  edi. 

Haridorning  tovarni  kimmat  bo`lmagan  narxda  olishga  tayyor  ekanligini  bayon 

etishi  uning  manfaatlariga  mos  keladi.  (Haridor  shunday  qapsa  tovarga  past  narx 

kuyishadi).  Amalda  narxning  mukammal  diversifikatsiyasi  deyarli  mumkin 

bo`lmaydi.  Biroq,  gohida  firmalar  uz  haridorlari  uchun  zabiralangan  narxni 

hisoblash asosida turli narxlarni belgilab, ideal diversifikatsiyani amalga oshirishi 

mumkin.  Bu  shifokorlar,  yuristlar,  buxgalterlar  yoki  arxitekgorlar  kabi 

mutaxassislar uz holicha “firma” bo`lib, uz mijozlarini yaxshi bilgan taqairdagina 




 

316 


bo`lishi  mumkin.  Shunday  bo`lganda  bo`lg`usi  mijozlar  harid  imkoniyatini 

baholashi  va  differentsiyalashgan  (farklangan)  xizmat  hakini  o`rnatishi  mumkin. 

Masalan  shifokor  daromadi  past,  bemordan  kam  haq  olishga  rozi  bo`ladi,  chunki 

uning  imkoniyatlari  oz.  Ammo  u  daromadi  ko`p  va  katta  miqdordagi  pulga 

sugurtalangan  kishidan  ko`p  pul  talab  qalishi  mumkin.  Buxgalterni  olsak  u  o`z 

mijozi  uchun  daromad  soligi  tulash  xususida  hisobot  to`zishni  tugallagan  bo`lsa, 

eng kulay ahvolda bo`ladi, chunki u mijoz xizmati uchun qancha pul tulay olishini 

aniqoq belgilashi mumkin. 

3-rasm  shunday  diversifikatsiyani  namoyish  etadi.  Narx  bozor  sharoitida 

shakllanganda edi, u R

4

 darajasida o`rnatilgan bo`lar edi.  



 

3-rasm. Iste’molchi daromadiga bogliq bo`lgan narx diversifikatsiyasidan amalda foydalanish.



 

Buning  urniga  oltita  har  xil  narx  belgilanib,  ulardan  eng  kami  bo`lgan  R

6

 

chegarali  harajatlar  talab  egri  chizishni  kesib  utgan  erda  joylashgan.  Shunday 



vaziyatda  R

4

,  ga  teng  va  undan  yuqori  narxda  pul  tulashga  kshchir  bo`lmagan 



haridorlar  yutib  chiqatsilar,  chunki  ular  har  xolda  tovarni  harid  etib,  hech 

bo`lmaganda  qandaydir  iste’molchi  yutugiga  erishadilar.  Amalda,  agar  narxlar 

diversifikatsiyasi  etarli  miqdordagi  yangi  haridorlarning  bozorga  kirib  borishiga 

imkon  bersa,  yalpi  farovonlik  ortadi  va  shunday  qalib  ishlab  chiqaruvchi  ham, 

iste’molchi Ham yutuqaa erishadi. 


Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   384




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish