30
atomlari umumiy sonining ulushi).
λ
qanchalik katta bo‘lsa parchalanish shunchalik
tez amalga oshadi. Parchalanish doimiysi yarim parchalanish davri bilan quyidagicha
bog‘liqlikdadir:
693
,
0
½
=
Т
. Xar bir radionuklidlar uchun
λ
va mos ravishda
T
½
ning o‘z qiymatlari bor va ular turli xil izotoplar uchun sekundning ulushlaridan
millardlab yillargacha bo‘lishi mumkin.
Aktivlikni o‘lchov birligi Kyuri (Ku) bo‘lib, uning miqdori sekundiga 3,7∙10
10
yadroviy o‘zgarishlarga teng. Bunday aktivlik 1 gramm radiy-226 aktivligiga tengdir.
SI birliklar sistemasida aktivlikni birligi sifatida sekundiga bir yadroviy o‘zgarish
(parchal/sekund) qabul qilingan. Bu birlik Bekkerel nomini oldi (Bk), 1 Bk = 2,7∙10
-
11
Ku (1 Ku = 3,7∙10
10
Bk).
Sirtqi aktivlik ifloslangan obyekt yuzasining birligiga to‘g‘ri keladigan
aktivlikni ifodalaydi, ya’ni Bk/m
2
. Hajmiy aktivlik yoki radionuklidning
konsentratsiyasi modda hajmining birligiga nisbatan hisoblanadi va Bk/m
3
da
o‘lchanadi. Solishtirma aktivlik modda massasining birligiga nisbatan hisoblab
topiladi va Bk/kg da ifodalanadi.
Joylarni, binolar, transport vositalari, jixozlarning va boshqa obyektlarning
radiatsion ifloslanishi sirtqi aktivlik bilan xarakterlanadi, suyuqlik va havoning
ifloslanishi hajmiy aktivlik bilan, qurilish materiallari, sanoat chiqindilari,
shuningdek oziq ovqat mahsulotlari solishtirma aktivlik bilan tavsiflanadi.
Qo‘llanilayotgan dozimetrik apparaturaning imkoniyatiga qarab xar bir turdagi
obyektning ifloslanganligini turlicha aktivlik bilan ifodalash mumkin. Masalan
tuproqning va suvning radiatsion ifloslanganligini hajmiy yoki solishtirma aktivlik
birliklari bilan o‘lchanadi.
γ-nurlanish manbalarining aktivligini aniqlash uchun ko‘pincha aktivlikning o‘z
birligi – radiyni milligramm-ekvivalenti (mg-ekv Ra) qo‘llaniladi. 1 mg-ekv Ra
aktivlikni shunday miqdordagi radionuklid hosil qiladiki, dozaning shunday
miqdorini 0,5 mm qalinlikdagi platinadan qilingan filtrga o‘ralgan 1 mg Ra hosil
qiladi (1 mg-ekv Ra manbadan 1 sm masofada 1 soatda 8,4 rentgen miqdoridagi γ-
nurlantirish dozasini hosil qiladi).
Radioaktiv manba taratayotgan zarrachalar 1 sekundda taralayotgan zarrachalar
soni bilan o‘lchanadigan oqim hosil qiladi. Sirt yuzasining birligi (kvadrat metr yoki
kvadrat santimetr) ga to‘g‘ri keladigan zarrachalar soni
Do'stlaringiz bilan baham: