Mavzuning obyektilari: Kitoblar, jurnallar, gazetalar va internet tarmoqlari, shahsiy fikrlar.
Mavzuni tarkibiy tuzilishi.
Bu mavzuni to’liq qamrab olish uchun uni murakkab reja tartibida yoritishga harakat qildik. U ”kirish”, ”asosiy qism” va ”xulosa”lardan iborat. Asosiy qism ikki bobdan, har bir bob uchtadan kichik mavzulardan tashkil topgan. Va oxirida mavzuga umumiy xulosa berilgan.
I Bob. Istiqlolchilik harakatining mohiyati, sabablari va sharakatlantiruvchikuchlari:
1.1.. Istiqlolchilik harakatining mohiyati
XX asr birinchi yarmi insoniyat tarixi uchun keskin o’zgarishlar va alg’ov dalg’ov davr bo’lib keldi. Bu davrda kuchli davlatlar yer va turli o’ljalar ilinjida 1-jahon urushini boshladi. O’z o’rnida buning faol ishtirokchisi Rossiya imperiyasi urushda mag’lubiyatlari natijasida davlat tontarishi boldi. Hokimyatni burjuaziya zodagonlari keyinroq, ya’ni 1917- yil oktabrda bolisheviklar to’lig’icha qo’liga oladi. Ular o’z hokimyatini butun rus mustamlakasi bo’ylab zo’rlik bilan yoya boshlaydi. Turkistonda oktabr to’ntarishidan keyin sodir bo’lgan voqealar jarayoni shuni ko’rsatadiki, bolsheviklar o’rnatgan sovet rejimi o’lka xalqlariga nafaqat mustaqillik, hatto milliy muxtoriyatni ham ravo ko’rmadi. Mustaqillik osonlikcha qo’lga kiritilmasligini tushunib yetgan milliy vatanparvarlar ko’lga qurol olib, bolsheviklar va bosqinchi qizil armiyaga qarshi istiqlolchilik harakatini boshlab yubordilar. Dastlab bizda mustaqillik uchun jamiyatni yetakchilari, ya’ni jadidlar va boylar kurashgan. Lekin ularni harakatlarini bolshaviklar qurol yordamida yo’qqa chiqardi. Endi istiqlol uchun xalq harakati yuzaga chiqdi. Sovet rejimi va kommunistik mafkura hukmronligi yillarida ularga "bosmachi" deb noxaq tamg’a bosildi.3
Ushbu o’rinda "bosmachi" so’zining mohiyati hususida to’xtalmasdan o’tib bo’lmaydi. "Bosmachi" so’zi aslida "bosmoq" fe`lidan olingan. Aslini "Bosmachi" va "bosmachilik" iboralari milliy ozodlik harakatining mohiyatini pasaytirish, ajdodlarimizning Rossiya zulmi va bolsheviklar xukmronligiga qarshi olib borgan qonli kurashlarini xaspo’shlash uchun buyuk davlatchi - shovinistlar tomonidan o’ylab topildi va "banditlik", "qaroqchilik" so’zlari bilan asossiz ravishda bir qatorga qo’yildi. Kommunizm mafkurachilari va ularning maddohlari xatto 1917-yilgacha bo’lgan milliy ozodlik harakatlarini ham ko’p xollarda shu atama bilan nomladilar.Uni sho'rolar terminida «bosmachilik harakati», «aksil-inqilobiy kuchlar bosqini», «bir to'da yurt buzg'unchilari harakati» va shu singari nomlarda «ta'riflab», «tavsiflab» kelish sovet tarixshunosligida o'ziga xos odatiy tusga kirgandi. Biroq xalqimizda «oyni etak bilan yopib bolmaydi» deyilganidek, ajdodlarimizning el-u yurt erki, ozodli-gi uchun olib borgan bu mardona kurashi to'g'risidagi tarixiy haqiqat milliy istiqlol sharofati bilan to'liq tiklanib, o'z haqqoniy, xolis bahosini topdi. Bu harakat sovetlar mafkurasi to'qib chiqargan shunchaki «bosmachilik» harakati emas, balki sovet hokimiyatining g'ayri tabiiy siyosati va zo'ravonlikka asoslangan amaliyotga qarshilik ko'rsatish harakatidir.4
Xayriyatki, O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, "bosmachi" yorlig’i yopishtirilgan ota-bobolarimizning muborak nomlari istiqlolchilar sifatida namoyon bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |