I- guruhlarning yonaki guruhi elementlari mavzusini o’qitish metodikasi
Reja:
I guruh d- elementlarining umumiy tavsifi.
Mis va uning muhim birikmalari
Kumush va uning muhim birikmalari
Oltin va uning muhim birikmalari
5. I- guruhlarning yonaki guruhi elementlari mavzusini o’qitish metodikasi
6. Xulosa
7. Foydalanilgan adabiyotlar
I guruh d- elementlarining umumiy tavsifi
Yonaki guruhchani mis, kumush va oltin elementlari tashkil etib, mis guruhchasi nomi bilan ataladi. Bu elementlar atomlarining sirtqi elektron qavatida bittadan elektron bo‘ladi, ammo xossalari jihatidan ishqoriy metallardan katta farq qiladi, ya’ni
Ishqoriy metallarda sirtidan tashqari ichki qavatida 8 ta elektron bo‘lsa, mis guruhchasida esa 18 ta elektron joylashgan.
2. Ag va Au atomlarida sirtqi elektronning yadroga ancha yaqin ekanligidan ular yadroga mustahkam bog‘langan. Shuning uchun mis guruhchasidagi elementlarning ionlanish potensiali (atomdan elektron ajratib olish uchun sarf qilinishi kerak bo‘lgan energiya) ishqoriy metallarga qaraganda ancha katta. Xaqiqatdan, ham ishqorni metall atomlari sirtqi elektronni ancha oson beradi, mis guruhchasi elementlarining atomlari esa sirtqi elektronini ancha mustahkam ushlab turadi. Shu sababdan mis guruhchadagi elementlar ancha qiyin oksidlanadi va aksincha ularning ionlari oson qaytariladi, ularning gidroksidlari ancha kuchsiz asoslardir.
Mis va uning muhim birikmalari
Mis — qadimdan maʼlum metallardan. Qadimda Mis rudasini Kipr orolidan qazib olingan, shuning uchun uni orolning nomi bilan Cuprum deb atalgan. Mis tabiatda nisbatan kam tarqalgan. Yer pustining massa jihatdan 4,7-10~3% ini tashkil qiladi. Mis tarkibida baʼzan temir, kumush, kamdankam oltin boʻladi. Misning koʻp sonli minerallari (250 dan ortiq) orasida xalkopirit CuFeS2, xalkozin Cu2S, kovellin CuS, bornit Cu5FeS4, malaxit CuCO,Cu(OH)2, kuprit Si2O, xriza-kolla CuSiO32H2O va boshqa ahamiyatlidir.
Mis yumshoq, chuziluvchan, bolgʻalanuvchan qizgʻish metall. Zichligi 8,96 g/m³ (20° da), suyuqlanish temperaturasi 1083°C qaynash temperaturasi 2567°C, Moos boʻyicha qattiqligi 3,0. Mis issiqlik va elektr tokini juda yaxshi oʻtkazadi, bu jihatdan faqat kumushdan keyinda turadi. Mis kimyoviy jihatdan unchalik faol emas. Havoda oksidlanib qorayadi. Nam havoda gidroksikarbonat hosil boʻlgani uchun koʻkaradi. Mis birikmalarida +1 va +2 valentli boʻladi. Mis havoda qizdirilsa, avval mis (1)-oksid Cu2O (377° gacha), soʻngra qora Mis — mis (II)-oksid CuO (377° dan yuqorida) hosil boʻladi. Mis galogenlar bilan oson birikadi. Nam xlor odatdagi temperaturadayoq Misga taʼsir etib, suvda eriydigan mis (II)-xlorid hosil qiladi (yana qarang Mis galogenidlari). Azot, vodorod, uglerod bilan yuqori temperaturada ham reaksiyaga kirishmaydi. Nitrat kislotada erib, mis (II)nitrat va azot oksidi, konsentrlangan issiq sulfat kislota bilan birikib, mis (II)sulfat va sulfid angidrid beradi. Misning tuzlari zaharli. Mis koʻpgina metallar bilan krtishmalar hosil qiladi. Bir va ikki valentli Mis juda koʻp barqaror kompleks birikmalar vujudga keltiradi.
Mis, asosan, sulfidli mis rudalaridan olinadi. Mis elektr simlari, elektr asboblar va uskunalar ishlab chiqarishda, badiiy buyumlar tayyorlashda, krtishmalar olishda, tuzlari esa pigmentlar va sunʼiy ipak olishda, oʻsimlik zararkunandalariga karshi, teri (kun) sanoatida, mikrooʻgʻit sifatida va tibbiyotda ishlatiladi.
Boshqa elementlarda 18 elektronli qavat ancha barqaror bo‘ladi, ammo mis guruhchasi elementlari bu qavat etarli darajada barqaror emas, shuning uchun bu elementlar o‘zlarining 18 ta elektron qavatlaridan elektronlarni qisman yo‘qota oladi.
Masalan, CuO, Cu2O, AuCl, AuCl2, AuCl3
Mis guruhchasi metallari atomining elektron tuzilish konfiguratsiyasi quyidagicha:
Mis guruhchasi elementlaridan mis + 1, +2, oltin esa +1, +2, +3, oksidlanish darajasiga ega bo‘lib, metallarning elektroqimyoviy faollik qatorida vodoroddan keyin turadi. Bu elementlar atomlarining radiuslari asosiy guruhcha (ishqoriy metallar) element atomlarnikidan kichiq bo‘lgani uchun tashqi qavatdagi elektron atomdan juda qiyin ajraladi. Bu elementlar passiv, qiyin oksidlanadi, ionlari esa oson qaytariladi, suvni parchalay olmaydi (isitganda ham).Ularning gidroksidlari suvda erimaydigan kuchsiz asoslardir.
Mis guruhchasi elementlarining ikkita eng muhim kimyoviy xossasini aytib o‘tamiz: 1) miss guruhchasi elementlari o‘z birikmalaridan metall holatga oson qaytariladi; 2) ular juda ko‘p ligandlar bilan kompleks birikmalar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |