-cho‘ntakda olib yuriladigan
- shaxsiy dozimetri va radiometrik nazorat uchun
mo‘ljallangan. Cho‘ntak dozimetrlari sifatida sanoatda havodagi ekspozitsion dozani
o‘lchashga mo‘rjallangan rentgenometr kabi ishlaydigan («Master-1», «Gorizont»,
«Bela-2», «Sosna» va boshqa) asboblar rusumlari ishlab chiqariladi. Ularni radioaktiv
ifloslangan zonalarda gamma-fonni nazorat qilish va seziy-137 bilan kuchli
ifloslangan joydan chiqish maqsadida ishlatiladi.
-ko‘chma-olib yuriladigan -
gurux dozimetrik va radiatsion-texnologik nazorat
uchun. Ular atrof-muhit obyektlarida, er yuzini gamma kartalashtirishda, bino va
inshootlarni ifloslanishi, mashina va mexanizmlarda radioaktiv ifloslanganlikni
o‘lchash uchun ishlab chiqarilgan. Ko‘chma dozimetrlar – SRP-68-01, KID-2,
dozimetr komplektlari DP-24, DK- 0,2 va boshqalar.
83
-muqim joylashgan qurilmalar -
radiatsion xavfli joylarda tuproq, ozuqalarni,
oziq-ovqat, suv va boshqalarda doimiy dozimetrik va radiatsion-texnologik nazorat
uchun. Muqimlarga quyidagilar kiradi: SPSS-02, SD-1M va boshqalar.
Schetchiklar -
ishchi sig‘im yoki yuzaga tushadigan ionlashtiruvchi nurlarni
sanashga mo‘ljallangan.
Joylarda radiatsiya darajasini, radioaktiv moddalarni aniqlashda va tashqi
muhit obyektlarining radioaktiv ifloslanishini
o‘lchashda DP-5 turdagi
asboblardan foydalaniladi.
Xuddi shuningdek ta’sir va yutilgan nurlanish dozasi DP-22V, DP-24,
DP-23A, ID-1, ID-11 turdagi dozimetrlar to‘plami bilan o‘lchanadi. Shaxsiy
dozimetrlar radioaktiv moddalar bilan zararlangan joylarda bo‘lganda olingan
dozalarni hisobga oladi.
Tashqi muhitda (dalalarda) foydalaniladigan ko‘pgina dozimetrik asboblarning
ishlash p r i n s i p i radioaktiv nurlarning havoda tarqalganda muhitni (gazni) ionlash
qobiliyatiga asoslangan. Ionlash usuli asosida ishlovchi asboblarga, bir xil
tuzilishga asoslangan va qabul qiluvchi, ko‘paytiruvchi, o‘lchovchi qurilmalar va
ishlashni ta’minlovchi oziqlanish manbai kiradi.
Qabul qiluvchi qurilma -
datchik yoki nurlar detektori - unga ta’sir qiladigan
radioaktiv nurlar energiyasini boshqa turdagi elektr, kimyoviy, yorug‘lik
energiyasiga aylantirishga asoslangan. Qabul qiluvchi qurilma sifatida dala
asboblarida ionlash kamerasi va gazorazryad schyotchiklari qo‘l laniladi.
Ionlash kamerasi havo
bilan to‘ldirilgan germetik idish bo‘lib, unga korpusdan
ajratilgan markaziy elektrod o‘rnatilgan. Kamera devorlari izolyator materiallardan
tayyorlangan bo‘lib, ularning ichki tomoni tok o‘tkazuvchi material bilan qoplangan.
Tashqi manbadan kameraga elektr toki kuchlanishi berilib, bu markaziy elektrod va
kamera devorining tok o‘tkazuvchi qavati o‘rtasida potensiallar ayirmasi hosil
qiladi. Radioaktiv nurlar yo‘q bo‘lganda, havo elektrodlar o‘rtasida izolyator bo‘lib
xizmat qiladi, kamera zanjirida tok bo‘lmaydi. Radioaktiv nurlar ta’sirida havo
kamerasida ionlanish sodir bo‘ladi, kamera zanjirida ionlash toki paydo bo‘ladi. Bu
tok kattaligi kamera orqali o‘tayotgan radioaktiv nurlar dozasi quvvatiga bog‘liq bo‘ladi.
Shu munosabat bilan juda oz bo‘lgan tok kuchaytiriladi va so‘ngra mikroampermetr
yordamida o‘lchanadi. Ionlash kamerasi gamma-kvantlarni yozib oladi (4.2-rasm).
84
Do'stlaringiz bilan baham: |