O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi va uning iqtisodiyotni tartibga solishda ahmiyati.
Kirish
I – bob. Soliq tizimi va uning iqtisodiyotni tartibga solishdagi ahamiyatining nazariy-huquqiy asoslari.
. Soliq tizimining mohiyati, tarkibiy tuzilishi va hozirgi zamon xususiyatlari.
. Iqtisodiyotni tartibga solishdagi soliq tizimining ahamiyati va vazifalari.
. Soliq tizimining iqtisodiyotni tartibga solishdagi samarali vosita va usullariga oid xorij tajribasi.
II – bob. Soliq tizimining iqtisodiyotni tartibga solishdagi ahamiyati tahlili (Farg’ona viloyati O’zbekiston tumani DSI misolida).
2.1. Davlat fiskal vazifalari ijrosining soliq omillari tahlili.
2.2. Iqtisodiyotni tartibga solishning soliq vositalari amal qilish natijalari tahlili.
2.3. Soliqlar yuzasidan to’lov intizomi darajasi tahlili.
III – bob. Yangi O’zbekiston sharoitida soliq tizimining iqtisodiyotni tartibga solishdagi ahamiyatini oshirish yo’nalishlari.
3.1. Soliq tizimining iqtisodiyotni tartibga solishdagi ahamiyati oshirishning kontseptual asoslarini takomillashtirish.
3.2. Innovatsion faollik va investitsion salohiyatni oshirilishining soliq omillari ta’sirchanligini oshirish yo’llari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Ilovalar.
I-bob. Soliq tizimi va uning iqtisodiyotni tartibga solishdagi ahamiyatining nazariy-huquqiy asoslari.
Soliq tizimining mohiyati, tarkibiy tuzilishi va hozirgi zamon xususiyatlari.
Soliq tizimi soliqqa oid qonunlar majmuasini bajarishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy xususiyatlardagi barcha vositalar va usullar yig’indisidan iboratdir. Iqtisodiy adabiyotlarda yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning yig’indisi soliqlar tizimi deb tushuniladi.1
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa majburiy to’lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliqnazoratining yig’indisi soliq tizimini tashkil etadi.
|
Bu ta’rif soliq tizimini keng ma’noda tushunishdir. Soliq qonunchiligida soliq tizimi tor ma’noda talqin qilinib, bir xil mohiyatga ega bo’lgan va markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq, yig’im, boj va boshqa majburiy to’lovlarning yig’indisi soliq tizimi deb tushuniladi. Soliq tizimiga nisbatan bunday yondashuvni ayrim adabiyotlarda ham keltirilganligini ta’kidlash o’rinli. Qayd etilgan ta’rifda soliq va yig’imlar yagona mohiyat, ya’ni “majburiy xarakterga ega bo’lgan munosabat” va ularning bir-biri bilan bog’liqligi va nihoyat budjetga tushishligini ko’rsatadi.2
O’zbekiston Respublikasida soliq tizimining huquqiy asoslari, soliq majburiyati, soliq ishlarini yuritish tartibi, soliq nazorati va soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javogarlik to’g’risidagi kodeks, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, O’zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to’g’risida”gi Qonuni va shu kabi bevosita soliqqa oid qonun hujjatlari orqali tartibga solinadi. Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Soliq kodeksidan boshqacha qoidalar belgilangan yoki nazarda tutilgan bo’lsa, unda xalqaro shartnoma qoidalarida belgilangan shartlar amalda qo’llaniladi.
Soliq kodeksi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda O’zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lash bilan bog’liq munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladi.
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari Soliq kodeksidan va boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar Soliq kodeksi bilan belgilanadi, o’zgartiriladi yoki bekor qilinadi. Soliq solishmasalalariga daxldor me’yoriy-huquqiy hujjatlar Soliq kodeksi qoidalariga muvofiq bo’lishi kerak. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar Soliq kodeksining qoidalariga muvofiq bo’lmagan taqdirda, kodeks qoidalari qo’llaniladi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (12)-moddasida soliq va boshqa majburiy to’lovlarning tushunchasi mustahkamlab qo’yilgan. Unga ko’ra soliqlar deganda Soliq kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg’araz xususiyatga ega bo’lgan, budjetga yo’naltiriladigan majburiy pul to’lovlari tushuniladi.
Boshqa majburiy to’lovlar deganda Soliq kodeksida belgilangan avlat maqsadli jamg’armalariga majburiy pul to’lovlari, bojxona to’lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to’lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to’lanishi lozim bo’lgan yig’imlar, davlat boji tushuniladi.
Shuningdek, Soliq kodeksida soliq va boshqa majburiy to’lovlarning turlari belgilangan. Unga ko’ra (o’nta) soliq turi hamda (beshta) boshqa majburiy to’lovlar mavjud bo’lib, ularning o’z xususiyatiga ko’ra birbiriga o’xshash va farqli jihatlari mavjud.
Soliq tizimi soliqqa oid barcha munosabatlarni qamrab olsa, soliqqa tortish tizimi esa ushbu munosabatlarni soliqlarni undirish bo’yicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni o’z ichiga oladi. Shu jihatdan soliqqa tortish tizimi qonun chiqaruvchi hokimyat tomonidan qonun yo’li bilan belgilangan hamda ijro hokimyati tomonidan soliqlarni tashkil etish usullari, elemenlari va tamoillari majmuasidan iborat. Soliqqa tortish tizimining mohiyati garchand o’zgarmas bo’lib ko’rinsada, uning shakl-shamoyili va yo’nalishi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga, qolaversa soliq siyosatining mazmuniga bog’liq bo’ladi. Chunki soliqqa tortish tizimi o’z ichiga tarkiban soliq elementlari, soliqlarni tashkil etish tamoyillari va usullarini oladi, bu elementlarning qay darajada talqin etilishi esa bevosita davlat siyosati yo’nalishiga bog’liq. Masalan, soliq elementlariga kiruvchi soliq stavkasining qaysi turlarining ko’proq amal qilishi, soliq imtiyozlarining belgilanishi, soliqlarni undirishni qaysi usullardan ustuvorlik bilan foydalanish asosan ijro hokimyati faoliyatining mazmuniga bog’liq. Binobarin, shu ma’noda xuddi soliqlarni vazifalari kabi soliqqa tortish tizimi ham har bir davlatda o’ziga xos tarzda amal qilishi va tashkil etilishi mumkin.
Soliqqa tortish tizimining asosiy bo’g’ini hisoblangan soliq elementlari soliq solishda ifodalanadigan asosiy tushunchalar bo’lib, ular soliq to’lovchilar va davlat byudjeti o’rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarda namoyon bo’ladi.
Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlarni to’liq va teranroq ifoda etish uchun iqtisodiy voqeliklarni har bir kichik guruhlari muayyan nomdagi iboralar bilan izohlanadi. Soliq elementlari ham huddi shunday soliqqa oid iqtisodiy xodisalarni izohlashga xizmat qiluvchi yaxlit tushuncha hisoblanadi. Soliq elementlari tushunchasi soliq solish tizimining muhim tarkibiy qismi bo’lib, uning o’zi ham kichik tizimni tashkil etadi, ya’ni soliq elementlari ham bir necha iqtisodiy kategoriyalarni yaxlit holatdagi harakatini bildiradi.
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida soliqning barcha elementlari aniqlab qo’yilgan taqdirdagina ushbu soliqlar belgilangan deb hisoblanadi.
Bunday soliq elementlariga quyidagilar kiradi:
1) soliq solish ob’ekti;
2) soliq bazasi;
3) soliq stavkasi;
4) soliq davri;
5) soliqni hisoblab chiqarish tartibi;
6) soliq hisobotini taqdim etish tartibi;
7) soliqni to’lash tartibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |