I – mavzu. Sоtsiоlоgiya fаn sifatida rеjа



Download 1,17 Mb.
bet114/159
Sana05.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#638988
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   159
Bog'liq
Sotsiologiya M.matni 2014

Ishchilar sinfi ko’p qirrali ijtimoiy birlik hisoblanadi. Uning ichki tarkibi demografik (jinsi va yoshi bilan), professional tayyorgarligi bilan (mehnatning mazmuni va xarakteri bilan), hududiy (ijtimoiy-hududiy birlik bilan), etnik (milliy farqi) va madaniy-ma`lumoti bilan farq qiluvchi tarkibiy tuzilishga ega.
Hozirda O’zbekiston davlati miqyosida milliy ishchilar sinfining tarkib topishi uchun shart-sharoit yaratildi. Jahon talablariga javob bera oladigan mahsulotlar ishlab chiqarish asta-sekin yo’lga qo’yilmoqda. CHet el firmalari bilan mamlakatimiz qo’shma korxonalari faol ishlamoqda. Endilikda, yuqori texnologiyaga asoslangan sanoat ishlab chiqarishining malakali ishchi-muhandislar guruhi shakllandi.
Ishchilar sinfini rivojlanish istiqbollariga ularni miqdoriy jihatdan ko’paytirish bilangina erishib bo’lmaydi. Avvalo mehnatning intellektual mazmunini boyitish, zamonaviy avtomat-texnologiya bilan jihozlangan iqtisodiy shart-sharoitlarni barpo qilish zarur. Amalga oshirilishi kerak bo’lgan bunday tadbirlar bevosita qishloq xo’jaligi dehqonlari hamda intelligentsiya qatlami uchun ham taalluqlidir.
Iqtisodiyotni intensiv ravishda rivojlantirish ijtimoiy-tarkibiy aloqalarga kuchli ta`sir etadi. SHuningdek, ijtimoiy tarkibdagi iqtisodiy va taqsimot munosabatlarining ijobiy rivojlanishi mamlakat tabiiy resurslari, hududiy o’ziga xos xususiyatlar, siyosiy barqarorlik, millatlar o’rtasidagi munosabatlarga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi.
Mamlakat qishloq xo’jaligi sohasida band bo’lgan, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirayotgan dehqonlar ham ijtimoiy tarkibda sinf sifatida o’rin tutadi. O’zbekistonda aholining 60 foizdan oshig’i qishloq joylarida yashaydi. Milliy daromadning 44 foizdan ko’prog’i qishloq xo’jaligidan olinadi Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatimiz bo’yicha mehnatga yaroqli kishilarning 39,3 foizi chorvachilik va qishloq xo’jaligining boshqa tarmoqlarida mehnat qilgan. Ba`zi tumanlarda bu ko’rsatkich 80-90 foizni tashkil etdi57.
Bulardan ko’rinib turibdiki, jamiyatimiz ijtimoiy tarkibida dehqonlar sinfining o’rni katta. Hozirda mustaqillik sharofati bilan O’zbekiston hukumati dehqon­lar mavqeini ko’tarishga alohida e`tibor bermoqda. 2009 yil – «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» deb e`lon qilinishi bejiz emas. Qishloq aholisi ularning turmush darajasini oshirishda katta ishlar olib borilayapti. Uy-joy qurish uchun bepul er ajratilib, moddiy yordam ko’rsatilmoqda. Ekinzor erlar ijaraga berilmoqda. Fermerlarning soni ortmoqda. Etishtirilgan qishloq xo’ja­ligi mahsulotlarini shaharga olib kelib sotish uchun imkoniyatlar yaratildi. Bugungi kunda qishloq xo’jaligini lokalizatsiya (mahalliylashtirish) masalasiga alohida e`tibor berilmoqda.
Umuman qishloq hayotini obod etishda ularning qiyofasini o’zgartirish, bugun qishloq joylarda yashayotgan odamlarining turmush sharoitini zamon talablariga moslashtirish, shahar sharoitiga yaqinlashtirish g’oyat muhim o’rin tutmoqda. Shu maqsadda 2009 yil yanvar oyida O’zbekiston Prezidentining qishloqlarimizning zamonaviy arxitektura nuqtai nazaridan rejalashtirilishi, qishloq joylarda uy-joy va ijtimoiy ob`ektlar qurilishini loyihalashtirish va bunyod etish tizimini takomillashtirish, “Qishloqqurilishloyiha” institutini tashkil etish bo’yicha qarorlar qabul qilindi. Mazkur institut tomonidan 2 xonadan 5 xonagacha bo’lgan zamonaviy uy-joylar, maishiy xizmat ko’rsatishi ob`ektlari barpo etildi. 2009 yilning o’zida Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarda 42 ta yer massivi ajratilib, qishloq hududlarida eksperiment tariqasida 840 ta yakka tartibdagi uy-joy barpo etildi: Mamlakatimizning 159 ta, ya`ni barcha qishloq tumanlarida 7 ming 630 ta yangi uy-joy barpo etildi1. 2009 yilda mamlakatimizda 940 mingdan zayod yangi ish o’rinlari yaratildi, ularning 500 mingga yaqini qishloq joylarida tashkil etildi.
Dehqonlarning, fermerlarning oladigan yillik daromadlari bir necha bor ortmoqda.
Dehqonlar sinfi ichida ham tabaqalanish jarayoni tez sur`atlar bilan bormoqda. Ularning tarkibida ishbilarmon, tadbirkor, fermerlar paydo bo’ldi. Ijarachilar guruhi ham borgan sari qishloq xo’jaligida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yangi iqtisodiy munosabatlarning tarkib topishi bilan qishloq ishchilar sinfi shakllanishiga moddiy zamin tayyorlandi. Boshqacha aytganda, qishloqqa sanoat kirib bormoqda. Bu esa qishloq xo’jaligida mavjud ortiqcha ishchi kuchini ish bilan ta`minlab, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirmoqda.
Prezident I.A.Karimov ta`kidlab yozadiki, «O’zbekiston iqtisodiyotining bir tomonlama – xomashyoviy yo’nalishiga qat`iy barham berish respublika ichki siyosatining eng muhim strategiyasi hisoblanadi. Faqat xom ashyo etishtiruvchi va sotuvchi o’lka surunkali nochorlikka giriftor bo’ladi»58. SHuningdek, yana Prezidentimizning «Dastlabki hisob-kitob shuni ko’rsatadiki, agar biz respublikada bor xomashyo va chala mahsulot ishlab chiqarishni tugal jarayonga etkazib, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’ysak, respublikamizda yalpi milliy mahsu­lot ishlab chiqarishni ikki barobardan ziyod, milliy daromadni esa taxminan uch barobar ko’paytirishimiz mumkin»59,- degan fikrlari e`tiborga molikdir.
Jamiyat ijtimoiy tarkibida ziyolilar qatlami ham salmoqli o’rin tutadi. Intelligentsiya aqliy mehnat mutaxassislari bo’lib, ijtimoiy-professional guruhlardan tarkib topmoqda. Jamiyat ijtimoiy tarkibida intelligentsiya aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan ajralib chiqishi oqibatida shakllandi. Hozirda fan, ilmiy-texnika taraqqiyotining jadal borishi bilan intelligentsiyaning professional malakasi yanada murakkablashmoqda. Uning tarkibiga il­miy, ishlab chiqarish-texnik, madaniyat, ma`rifat, tibbiyot-harbiy va boshqaruv apparati xodimlari kirib keldi.
Ziyolilar tarkibini yana shahar va qishloq, ijtimoiy bandlik sohalari bo’yicha (ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasida) mehnatning ijodiy xarakteri darajasi, malaka va boshqa jihatlari bilan farqlash mumkin.
Sobiq ittifoq davrida ziyolilar son jihatidan ortdi-yu, ammo uning sifat darajasi ancha past bo’lib qolaverdi. CHunki ziyolilar qatlami, avvalambor mehnat xarakteri bilan belgilanadi. O’tgan davrda oliy ma`lumot olgan qanchadan-qancha kishilar hozirda ishchi bo’lib yoki tijorat va boshqa sohalarda ishlamoqdalar. Ular ziyolilar tarkibiga kirmaydi.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish