O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Telekomunikatsiya texnologiyalari" fakulteti
“Tizimlar va signallarni qayta ishlash” fani
Mustaqil ish 1
Mavzu: Optimal qabul qilish algoritmini moslashgan filtrlar asosida amalga oshirish
Bajardi: Mardonov J
Qabul qildi: Jumaboyev T
SAMARQAND – 2022
Mavzu: Optimal qabul qilish algoritmini moslashgan filtrlar asosida amalga oshirish
Reja:
To‘liq ma'lum bo‘lgan signallarni optimal qabul qilishning korrelyasion algoritmi.
Diskret ikkilik AM, ChM, FM signallarni optimal kogerent qabul qilish. Optimal qabul qilish algoritmini moslashgan fil'trlar asosida amalga oshirish.
To‘liq ma'lum bo‘lgan signallarni optimal qabul qilish
Aloqa kanali orqali Si(t) (i = 1….n) n – ta diskret signal uzatilishi mumkin. Signallar teng extimolli bo‘lsin. Qabul qiluvchi tomonida signal to‘g‘risidagi hamma ma'lumotlar oldindan ma'lumdir. Signallarning davomiyligi T ga teng bo‘lsin. Signallarga hozircha aditiv kvazioq shovqin ta'sir qilsin:
Qabul qilish tomonida signal to‘g‘risidagi hamma ma'lumotlar ma'lum, ammo oldindan qaysi bir signal uzatilishi va unga qanday shovqin ta'sir qilishi noma'lumdir.
Ushbu signallarni optimal qabul qilish algoritimini aniqlash uchun maksimal haqqoniylik (o‘xshashlik) qoidasidan foydalanamiz:
Bu yerda:
U xolda:
(1.4)
U xolda (1.1) tengsizlikni quyidagi kshrinishda yozish mumkin:
Ushbu tengsizlikni ehtimollik zichligi ko‘rinishida xam yozish mumkin:
Qabul qilingan Z(t) signalni quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:
Uzatilgan signal bilan qabul qilingan signal orasidagi farq faqatgina halaqitga bog‘likdir. Shuning uchun (1.6) tengsizlikni qo‘yidagi ko‘rinishda yozish mumkin:
Ma'lumki kvazi oq shovqining ehtimollik zichligi qo‘yidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
(1.9) – formulani inobotga olib, (1.22) tengsizlikni qo‘yidagicha yozish mumkin:
(1.10) – tengsizlikni soddalashtirib qo‘yidagi ko‘rinishda yozish mumkin:
Kvazi oq shovqindan oq shovqinda o‘tamiz buning uchun kvazi oq shovqinni spektridagi eng yuqori chastotasi F ni cheksizlikga intiltiramiz, u xolda:
U xolda (1.25) tengsizlik qo‘yidagi ko‘rinishda yoziladi:
(1.12) tengsizlikga to‘liq ma'lum bo‘lgan signallarni optimal qabul qilish algoritmi deyiladi. Agar shu tengsizlikning chap tomoni kichik bo‘lsa o‘ng tomoniga nisbatan u xolda optimal qabul qilgich (demodulyator) Si(t) signal qabul qilindi deb qaror chiqaradi, aks xolda esa Sj(t) signal qabul qilindi deb qaror chiqaradi
Quyidagi integral signallar orasidagi masofani kvadratiga teng:
(1.13) formulani e'tiborga olib (1.12) tengsizlikni quyidagicha yozish mumkin:
1.1-rasmda to‘liq ma'lum bo‘lgan signallarni optimal qabul qilish algoritmini geometrik talqini keltirilgan.
1.1-rasm. To‘liq ma'lum bo‘lgan signallarni optimal qabul qilish algoritmini geometrik talqini
Optimal qabul qilgichning (demodulyatorning) qaror chiqarishi qabul qilingan va uzatilishi mumkin bo‘lgan signallar orasidagi minimal masofaga asoslanib qabul qilinadi. Gauss statistikasiga asosan bu aposterior ehtimolining maksimal qiymatiga to'g'ri keladi.
