96
Jonning iste'molchi ortiqchaligi avvalgisiga nisbatan yuqoridir u o`sha albomni
oladi, lekin buning uchun kam haq to`laydi. umumiy iste'molchi ortiqchaligi 40$.
Iste'molchi ortiqchaligini o`lchashda talab egri chizig’idan foydalanish
Iste'molchi ortiqchaligi mahsulotga bo`lgan talab egri chizig’i bilan bog'liq.
Ularning bog'liqligini yuqorida keltirilgan Elvis Presleyning nodir albomi
misolida ko`rib chiqamiz.
Biz albomga bo`lgan talab miqdorining jadvalini aniqlashimiz uchun
ehtimoliy to`rt xaridorning to`lov uchun tayyorligidan foydalanamiz. 1-rasmda
talab miqdori haqida ma’lumot keltirilgan. Agar narx 100$ dan yuqori bo`lsa,
savdo 0 ga teng bo`ladi, chunki hech qaysi xaridor bu albom uchun undan
qimmatroq narxda sotib olmoqchi emas. Agar narx 80$ va 100$ oralig’ida bo`lsa,
talab miqdori 1ga teng, chunki faqat Jon bunday yuqori narxni berishga tayyor.
Agar narx 70$-80$ atrofida bo`lsa, talab miqdori 2, chunki Jon va Pol bu
miqdordagi mablag’ni to`lashga tayyor. Shu tarzda talab jadvalini mavjud narxlar
asosida tahlil qilishimiz mumkin. Shu tariqa talab miqdori to`rt xaridorning to`lov
uchun tayyorligiga binoan turli xil bo`ladi.
1-chizmada keltirilgan grafik, talab egri chizig’i talab jadvaliga mos
kelishini ko`rsatadi. Bunda eng yuqori talab miqdori va to`lov uchun tayyorligi
o`rtasidagi munosabatlarga e’tibor berish zarur. Har qanday miqdorda talab egri
chizig’i belgilagan narx eng quyi to`lashga tayyor xaridorni ko`rsatib beradi, bu
xaridor o`zi xohlagan narxdan oshsa, birinchi bo`lib savdodan chiqib ketadi. 4-
albomni misol qilib olsak talab egri chizig’ining yuqori ko`rsatkichi 50$ bo`ladi
bu Ringo (eng quyi narxda sotib oluvhci xaridor)ning to`lashga tayyorligidan kelib
chiqadi. Agar 3 albom misolida olib ko`rsak, bunda talab egri chizig’ining eng
yuqori ko`rsatkichi 70$ teng bo`ladi va bu eng quyi narxda sotib olish istagini
bildirgan Jorjga qarab belgilanadi.
97
Chunki talab egri chizig’i xaridorlarning to`lashga tayyorligiga ta’sir
ko`rsatadi va biz uni iste'molchi ortiqchaligini o`lchashda ham qo`llashimiz
mumkin. 2-rasmda bizning ikkita misol orqali iste’molchi ortiqchaligini
hisoblashda talab egri chizig’idan foydalanadi. (a ) chizmada narx 80$ (va undan
baland), talab miqdori 1. Etibor bering, narx va talab egri chizig’i o`rtasidagi farq
20$ga teng. Bu miqdor biz avval hisoblaganimizdek, 1ta albom sotilgandagi aniq
istemolchi ortiqchaligi demakdir. 2-rasmning (b) chizmasi narx 70$ (va undan
baland), bo`lgandagi istemolchi ortiqchaligini ko`rsatadi. Bu holatda, narx va talab
egri chizig’i ikkita burchakning yig’indisiga teng. Jonning bu narxdagi istemolchi
ortiqchaligi 30$ va Paulniki 10$ ga teng. Bu maydon 40$ tashkil etadi.
Yana bir bor takrorlaymizki, bu biz yuqorida hisoblagandek istemol
darajasidir. Bu misoldan talab darajasiga aloqador quyidagi xulosa kelib chiqadi:
quyi talab egri chizig’i va yuqori narx bozordagi istemolchi ortiqchaligini keltirib
chiqaradi. Bu haqiqat, chunki talab egri chizig’ining yuqoriligi istemolchilarning
tovar uchun to`laydigan narxini belgilaydi va shu bilan birga to`lov uchun
tayyorligini ham bildiradi. Bozordagi narx va to`lov istagi o`rtasidagi farq sotib
oluvchilarning istemolchi ortiqchaligi demakdir. Bundan kelib chiqadiki past talab
Rasm
Quyi
da1 jadvaldagi xaridor4ar uchun talab ro’yxati ko’rsatilgan. Grafik muvofiq talab
egrilchizig’ini ko’rsatadi. Talab egri chizig’ining balandligi xarid±rlarning sotib olishga
tayyorligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: