42
40 g gacha) ko‘pchilikni tashkil etadi. Oxaktosh va qumloqlarni radioaktivligi
pastroq. Ularni tarkibida kaliy - 40, rubidiy - 87, uran - 238, ittriy -232 mavjud. Loyni
radioaktivligi unga yuqori termik ishlov berganda (sopol, keramika, olovga bardoshli,
issiqlik saqlovchi materiallar tayyorlash) ularni konsentratsiyasi ortishi natijasida
ko‘payadi.
Yuqorida nomlari keltirilgan tabiiy radionuklidlar
yoki ularning parchalanish
mahsulotlari joylarda er qobig‘idan chiqib turadi, shamollatilmaydigan erto‘la,
binolarning pastki qavatlari kabi xonalarda yig‘iladi. Ayniqsa qurilish materiallarini
tayyorlash uchun hom ashyo bo‘lgan fosfogips, boksitli tuproq loyidan ishlab
chiqarilgan qizil g‘isht, domna shlaki, uchib yuruvchi kul (kul changi), shag‘al va
keramzit tabiiy radionuklidlariga boydir.
Shag‘alni radiatsion xavfliligini uchta sinfi mavjud. 1-sinf shag‘aldan
cheklovlarsiz xoxlagan obyektlarni qurish mumkin. 2-sinf shag‘aldan ishlab chiqarish
obyektlari va yo‘llarni qurish mumkin. 3-sinf shag‘aldan faqat noturar joylarnigina
qurish mumkin. Radiatsion xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qurilish
materiallari va mahsulotlardan foydalanish ta’qiqlanadi.
Ko‘mir tarkibidagi uran TES (IES) larda AES lardagidan ko‘proq
radiatsiya
chiqaradi. Masalan, o‘rtacha quvvatli bitta TES da ko‘mir kulini 90% tozalaganda bir
yilda radiatsiya miqdori 2 ming kishi Zv gacha etadi, shu quvvatdagi AES da esa atigi
1 mingni tashkil etadi. Albatta, kulni 99,5% tozalaganda (bu zamonaviy usul va
vositalar yordamida bajarilishi mumkin) ushbu doza 20 barovar kamayishi mumkin.
Barcha tabiiy radiatsiya manbalaridan eng salmoqligi (50% dan ziyod) radon
(Rn) inert gazi (havodan 7,6 marta og‘ir) bo‘lib, u toriy va uran radioaktiv
qatorlarining tabiiy a’zosi sifatida radioaktiv izotoplar shaklida uchraydi. U α va γ
nurlar taratib parchalanadi, yarim parchalanishini (jismoniy) davri: Rn-219 – 4
sekund, Rn-220 (toron Tn) – 55,6 sekund, Rn-222 – 3,8 sutkani tashkil etadi.
Radon haqida gapirilganda nafaqat radonning o‘zi tushuniladi,
balki kam vaqt
mavjud bo‘luvchi (saqlanib turuvchi) va radioaktiv xavfi ancha yuqori bo‘lgan uning
parchalanish mahsulotlari ko‘zda tutiladi.
Ko‘pchilik radioaktiv elementlar metallar bo‘lib, umuman olganda, yashash
muhitida passiv holatda bo‘ladi, radon gazi esa o‘zi paydo bo‘lgan joydan eng faol va
ta’sirlanuvchi muhitga biz nafas oladigan havoga o‘tadi.
Xonalardagi atmosferaga radon turli yo‘llar bilan kiradi: a) er qa’ridan chiqadi;
b) binolar qurilgan qurilish materiallari (sement, shag‘al, g‘isht) dan ajralib chiqadi;
43
v) suv ta’minoti, maishiy gaz va boshqa hayotni ta’minlovchi mahsulotlar bilan kirib
keladi; g) ko‘mir yoqilganda ajraladi.
Bir daqiqa mobaynida bizning o‘pkamizga yutilayotgan havo bilan radonning
kamida bir necha million radioaktiv atomlari kiradi. Nomaqul sharoitlarda esa bu
miqdor yuzlab va minglab marta ortishi mumkin.
Yarim emirilish davrining etarlicha kattaligi (3,8 sutka) bois radon ozmi, ko‘pmi
darajada bir tekis troposferada (taxminan 10 km balandlikda) taqsimlanadi. Ammo
har bir qurilma, shu jumladan turar joy, uy radioaktiv gazni tarqalishiga to‘sqinlik
qiladi, bu esa binolarda uning konsentratsiyasini anchagina ortishiga olib keladi.