(1.12) algoritm asosida to‘liq ma'lum bo‘lgan signallarni optimal qabul qilgichini (demodulyatorini) stukturaviy sxemasi 1.2-rasmda keltirilgan.
1.2-rasm. To‘liq ma'lum bo‘lgan signallarni optimal qabul qilgichini (demodulyatorini) stukturaviy sxemasi
Yuqoridagi optimal qabul qilgichga (demodulyatorga) Kotel'nikov qabul qilgichi yoki optimal kogerent demodulyator deb ham ataladi. Bunday demodulyatorlarda signallarni kogerent qabul qilish usuli ishlatiladi. Kogerent qabul qilishda demodulyator kirishiga kelayotgan Z(t) signalning fazasi (kelish vaqti) oldindan ma'lum bo‘lishi kerak. Demak bunday qabul qilish usuli sinxron qabul qilish usuliga to‘g‘ri keladi. Bu xolda modulyator bilan demodulyator sinxron ishlashlari lozim.
(1.12) algoritm ustida ba'zi matematik amallarni bajarib, Kotel'nikov optimal qabul qilgichining ishlash algoritmini korrelyasion yozuvini xosil qilamiz:
bu yerda, Ei va Ej mos ravishda Si va Sj signallarning energiyasi:
(1.15) tengsizlik tarkibidagi quyidagi integral:
qabul qilingan Z(t) signal bilan uzatilish mumkin bo‘lgan Si(t) signallar orasidagi o‘zarokorrelyasion funksiyaga teng.
Yuqoridagi keltirilgan o‘zarokorrelyasion funksiya korrelyator qurilmasi yordamida hisoblanadi. Korrelyator qurilmasining strukturaviy sxemasi 1.3 rasmda keltirilgan.
1.3-rasm. Korrelyator qurilmasining strukturaviy sxemasi
(1.15) algoritm asosida to‘liq ma'lum bo‘lgan signallarni optimal qabul qilgichini (demodulyatorini) korrelyatorlar asosida qurilgan stukturaviy sxemasi 1.4-rasmda keltirilgan.
1.4-rasm. To‘liq ma'lum bo‘lgan optimal qabul qilgichini (demodulyatorini) korrelyatorlar asosida qurilgan stukturaviy sxemasi
Real aloqa kanallariga ta'sir qiluvchi qanday halaqitlar mavjud?
Halaqit bilan kurashish zarur bo‘lgan joylarni ayting?
Diskret aloqa sistemasining strukturaviy sxemasini chizib bering?
Aditiv va Mul'tiplikativ halaqitlar qanday bo‘ladi?
Signallarni qabullash deganda nimani tushunasiz?
Maksimal apostrior ehtimollik mezoni bo‘yicha o‘xshashlik nisbati qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Apostrior ehtimollik deb nimaga aytiladi?
Aprior ehtimollik deb nimaga aytiladi?
Bayes formulasini yozib bering?
Maksimal hakkoniylik qoidasi qanday bayon qilinadi?
Kvazioq shovqining L o‘lchovli extimollik zichligi formulasini yozib bering?
Signallarni optimal qabul qilish algoritimi qanday?
Interpritasiya geometrik talqinida nima deyiladi?
Korrelyator qurilmasini strukturaviy sxemasini chizing?
To‘liq ma'lum bo‘lgan signallarni optimal qabul qilishning korrelyasion algoritmini yozib bering
Xulos:
Bu mustaqil ishdan ozimga kerakli bolgan xulosalarni chiqarib oldim.
Signalrni qanday uslarda hisoblash optimalashitirish yolarin korib chiqdim.
Signalrani qaytda ishalash ularni optimal holatga kelish va bir qancha formula foydalash orqali hisoblashlarni korib chiqdima. Signaleni min holatiga olib kelish va ularni qay usulda yuborishligini kuztim.Bu mustaqil topshirig’idan o’zimga kerakli bolgan xulosaga ega boldim.
Foydalanilgan axborotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |