Hozirgi davrda oila rivojidagi sotsial xususiyatlar
“Hozirgi vaqtda oilaning haqiqiy moddiy ahvolini, ularning ma`naviy va madaniy qiziqishlarini mahalladan ko’ra yaxshiroq biladigan boshqa tuzilma yo’q. Shuning uchun hozirda oila sotsiologiyasi mahalla doirasida kengroq o’rganilmoqda. Bozor munosabatlari barchani tobora chuqurroq o’z doirasiga tortayotgan ekan, bu holat oilaviy munosabatlarga ham o’z ta`sirini o’tkazmay qolmaydi, albatta. Oilaning ishga yaroqli bo’lgan barcha a`zolari tirikchilik bilan band bo’lib, bolalar o’z holiga tashlab qo’yilayotgani ham haqiqatdir. Ana shunday vaziyatlarda mahallalarning rolini, mas`uliyatini oshirish to’g’risidagi da`vat va tegishli farmoyishlar, oilalardagi muammolarning keng jamoatchilik muammolari sifatida qabul qilinishi davr taqozosi ekanligidan dalolat beradi. Bolalar jamiyatning kelajagi ekanligi e`tirof etilar ekan, ularning tarbiyasi uchun shu jamiyatning har bir a`zosi mas`ul ekanligini e`tiborga olgan holda, eng avvalo oila o’z farzandining tarbiyasi, uning kelajagi, jamiyat oldidagi burchini anglab etishida javobgar ekanligini ta`kidlash bilan birga uning zimmasiga eng og’ir mas`uliyat tushishini anglab etib, o’z funktsional vazifasiga sodiq holda jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanib borishi talab etiladi.
«Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga, axloq-odobini ham yaxshilangizlar», - deyiladi hadislarda. Farzand - hayotnig guli. Darhaqiqat, odobli farzand bilan hayotimiz fayzlidir. Biroq, farzandlarimiz xatti-harakatida ham goho nuqsonlar ko’zga tashlanadi, ularning o’z vaqtida oldi olinib, bartaraf etilmasa, gunoh ishlarga olib boradi. SHuning uchun oilada farzandlarimizga hadis namunalarini uqtirib borishimiz ham foydadan xoli emas.
Pedogogika fani atamasida «tarbiyasi qiyin» degan tushuncha mavjud. Bu tushuncha odatda sho’x va qaysar o’quvchilarga nisbatan ishlatiladi. SHuningdek, tarbiyasi og’ir bolalar qatoriga o’zboshimcha, hatto bezori bolalar va zararkunanda darajasiga tushib qolgan o’smirlar ham kiradi: ularni tarbiyalash, hayotini haqiqiy to’g’ri yo’lga solib yuborish oson ish emas, albatta. Biroq, astoydil, e`tiqod va fidoyilik ko’rsatib, ijtimoiy fanlar qonuniyatlariga suyanib, bu og’ir va mashaqqatli ishda muvaffaqiyatga erishadigan tarbiyachi-murabbiylar ham yo’q emas.
Bola ruhiyati va madaniyatining nuqsonlarini o’z vaqtida payqab, ularni bartaraf etish tadbirlarini izlash va mohirona ish yuritib, tarbiyaviy ta`sir ko’rsatib, shubhasiz, samarali natijalarga erishish mumkin. Buning uchun ruhiyat va pedagogika fanlarining yutuqlariga suyangan holda oilalarda, ota-onalar universitetlari ishlarini jonlantirgan holda, bu vazifaga mutasaddi bo’lgan mutaxassislarning mas`ulyatini oshirish talab etiladi.
Oila a`zolari o’rtasida nutq odobi masalasi ham g’oyat muhim ahamiyatga egadir. Biroq, bu ishni amalga oshirishda, birinchi galda, ota-onalarning o’zlari namuna ko’rsatib, sof ona tilida so’zlashlari lozim. Ma`lumki, «sen» va «siz» so’zlari ham bir og’izdan chiqadi. Ayniqsa, o’zbek kelinining xush odobi, mehnatsevarligi, uddaburon va chaqqonligi, saramjon-sarishtalik xususiyatlari bilan hammada havas uyg’otibgina qolmay, shirin so’z, xushmuomala, yoqimtoylik fazilatlari bilan xonadonga nur yog’diradilar. Baliq suv bilan tirik deganlaridek, odam-odam bilan hayotdir. Buning asl ma`nosida odamlarning o’zaro muloqotidagi aloqa qurolining ijtimoiy sifatlari yotadi. Bo’lajak oila vakillari, bular farzandlar ekan, ularning kelgusida qanday oila qurishlari, qanday oila egasi-yu, qanday uy bekasi bo’lishi ular o’sib-unayotgan oilasida shakllanadi. «Qush uyasida ko’rganini qiladi», - degan naql bejiz emas. Oiladagi an`analar, udumlar asirlar osha davom etaveradi. Undagi yaxshi va yomon fazilatlar hamda illatlar kelgusi avlodlar hayotida o’z aksini topadi. SHuning uchun, iloji boricha oilada ijobiy xislatlarni kengroq shakllantirib, nuqsonlarni bartaraf etib borish ota-onaning va oiladagi boshqa keksa avlodlarning jamiyat oldidagi jiddiy burchi hisoblanadi.
Oilada bolaning kitobxonligini uyushtirish ham jiddiy ahamiyatga ega bo’lib, uni quyidagicha amalga oshirish mumkin:
1. Har qaysi yoshdagi bolalar uchun badiiy asarlarni to’g’ri tanlash va olib berish.
2. Ma`lum tartib asosida badiiy kitoblarni o’qish uchun vaqt hamda sharoitni belgilash.
3. Badiiy asarlarning tarbiyaviy tomonidan ta`sir ko’rsatadiganlarini tanlash va kerakli adabiyotlarni to’plab, oila kutubxonasini tashkil etish.
4. Bolalar kitobxonligini bog’cha va maktab bilan hamkorlikda uyushtirish. Bunda uslubchilar va sinf rahbarlari bilan doimiy aloqa o’rnatib, bolaning tarbiyasi bilan muntazam ravishda qiziqib turish kerak.
5. Oilada bolalar kitobxonligini oshirish (uyushtirish)da turli xil usullardan foydalanish (tajriba va kuzatish, suhbat, ifodali o’qish, hikoya, bahs-munozara) yaxshi samara berishini ko’rsatadi.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, oilada tarbiyaga katta ahamiyat berish kerak. Oila a`zolari bir-birlari bilan qanday muomalada bo’lsalar, shu muhit qobig’idagi o’spirinlarda ham xuddi shunday va ularga xos xulq-atvorlar namoyon bo’la boshlaydi. Oila a`zolari xontaxta atrofida o’tirib, turli mavzularda mulohazalar yuritish, murakkab muammolarni hal qilish borasidagi atroflicha etarli bahslar, shubhasiz, yigit-qizlar aql-zakovatining o’sishida, ularning aql-kamolotida turtki vazifasini bajaradi.
Oilaviy turmush bu buyuk hayot maktabidir, unda er-xotin bir-birini tarbiyalaydi, biri ikkinchisidan o’rganadi, o’zidagi kamchiliklarni payqaydi va bartaraf eta boradi. Ana shu kamchiliklarga bardosh bergan oilagina baxtli bo’la oladi. Oila qurishdan asosiy maqsad farzand ko’rishdir, avlodlar davomiyligini davom ettirish, jamiyat manfaati yo’lida hormay-tolmay mehnat qilishdan iboratdir.
Er ila xotunning qonuniy suratda birga yashab, bir vujud bo’lishlaridan oila tashkil bo’lur. Er o’zi uchun bir xotun tanlab, dunyoda bo’lgan tirikligida, shodligu-qayg’usida, har bir yaxshi-yomon kunida suyanchiq bo’ladigan, joniga rohat baxsh etadigan bir sirdosh topur. Xotun odam bolasida bo’lg’on xulqlarni go’zallashtirurki, bunga sabab qattiq ko’ngillarni yumshatuvchi, insonlarni jonvor emas, inson etuvchi bir qut bo’lganidandir. Zero, do’stlik va yaqinlik kabi narsalar naqadar mustahkam bo’lsa-da, oila tashkil etishdan qudratliroq emas. (Hadis, 9-bet).
Oila qurishdan oldin, uning inqilobi va istiqboli ustida o’ylamoq oqillarning ishi. Aksincha, ba`zilar avval turmush qurib, keyin pushaymon qila boshlaydilar. «Er va xotinning bir-biriga bo’lgan mehru-vafosi bizga bobolarimizdan qolgan bebaho merosdir».
Nikoh munosabatlarini, yolg’iz yashovchilarni, oilaviy buzilish sabablarini o’rganish jamiyat ijtimoiy tarkibining ijobiy rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, oila va nikoh munosabatlari nafaqat er-xotinning o’rtasidagi shaxsiy, balki ijtimoiy, umumbashariy ahamiyatga ham egadir. Oila nafaqat eru-xotin ittifoqi, balki jamiyatning asosiy bo’g’inidir, respublikamizda o’tgan 1998 yilning «Oila» yili deb e`lon qilinishi va shu munosabat bilan bir qator tadbirlarning amalga oshirilayotganligi buning yaqqol dalilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |