Kimyo – 2008 yil (Variant).
1. Quyidagi iboralarning qaysilarida kislorod molekulasi haqida gap boradi?
1) suv molekulasi tarkibida kislorod mavjud
2) baliq suvdagi kislorod bilan nafas oladi
3) kislorod ko‘pdan-ko‘p minerallar tarkibiga kiradi
4) ko‘pchilik moddalar kislorodda yonadi
5) kislorod ikkita atomdan iborat
6) vodorod peroksid tarkibida kislorod bor.
A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 6 C) 2, 4 D) 1, 3, 5
2. Quyidagi holatlarning qaysilari to‘g‘ri?
1) fizik hodisalar kimyoviy hodisalardan farq qilib, fizik hodisalarda molekulalar saqlanib qolmaydi
2) molekulalar atomlardan tashkil topgan
3) kimyoviy hodisalarda molekulaning kimyoviy tarkibi o‘zgaradi
4) kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo‘lgan moddalar massasiga teng bo‘lmaydi
5) molekulalar o‘rtasida o‘zaro tortilish va itarilish kuchlari mavjud
A) 1, 2, 4 B) 1, 4 C) 2, 3, 5 D) 3, 5
Do'stlaringiz bilan baham: |