Shuni alohida ta`kidlash joizki, har qanday fanning xarakterli belgilari asosan quyidagilardan iborat bo’ladi:
- fan xalqqa xizmat qiladi, keng xalq ommasi ishtrokida rivojlanadi;
- fanga davlat rahbarlik qiladi;
- fan ilmiy metodologiya: falsafa bilan qurollangan bo’ladi;
- fan olimlari o’zaro yordam, jamoa rejasi asosida ishlashadi.
Sotsiologiya strukturasida fanlar klassifikatsiyasining ikki yo’nalish bor:
a) fundamental yo’nalish;
b) amaliy yo’nalish.
Tadqiqot sohasida esa:
1) nazariy tadqiqot.
2) empirik tadqiqotlarga bo’linadi.
Tuzilish sohasi bo’yicha:
1) Maxsus fanlar sohasi.
2) Tarmoq sohalari mavjud.
Bu sohalar bir-birlari bilan juda murakkab, o’zaro dialektik aloqadadirlar. Ayrim hollarda bir-biriga qo’shilib ketadi, ba`zida bir-birlarni inkor qiladi.
Fundamenial sotsiologiya boshqa elementlaridan o’zi hal qilayotgan muammolar darajasi, ko’lami, ahamiyati bilan farq qiladi. Fundamental sotsiologiya abstraktsiyaning (mavhumlik) oliy darajasi muammolari bilan shug’ullanib, sotsial olimning taraqqiyoti va borlig’i uchun zarur bo’lgan umumiy qonun va qonuniyatlarini izlash bilan faoliyat ko’rsatadi.
Fundamental sotsiologiya ko’plab maktab va yo’nalishga ega.
Fanning negizini ijodiy yaratishning 3 ta asosiy aspekti mavjud:
Fundamental sotsiologiyaning maqsadi – bu sotsial olamning to’liq tasvirini yaratishdir va bu sotsial olamning taraqqiyot manbai hamda shakillarini aniqlashdir. Yoki fundamental sotsiologiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Fan-texnika taraqqiyotining muhim qismi bo’lgan fundamental fan ilmiy rivojlanishini ta`minlashdan iborat.
Fan bilan ishlab chiqarish o’rtasida uzviy aloqa bog’lash, fanning ishlab chiqarish kuchiga aylanishini ta`minlash, fundamental g’oyalar tajribaga, ishlab chiqarishga qaratilishi lozim.
Fan inson omilini chuqur tadqiq qilib, fan-texnika taraqqiyotini gumanizatsiyalash va ekologiyazatsiyalash muammolarini o’rganish.
Fan tarmoqlari: akademiya, tarmoq va oliy o’quv yurtlari bo’limlaridan qulay foydalanish.
Ilmiy kadrlar tayyorlash, fandagi yoshlar g’ayrat-shijoat iste`dodlaridan samarali foydalanish.
Jamiyat sotsial-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanishni prognoz qilib oldindan aytib berish, ilmiy kuchlar va moddiy resurslardan o’rinli foydalanish.
Fundamental sotsiologik tadqiqotlarning xalq ho’jalik axamiyatiga ega bo’lgan ilmiy-texnik muammolarini hal etish, kompleks echimlar beradigan, ishlab chiqarish korxonalarini hamda iqtisodiyotning butun tarmoqlarini har tomonlama takomillashtirishni ta`minlash asosida yirik texnologiyalar natijalariga ega bo’lish va kuchaytirishdan iborat.
Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov “Agar fanni ulkan bir daraxt deb tasavvur qilsak fundamental tadqiqotlar uning ildizini tashkil etadi. Zero, ildiz qanchalik baquvvat, chuqur ketgan bo’lsa, daraxt shunchalik barq urib yashnaydi, ko’rkam hosil beradi”, degan edi (T.2,258-b.).
Sub`ektga murojat qilish – fundamental sotsiologiya rivojining ikkinchi muhim tushuchasidir. Fundamental sotsiologiya bu metonazariyadir, u fanning tuzilishi, mazmuni, kategoriyasi va metodlarini o’rganadigan umumsotsiologik muammoni tadqiq qiladi. Shu boisdan ham fundamental tadqiqot roli beqiyosdir. Uning quyidagi funktsiyalari bor:
a) dunyoqarash funktsiyasi;
b) metodologik funktsiyasi;
v) integratsiyalashtiruvchi funktsiyasi;
g) evristik funktsiyasi va boshqa funtsiyalari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |