I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


Filtrlovchi gazniqoblarning organizmga ta’siri



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/124
Sana20.03.2022
Hajmi3,29 Mb.
#503828
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   124
Bog'liq
dozimetriya kitob

Filtrlovchi gazniqoblarning organizmga ta’siri 
Gazniqob kiyib yurilganda organizmning fiziologik funksiyalari o‘zgarishi yuz 
beradi. Kelib chiqqan ishlarning darajasi kishining qanday jismoniy ish 
bajarayotganiga, badanning mashqlarga o‘rganib ketganligi va odamning sog‘ligiga 
bog‘liq bo‘ladi. 
Gazniqobning nafas olishga qarshilik ko‘rsatishi so‘rib olinayotgan havoning 
ishqalanishi natijasida paydo bo‘ladi, bunda asosan gazniqob qutisi ichida joylashgan 
yutuvchi modda-faollashgan ko‘mir qarshilik ko‘rsatadi. Gazniqobning nafas olishga 


149 
qarshilik ko‘rsatishi suv manometr yordamida o‘lchanadi (mm suv ustuni). 
Zamonaviy gazniqoblarda u kishi tinch holda nafas olganda 20 – 25 mm suv ustunini 
tashkil qiladi. Qizgin jismoniy ish bajarilayotgan vaqtda esa 250 – 300 mm suv 
ustunini tashkil qiladi. Nafas olishga qarshilik bo‘lganda nafas muskullari yanada 
zo‘riqib ishlaydi, bu esa nafas olishning sub’ektiv qiyinlashuvi simptomlari bilan 
namoyon bo‘ladi.
Yuqori darajada qarshilik ko‘rsatish holati ro‘y berganda nafas havosining hajmi 
keskin kamayib ketadi va buning natijasida nafas olish tezligi kuchayadi va 
tezlashadi, nafas olish yuzaki bo‘lib qoladi, yurak urishi tezlashadi. Hosil bo‘lgan 
qarshilikni engishga urinilganda ko‘krak ichi bosimi pasayadi. Ko‘krak ichi 
bosimining o‘zgarishi juda keng chegarani (+5 dan to 300 mm suv ustunini) tashkil 
qiladi. Buning natijasida ko‘krak ichida so‘rib olish harakati kuchayib ketadi va 
portal vena hamda yurakning o‘ng bo‘lmasida qon to‘planib qoladi. SHunday qilib, 
hosil bo‘lgan sharoitda yurak qisqarishi qiyinlashadi, chunki yurak ko‘p miqdordagi 
qonni haydashi kerak bo‘ladi, natijada yurak faoliyati va qon aylanishi buziladi. 
Zamonaviy gazniqoblarning yuz qismidagi (shlem-niqob kiyilgandan so‘ng 
burun va klapanlar orasida bo‘shliq paydo bo‘ladi, bu erdagi havo tarkibida karbonat 
angidrid miqdori ko‘p bo‘ladi) shlem-niqobda hosil bo‘lgan zararli bo‘shliqning 
hajmi 200 – 300 sm
3
ni tashkil qiladi. Nafas olinadigan havo tarkibida karbonat 
angidrid miqdori oshib ketganligi sababli, nafas harakatlarining kuchayishi va 
tezlashishi hamda yurak qisqarishining tezlashishi yuzaga keladi. Nafas olish hajmi 
oshganligi sababli nafas olishga qarshilik ham keskin o‘sib boradi. Bu salbiy holatdan 
qutulish yoki uning ta’sirini kamaytirish uchun gazniqob kiyilgandan so‘ng chuqur va 
shoshilmasdan nafas olish kerak. 
Gazniqob inson yuzidagi sezgi a’zolarini tashqi muhit ta’siridan airib qo‘yadi. 
Shlem-niqob kiyilganda ko‘zning ko‘rish maydoni 40% ga kamayadi, ko‘rish 
qobiliyatining kuchliligi pasayadi, tovushlarni eshitish qiyinlashadi. Shlem-niqob 
to‘g‘ri tanlangan bo‘lib, yuzga jips yopishib turganda ham kishi yuziga mahalliy va 
umumiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda yuz va bosh qattiq qisiladi, buning natijasida og‘riq, 
yuz qizarishi, ezilishi kuzatiladi. Agar shlem-niqob noto‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, unda 
peshonaning qosh usti qismida, yonoqlar, quloqlarda, iyak sohasida qattiq og‘riq 
paydo bo‘ladi, natijada gazniqoblarda uzoq muddat yurish qiyinlashadi. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish