I – bob. Yulduzlarning paydo bo’lishi va evolyutsiyasi


Yulduzlarning spektral klassifikatsiyasi



Download 131,81 Kb.
bet6/9
Sana18.12.2022
Hajmi131,81 Kb.
#890565
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
I – bob. Yulduzlarning paydo bo’lishi va evolyutsiyasi

1.6. Yulduzlarning spektral klassifikatsiyasi

XIX asrning saksoninchi yillariga kelib Fotografiya astronomiyaga kirib kelgandan boshlab yulduzlarni spektrlarini rasmga olib uni tahlil qilish imkoniyati paydo bo’ldi. Bitta fotoplastinkaga iloji boricha ko’proq yulduzlarni spektrini tushirish uchun obyektivdan oldin turuvchi prizmadan foydalanadigan bo’ldilar. Olingan spektrogrammalar spektrlarni xarakterli detallarini aniqlash imkonini berdi. Yulduzlarni spektri yutilish spektriga mansub bo’lib (uzluksiz fon qora chiziqlar bilan kesilgan) bir-biridan farq qiladigan bo’lib chiqdi. Bir yulduzni spektrida vodorod chiziqlari yaxshi ko’rinsa, ikkinchisida geliy chiziqlari yaxshi ko’rinadi, uchunchisida metallarga mansub bo’lgan chiziqlar ko’p bo’ladi. Bundan tashqari chiziqlarni intensivligi ham turlichadir. Kuchsiz ko’rinadigandan yaxshi ko’rinadigangacha va kengaygandan tor yaqqol ko’rinadigangacha, Yulduzlar spektrini ma’lum o’xshash belgilarga ko’ra gruppa – sinflarga bo’lib bir-biriga o’xshash xususiyatlariga ko’ra klassifikatsiyalash kerak edi. Yulduzlar spektrlarini guruhlarga bo’lish har bir yulduz spektrini tekshirmasdan gruppalardagi yulduzlar spektrlarini analiz qilish imkonini beradi. Spektrlar ulardagi turli kimyoviy elementlarga mansub yutilish chiziqli spektrlarga ko’ra klassifikatsiyalanganligi sababli, spectral klassifikatsiya to’laligicha empirik bo’ldi. Avvaliga spektral sinflar to’ligicha lotin harflari bilan to’ligicha alfavit bilan belgilanadi. A sinf – vodorod chiziqlari intensiv, B sinf – geliyga mansub chiziqlari intensiv, C sinf – vodorod chiziqlarini intensivligiga nisbatan pastroq vahakazolar toki O – sinfidagi yulduzlargacha. Keyinchalik spketrlarni mukammalroq tekshirish natijalarini ko’rsatishicha boshlang’ich ajratilgan spectral sinflar umumiyroq bo’lgan sinflarni oraliqlari bo’lib chiqib, spektrlarning ko’rinishi yulduzlarning temperaturasiga bog’liqligi aniqlandi. Spektral sinflar nazariy asosga ham ega bo’lib qoldi. Shunga bog’liq birlamchi ajratilgan sinflarni yarmi hisobdan chiqorildi. Qolgan spectral sinflar, spektrdagi yulduzlarni temperaturasini kamayishi tartibida joylashdi, lekin sinflarni harflar bilan oldingi belgilanishlari saqlanib qoldi. Natijada 7 ta spektral sinf qolib ularni belgilashni alfavitli tartibi buzildi. Bu klassifikatsiyalashda spektral sinflar yulduzlar temperaturasini pasayishi tartibida joylashib, lotin alifbosi harflari bilan quyidagi tartibda belgilangan


O – B – A – F – G – K – M


Bunda eng issiq rangi havorang bo’lgan yulduzlar sinifi O harfi bilan belgilangan bo’lsa, temperaturasi eng past rangi qizil bo’lgan yuludzlar M sinfiga mansub bo’ldi. O va M sinflar orasida shunday yulduzlar sinflari joylashganki ularni temperaturasini pasayishi bilan rangi oqdan sariqgacha keyin, jigar rang va qizilgacha o’zgaradi. Shunday qilib har bir sinfga ma’lum rang ko’rsatgichi mos keladi. O, B va A sinflardagi yulduzlar boshlang’ich F, G, K va M sinflardagisi esa keyingi sinflardagi yulduzlar sanaladi. Haqiqatda esa spektrlar klassifikatsiyaga kirganlariga ko’ra turli tuman bo’lib ko’pchiliklarniki spectral sinflar orasiga tushadi. Shuning uchun spektral asosiy sinflardan tashqari yana sinfostilarga bo’linadi va ular 0 dan 9 gacha nomerlanib spektral sinflari asosi belgilaridan keyin qo’yiladi. Masalan (BO,AO…MO) (B1…B9) vahakazolar.


Bunday belgilashda shunisi tushunarliki A9 sinf A0 sinfdan F0 sinfga yaqinroq joylashadi. Bizning Quyosh G2 spektral sinfiga mansub yulduz hisoblanadi. Turli yulduzlarning spektral sinflarining xarakteristikalari 1 – jadvalda keltirilgandir.



Download 131,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish