Kimyo – 2005 yil (Variant).
1. (101-1). Quyidagilardan fizikaviy hodisani aniqlang.
A) qirovning hosil bo’lishi
B) shamning yonishi
C) qizdirilgan shakarning qorayishi
D) temirning zanglashi
E) misning qizdirilganda qorayishi
2. (106-1). Quyidagilardan kimyoviy hodisani aniqlang.
A) azotning suyuqlanishi
B) havodan kislorod olish
C) qalayning suyuqlanishi
D) qatiqning ivishi
E) havoni suyuqlanishi
3. (113-1). Oddiy moddalarni ko’rsating.
1) ozon 2) suv 3) olmos
4) silan 5) grafit 6) karbid
7) oq fosfor 8) qizil fosfor 9) fosfin
A) 2,4,6,9 B) 1,3,4,6,7 C) 1,2,4,5,9
D) 3,5,7,8,9 E) 1,3,5,7,8
4. (119-1). Quyidagilardan kimyoviy toza moddalarni belgilang.
A) bronza B) tabiiy gaz C) havo
D) kristallik soda E) neft
5. (109-1). Oddiy moddani tashkil qilgan element nomi bilan ataladigan suyuq moddani toping.
1) azot 2) simob 3) yod 4) brom
A) 4 B) 2,4 C) 2 D) 2,3,4 E) 1
Do'stlaringiz bilan baham: |