DP-2 gopkalit patroni
xuddi DP-1 gopkalit patroniga o‘xshash bo‘lib, uning
ichiga qurituvchi modda, gopkalit va katalizator solingan bo‘ladi. DP-2 gopkalit
patronining muhofazalovchi xususiyati havo tarkibidagi uglerod oksidi va vodorod
(porox gazlari tarkibiga kiradi) konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu patron bir
necha marta ishlatishga mo‘jallangan. Agar uglerod oksidi bilan zararlangan
atmosferada ishlangan vaqt ruxsat etilgan vaqtdan ko‘p bo‘lmasa, uni 13 sutka
mobaynida ishlatsa bo‘ladi.
DP-2 patronlari uzoq vaqt saqlanishi kerak bo‘lsa, unda patronning yuqori va
pastki qismidagi teshiklar maxsus qopqoq bilan berkitib qo‘yilishi kerak.
Shaxsiy muhofaza vositalarini tanlash
Nafas olish a’zolari muhofaza vositalari:
Havo tozalash respiratori (HTR):
Respiratorlar faqat quyidagi sharoitda qo‘llaniladi:
Kislorod etarli bo‘lgan sharoitda (19,5 % dan ko‘p);
153
Zaharlovchi moddaning turi ma’lum bo‘lganda;
Aniq miqdori, ya’ni konsentratsiyasi ma’lum bo‘lganda;
Modda miqdori, ya’ni konsentratsiyasi XSBX (hayotga va salomatlikka bevosita xavf
- Immediately Dangerous to Life and Health) me’yoridan oshmagan xollarida
foydalaniladi.
5.10-rasm. Avtonom nafas olish apparati
Kislorod konsentratsiyasi 19,5 % dan kam bo‘lganda;
Zaharlovchi moddaning turi noma’lum bo‘lganda;
Konsentratsiyasi noma’lum bo‘lganda;
Konsentratsiya me’yoridan oshib hayotga va salomatlikka bevosita xavf solgan
hollarda foydalaniladi.
“A” daraja:
5.11 - rasm. Kimyoviy muhofaza vositasining qo‘llanishi
Avtonom nafas olish apparatlarini ishlatish TTKlari (taktik-texnik ko‘rsatkichi)
nafas olishni muhofazalash shartlariga mos kelganda;
Teriga zarar etkazadigan bug‘lar mavjud bo‘lganda;Teri ostiga ta’sir
ko‘rsatadigan bug‘lar mavjud bo‘lganda;
Moddaning kimyoviy va fizikaviy xususiyatlari noma’lum bo‘lgan hollarda
foydalaniladi.
154
“V” daraja:
5.12 - rasm. Kimyoviy muhofaza vositasining qo‘llanishi
Avtonom nafas olish apparatlarini ishlatish. TTKlari (taktik-texnik ko‘rsatkichi)
nafas olishni muhofazalash shartlariga mos kelganda;
Zaharlovchi moddalar ma’lum, bug‘lari teri yoki teri ostiga xavf
ko‘rsatmaganda;
Bug‘lar yo‘q, qattiq modda yoki suyuqlik sachrashidan muhofazalanish zarur
bo‘lgan xollarda foydalaniladi.
“S” daraja:
Respiratorlarni ishlatish TTKlari (taktik-texnik ko‘rsatkichi) nafas olishni
muhofazalash shartlariga mos kelganda;
Qattiq modda yoki suyuqlik sachrashidan muhofazalanish zarur bo‘lgan hollarda
foydalaniladi.
5.13 - rasm. Kimyoviy muhofaza vositasining qo‘llanishi:
155
Do'stlaringiz bilan baham: |