Radonning havo tarkibidagi konsentratsiyasi darajasi ko‘pgina
omillarga
bog‘liqdir: qurilish materiallari tarkibida uran va toriyni yuqori miqdorda mavjudligi,
uy poydevori joylashgan erda yuqori darajada radioaktiv jinslarni mavjudligi;
binolarni yuqori darajada germetikligi va shamollatishni etarli emasligi; katta
chuqurlikdan olingan suvni ishlatilishi; tabiiy gazni mo‘rikonlarsiz ishlatilishi.
“Radiatsiya xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuda aytilishicha, bino va inshootlarda
radon va γ nurlanish miqdori darajasini kamaytirish yo‘li bilan me’yorlarni
ta’minlashni imkoni bo‘lmagan taqdirda mahsulotlardan foydalanish xarakterini
o‘zgartirilishi lozim.
Radiatsion himoya bo‘yicha Halqaro komissiya tomonidan tavsiya etilgan
maksimal yo‘l qo‘yiladigan daraja 200 Bk/m
3
ni tashkil etishi kerak.
Rossiya
davlatining Sog‘liqni saqlash vazirligi 1990 yilda radon mavjudligining nazorat
darajasini joriy qilgan: yangi qurilayotgan uylarda – 100 Bk/m
3
gacha, aholi
yashayotgan uylarda esa – 200 Bk/m
3
gacha. Agar ushbu darajani 400 Bk/m
3
qiymatdan pasaytirishni imkoni bo‘lmasa, xonadonlarda yashaydiganlarni ko‘chirish
masalasi qo‘yiladi.
Xuddi shunday talablar №43-10/796 raqamli “Ionlashtiruvchi nurlanishning
tabiiy manbalaridan aholini nurlanishning tabiiy manbalaridan aholi nurlanishini
cheklash” me’yoriy xujjatida xam keltirilgan. Unda aytilishicha agar ko‘chadagi fon
va xonadonlardagi fon birgalkida 65...80 mkR/soat ni tashkil etsa sanitar
epidemiologik nazorat organlari aholini boshqa uylarga ko‘chirish xaqidagi masalani
qo‘yishi kerak.
Har bir qurib bitkazilgan uyni foydalanishga topshirishda uning xonalaridagi
havoda radon miqdorini ko‘rsatuvchi sertifikat bilan ta’minlanishi kerak. 1998 yildan
boshlab tashkilot va xududlarning radiatsion gigienik pasportizatsiyasi
joriy etilgan
44
bo‘lib, unda ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining ta’siri baxolangan bo‘lishi
kerak.
Xonalarda radioaktiv radon miqdorini kamaytirish uchun pol ostidagi
erto‘lalarni sifatli izolyasiyalash talabga javob beradigan ishonchli shamollatish
qurilmalarini o‘rnatish lozim. Agar kvartiradagi devorlarni plastik materiallar bilan
qoplansa radon ajralib chiqishi 10 marta kamayadi. Devorlarni epoksid asosidagi
bo‘yaqlar bilan yoki moyli bo‘yoqlar bilan 3 karra bo‘yalsa xuddi shunday samaraga
ega bo‘lishi mumkin. Devorlarga oddiy qog‘oz oboylar yopishtirilganda (qanchalik
qog‘oz zich bo‘lsa shunchalik yaxshi) radon chiqishi 30 %ga kamayadi. Devorlarning
suvog‘i, aksincha radon ajralishini ko‘paytiradi.
Uran qazib chiqaruvchi ishchilar radonli havodan nafas olganlari bois yuqori
darajali radiatsion zo‘riqishga uchraydilar; ularni o‘pka
raki bilan kasallanish
xolatlari ko‘payishi holatlari aniqlangan.
Radonli vannalar bilan davolashga salbiy munosabat bildiradigan ba’zi
mutaxassislar radiatsion zararlanish imkoni xaqida ogoxlantirib, bunday shifobaxsh
manbalarni ijobiy biologik ta’siri inson organizmini radiatsion ta’sir ostida himoya
reaksiyasi bilan izoxlanadi deb hisoblanadi. Bunday shifo maskanlaridagi
xizmatchilarni irsiyatida (irsiy materialida) radonli suv manbalari ta’siri bilan
izoxlanadigan o‘zgarishlar aniqlangan.
Ko‘pincha vannaxonada yoki parxona tarkibida radon miqdori ko‘p bo‘lgan
suv bug‘ini nafas olinayotgan havo bilan o‘pkaga kirishi xavf tug‘diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: